2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
542
AQSH SOTSIOLOGIYASIDA NEOPOZITIVIZIM G’OYALARI
Ikromova Sohiba Suyun qizi
O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15294910
NEOPOSITIVIST IDEAS IN US SOCIOLOGY
Abstract.
This article analyzes the formation and stages of development of the neopositivist
approach in US sociology. The methodological foundations of neopositivism, its influence on
empirical research, and the scientific heritage of its main representatives, such as Paul Lazarsfeld
and Robert K. Merton, are highlighted. The advantages and limitations of neopositivist sociology,
as well as the critical approaches that have emerged against it, are also considered. The article
serves as an important theoretical and practical basis for understanding the modern style of
scientific sociology.
Keywords:
neopositivism, US sociology, empirical research, Talcott Parsons, Paul
Lazarsfeld, Robert K. Merton, structural functionalism, scientific methodology, statistical analysis.
ИДЕИ НЕОПОЗИТИВИЗМА В СОЦИОЛОГИИ США
Аннотация.
В статье анализируется становление и этапы развития
неопозитивистского подхода в социологии США. Будут рассмотрены методологические
основы неопозитивизма, его влияние на эмпирические исследования и научное наследие его
основных представителей, таких как Пол Лазарсфельд и Роберт К. Мертон. В статье
также обсуждаются преимущества и ограничения неопозитивистской социологии, а
также критические подходы, возникшие против нее. Статья служит важной
теоретической и практической основой для понимания современного метода научной
социологии.
Ключевые слова:
неопозитивизм, социология США, эмпирические исследования,
Толкотт Парсонс, Пол Лазарсфельд, Роберт К. Мертон, структурный функционализм,
научная методология, статистический анализ.
20-asrning o‘rtalarida AQSh sotsiologiyasida ilmiy metodologiyaga asoslangan yondashuvlar
ustuvor bo‘la boshladi. Shu davrda neopozitivizm, ya’ni ijtimoiy fanlarda tabiiy fanlarga xos aniq
o‘lchov va tahlil usullarini qo‘llash yondashuvi shakllandi. Bu metodologik burilish
sotsiologiyaning empirik asosda rivojlanishiga xizmat qildi.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
543
Sotsiologiyaning jadal rivojlanishiga va Amerika jamiyatiga oson moslashishiga asosiy
sabab - bu pragmatizm va instrumentalizm mafkurasi va falsafasi edi. Shu o‘rinda, neopozitivizm
haqida to‘xtalib o‘tish zarur bo‘ladi, chunki aynan uning ta’siri bu davrda AQSh sotsiologiyasida
amaliy tadqiqotlami mutlaqlashtirishga asbab bo‘lgan. Sotsiologiyada neopozitivizm - falsafaning
mantiqiy pozitivizmiga tayanuvchi nazariy-metodologik yo‘nalishdir. O.Kont tomonidan taqdim
etilgan poztivizmning asosiy tamoyillar to‘rtta bo‘lgan bo‘lsa, neopozitivistlar uni yana ikki tamoyil
bilan boyitadilar. Neopozitivizmning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy voqyea-hodisalar butun bir borliq uchun umumiy bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy-tarixiy
qonunlarga bo‘ysunadi (naturalizm);
2) sotsial tadqiqot usullari tabiatshunoslik fanlari usullari kabi aniq, qat'iy va ob'ektiv bo‘lishi
lozim (ssientizm);
3) inson xulq-atvorining “subyektiv jihatlari” faqatgina ochiq xulq-atvor orqali tadqiq etilishi
lozim (bixeviorizm);
4) barcha ilmiy tushunchalar operatsional tarzda aniqlanishi lozim (operatsionalizm);
5) barcha ijtimoiy voqyea-hodisalar miqdoriy jihatdan qayd etilishi va o‘rganilishi lozim
(kvantifikatsiya);
6) sotsiologiya fan sifatida qadriyatli hukmlardan va mafkuradan xoli bo‘lmog‘i lozim
(metodologik obyektivizm).
Ushbu tamoyillar asosida neopozitivizm vakillari inson xulqatvori motivlarini faqatgina
konkret xatti-harakatlami kuzatish orqaligina tadqiq etish mumkinligini ta’kidlaydilar. Shuningdek,
bu xatti-harakatlarda faqatgina moddiy-texnik omillaming rolini aynanlashtiradilar. Quyidagi
talablarga javob bergandagina sotsial voqyea-hodisalar tadqiqoti o‘zining haqqoniyligini namoyon
etadi:
a) miqdoriy jihatdan, matematik usullar asosida qayd etish mumkin bo‘lganda;
b) hissiy ma’lumotlarga asoslanganda;
d) empirik jihatdan tekshirish mumkin bo‘lganda.
