1
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN TIL TA’LIMIDA
FOYDALANISHNING ZAMONAVIY DASTURIY VOSITALARI
Eshpulatova Husniya Mirg’olib qizi
TAFU Matematika kafedrasi katta o’qituvchisi,
e-mail: heshpulatova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10442585
Kalit so'zlar:
raqamlashtirish, sun’íy intellekt, avtotarjimonlar, VR, AR, wiki, wiki texnologiyasi, yozish qobiliyatlari, matn
generatsiyasi, axborotlashtirish, ta'lim, tarjima, til ta’limi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada chet tillarini o'rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha samarador
imkoniyatlari o’rganiladi va tahlil qilinadi. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning chet tillarini o'qitishda qo'llanilishining turli
zamonaviy usullari solishtiriladi va batafsil ko'rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning uslubiy, didaktik va tarbiyaviy xususiyatlari ham
tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola mualliflari raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishning xilma-
xil algoritmlarini taklif qiladilar, shuningdek, tildan tilga tarjima qilish va til o'rganish uchun mo’ljallangan ba'zi uslubiyatlar va vositalarni
taklif qilishadi
.
KIRISH
Xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy
aloqalar rivojlanishi bilan til ta’limiga ham e’tibor ancha
kuchaydi va til bilishga bo’lgan munosabat ham tubdan
o’zgardi. Shu tufayli, tilni faol o’rganishga hamda til
ta’limiga va tarjimaga raqamli texnologiyalar usullarini
jalb qilish yanada rivojlanib ketdi. Bu borada bir qancha
ilmiy ishlar amalga oshirildi va kitoblar ham chop etildi [1-
5]. Ushbu manba’larga tayangan xolda aytishimiz
mumkinki, raqamli texnologiyalar bu – real voqe’llikni
to‘ldirib turadigan virtual muhitdir. Borgan sari ko’proq
mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli
texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan
olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada
4.0
Industriya
, Singapurda
Smart Nation
va Evropa Ittifoqida
Horizon 2020
kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga
katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy
Osiyoda
joylashgan
Qozog’ston
va
Qirg’izston
mamlakatlari
Digital Kazakstan
va
Kyrgizstan Taza Koom
deb
nomlangan
milliy
raqamli
texnologiyalarini
rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib
kelmoqdalar. Albatta horijiy tillarni o’rganish jarayoni
ham bu o’zgarishlardan xoli bo’lmaydi. Shuning uchun
ham quyida til o’rganish uchun samarador bo’lishi mumkin
bo’lgan bir qancha texnologiyalarni o’rganib chiqamiz.
ADABIYOTLAR
TAHLILI
VA
METODLAR
Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarni til
o’rganish jarayoniga jalb qilish va uning samaradorligini
oshirish uchun quyidagi usullardan foydalanishning real
imkoniyatlari mavjud [1-6]:
•
Turli xil, ko’rinish va imkoniyatlarga ega bo’lgan
raqamli avtotarjimon vositalar, dasturlar va
tizimlar;
•
Global, korporativ va local smart texnologiyalar;
•
Hozirgi davrda katta tezlik bilan rivojlanayotgan
hamda
aql
bobar
qilmagan
natijalarga
erishayotgan suníy intellekt tizimlari;
•
Wiki-texnologiyalar asosida tashkil qilingan
dastur, algoritm va tizimlar.
Smart Learning (Aqlli ta’lim)ni rivojlantirish boýicha
YUNESKO tomonidan e’lon qilingan XXI asr ta’limning
yetakchi tamoyili hamma uchun ta’lim va butun hayot
davomida ta’limni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar
yaratiladi. Aqlli ta'lim istalgan vaqtda, istalgan joyda va
istalgan vaqtda ta'lim olish imkoniyatini amalga oshiradi.
Buning uchun faqatgina hoxish va iroda bo’lsagina bas.
