Dekabr, 2024-Yil
736
O’ZBEKISTONDA AJRIM VA ULARNING SALBIY OQIBATLARI
Ikromova Sohiba Suyun qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
Xusanova Xayriniso Tayirovna
Ilmiy rahbar: ”Sotsiologiya” fanlari doktori(DSc), dotsent.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14477705
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oilaviy ajrimlarning sabablari, salbiy oqibatlari
farzandlarga ta’siri va ularning oldini olish ishlari, O’zbekistonda ajrim va nikoh statistikasi
haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
ajrimlar, oila, nikoh, er va xotin, bolalar, ijtimoiy-iqtisody, O’zbekiston.
DISASTER AND ITS NEGATIVE CONSEQUENCES IN UZBEKISTAN
Abstract.
This article discusses the causes of family divorces, their negative consequences
on children, and ways to prevent them, as well as divorce and marriage statistics in Uzbekistan.
Keywords:
divorce, family, marriage, husband and wife, children, socio-economics,
Uzbekistan.
ДИСКРИМИНАЦИЯ И ИХ НЕГАТИВНЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной статье описаны причины семейных разводов, их негативное
влияние на детей и их профилактика, статистика разводов и браков в Узбекистане.
Ключевые слова:
разводы, семья, брак, муж и жена, дети, социально-
экономическая ситуация, Узбекиста.
O‘zbekistonda ajrimlar soni oxirgi yillarda oshib borayotgani ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ajrimlarning sabablaridan biri — oila a'zolari o‘rtasidagi
muvofiqlik va tushunmovchiliklarning hal etilmasligi.Ayniqsa, yoshlar orasida turmushga
tayyorgarlik darajasi pastligi, iqtisodiy qiyinchiliklar ajrimlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga,
moddiy qiyinchiliklar, uy-joy muammolari va ishsizlik kabi omillar ajrimlarning ortishiga turtki
bo‘lmoqda[1].
Ajrimga sabab bo’luvchi omillar asosan 5 tadan iborat;
1.
Er o’z vazifasini bajarmasligi.
2.
Ayollar o’z vazifasini bajarmasligi.
3.
Muomila ma’daniyatining yo’qligi.
Dekabr, 2024-Yil
737
4.
Qaynona-kelin kelishmovchiliklari.
5.
Yigit-qizlarning oilaga tayyor emasligi.
Ajrim oilaning barcha a’zolariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Asosan farzandlarga,ayollarga
hamda jamiyatga.
Farzandlarga ta’siri: Ajrim bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir qiladi. Bolalarda stress,
xavotir va o‘ziga ishonchsizlikni kuchaytiradi. Bulardan tashqari bolarning tarbiyasida ham
nuqsonlar kuzatiladi.
Ayollarga ta’siri: Ajrimdan keyin ayollar ba’zida moddiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Keyinchalik ular yangi oila qurish yoki mustaqil hayotda ko’plab muammolarga duch
kelishlari mumkin.
Jamiyatga ta’siri: Ajrimlar ko‘paygan sari jamiyatda ijtimoiy barqarorlik buziladi.
Oilalarning buzilishi iqtisodiy-ijtimoiy ko’makka ehtiyoj oshadi. Bu esa davlatga
qo‘shimcha yuk yuklaydi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra O‘zbekiston aholisi 36,8 mln kishiga yetgan. Shundan
18,3 mln nafarini ayollar, 18,5 mln nafarini erkaklar tashkil etadi. 18,8 mln kishi shaharlarda, 18
mln kishi qishloqlarda yashaydi.
Ma’lumotda keltirilishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 283,8
mingni tashkil qilgan. Bu raqam 2022 yilda 296,7 ming bo‘lgan.
Respublikada keyingi yillarda ajralishlar soni sezilarli ko‘paygan. Misol uchun, 2021 yilda
39,3 ming nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lsa, bu raqam 2022 yilda 48,7 mingni, 2023 yilda esa
49,2 mingni tashkil qilgan.