Shuni ta’kidlash lozimki, ijtimoiy hayotning barcha voqyeahodisalarini ham (masalan, psixik
jarayonlar) miqdoriy jihatdan qayd etish va o‘rganish, ijtimoiy qonuniyatlami ratsional tafakkur
tushunchalarisiz tadqiq etish, ko‘pgina nazariy mushohadalaming (masalan, jamiyatning
kelajakdagi taraqqiyoti istiqbollari haqidagi) haqqoniyligini bevosita verifikatsiya orqali tekshirish
mumkin emas.
Neopozitivizm o‘zlarini “ilmiy sotsiologiya” vakillari yoki sotsiologiyada “tabiiy-ilmiy”
yo‘nalish vakillari, deb hisoblovchi umumiy bir g‘oyada birlashgan alohida bir necha maktablardan
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
544
tashkil topgan yo‘nalishdir. Vena to‘garagi tarkibida shakllangan bu oqim keyinchalik AQSh
sotsiologiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazib, XX asr boshlaridan empirik sotsiologiyaning rivojlanishiga
katta hissa qo‘shdi. Natijada, bevosita amaliy ishlarga e'tiboming kuchayishi oqibatida, sotsiologiya
ijtimoiy ish bilan tenglashtirildi. Nazariy va metodologik bazaning yetishmovchiligi - ushbu davr
kamchiligi sifatida empirizm va pragmatizm kabi xususiyatlarni namoyon qildi. Buning natijasida
empirik tadqiqotlarni sotsiologik nazariyalarga qarshi qo‘yish hisobiga, ulaming sotsiologik
nazariyalami ma’lum bir muddatda (15-20 yil) butun sotsiologiya sahnasidan surib
chiqarishga imkoniyat berdi.[1]
1
Asosiy vakillar va ularning hissasi
Paul Lazarsfeld.
U ommaviy axborot vositalari ta’siri, ijtimoiy psixologiya va
kommunikatsiya sohasida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borgan. Lazarsfeld empirik metodlarni
sotsiologiyaga keng joriy qilgan.[2]
2
Robert K. Merton.
Merton “o‘rta darajadagi nazariyalar” g‘oyasini ilgari surgan. U empirik
dalillar va nazariy yondashuvlar o‘rtasidagi bog‘liqlikka urg‘u bergan. Uning "funksional tahlil"
usuli sotsiologik nazariyani amaliy tadqiqot bilan uyg‘unlashtirgan.[3]
3
Talkott Parsons.
Garchi Parsons to‘liq neopozitivist bo‘lmasa-da, uning strukturaviy
funksionalizm nazariyasi jamiyatni tizimli va ilmiy asosda o‘rganishga yo‘naltirilganligi bilan bu
yondashuvga yaqin edi.[4]
4
Neopozitivizmning kuchli va zaif tomonlari
Kuchli tomonlari:
Sotsiologiyani ilmiy asoslashga harakat qilgan.
Empirik ma’lumotlarga asoslangan tahlil imkonini bergan.
Statistik metodlarning keng qo‘llanishiga sabab bo‘lgan.
Zaif tomonlari:
Ijtimoiy hodisalarning mazmuniy va madaniy jihatlarini e’tiborsiz qoldirgan.
Sub’ektivlik va insoniy tajribaning noaniq tomonlarini qamrab olmagan.
Neopozitivizmga tanqidiy yondashuvlar 1970-yillardan boshlab interpretativ sotsiologiya,
simvolik interaksionizm va kritikal nazariya neopozitivizmni tanqid qila boshladi. Bu oqimlar
insoniy tajribaning chuqur ma’nosini tushunishga intilgan, sotsiologiyani faqat ilmiy o‘lchovlar
bilan cheklashga qarshi chiqqan.[5]
5
1
Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya-ziyo” 2020
2
Lazarsfeld, P. F. The Language of Social Research.
3
Merton, R. K. Social Theory and Social Structure.
4
Parsons, T. The Social System.
5
Wallace, R. A., & Wolf, A. Contemporary Sociological Theory.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
545
Xulosa AQSh sotsiologiyasida neopozitivizm sotsiologik metodologiyaning muhim
bosqichidir. U sotsiologiyani ilmiy asosda o‘rganishga yo‘naltirgan, biroq keyinchalik uning
chegaralari aniqlanib, muqobil yondashuvlar shakllangan. Shunday bo‘lsa-da, neopozitivizm
bugungi kunda ham empirik tadqiqotlar va metodologik yondashuvlar asosida o‘z ahamiyatini
saqlab qolmoqda.
Adabiyotlar:
1.
Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya-ziyo” 2020
2.
Lazarsfeld, P. F. The Language of Social Research.
3.
Merton, R. K. Social Theory and Social Structure.
4.
Parsons, T. The Social System.
5.
Wallace, R. A., & Wolf, A. Contemporary Sociological Theory.