Bugungi
kunda
ta'limni
rivojlantirishning
asosiy
pozitsiyasi shu xolat bilan bog’liqdirki, endilikda eski
ta'lim tizimi insonlarni Smart jamiyatda ishlashga
tayyorlay olmaydi va zamonaviy Smart texnologiyalarsiz
innovatsiyalar yaratish hamda information jamiyatga o’tish
mumkin emas. Agar ta'lim tizimi rivojlanishning ushbu
yo'nalishlaridan orqada qolsa, u holda uning rivojlanishi
mumkin bo’lmay qoladi va u stagnatsiyaga uchray
boshlaydi.
Ta'lim
sohasiga
nisbatan
Smart
texnologiyalarning yondoshuvi quyidagilardan iboratdir
[7,8]:
•
o‘quvchilarga bilim yetkazish uchun turli
gadjetlar, smartfonlar, planshetlar va boshqa
shunga o‘xshash qurilmalardan foydalanish.
•
smart
texnologiyalarga
integratsiyalashgan
intellektual virtual o'quv muhitini shakllantirish
vositasi sifatida qarash.
Integratsiyalashgan intellektual ta'lim tizimini
rivojlantirishning muhim va zaruriy sharti shundan
iboratki, Smart texnologiyalarning yetarli darajada
rivojlanishi, ularning kundalik hayotga kirib borish
intensivligi va ta'lim tizimining doimiy o'zgaruvchan
muammolarga reaktsiyasi ma’lum bir intellectual
algoritmlarga asoslangan holda hal qilinadi. “Smart
Education – Aqlli ta’lim”dan foydalanish va joriy etishning
asosiy sababi – mavjud ta’lim tizimini “Smart Economy”
va “Smart Society”ning yangi talablariga muvofiq
takomillashtirish zaruratidir. Aqlli ta'limni aqlli axborot
texnologiyalaridan foydalanish orqali ta'lim jarayonini
2
zamonaga moslashtirilgan tarzda amalga oshirishni o'z
ichiga olgan ta'lim paradigmasi deb hisoblash ham
mumkin. Smart Education paradigmasini amalga oshirish
o‘zgaruvchan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik muhit bilan
moslashuvchan o‘zaro munosabatda bo‘lish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, va malakalarni egallash boýicha
ta’lim va tarbiya jarayonini shakllantirishga qaratilgan.
Aqlli ta'limning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish
uchun unga global axborot jamiyati imkoniyatlaridan
samarali foydalanish imkoniyatini berish kerak. Smart
Educationning asosiy tamoyillari esa quyidagilardan
iboratdir [9-12]:
1.
ta'lim muammolarini hal qilish uchun ta'lim dasturida
zamonaviy dolzarb ma'lumotlardan foydalanish
kerakdir, chunki ta'lim va har qanday kasbiy faoliyatda
axborot oqimi hajmining tezligi tezkor sur'atlar bilan
o'sib bormoqda. Shuning uchun ham mavjud o'quv
materiallariga bo’lgan talablarni amaliy masalalarni
yechishga qaratgan xolda, ularni real vaqt rejimidagi
ma'lumotlar bilan to'ldirilib turilishi kerak (virtual
laboratoriyalar, bulutli ma’lumotlar, online yoki
offlayn ta’lim, qo’shimcha elektron manba’lar va shu
kabilar);
2.
talabalarning mustaqil kognitiv tadqiqot loyihasini
yaratish va uni ilmiy asosda rivojlantirish ilmiy-
tadqiqot faoliyatini tashkil etish lozim. Bu tamoyil
talabalarni o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni hal qilish
uchun ijodiy izlanishga, mustaqil ravishda axborot va
tadqiqot
faoliyatiga
tayyorlashda
yo’naltiradi
(masalan, onlayn maslahatlar, konsalting, frilanserlik
kabilar);
3.
taqsimlangan o'quv muhitida turli xil usul va
uslubiyatlarni jalb qilgan xolda ta'lim jarayonini
amalga oshirish talab qilinadi. Ta'lim muhiti ta'lim
muassasasi hududi yoki masofaviy ta'lim tizimi
bilangina cheklanmasligi kerak - o'quv jarayoni
uzluksiz bo'lishi kerak (m-learning, D-learning, B-
learning, podkastlar, vebkastlar, bloglar va boshqalar);
4.
ta'limni individuallashtirishning moslashuvchan ta'lim
traektoriyalari turli xil ko’rinishlarda bo’lishi mumkin,
masalan, ta'lim faoliyatining xilma-xil ko’rinishda
bo’lishi, o'quvchilarga turli ta'lim dasturlari va
kurslarini o'rganish imkoniyati yaratilishi, o'quv
jarayonida o’quvchilarning o'z imkoniyatlariga
yarasha - sog'lig'i, moddiy va ijtimoiy sharoitlariga
mos ravishda ta’lim olish uchun uchun keng
imkoniyatlarni ta'minlashni talab qiladi (masalan,
extern ta’lim, inklyuziv ta’lim kabilar).
