Искусственный интеллект (ИИ) - это универсальный инструмент, который позволяет людям переосмыслить то, как мы объединяем информацию, анализируем данные и используем полученные знания для улучшения процесса принятия решений, и он меняет все области экономики. В этой статье авторы обсуждают использование искусственного интеллекта в различных областях, решают проблемы его развития и дают рекомендации по максимальному интеллектуальному использованию искусственного интеллекта при сохранении важных человеческих ценностей
chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, tibbiyot asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. Biz sizlarga taqdim etayotgan maqolada Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini tashkil etuvchi metodik ta’minoti haqida, o‘qituvchilarning fanga oid masalalarni yechishda, grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari va o‘qituvchilarimizning ya’nada chuqur bilimga ega bo‘lishlari borasida tahlil qilinadi.
Maqola ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalarining ahamiyatiga bag‘ishlangan. Muallif inson hayotining har bir ja-bhasini, jumladan, fan, axborot, texnologiyalarni muhokama qiladi. Hattoki ta’lim sohasida ham texnologik o‘zgarishlar yangi sahifani boshlagani borasida fikrlar ay-tiladi. An’anaviy o‘qitish usullari o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, ushbu maqolada baholash jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining dolzarb muammosi yoritilgan. Maqolada ijtimoiy masofaning ahamiyati va www.kahoot.com saytining afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.
Ҳозирда ахборот-коммуникатив жараён жадал суратларда тезлашиб, коммуникация воситалари такомиллашиб бормоқда. Ҳар бир алоқа воситасининг ахборот етказиб беришда ўз услуби ва имкониятлари мавжуд. Оммавий алоқа воситаси телевидение техника ёрдамида вербал ва визуал коммуникация унсурларидан фойдаланиб ахборотни кўп сонли аудиторияга узатади. Коммуникант (томошабин) ва коммуникатор (телевидение, яъни мазкур манба орқали маълумотларни узатиш истагида бўлган соҳа вакиллари) ўртасида коммуникатив алоқа ўрнатилади. Коммуникант ахборотни визуал ҳамда вербал коммуникация орқали қабул қилади. Г.Г.Почепцов коммуникацияга “вербал ахборотни новербалга ва аксинча новербални вербалга қайта кодлаштириш жараёни” [Почепцов, Г.Г. 2001: с.14.] деб таъриф берган. Телевидениенинг ижод аҳлиэса вербал ва новербал воситалар ила ахборотни визуаллаштирад и. В а уста мусаввир ўз асарида турли рангларни чаплаштириб ташламаганидек, адиб, кино ва телевидение аҳли ҳам сўзларни талабчанлик билан танлаши лозим. Телевидение қаламга олинадиган сўзни ҳам, талаффуз этиладиган сўзни ҳам инкор этмайди. Бу қудратли восита тасвир яратишга, тасвирни тўлдиришга, томошабин - тингловчи билан алоқа ўрнатишга, мавзунинг концепциясини очишга хизмат қилиши назарда тутилади.
Бугунги кунда юртимизда медия ва медикоммуникациялар соҳасини янада ривожланти риш, уларни фуқароларнинг ижтимоий фаоллигига таъсирини янада оширишга оид чора- тадбирлар тизимли равишда амалга оширилмоқда. Айниқса, Узбекистон Республикаси Президента Ш.Мирзиёевнинг “2017-2021 йилларга мўлжалланган Узбекистонни янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратетияси” тўғрисидаги Фармонида белгиланганидек, ижтимоий соҳани ривожлантиришда медиакоммуникация воситалари муҳим аҳамият касб этади.
Insonni xatti-harakatlariga qarab tanib olish kompyuterni ko’rish va sun’iy intellektning qiziqarli va qiyin sohasidir. So’nggi yillarda odamlarning harakatlari va imo-ishoralarini tahlil qilish orqali aniqlay oladigan modellarni ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Ushbu sohadagi ikkita mashhur model COCO (Kontekstdagi umumiy ob’ektlar) va MPII (Maks Plank Informatika Instituti) modellaridir. Ushbu maqolada biz insonni o’z harakatlaridan tanib olish modellarini o’rganamiz va keyin COCO va MPII qiyosiy tahlilini o’rganamiz, ularning farqlari va kuchli tomonlarini ta’kidlaymiz.
Hozirgi vaqtda turli xil tasvirga olish qurilmalaridan olingan raqamli tasvirlar soni keskin oshib bormoqda. Ayrim hollarda ushbu tasvirlar tasvirga olish, qayta ishlash, siqish, saqlash, uzatish va ko’paytirish jarayonida turli shovqinlardan ta’sirlanib, sifatsiz holatga kelishi mumkin. Shovqin tasvirdagi ma’lumotlarning sifatini buzadigan tasodifiy o’zgarishlarni ifodalaydi va tasvirdan muhim ma’lumotlarni olishga to’sqinlik qiladi. Bu o’z navbatida, tasvirda uchraydigan asosiy shovqin turlarini o’rganish tasvirlash sohasida dolzarb ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tadqiqot ishi Gauss, tuz va qalampir, uniform, Puasson, spekl, rayleigh va risian kabi shovqin turlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Axborotni qabul qilish va uzatishda tasvirlarning ahamiyati, ayniqsa tibbiyot va qishloq xo’jaligi kabi sohalarda tengsizdir. Ayrim hollarda, turli omillar sabab olingan tasvirlar sifat talablariga javob bermasligi mumkin. Kontrast, tiniqlik, yorqinlik va shovqin tasvir sifatiga ta’sir qiluvchi muhim parametrlar hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida tasvirlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan kontrast muhokama qilingan. Ya’ni, tasvir kontrastini etalonsiz baholovchi mezonlar o’rganilgan.
This article examines the role of multimodality in internet news media, highlighting the integration of text, images, audio, and video in news storytelling. It explores the evolution of news media from traditional print to digital platforms, emphasizing the impact of digital technology on journalistic practices. Through case studies of leading news websites, the article illustrates how multimodal elements enhance audience engagement and interaction. It discusses the challenges and opportunities presented by multimodality, including technical complexities and the potential for future advancements. The findings suggest that multimodality has fundamentally transformed news media, offering a more dynamic, interactive, and engaging experience for audiences. This shift underscores the importance of understanding and adapting to multimodal communication strategies in the digital age.