Clinical, Radiological And Laboratory Predictors Of Postcovid Interstitial Pulmonary Disease

HAC
inLibrary
Google Scholar
doi
 
CC BY f
26-36
8
1
To share
Anvar Dalimov Arabboyevich, ., Dilfuzahon Mamarasulova Zakirjanovna, ., & Nodirbek Ilkhomjon Ogli Yakubov, . (2021). Clinical, Radiological And Laboratory Predictors Of Postcovid Interstitial Pulmonary Disease. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 3(08), 26–36. https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume03Issue08-06
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The Fergana Valley model was used to study the risk of postcovid interstitial lung disease in patients who have had COVID-19 associated pneumonia with 50% or more of the pulmonary parenchyma affected. Predictors of the formation of postcovid pulmonary fibrosis were determined and a risk assessment scale was developed. It was found that the use of ultrasound scanners in the early postcovid period is informative and is not inferior in terms of predicting fibrosis by serial MSCT.

Similar Articles


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

222

Raximov Anvar Norimovich -

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

“Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi dotsenti,

Ergashov Yashnarbek Istam o’g’li -

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini

mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DEHQON XO‘JALIGI

TARMOQLARINING RIVOJLANISHINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI

Annotatsiya.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish nazariy jihatlari yoritilgan.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, model va usullarni izlash hamda joriy etish haqida keng
bayon etilgan. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilib, fuksional modeli hosil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Dehqon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, tomorqa xo‘jaligi, ekonometrika, ekonometrik model,

funksional model, kompleks modellashtirish, baholash mezoni, ma’limotlar bazasi, tizimli tahlil va prognozlash.

Рахимов Анвар Норимович -

доцент кафедры Бизнес и инновационный менеджмент

Каршинского инженерно-экономическогой института

Эргашов Яшнарбек Истам угли -

ассистент кафедры «Высшая математика»

Каршинский филиал Ташкентского института

инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства

ОСНОВЫ ЭКОНОМЕТРИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ РАЗВИТИЯ ДЕХКАНСКОГО

ХОЗЯЙСТВА В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ

Аннотация.

Описаны теоретические аспекты эконометрического моделирования развития отрасли

дехканского хозяйства. Подробно описан поиск и внедрение новых подходов, моделей и методов развития отрасли
дехканского хозяйства. Были изучены факторы, влияющие на развитие отрасли дехканского хозяйства, и
разработана функциональная модель.

Ключевые слова:

дехканское хозяйство, сельское хозяйство, фермерское хозяйство, эконометрика,

эконометрическая модель, функциональная модель, комплексное моделирование, критерии оценки, база данных,
системный анализ и прогнозирование.

Rakhimov Anvar Norimovich -

associate professor of the department of Business and

innovation management of the Karshi engineering and economic institute

Ergashov Yashnarbek Istam o’gli -

Assistant of the Department of Higher Mathematics,

Karshi Branch of the Tashkent Institute of Irrigation

and Agricultural Mechanization Engineers

BASICS OF ECONOMIC MODELING FOR THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURAL

INDUSTRY IN CONDITIONS OF MODERNIZATION OF THE ECONOMY

Abstract.

The theoretical aspects of econometric modeling of the development of the agricultural sector are described.

The search and implementation of new approaches, models and methods for the development of the agricultural sector are
described in detail. The factors influencing the development of the agricultural sector were studied and a functional model was
developed.

Key words:

agriculture, agriculture, farming, horticulture, econometrics, econometric model, functional model,

integrated modeling, evaluation criteria, database, system analysis and forecasting.

Kirish.

Jahonda globallashuv sharoitida deh-

qon xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish jara-

yonining rivojlantirishni ekonometrik modellashti-

rish hamda prognozlash bo‘yicha bir qator ilmiy

ishlar, jumladan, dehqon xo‘jalik mahsulotlarini

ishlab chiqarish jarayonini tizimli tahlil qilishni ta-

komillashtirish, ularga ta’sir etuvchi muhim omil-

larni baholash, prognozlash jarayonida ekonomet-

rik modellarni keng qo‘llash, statistik axborotlar ti-

zimini qiyosiy baholash, ishlab chiqarish ko‘rsat-

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

223

kichlar tizimi va ularning indikatorlarini qiyosiy
baholashning avtomatlashtirilgan axborot tizimla-

rini joriy etish va ochiq ma’lumotlar portalini yara-

tish yo‘llari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boril-

moqda. Bu jarayonda shuningdek, intensiv ishlab

chiqarish jarayonini yanada jadallashtirish, dehqon

xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar miqdori-

ning statistik ma’lumotlarini shaffofligi va ochiqli-

gini ta’minlash, xalqaro standartlar va tamoyillar-

dan samarali foydalanish hisobiga ekonometrik-

statistik hisoblash uslubini takomillashtirish masa-

lalari asosiy ilmiy yo‘nalishlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egala-