Keyingi yillarda internet texnologiyasining yana bir
samarador usuli – wiki-texnologiyalarning til ta’limida
qo’llanilish imkoniyatlari bo’yicha ham bir qancha muhim
maqolalar
chop
etildi
[6-9]
va
ularda
ushbu
texnologiyalarning til o’rganish jarayonida qo’llanilish
shart sharoitlari, samaradorligi va bir qancha algoritmlari
keltirildi. Eng avvalo, wiki-texnologiya nima va uning
mohiyati nimalardan iborat ekanligini ko’rib chiqamiz.
Wiki-texnologiya web-2.0 (vebinar)ning hizmatlaridan biri
bo’lib, turli joylarda bo’lgan xolda insonlar guruhiga bitta
hujjat yoki loyiha ustida ishlashga imkon beradi. Internet
tarmog’ining turli-tuman imkoniyatlari asosida wiki-sahifa
yaratish ustida istalgancha odamlar shug’ullanishi, unga
o’zgartirishlar
kiritishi,
qo’shimchalar
qo’shishi,
mazmunini o’zgartira olishi va keraksiz yohud noto’g’ri
ma’lumotlarni yo’qotishi mumkin bo’ladi. Bunda matnli
ma’lumotlardan, rasmlar va grafikadan, audio va video
fayllardan foydalanish, boshqa internet resurslariga
giperilovalar qilinishi ham mumkin bo’ladi. Kiritilgan
ma’lumotlar ko’pchilik tomonidan ko’rib va tahrirlab
chiqilganidan so’ng, o’rganilayotgan fan yoki soha
bo’yicha qandaydir ma’noda aniq va ko’pchilik tomonidan
tekshirilgan hamda ishonchga sazovor bo’lgan information
baza hosil bo’ladi [6]. Ko’pchilik wiki-sahifalar gipermatn
ko’rinishida bo’ladi va bu undan foydalanuvchilarga
kerakli ma’lumotlarni qidirish uchun bir sahifadan
boshqasiga o’tishni osonlashtiradi. Eng birinchi ilk wiki-
hizmat Ward Cunning ham tomonidan 1995 yilda
yaratilgan bolib, u ma’lumotlar ombori tariqasida bo’lgan.
Keyinchalik, 2000 yilda Wikipediya (wiki server -
) deb nomlangan online tarmoq
ensiklopediyasi paydo bo’lib, unga istalgan inson o’z
maqolasini joylashtirishi va boshqalar bilan uni baham
ko’rishi, ularning bu maqola bo’yicha bildirgan
mulohazalsarini ko’rib chiqishi va o’zgatirishlarga baho
berishi mumkin bo’lgan. Ushbu tizim o’z havfsizlik
hizmatiga ega bo’lib, tarmoq ensiklopediyasidagi
ma’lumotlarni ularning ruhsatini olgan xolda o’zgartirish,
qo’shimchlar qo’shish yoki olib tashlash mumkin. Demak,
sizning
wikipediyaga
joylashtirmoqchi
bo’lgan
materiallarni tizim administratorlari ko’rib chiqib, tizimda
joylashtirishga
ruhsat
berganlaridan
so’nggina
ma’lumotlar ommaga ko’rinadi va bu amal undagi
ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlab beradi. Chet
tillarni o’qitishda Wikipediya talabalar uchun o’ziga xos
information zahira sifatida foydalanilishi mumkin [7].
