BUXORO XONLIGI DAVRIDA DINIY MANSABLAR
Yurtimiz hududiga islom dini kirib kelishi, nafaqat oʻzbek xalqining balki Oʻrta Osiyodagi boshqa xalqlarning ham urf-odatlari, turmish-tarzi va davlatchilik boshqaruviga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Arablar istilosidan keyingi davrlarda tashkil topgan bir qancha davlatlar, masalan: Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar kabi davlatlarda islom dini xalqning kundalik hayotida, davlat boshqaruvi asoslarida ajralmas oʻrin egallab kelgan. Davlat amalida xizmat qiladigan deyarli barcha mansabdorlar islom dining qonun-qoidalari, farz amallari, Qur’oni karim oyatlari va hadis ilmidan puxta bohabar boʻlishlari shart boʻlgan.Musulman davlatlarda ayniqsa sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslanganligi bois, sud ishlarini olib boruvchi Qozikalon, qozilar, muftiy va raislarning diniy bilimlari mustahkam boʻlishi muhim edi.