rining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya

qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan sama-

rali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktyabr-

dagi PF–5199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maq-

sadida

“fermer, dehqon xo‘jaliklari a’zolari va to-

morqa yer egalarining qishloq xo‘jalik mahsulotla-

rini yetishtirish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini

oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan

ta’minlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizi-

mi, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnat muno-

sabatlarini tashkil etish holati bugungi kun talabla-

riga javob bermaydi”[2] deb alohida ta’kidlab o’t-
gan. Shuning uchun Respublikamizda davlat tomo-

nidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning

asosiy maqsadi dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlan-

tirish orqali jamiyatda aholining asosiy hayotiy

ehtiyojlarini sifatli mahsulotlar bilan qondirishni

ta’minlaydigan iqtisodiy muhit va shart-sharoitlar

yaratish lozim.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini

modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta

jihozlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshqa

sohalar kabi dehqon xo‘jalik sohasida ham tarkibiy

o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasida “shaxsiy tomorqalardan foydalanish,

dehqon xo‘jaliklarini yuritish, mavjud yer uchastka-

laridan samarali va oqilona foydalanish va ulardan

yuqori hosil va daromad olish bo‘yicha zamonaviy

texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda
tarqatish”[1] muhim yo‘nalish sifatida belgilab be-

rilgan. Shu tufayli dehqon xo’jaligi mahsulotlarini

etishtirishni iqtisodiy samaradorligini oshirish

hamda tashkiliy iqtisodiy mexanizmini takomil-

lashtirishga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy

hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish-

ni uchun xizmat qiladi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishini

ekonometrik modellashtirish nazariyalari mintaqa-

larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat bosh-

qaruvi yo‘nalishlarini shakllantiradi. Biroq ularni

o‘rganish bilangina cheklanib bo‘lmaydi, chunki

ular ko‘p jihatdan mintaqalarning iqtisodiy o‘sish
nazariyalariga tayanadi. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i-

ning rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, mo-

del va usullarni izlash hamda joriy etish taqozo

etiladi.

Dehqon xo‘jaligi sohasining hozirgi sharoit-

dagi roli quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

sohasda doimiy ravishda yangi ish joylari

yaratiladi;

soha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti-

da o‘z hissasini o‘stirib boradi;

soha hisobiga uy xo‘jaligida dehqon xo‘ja-

ligi vaqti qisqaradi va bu, aholining hayot sifatini

oshiradi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini ekonometrik mo-

dellashtirishning ahamiyati quyidagilarda namo-

yon bo‘ladi:

moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqi-

lona foydalaniladi;

iqtisodiy va tabiiy jarayonlarni tahlil qi-

lishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi;

aholiga dehqon xo‘jaligi tarmog‘i rivojla-

nishida prognozlashni amalga oshirish vaqtida

ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi;

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini faqat chuqur tah-

lil qilibgina qolmasdan, balki ularning o‘rganilma-

gan yangi qonuniyatlarini ochishga imkoni yaratila-
di. Shuningdek, ular yordamida dehqon xo‘jaligi

tarmog‘ining kelgusidagi rivojlanishini oldindan

aytib berish mumkin bo‘ladi;

hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan

birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, dehqon xo‘-

jaligi sohasi xodimlari mehnatini ilmiy asosda tash-

kil etish va boshqarish imkoni yaratiladi.

Respublikamiz iqtisodiy farovonligining

oshishi va iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘zgarishlar

yangi turdagi talabni shakllantiradi, iste’molchilar-

ga dehqon xo‘jaligi sifatiga talablarni oshiradi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlantirilishi

aholining turli xildagi ehtiyojlarini qondirish vazi-

fasini bajaradi. Bunda dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini

modernizatsiyalash alohida rol o‘ynaydi. Biroq

ularning hammasi ham zamonaviy talabga mos kel-

maydi. Shu bois ham ustuvor vazifa sifatida belgi-

landi.

Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida Res-

publikamizdagi faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘ja-

ligi korxona va tashkilotlari xalqaro standartlarga

mos keladigan takliflar berishi talab etiladi. Ular

iste’molchilarga o‘z vaqtidagi, qulay va xavfsiz deh-

qon xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishlari

lozim.

