Mualliflar

  • Dildora Omonova
  • Ulug‘jamol Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44447

Kalit so‘zlar:

ta’lim muassalari proyektor interaktiv elektron doska faks modem zamonaviyt metodlar.

Annotasiya

Ushbu maqola Ta'lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini takomillashtirish haqida bo’lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o’rganib chiqildi. Shuningdek maqolada zamonaviy boshqaruv usullari uchun kerak bo‘ladigan zamonaviy texnikalar haqida ma’lumot berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

MAKTAB BOSHQARUVINING USUL VA USLUBLARINI MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI.

Omonova Dildora Nekmurodovna

Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Raximova Ulug‘jamol Abdurasulovna

Buxoro innovatsiyalar universiteti 2-bosqich magistiranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13957054

Annotatsiya. Ushbu maqola Ta'lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini

takomillashtirish haqida bo’lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari
chuqur o’rganib chiqildi. Shuningdek maqolada zamonaviy boshqaruv usullari uchun kerak
bo‘ladigan zamonaviy texnikalar haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:ta’lim muassalari, proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem,

zamonaviyt metodlar.

METHODS OF IMPROVING MECHANISMS OF SCHOOL MANAGEMENT

METHODS AND METHODS.

Abstract. This article is about the improvement of management methods and techniques in

educational institutions, and the opinions and opinions of research scientists on the subject were
studied in depth. The article also provides information about modern techniques needed for
modern management methods.

Key words: educational institutions, projector, interactive electronic board, fax modem,

modern methods.

ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ И МЕТОДОВ ШКОЛЬНОГО

УПРАВЛЕНИЯ.

Аннотация. В данной статье речь идет о совершенствовании методов и приемов

управления в образовательных учреждениях, а также подробно изучены мнения и мнения
ученых-исследователей по этой теме. В статье также представлена информация о
современных методах, необходимых для современных методов управления.

Ключевые слова: образовательное учреждение, проектор, интерактивная

электронная доска, факс-модем, современные методы.

O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan oliy ta‘lim sohasi bo‘yicha o‘rtaga

quyilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq [Mirziyoyev, 2017:
47]. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida
ta'lim tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadga erishish, talabalarning xilma xil faoliyatini
uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib
o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning istiqboli ko‘p
jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va
tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.

Maktab kengashining mustahkamligi va barqarorligi o‘quvchi faoliyatiga ta‘sir qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

Maktab kengashlari nafaqat tuman va talabalar maqsadlari va natijalariga e’tibor

qaratishlari, balki kengash barqarorligi va samarali boshqaruvni ta’minlash uchun ichkariga
kirishlari har qachongidan ham muhimroq.

ASB Kengashining Rivojlanish xizmatlari bo‘limi direktori, PhD Fil Gor tomonidan olib

borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zini ishonchli shaxs deb hisoblaydigan kengash a‘zolari
nafaqat rahbarlarning tavsiyalarini qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki bosh direktorni
talabalarning yutuqlari uchun javobgarlikka tortish ehtimoli ko‘proq.

Har bir bola uchun eng yaxshi natijalarga erishishga intilgan maktab kengashi a’zolari,

vahiyni amalga oshirish yo‘li kengashning har bir qarori va harakatlarida ishonchli fikrga
sodiqlikni talab qilishini tan olishadi. Bu har bir qarorda guruhli fikrlash yoki yakdillik degani
emas.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o'qitish uchun birgina

kompyuterning mavjudligi kifoya bo'lib qoldi. Qolaversa, axborotni uzatish, International
scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology
in teaching foreign languages" saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi. Hozirgi kunga
kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u
har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi,
kompyuterdan foydalanishga o'rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.
[Mirziyoyev, 2017: 29].

Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner,

videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta,
multimedia vositalari, Internet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini
boshqarish tizimlari, sun'iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin. O'quv-tarbiya jarayonida
kompyuterlar asosan to'rt tartibda:

• passiv qo'llash - kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
• reaktiv muloqot - kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
• faol muloqot - kompyuter talabaga yo'l - yo'riq berish va imtihon olishda;
• interfaol muloqot - kompyuter sun'iy intellekt sifatida, ya'ni talaba bilan muloqot qilishda

foydalaniladi. Ta'limda zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy
etilishi:

• fan sohalarini axborotlashtirishni;
• o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni;
• integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
• ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib

keladi. Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil
etish:

• masofaviy o'quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar,

kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;

• pedagoglar o'rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
•ta'lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning

samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

525

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi:
• talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
•o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur

o'zlashtirilishiga;

•o'quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati

sohasining kengayishiga;

•interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o'qitish jarayonini

individuallashtirish va differensiyalashtirishga

•sun'iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o'quv materiallarini

o'zlashtirish strategiyasini egallashiga;

• axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
•o'rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish,

talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi.

Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini

qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim
jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy
texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga:
o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot
(dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi.

Tajribalar shuni ko'rsatadiki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining

ijodkor bo'lishini, o'z fanini innovatsion yondoshuv asosida o'qitishni, interaktiv usul va
vositalardan unumli foydalanishi, fanning muhim muommolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi,
fan yutuqlarini talabalarga yetkaza olishi va nihoyat talabalarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot
ishlariga o'rgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi avvalo axborot texnologiyalari
malakalarini egallashi zarur.

REFERENCES

1.

Dildora

O.

BOSHLANG'ICH

SINF

O'QUVCHILARINING

LINGVISTIK

KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF
SCIENCE AND EDUCATION. – 2023. – Т. 1. – №. 12. – С. 46-48.

2.

2.Dildora, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LINGVISTIK
KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH.

PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF

SCIENCE AND EDUCATION

,

1

(12), 46-48.

3.

Ta'lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini takomillashtirish Tursunpo'latova
Sadbarxon Husanboy qizi

Bibliografik manbalar

Dildora O. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LINGVISTIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. – 2023. – Т. 1. – №. 12. – С. 46-48.

2.Dildora, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LINGVISTIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH. PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION, 1(12), 46-48.

Ta'lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini takomillashtirish Tursunpo'latova Sadbarxon Husanboy qizi