YOSHLIK DAVRI VA UNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Yosh psixologiyasini o‘rganishda psixika va xulq - atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan turli xil o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarida, 1 necha oydan (go‘daklik davri) to bir necha yillarni (katta yosh davrida) o‘z ichiga oladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sharafullayeva, S. . (2024). YOSHLIK DAVRI VA UNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(2), 32–35. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30672
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Yosh psixologiyasini o‘rganishda psixika va xulq - atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan turli xil o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarida, 1 necha oydan (go‘daklik davri) to bir necha yillarni (katta yosh davrida) o‘z ichiga oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

32

YOSHLIK DAVRI VA UNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Sharafullayeva Shaxlo Kaxramonovna

Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10925472

Annotatsiya.

Yosh psixologiyasini o‘rganishda psixika va xulq - atvorda bir yosh davridan

ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan turli xil o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar
hayotning muayyan bosqichlarida, 1 necha oydan (go‘daklik davri) to bir necha yillarni (katta
yosh davrida) o‘z ichiga oladi.

Kalit so’zlar:

Yetuklik, jins, psixologiya, shaxs, yolg’izlik, men.

ADOLESCENCE AND ITS UNIQUE PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS

Abstract.

In the study of the psychology of age, he studies the various changes in the psyche

and behavior that occur during the transition from one age period to another. Usually, these
changes take place at certain stages of life, from a few months (infancy) to several years (in
adulthood).

Key words:

Maturity, gender, psychology, personality, loneliness, self.

ПОДРОСТКОВЫЙ ВОЗРАСТ И ЕГО УНИКАЛЬНЫЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ

ОСОБЕННОСТИ

Аннотация.

При изучении психологии возраста он изучает различные изменения

психики и поведения, происходящие при переходе от одного возрастного периода к другому.
Обычно эти изменения происходят на определенных этапах жизни: от нескольких месяцев
(младенчество) до нескольких лет (во взрослом возрасте).

Ключевые слова:

Зрелость, пол, психология, личность, одиночество, самость.

Kirish:

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davming o‘ziga xos

xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol
ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlaming
mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi:

1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi

a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan
1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘mini topish va qadr-qimmatga erishish;

2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish

(mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi - 3 yildan 8 yilgacha - ish staji nazarda tutiladi) yoki kasb-
korlik, mahoratini egallash;

3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini

oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida
bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bo‘ lsa-da, lekin ishlab chiqarishga

ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan,
kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan
oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlami bosib o‘tishlari shart. Hozirgi mutaxassis
laming ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar 1 bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

33

mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch
keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir ular:

a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar,

mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilaming xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining
qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo;

b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar,

saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi
va boshqalar:

v) mutaxassislik bilan bog'liq o‘ziga xos qiyinchiliklar; ishlab chiqarishning mohiyati,

xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan yetarli
darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi
mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik irodasini taqqoslash murakkabligi,
muammolar oldida lol qolish. Bu qiyinchiliklami yengish davrida insonning ruhiy holatlari,
jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi. Psixoflziolog
P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o‘zgarishi 20
yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada
rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B.G.Ananev
o‘zining ilmiytadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishIami murakkab shaxs
jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik fimksiyalar) sodda
jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo boMishidan metobolizm - modda almashinuvgacha),
hatto shaxsning xususiyatigacha bo‘lgan (holatlarni o‘z ichiga qamrab olishini matematik
usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ulaming chuqur sifat tahlili orqali ko‘rsatib o*tadi.
Ko‘zlaming farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o‘zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov
sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham
davom qilishini ta’kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson fiinksional
darajasining oshishi 23-27 yoshdagi yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining
barqarorlashuvi 19,8 foiz, fiinksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma’lumotlar
kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o‘sish jihatlarining o‘zaro munosabati har xil
kechishini ko‘rsatib turibdi. Yu.N.Kulyutkin katta kishilaming diqqat, xotira, tafakkur bilish
jarayonlarini birgalikda o‘rgangan. Yu.N.Kulyutkin o‘z tadqiqotida 0-130 shkalagacha oraliqni
tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5 tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26-29 yoshlarda
esa diqqat 102,8, xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim
V.Shevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq kilib, 11-20
yoshlar oralig‘ida 12,5 foiz, 21-30 yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilaming ilmiy
mahsuli dinamikasini o‘rgangan 3. F. Esareva uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda
24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlami
tashkil qilishini ko‘rsatib o‘tadi. Yoshlaming ijtimoiy hayotda qatnashuvini o‘rgangan
V.Shevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishish eng yuqori cho‘qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu hoi
odamlaming 45,4 foizida bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida
insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 yoshda 3
foizga teng bo‘Iadi. Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o‘rgangan
L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi hay do vchi larda uning uch xil:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

