Authors

  • Jumaniyaz Akimov
  • Ruslan Uzakbaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96723

Keywords:

Gandbol hujum himoya taktika jamoaviy o‘yin mashg‘ulot texnika strategiya muvofiqlik qaror qabul qilish.

Abstract

Maholida gandbolchilarning hujum va himoya jarayonlaridagi taktik harakatlarini takomillashtirish yo‘llari, ularning jamoaviy o‘yindagi ahamiyati hamda samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan. Taktik mashg‘ulotlarning tuzilishi, raqibga qarshi samarali kurashish, o‘yinchilarning o‘zaro muvofiqligi va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

background image

1323

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

GANDBOLCHILARNING HUJUM VA HIMOYADAGI TAKTIK HARAKATLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Akimov Jumaniyaz Erniyazovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyaasi va

metodikasi” kafedrasi katta o'qituvchisi

Uzakbaev Ruslan Anvarovich

I - bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15514204

Annotatsiya. Maholida gandbolchilarning hujum va himoya jarayonlaridagi taktik

harakatlarini takomillashtirish yo‘llari, ularning jamoaviy o‘yindagi ahamiyati hamda
samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan. Taktik mashg‘ulotlarning tuzilishi, raqibga
qarshi samarali kurashish, o‘yinchilarning o‘zaro muvofiqligi va tezkor qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so’zlar: Gandbol, hujum, himoya, taktika, jamoaviy o‘yin, mashg‘ulot, texnika,

strategiya, muvofiqlik, qaror qabul qilish.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТАКТИЧЕСКИХ ДЕЙСТВИЙ ГАНДБОЛИСТОВ В

АТАКЕ И ЗАЩИТЕ

Аннотация. В данной работе проанализированы пути совершенствования

тактических действий гандболистов в процессах нападения и защиты, их значение в
командной игре и методы повышения их эффективности. Особое внимание уделено
структуре тактических занятий, формированию навыков эффективной борьбы с
соперником, взаимосовместимости игроков и быстрому принятию решений.

Ключевые слова: Гандбол, нападение, защита, тактика, командная игра,

тренировка, техника, стратегия, соответствие, принятие решений.

IMPROVING THE TACTICAL ACTIONS OF HANDBALL PLAYERS IN ATTACK

AND DEFENSE

Abstract. This work analyzes the ways of improving the tactical actions of handball

players in the processes of attack and defense, their importance in team play, and methods for
increasing their effectiveness. Particular attention was paid to the structure of tactical exercises,
the formation of skills for effective struggle with the opponent, the compatibility of players, and
quick decision-making.

Keywords: Handball, attack, defense, tactics, team play, training, technique, strategy,

compliance, decision-making.


Kirish:

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator

me’yoriy- huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport
to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 3-iyundagi PQ-
3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarori shular jumlasidandir. Ma’lumki jismoniy tarbiya sport millat genofondini
shakllantirish va sog’lom barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida yildan yilga turli yosh
avlodni kundalik turmush tarziga aylanib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizning barcha
hududlari-yu chekka-chekka qishloqlarida ham jismoniy tarbiya bilan bir qatorda sport turlari
ham sport turi dunyo miqyosida eng ommaviylashgan sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda
respublikamizning ta’lim muassasalarida gandbol sport turi fan va sog’lamlashtirish rivojlanib
bormoqda. Ta’kidlash joizki, yurtimiz bo’ylab ommaviy sog’lomlashtirish ishlarini
jadallashtirishda sportning gandbol turi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Gandbol vositasi sifatida
o’quv rejalarga kiritilgan.

Gandbol o’yini barcha sport turlari kabi o„zining olamshumul tarixiga ega. 1898 yilda –

gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi


background image

1324

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda zalda
o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib,
jamoadagi o’yinchilar sonini qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif
qiladi. Shu tariqa olamda “Handboll” inglizchadan tarjima qilinganda hand – qo’l, ball – to’p
ya’ni – qo’l to’pi yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi. Xolger Nilson
ikkita sport o’yindan ya’ni futbol va basketbol sport turidan yangi sport turini yaratish g’oyasi
paydo bo’lganda hech kim bu o’yin dunyoda shunchalik keng tarqalishini kutmagan edi. 11
kishidan iborat jamoa bilan o’yin yaratish 1917-1919-yillarga to’g’ri keladi. O’yinning ikkala
yo’nalishi ham uzoq vaqtdan beri mavjud.

