503
O‘ZBEKISTONA RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINING RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI VA AHAMIYATI
Ikramova Mehribon Abdushukurovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti assistent o‘qituvchisi.
Telefon:+(998-33)984-62-52.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11350964
Annotatsiya.
Ushbu maqola maqolada turizm sektori rivojlanishining umumiy holati va
dinamikasi, mamlakat turistik salohiyatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, tarixiy, madaniy,
ekologik va boshqa turistik resurslarni rivojlantirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu
jumladan, mehmonxona xizmatlarini takomillashtirish, yengil transport va yo‘l tarmog'ini
kengaytirish,turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash va malakali mutaxassislarni
jalb qilish haqida atroflicha yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm, infratuzilma, turizm sektori, turistik salohiyat, tarixiy-madaniy
resurslar, ekologik turizm, mehmonxona xizmatlari, transport va yo‘l tarmog'i, kadrlar tayyorlash,
modernizatsiya, turizmni rivojlantirish yo‘nalishlari.
DEVELOPMENT TENDENCIES AND SIGNIFICANCE OF TOURISM IN THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract.
This article describes the general situation and dynamics of the development of
the tourism sector, the main directions of the country's tourism potential, including the
development of historical, cultural, ecological and other tourist resources, the development of
tourism infrastructure, including the improvement of hotel services, light transport and road
network expansion, improvement of personnel training system in the field of tourism, and
attraction of qualified specialists.
Key words:
tourism, infrastructure, tourism sector, tourist potential, historical and cultural
resources, ecological tourism, hotel services, transport and road network, personnel training,
modernization, directions of tourism development.
ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ И ЗНАЧЕНИЕ ТУРИЗМА В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
Аннотация.
В статье описываются общее состояние и динамика развития
туристической отрасли, основные направления туристического потенциала страны, в
том числе развитие историко-культурных, экологических и других туристских ресурсов,
развитие туристической инфраструктуры, в том числе совершенствование гостиничные
504
услуги, расширение сети легкового транспорта и дорог, совершенствование системы
подготовки кадров в сфере туризма, привлечение квалифицированных специалистов.
Ключевые слова:
туризм, инфраструктура, туристический сектор, туристский
потенциал, историко-культурные ресурсы, экологический туризм, гостиничные услуги,
транспортно-дорожная сеть, подготовка кадров, модернизация, направления развития
туризма.
KIRISH
Turizm iqtisodiyotning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Turizm xalqaro maydonda iqtisodiy ahamiyatidan tashqari siyosiy va madaniy ahamiyati
ham juda kata. Bunda xalqlar o‘rtasida madaniyat, urf-odatlar , yashash tarzi va tillar almashnuvi
amalga oshiriladi. U har qanday davlat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim
o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston ham turzm sohasini milliy iqtisodiyotni rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olgan. Chunki turizm Yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga, valyuta
tushumlari va investitsilar hajmining ortishiga, sanoat, savdo va ijtimoiy infratuzulma
rivojlanishiga yordam beradi. Bugungi dunyoda turizm iqtisodiyotning sohasi sifatida muhim
ahamiyat kasb qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023-yil 26 apreldagi PQ-135-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda
mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"
1
gi qaroriga muvofiq, Respublikaning turizm salohiyatidan to‘liq va samarali
foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni
tezkor hal etish, shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish
hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha
sharoitlar yaratish belgilandi.
Shuningdek, qarorda 2024 yil 1 iyulga qadar turoperator хizmatlarini koʻrsatuvchi
tadbirkorlik sub’yektlariga chet ellik hamkorlariga turpaketlar boʻyicha taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturada koʻrsatilgan QQSning 20 foiz miqdoridagi mablagʻlar respublika byudjetidan subsidiya
sifatida qaytarilishi, Bu holda turpaketlar joylashtirish, avtomobil yoki temir yoʻl transporti,
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.04.2023 yildagi “
Respublikaning turizm salohiyatini jadal
rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
PQ-135-sonli qarori //
https://lex.uz/docs/-6456786//
505
ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha хizmatlar, 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga хizmatlar
koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
ASOSIY QISM
Hozirgi kunda, O‘zbekiston o‘zining ko‘plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil
iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortmoqda.
Asrlar mobaynida O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar,
jo‘g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo‘lida joylashgan edi.
Ayni paytda esa, O‘zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik
mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan
faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va
Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro‘yxatiga kiritilgan.
Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o‘tmish zamonlarni
o‘zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o‘ynaydi.
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri.
Olis o‘tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o‘zimizning O‘zbekiston Havo Yo‘llari
va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo‘nalishlarining chorrahasidir.
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o‘zining 2200
yilligini nishonladi. Bir paytning o‘zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda
500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan
to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy
yodgorliklar va zamonaviy osmono‘par binolarning o‘zaro uyg’unligida zamonaviy rivojlangan
xalqaro megapolisga aylanmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi
mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o‘zbek xalqining boy madaniy merosini
aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo‘lib, uning ulkan
ko‘k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O‘zbekiston
hududida o‘rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur
davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Shuningdek, mamlakatning Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Qoraqalpag‘iston kabi
hududlarida turistlarni jalb qiluvchi diqqatga sazovor tarixiy madaniy joylari ham mavjud.