34

normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo‘yicha normadan kam bo‘lishini
ta’kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator fimksiyalar darajasining o‘zgarishi, takomillashuvi:
ko‘rish maydonining koiami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasawur, bilish darajalari;
anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o‘zgamiasligining o'sishi boshqa faoliyat va ko‘rish
ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo‘ladi: 22-25
yoshlarda ikki 228 xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va
attensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat boiadi. Yoshlik davrida yigit-
qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik mexanizm, ya’ni mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va
norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, melinat jamoasidagi psixologik muhit, ma’naviyat
olami, barqarormaslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yangi
a’zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta’sir
natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar
yo‘qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi qo'shilgan a’zo unda o‘z o‘mi va qadr-qimmatini
qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal boisa-da chetlashishga majbur
boiadi. Bu y o i jamoadagi psixologik iqlimga moslashishi maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga,
murakkab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi qo‘yilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun
yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustahkam ichki rishtalarini yemiruvchi omil
mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo‘ysunish har bir a’zoning burchidir. Ayrim
hollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari hislar shaxsiy
nuqtai nazar bo‘shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo boiadi. Yoshlik gashtini
surayotgan yigit va qizlar otaonasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush
o‘rtog‘iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to‘g‘ri muloqotda
boiishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatning
koiam i kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi,
totuvligi va ahilligiga halal bermaslik niyatida yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi
xattiharakat qilishga ham majbur boiadilar, o‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo’l
tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy “til” topishga intiladilar. Shunga ko‘ra
oila muhiti ham yigit va qizlaming ruhiyati hamda ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini
o‘taydi. Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir.
Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi
bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli
yoshlar xarakterida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Yuksak hislar, barqaror e’tiqod, ilmiy
dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol boiadi, ya’ni
“Do‘sting uchun zahar yut” qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik,
ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlami ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalami egallash
imkoniyati ham boiadi. Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai nazaridan yondashmay,
uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat qilish ayni muddaodir.





background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

35

REFERENCES

1.

G’.E.G’oziyev Ontogenez psixologiysi.Toshkent 2020-yil

2.

Sh.A.Dustmuxamedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbaeva
Yosh davrlari pa pedagogik psixologiya. Toshkent, TDPU

3.

Sharafullaeva, S. (2023). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADULT
PERIOD.

World Bulletin of Social Sciences

,

29

, 49-51.

4.

Sharafullayeva, S. K. (2023). YOSH DAVRLARI VA UNING TURLI PSIXOLOGIK
MUAMMOLARINING PSIXOLOGIYADA TADQIQ ETILISHI.

Educational Research in

Universal Sciences

,

2

(18), 571-575.

5.

Abdurazzokovna, S. A. (2023). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING
PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING
VIRTUAL TECHNOLOGIES. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE
EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(29), 304-309.

6.

Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL
SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL
TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

7.

Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in primary
school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,
11(10), 1494-1497.

Bibliografik manbalar

G’.E.G’oziyev Ontogenez psixologiysi.Toshkent 2020-yil

Sh.A.Dustmuxamedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbaeva Yosh davrlari pa pedagogik psixologiya. Toshkent, TDPU

Sharafullaeva, S. (2023). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADULT PERIOD. World Bulletin of Social Sciences, 29, 49-51.

Sharafullayeva, S. K. (2023). YOSH DAVRLARI VA UNING TURLI PSIXOLOGIK MUAMMOLARINING PSIXOLOGIYADA TADQIQ ETILISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(18), 571-575.

Abdurazzokovna, S. A. (2023). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(29), 304-309.

Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1494-1497.