O’yin maydonining birinchi o’lchamlari 40x20 metr, darvozaning bo’yi 2 metr, eni esa

2,1 metr, to’pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan. O’yinning dastlabki qoidalari bo’yicha to’p
bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruxsat berilmagan. Gandbol o’yini qoidalariga
keyingi kiritilgan o„zgartirishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib keldi. 1923- yilda to’p
o’lchami qisqartirildi va o’yin qoidalariga 3 sekund va 3 qadam bandlari kiritildi, bu, o’z
navbatida, o’yin texnikasi va taktikasiga ta’sir ko’rsatib, o’yinning tezkor bo’lishiga olib keldi.
1925-yilda Germaniya terma jamoasining Avstriya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Germaniya terma jamoasi o’yinda 5:6 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
1926-yilda gandbolning xalqaro sport bilan tan olinishi bir qator mamlakatlarda o’yinni
rivojlantirishga turtki berdi.

Gandbol musobaqalari o’tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida gandbol

bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda
tez rivojlana boshladi. 1960-yilda O’zbekistonda gandbolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
1938-yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960-yilgacha
O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta’lim oluvchi kursantlar orasida
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol mutaxassisligi bo’limi ochildi.
1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va
Ozbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd
etildi. 1962-yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq
chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy
ligaga yo’llanma oldi.

O’yin texnikasi: Gandbol o’yinida to’p bilan va to’psiz usullar bajariladi. Qo’yilgan

maqsadga erishmoq uchun o’yinda qo’llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig’indisi gandbol
texnikasini tashkil etadi. Gandbol o’yin texnikasi maydon o’yinchisi va darvozabon texnikasiga
ajratiladi. Har qaysi bo’lim harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi
bo’limchalariga ajratiladi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan
– harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o’yinchilari va
darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo’lib,
detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-
tuman qiladi (6-jadval). Gandbol o’yini texnikasi ikkita asosiy katta qisimga “hujum” va
“himoya texnikasi”ga ajratish mumkin. Hujum texnikasida “harakat” va “to’pga egalik qilish”
usullari, timoya texnikasida esa “harakat” va “to’pga qarshi egalik qilish” usullariga ajratiladi.
Har bir tarkibiy qism o’yin faoliyatini o’z ichiga oladi, ular o„z navbatida bir necha usulda
amalga oshiriladi. 1) texnikani bajarayotganda qo’l va oyoq harakatlarining soni (bitta yoki
ikkita); 2) qo’lning to’p bilan yelka holatiga nisbatan harakati (yuqori, yon, pastki); 3) to’pni
uzatish usulllari harakati (siltash, zarba). Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat
qilish hamda aldamchi harakatlar usuli o’yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat


background image

1325

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

– turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish har xil,
qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi.

Zamonaviy gandbolda ko’pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilib), oralig’i

yelka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo’llar bukilgan holatda tutiladi. Qaysi o’yinchi
maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o’sha o’yinchi ko’proq foyda keltiradi. Shuning uchun
har bir o’yinchi tez start olishni, yugurayotib yo’nalishni o’zgartirishni, to’xtash va sakrashni,
orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart. Gandbol texnikasini
tasniflash o’yin texnikasini obyektiv prinsipga muvofiq taqsimlashga asoslangan. Hujumdagi
o'yin tex

Hujum o’yini texnikasi: To’pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar

darvozasiga to’p kiritishga intiladi. Raqiblarning qaramaqarshiligini faqat maxsus usullar
yordamida yengishi mumkin. O’yin texnikasining bu qismiga to’pni ilish, ushlash, to’pni yerga
urib olib yurish va egallab olish, chalg’itish (fint) va to’siq (zaslon) qo’yish usullari kiradi.
Ularni amalga oshirish uchun gandbolchi tanasini maqbul. Ushbu hollardan maydon
o’yinchilari keng foydalanadilar. Darvozabonning turish hollari maydon o’yinchisinikidan
keltirish kerak, bu odatda o’yinchi turish holati deb ataladi. Oyoq tizza qismidan biroz egilgan,
yelkalari holatga oldinga tushirilgan, qo’llar tananing oldidagi tirsak qo’shilishida egilgan va
kaftlar tanadan chetga surilgan gandbol o’turish holati hisoblanadibutunlay farq qiladi, chunki
darvozabonning qo’llari ikkiga ajratilgan holatga keltiriladi. Harakatlar. O’yin vaziyatiga qarab,
gandbolchi yurish, yugurish, sakrash, to’xtash usullaridan foydalanadi. Gandbol o’yinchisi
maydondagi harakatlarini amalga oshirishda sheriklar bilan o’zaro munosabat va raqiblarga
qarshi turish uchun joy tanlash harakatlarini O’yin texnikasi Maydon o’yinchisi texnikasi
Darvozabon texnikasi Hujum texnikasi Himoya texnikasi Hujum texnikasi Himoya texnikasi
Harakatlanish texnikasi To’pni egallash texnikasi To’pni egallash texnikasi Qarshilik
ko’rsatish Harakatlanish texnikasi To’pni egallash texnikasi To’pni egallash texnikasi Qarshilik
ko’rsatish Texnik usullar, ularning turlari, bajarish shart-sharoitlati 25 amalga oshiradi. Yurish.
Gandbol o’yinchisi joyni o’zgartirish uchun ishlatiladi. Tez yugurish yoki burilish, to’xtash,
sakrash qobiliyatiga ega bo’lish uchun o’yinchilar orqa, yuz va yonboshlarni biroz egilgan
oyoqlarda oldinga siljitadilar. Yugurish. Gandbolchining yugurishi sportchining yugurishidan
farq qiladi, oyoq mashqlari to’liq bajarilmagan yugurish bilan tavsiflanadi. Ushbu usul harakat
yo„nalishini keskin o’zgartirishga imkon beradi. Harakatning ritmi va sur’atini o’zgartirish,
aldamchi harakatlar qilish. Sakrash. Gandbolchilar bir yoki ikki oyoq bilan itarish orqali
yuqoriga, uzunlikga, yon tomonga va bajarish usuliga ko’ra tasniflanadi. Gandbolchi tomonidan
to’pni yetkazishda, darvozaga otishda, to’xtashda, baland uchadigan to’plarni ilishda keng
qo’llanadi.