Chunki talabalar wiki-texnologiyadan foydalangan xolda
o’rganilayotgan til bo’yicha o’z bilimnlarini oshirishlari,
yangi ma’lumotlar topishlari, tili o’rganilayotgan
mamlakatning
madaniy-ma’naviy
tomonlari
bilan
yaqindan tanishishlari mumkin. Wikipediya dan tashqari,
bunday
wiki-zahiralarga
misol
sifatida
Pbworks
),
Wikihost (
) larni keltirishimiz mumkin.
NATIJALAR
Til ta’limida yuqori samara beradigan raqamli
texnologiya imkoniyatlaridan biri avtomatik tarjimonlar va
internetdagi on-layn til o’rganish platformalaridir. Bularga
misol qilib, quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
➢
Duolingo
-
servisi chet tillarni o’qitishda o’z
botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va
javobini tezlik bilan oladi. Ushbu servisni
chet
tillarni o’rganish va kraudsorsing o’tkazmalarni ni
amalga
oshirish
uchun
servisini
tashkil
qildi
).
➢
Lingvo12 elektron tarjimon
-
uning tarkibida
10ta til uchun 128 ta lug’at va 7,5 millionta so’z zaxirasi
mavjud. Undan tashqari, uning tarkibida ingliz tilidan 47
ta lug’at, nemis tilidan 27 ta lug’at, frantsuz tilidan 15 ta
lug’at, ital.’yan tilidan 10 ta lug’at, ispan tilidan 8 ta
lug’at, xitoy tilidan 2 ta lug’at, turk tilidan 4 ta lug’at,
lotin tilidan 4 ta lug’at, ukrain tilidan 9 ta lug’t va rus
tilidan 3 ta lug’at bor.
3
➢
Quicktionary -
elektron
tarjimon,
uning
yordamida istalgan so’zni tarjima qilish uchun mahsus
puchkasimon skanerdan foydalanib, uni so’z ustida
yurgizasiz va ekranda bu so’zning tarjimasi va uning bir
qancha variantlari paydo bo’ladi.
➢
GPT-4
(
Generative Pre-trained Transformer
4 –
oldindan tayyorlangan generativ transformer
) — tizimi
tabiiy tillarga ishlov berishning uchinchi algoritmidir. Bu
algoritm avtoto’ldirish tamoiliga asosan ishlaydi, ya’ni,
siz matnning boshini kiritasiz va dastur siz uchun ushbu
matnning eng ehtimolga yaqin bo’lgan davomini topib
beradi. 2020 yilning sentyabrida bu jahondagi eng katta
va rivojlangan tilshunoslik modeli deb tan olingan. Bu
tizimni yaratuvchi OpenAI mutaxassislarining fikrlariga
ko’ra, ushbu tizim ingliz tilidagi har qanday masalani hal
qilishga qodir tizimdir. Ammo hozirgi kunda u ingliz
tilidan boshqa tillarga oid masalalarni hal qilishga qodir
bo’lgan axvolga keltirilgan. Lekin biz ingliz tilidan
boshqa tillardagi massalalarni hal qilishda
GPT3
ning
samaradorligi biroz pastroq bo’lishini ingliz, rus va
o’zbek tillari misolida kuzatishga muvaffaq bo’ldik.
OpenAI mutaxassislarining e’tirof etishlaricha, ularning
API (
application program interfeys – ilovalarning
dasturiy interfeysi)
lari yaqin kelajakda boshqa
tizimlarga integratsiya qilinib, jahonning boshqa asosiy
tillari boýicha samaradorligi keskin ravishda oshiriladi.
Bu esa jamiyatdagi til to’siqlarini ancha-muncha bartaraf
etishga imkon beradi. 2020 yilda OpenAI ning
mutaxassislari GPT-3 ning qanday ishlashi algoritmini
oshkor qildilar. Unga binoan aytishimiz mumkinki, GPT-
3 va GPT-2 avtoregressin generative til modeli bo’lib, u
transformer arxitekturasi asosida qurilgan. GPT-3
tizimida
GPT-2
ga
nisbatan
tilni
tushunishda
ishlatiladigan parametrlar soni 100 martadan ko’proq
oshirilgan (oldin 1,5 mlrd bo’lsa, endi 175 mlrd dir).