Jumladan, Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o‘tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir.
506
Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan
o‘zining afsona va sirlarini bo‘lishishga tayyor. Termizda esa Hakim at-Termiziyning qabri,
Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.
Buyuk ipak yo‘li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq
osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko‘plab me’moriy yodgorliklar
joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli.
Hozirgi kunda mamlakatda turistlar oqimini kengaytirish uchun keng ko‘lamli islohatlar
olib borilmoqda. Jumladan, Viza rejimi soddalashtirildi. Ayni paytda 93 xorijiy davlat fuqarolari
uchun vizasiz kirish, 56 davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 davlat uchun besh kunlik tranzit
vizasiz kirish, shuningdek, 76 davlat uchun turistik viza berishning yengillashtirilgan tartibi
belgilandi
2
.
55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga
O‘zbekistonga keluvchi Xitoy, AQSh va Viyetnam fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy
qilindi.
Bundan tashqari, «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa» va
«Pilgrim visa» kabi yangi kirish viza turlari belgilandi.
O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 2017 yilda 2,7 mln nafar bo‘lsa, 2022 yilda 5,2
mln, 2023 yil o‘tgan 9 oyida 4,3 mln.ni tashkil etmoqda. Turistlarning mamlakatimizda o‘rtacha
qolish muddati 4–5 kunni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.
Har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan tashqari
sarflaydigan o‘rtacha mablag‘ summasi 2017 yilda 197 AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 2023 yilda 400 AQSh dollariga yetdi va turizm eksporti hajmi 2023 yil 9 oyida
1,72 mlrd dollarga yetdi.
Mahalliy (ichki) sayyohlar soni ham 2017 yilga nisbatan 107 foizga o‘sib, 14,9 million
nafarni tashkil qildi.
Mehmon o‘rinlari soni 2017 yildagi 37 mingtadan 3,4 barobarga ko‘payib, 128 mingtaga
yetdi. Joylashtirish vositalari soni 2017 yildagi 767 tadan 2023 yilda 5,5 mingtaga yetkazildi.
2017 yilda 749 ta turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirgi
kunda ularning soni 2 404 taga yetdi. Gid-ekskursovodlar soni esa esa 574 tadan 2864 taga yetdi.
2
O‘zbekistonda
turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi//
https://kun.uz/news/2023/10/16/
507
Shuningdek, mamlaktda Respublikaning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan fuqarolar
yig‘inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» maqomini berish va ularni
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilindi.
Mamlakatimizda birinchi bo‘lib Samarqand tumani Konigil qishlog‘ida 52 ta
hunarmandchilik va dam olish maskanlari mavjud bo‘lgan «turizm qishlog‘i» tashkil etildi va
200 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlandi.
2022 yil davomida Navoiy viloyatining Nurota tumanida Sentob turizm qishlog‘i hamda
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ertosh-soy va Ovjazsoy qishloqlariga «turizm
qishlog‘i» maqomi berildi. Ushbu qishloqlarda 90 ta oilaviy mehmon uylari, 20 turdagi xizmatlar
tashkil etilishi natijasida 400 ga yaqin qishloq aholisi bandligi ta’minlandi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida Lashkarak va Parkent tumanida Kumushkon,
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida G‘yelon, Boysun tumani Omonxona qishloqlariga
turizm qishlog‘i maqomi berish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasi so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, mamlakat
iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallab bormoqda. Maqolada tahlil qilinganidek, bu
borada quyidagi asosiy xulosalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
O‘zbekistonda turizm sektori yildan-yilga o‘sib bormoqda, bu esa mamlakat
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga, eksport hajmining
o‘sishiga va xorijiy investitsiyalarning jalb etilishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatning tarixiy, madaniy, ekologik va boshqa turistik salohiyati yildan-yilga faol
rivojlantirilmoqda. Bu o‘z navbatida, xorijiy hamda ichki turistlarning qiziqishini yanada
oshirmoqda.
Turizm infratuzilmasini, shu jumladan mehmonxona xizmatlari, transport va yo‘l
tarmog'ini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash sohaning raqobatbardoshligini
oshirish uchun muhim omillar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda turizm sektorining yanada rivojlanishi uchun sohani
modernizatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish, reklama va marketing faoliyatini
kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Umumiy xulosaga kelganda, O‘zbekistonda turizm sohasi istiqbolli tarmoq sifatida
qaralmoqda va mazkur sohani izchil rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini
sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
508
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son "O‘zbekiston
Respublikasini 2019-2025 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi" Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi 647-son
"O‘zbekiston Respublikasi turizm sektorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi
Qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi “Respublikaning turizm
salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-135-sonli qarori //https://lex.uz/docs/-
6456786//
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2022). O‘zbekistonda turizm
sektorining rivojlanish ko‘rsatkichlari. Statistik to‘plam.
5.
Nishonova O.V. (2019). Development tendencies and priorities of tourism industry in
Uzbekistan. European Scientific Journal, vol.15, no.7.
6.
Inoyatov X.A. (2020). Diversification of tourism industry in Uzbekistan. Journal of
Economics and Business, vol.3, issue 2.
7.
O‘zbekistonda turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi//
https://kun.uz/news/2023/10/16/