To’pni ilish. Bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilish

mumkin. To’pni ikki qo’llab ilishda qo’larning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib
voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to’pga tekkanidan so’ng, uchib kelgan to’p
tezligini pasaytirish uchun qo’llar bukiladi. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab. Ilish va
keyingi qo’lni silkitish ko’pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi. To’p bilan
muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash kerak bo’ladi. Agar o’yinchi uni ikki
qo’llab ushlasa, to’p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to’pni bir qo’llab yuqoridan yoki ochiq kaft
bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to„pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu
qo’lning panja bo’g’imlari qotishiga olib keladi.

Chalg’itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi, hammasidan ko’proq bir-


background image

1326

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

biriga bog’liq bo’lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg’itish harakati texnik usulining
qulay paytida qo’llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog’liqdir. Ikki va undan
ortiq usullardan tashkil topgan chalgitishlar ikki turga bo’linadi: oddiy va murakkab. Bir
harakatdan ikkinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga
shuncha imkoniyat yaratiladi. To’pni uzatishda usullarni o’zgartirib to’p yo’nalishini va to’p
uzatishda to’xtab qolish paytlarida chalg’itishlar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish –
bu to’pni otmoqchi bo’lib, so’ng to’pni uzatishdir (bosh orqasidan, orqa va yon tomondan).
To’p otishda to’pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda to’p otmoqchi bo’lib,
ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to’p otmoqchi bo’lib yerga tushib, himoyachini aldab
o’tish juda foydalidir. Chalg’itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o’tishda qo’llash muhimdir.
Bu bir va ikki qadamli harakat bo’lishi mumkin. Chalg’itish sifatida qadam qo’yish va to’p
uzatishlardan foydalaniladi. To’siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutilishi
uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Gandbol o’yinida to’siqlarni yakka holda va o’yinchilar
guruhi tomonidan qo’yilishi mumkin. Guruh bo’lib qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash
chizig’idan to’p otishda qo’llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to’p
egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan
iboratdir.

Himoya texnikasi

Xulosa:

Gandbolchilarning raqobatbardosh faoliyatining ajralmas qismidir.O’yinning

natijasi ko’jihatdan himoyalanayotgan jamoaning ishonchli va to’g’ri harakatlariga bog’liq.
Himoyada o’ynash, jamoa bir nechta hujumlarni hal qiladi: u o’z jamoasini raqibning
zarbalaridan himoya qiladi, uyushgan hujumni oldini oladi va to’pni egallash uchun kurashadi.
Himoya texnikasining xatti-harakatlari hujum texnikasining muvaffaqiyatidan pastdir.

REFERENCES

1.

O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to’g’risidа” gi Qоnuni. – Toshkent, 1997. - 27b.

2.

O„zbеkistоn Rеspublikаsining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni. –
Toshkent, 2015-yil, 4-sentabr.

3.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining “O’zbеkistоn Rеspublikаsida jismoniy tarbiya
va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-
son Qarori.Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz”. –Toshkent: O’zbеkistоn, 2017.

4.

Pavlov Sh.K., Abdalimov O.X., Yusupova Z.Y. Gandbol nazariyasi va uslubiyati.
Darslik. –Toshkent. Fan va texnologiya, 2017.

5.

Azizova R.I. Gandbolchining texnik tayyorgarligi. –Toshkent, 2006.

6.

Izaak V.I., Nabiyev T.I. Gandbol. –Toshkent, 2005. 8. Pavlov Sh, Abduraxmanov F,
Akramov J. Gandbol. – Toshkent, 2005.