Shuningdek, Samarqand (4 mln 208,5 ming kishi), Farg‘ona (4 mln 61,5 ming kishi) hamda
Andijon (3 mln 394,4 ming kishi) viloyatlari aholisi eng ko‘p bo‘lgan hududlar sifatida qayd
etilgan. Sirdaryo (914 ming kishi), Navoiy (1 mln 75,3 ming kishi) va Jizzax (1 mln 507,4 ming
kishi) viloyatlari esa aholisi eng kam hududlar hisoblanadi[2].
Turli mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar va statistik
kursatkichlar guvohlik berishicha, ajralishlarning 20% ga yaqini ikki yildan kam davr mobaynida
mavjud bo’lgan oilalar hissasiga to’g’ri keladi.[3]
Hozirgi kunda O‘zbekistonda oilaviy ajrim dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ajrashishlarning sabablari o‘rganilib, yoshi katta onaxonlar, mahalla faollari muammolarni
hal etish yo‘llarini izlashlari lozim. Chunki Islom dinida har bir buzilgan nikoh uchun arshi a’lo
larzaga kelishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Oiladagi bolalarning tirik yetim bo‘lib qolishi, jamiyatda
tirik yetimlar sonining oshishi taraqqiyotga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi.
Dekabr, 2024-Yil
738
Yana ta’kidlash joiz-ki, farzandini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ota-ona
zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini
voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har
tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deb ta’kidlangan[4].
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, oilaviy ajrim yoqasidagi oilalarni barvaqt aniqlasak va
ularga, ularning farzandlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olsak, ko‘p oilaviy ajrimlarning oldini
olgan bo‘lamiz. Sog‘lom va mustahkam oila – sog‘lom kelajak poydevori. Oilada sog‘lom
ma’naviy muhit, oila a’zolarida o‘zaro hurmat-ehtirom ruhini yaratish, axloqiy va ma’naviy
qadriyatlarimizni saqlab qolish, kelajak avlodlarimiz ongiga sog‘lom turmush tarzini singdirish
asosiy vazifamiz ekanligini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Ajrimlarning sonini kamaytirish
yoshlarni nikohga tayyorlash, oilada o’zaro hurmatni, bir birini tushinishni muomala
ma’daniyatini shakllantirish, psixologik yordam va maslahatlar berish ishlarini amalga oshirish
zarur.
REFERENCES
1.
Madiyeva R.Oilalarni saqlab qolishga har birimiz ma’sulmiz.Internet ma’lumoti
//https://yuz.uz/news/ijtimoiy hayot(17.01.2022).
2.
Statistika agentligi xabarlari.//https://stat.uz/20.05.2023.
3.
Oila va gender sotsiologiyasi o’quv qo’llanma.
4.
(X.T.Xusanova , D.T.Nematova).
5.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent,2023.
6.
NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH
OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.
7.
Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF
POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –
№. 3. – С. 426-431.
8.
Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI
//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.
9.
Нуркулов
Б.,
Равшанова
О.
JORJ
GERBERT
MIDNING
RAMZIY
INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.
10.
Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”
ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.
Dekabr, 2024-Yil
739
11.
Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.
1. – №. 3. – С. 292-295.
12.
A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL
TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.
1.1. 1. – С. 63-66
13.
Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT
https://farspublishers.
org/index.
php/ijessh/article/view/1527
https://zenodo.
org/records/8003552#. – 2023.
14.
A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari
//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.
15.
Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.
SI-1.
16.
Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF
ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 5.
17.
Ilxomov,
Umrbek,
and
Parizod
Nasirdinova.
"IRVING
GOFFMANNING
DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.
18.
ILXOMOV,
Umrbek.
"SOTSIAL
MOBILLIK
YOSHLAR
INTELLEKTUAL
SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-
114.
19.
Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM
MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA
YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational
sciences 3 (2024): 252-256.
20.
Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING
INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.
21.
Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic
research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262