Modelni o’qitish jarayoni
OpenAI
uchun mahsus
yasalgan
amalga oshirilgan. Lambda Labs kompaniyasining
aytishiga ko’ra, bunday o’qitish jarayoni uchun taxminan
4,6 million dollar sarf qilingan. Algoritmni o’qitish
uchun ingliz tilidagi 570 Gb hajmdagi matndan
foydalanigan – matnlar Vikipediyadan, Common Crawl
loyihasidan, ikkita kitoblar datasetidan va WebText2
datasetdagi web-sahifalardan olingan. Lekin bunda rus
tilidagi matnlar bor-yo’gí 0,11% ni tashkil qilgan ekan.
MUHOKAMA
Yuqorida hozirgi paytda til o’rganish jarayonida
uning samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi mumkin
bo’lgan turli xil, ko’rinish va imkoniyatlarga ega bo’lgan
zamonaviy raqamli texnologiyalar, shu jumladan, raqamli
avtotarjimon vositalar, dasturlar va tizimlar, global,
korporativ va local smart texnologiyalar, hozirgi davrda
katta tezlik bilan rivojlanayotgan hamda aql bobar
qilmagan natijalarga erishayotgan suníy intellekt tizimlari,
Wiki-texnologiyalar asosida tashkil qilingan dastur,
algoritm va tizimlar ko’rib chiqildi va ularning hozirgi
xolati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Bizning
fikrimizcha,
mamlakatimizdagi
ta’lim
muasasalarida bunday zamonaviy raqamli texnologik usul,
vosita, dastur va tizimlarning keng miqyosda tadbiq
qilinishi talab ava o’quvchilarga hamda professor-
o’qituvchilarga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Talab
ava o’quvchilar bunday raqamli smart imkoniyatlarni
ko’rish, ulardan foydalanish va amaliyotga qo’llash
jarayonida o’zlarining o’rganilayotgan horijiy til va u bilan
bog’liq bo’lgan turli-tuman jihatlarini bilish bo’yicha
bilimlari yanada rivojlanadi va sayqallashadi. Oliy ta’lim
tizimida raqamli texnologiya usul va vositalarining
qo’llanilishi ta’lim yo’nalishi, mutaxassislik va o’quv
dasturiga mos ravishda turli-tuman bo’lishi mumkin,
albatta. Masalan, horijiy til o’rganish jarayonida raqamli
texnologiya vositalari tili o’rganilayotgan mamlakat
haqida, uning biror bir shahari haqida, ularning madaniy-
ma’rifiy hayotlari yoki dini to’g’risida, siyosiy tuzumi
qandayligi haqida, ta’lim tizimi qandayligi to’g’risida yoki
qandaydir hayotiy qadriyatlarni solishtirish tariqasida
tashkil qilinishi mumkin.
QO‘LLANILGAN MANBALAR RO’YHATI
1.
Godwin-Jones B.
Blogs and wikis: Environment for on-line
collaboration //Language Learning and Technology. 2003.
№ 2.
2.
Kessler G.
Student-initiated attention to form in wiki-based
collaborative writing //Language Learning and Technology.
2009. № 1.
3.
Celce-Murcia M., Dornyei Z., Thurrell S.
Direct
Approaches in L2 Instruction: A Turning Point in
Communicative Language Teaching? // TESOL Quarterly.
1997. № 31.
4.
Musumeci D.
Breaking the tradition: an exploration of the
historical relationship between theory and practice in second
language teaching. N. Y. : McGraw-Hill, 1997.
5.
Сысоев
П.В.
1.
Информатизация
языкового
образования: основные направления и перспективы //
Иностранные языки в школе. 2012. № 2. С. 2–9.
2.
Информатизация языкового образования: основные
направления и перспективы (окончание) // Иностранные
языки в школе. 2012. № 3. С. 2–9.
3.
Современные
информационные и коммуникационные технологии:
дидактические свойства и функции // Язык и культура.
2012. № 1. С. 120–133.
6.
Елизавета Ивтушок.
OpenAI научилось выполнять текстовые задания по
нескольким
мая
2020).
октября
2020
года.
https://nplus1.ru/news/2020/05/29/gpt-3
7.
up with OpenAI to exclusively license
GPT-3 language model Архивная копия от 21 октября
2020
Machine (англ.).