7.

Pavlov Sh, Abduraxmanov F, Azizova R. Gandbol. – Toshkent, 2007.

8.

Pаvlоv Sh, Аbdurаhmоnоv F, Аkrоmоv J. Gаndbоl. Dаrslik. – Toshkent, 2005.

9.

Pаvlоv Sh.K, Аbdаlimоv О.Х, Yusupоvа Z.E. Gandbol (Musоbаqа qоidаlаri, ulаrni
tаshkil etish vа o’tkаzish tizimi). Uslubiy qo„llanma. –Toshkent: O’zDJTI nаshriyot-
mаtbuоt bo’limi. 2014.

10.

Аyrаpеtyants L.R. Pulatov A.A. Vоlеybоl nazariyasi va uslubiyati. Darslik. – Toshkent,
2012.

11.

Masharipov Y. Sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2010.

12.

Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik. – Toshkent, 2011.

13.

Pаvlоv Sh.K. Gаndbоl: Jismоniy tаrbiya instituti uchun dаstur. –Toshkent, 1998.


background image

1327

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

14.

Yarаshеv K.D. Jismоniy tаrbiya vа spоrtni bоshqаrish. – Toshkent: Аbu Аli ibn Sinо,
2002.

15.

Salamov R.S. Sport mashg’ulotining nazariy asoslari. – Toshkent, 2005.

16.

Qosimova R.A., Do’sanov U.T. Gandbol (gandbol) va uni o’qitish uslubiyati. –
Samarqand, 2011.

17.

Акимов, Жуманияз Ерниязович, and Курбанияз Жуманиязович Акимов.
"МУРАББИЙНИНГ ПЕДАГОГИК МАХОРАТИ."

Journal of Modern Educational

Achievements

1212.12 (2023): 252-256.

18.

Акимов, Ж. Е., & Акимов, К. Ж. (2023). МУРАББИЙНИНГ ПЕДАГОГИК
МАХОРАТИ.

Journal of Modern Educational Achievements

,

1212

(12), 252-256.

References

O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to’g’risidа” gi Qоnuni. – Toshkent, 1997. - 27b.

O„zbеkistоn Rеspublikаsining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni. –Toshkent, 2015-yil, 4-sentabr.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining “O’zbеkistоn Rеspublikаsida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031- son Qarori.Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. –Toshkent: O’zbеkistоn, 2017.

Pavlov Sh.K., Abdalimov O.X., Yusupova Z.Y. Gandbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. –Toshkent. Fan va texnologiya, 2017.

Azizova R.I. Gandbolchining texnik tayyorgarligi. –Toshkent, 2006.

Izaak V.I., Nabiyev T.I. Gandbol. –Toshkent, 2005. 8. Pavlov Sh, Abduraxmanov F, Akramov J. Gandbol. – Toshkent, 2005.

Pavlov Sh, Abduraxmanov F, Azizova R. Gandbol. – Toshkent, 2007.

Pаvlоv Sh, Аbdurаhmоnоv F, Аkrоmоv J. Gаndbоl. Dаrslik. – Toshkent, 2005.

Pаvlоv Sh.K, Аbdаlimоv О.Х, Yusupоvа Z.E. Gandbol (Musоbаqа qоidаlаri, ulаrni tаshkil etish vа o’tkаzish tizimi). Uslubiy qo„llanma. –Toshkent: O’zDJTI nаshriyot-mаtbuоt bo’limi. 2014.

Аyrаpеtyants L.R. Pulatov A.A. Vоlеybоl nazariyasi va uslubiyati. Darslik. – Toshkent, 2012.

Masharipov Y. Sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2010.

Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik. – Toshkent, 2011.

Pаvlоv Sh.K. Gаndbоl: Jismоniy tаrbiya instituti uchun dаstur. –Toshkent, 1998.

Yarаshеv K.D. Jismоniy tаrbiya vа spоrtni bоshqаrish. – Toshkent: Аbu Аli ibn Sinо, 2002.

Salamov R.S. Sport mashg’ulotining nazariy asoslari. – Toshkent, 2005.

Qosimova R.A., Do’sanov U.T. Gandbol (gandbol) va uni o’qitish uslubiyati. – Samarqand, 2011.

Акимов, Жуманияз Ерниязович, and Курбанияз Жуманиязович Акимов. "МУРАББИЙНИНГ ПЕДАГОГИК МАХОРАТИ." Journal of Modern Educational Achievements 1212.12 (2023): 252-256.

Акимов, Ж. Е., & Акимов, К. Ж. (2023). МУРАББИЙНИНГ ПЕДАГОГИК МАХОРАТИ. Journal of Modern Educational Achievements, 1212(12), 252-256.