Bunday sharoitda dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini

rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish o‘ziga

xos ahamiyat kasb etadi; Chunki bozor sharoitida:

birinchidan, tavakkalchilik va noaniqlik ele-

mentlari mavjud;

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

224

ikkinchidan, resurslar chegaralangan;
uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste’-

molchilar o‘rtasida raqobat mavjud;

to‘rtinchidan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning

istiqboldagi holatini oldindan ko‘ra bilish va bosh-

qalar.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i turli xil va bir-biri-

dan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i murakkab jarayonli

tarmoq bo‘lganligi uchun hayotiyligi ularning mo-

dellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga

bog‘liq.

Bitta modelda ob’ektning hamma tomonini

aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’ektning

muhim harakteri va belgilarini aks ettiriladi. Shuni

ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashti-

rilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera

olmaydi. O‘ta murakkab model esa masalani ye-

chish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.

Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida

joylarda dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish

uchun, har bir mintaqaning iqlimi, iste’mol mada-

niyati, bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan

holda, ekonometrik modellashtirishdan foydala-

nishni keng yo‘lga qo‘yish uchun qator muammo-

larni hal qilish talab etiladi. Chunonchi:

hududlar o‘rtasida dehqon xo‘jaligi tarmog‘i-

dagi tafovutlarni bartaraf qilishni;

joylarda dehqon xo‘jalik faoliyati bilan shu-

g‘ullanuvchi sub’ektlarni ustuvor tarzda rivojlanti-

rishning modellashtirishni;

joylarda dehqon xo‘jalik faoliyati bilan shu-

g‘ullanuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat muhitini

yaxshilashni;

joylarda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni

joriy etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chi-

qaruvchi mukammal texnologik jarayonlarni ustu-

vor rivojlantirishni;

joylarda ishlab chiqarish fondlari va ishchi

kuchlarini dehqon xo‘jaligi sohasiga yanada to‘laroq

jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan re-

surslaridan to‘g‘ri foydalanishda boshqarishni mo-

dellashtirishni;

dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirib, ish-

lab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida za-

monaviy texnologiyalarni kiritish, tadbirkorlik va

biznesni rivojlantirib, o‘z-o‘zini ta’minlashga va ijti-

moiy tenglikka erishish kerak.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘iga ta’sir etuvchi

barcha omillarni quyidagi guruhlarga ajratish maq-

sadga muvofiq:

material texnik omillar: ishlab chiqarishni

mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, avtomatlashti-

rish darajasi va sifati, qo‘llaniladigan texnologiya-

larning darajasi, fanning rivojlanishi va boshqalar;

tabiiy tarixiy omillar: kimyolash, meliorat-

siya, irrigatsiya va boshqa vositalar yordamida tup-

roq–iqlim sharoitlarini yaxshilash, chorvachilik va
qishloq xo‘jaligi sohalarida seleksiya, genetika va

boshqa omillar;

tashkiliy xo‘jalik omillari: ishlab chiqarishni

tashkil etishning ixtisoslashuvi, konsentratsiyasi,

ilg‘or tajribaning qo‘llanilishi, boshqaruv tizimi va

uslublarining xarakteri, darajasi va boshqalar;

iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishni rejalash-

tirish va istiqbolni belgilash, iqtisodiy tahlil, hisob

va nazorat, mehnatni normallashtirish, ishlarni

tariflashtirish va boshqalar;

ijtimoiy omillar: inson qobiliyatlarini aniqla-

nishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillar –

jismoniy, psixologik, intellektual, mehnatga va

uning natijalariga ijobiy munosabatlarning rivojla-

nishi va salbiy omillarning chetlashtirilishi bilan

bog‘liqligi.

Oxirgi uchta omillar guruhi u yoki bu daraja-

da ishlab chiqarish rivojlanishining mazkur bosqi-

chi uchun xarakterli bo‘lgan ishlab chiqarish muno-

sabatlari yig‘indisi bilan bog‘langan. Shu sababli

ular ma’lum bir darajada ijtimoiy xarakterga ega,

demak, ularning mazmuni haqida so‘z yuritish

mumkin, ya’ni uchinchi va to‘rtinchi guruh omilla-

rining tashkiliy - xo‘jalik va iqtisodiy mohiyati

ustunligi hamda haqiqatdan o‘zida ijtimoiy, ijtimoiy

- iqtisodiy, ijtimoiy - psixologik omillarni mujas-
samlashtirgan beshinchi guruh omillari ijtimoiy

mazmuni ustunligi haqidadir.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda

dehqon xo‘jaligi samaradorligining o‘sishiga ta’sir

etuvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:

ijtimoiy demografik: aholining joylashuvi,

jinsi, yoshi, oilaviy axvoli bo‘yicha shakllangan ti-

zimni qamrab oladi;

ijtimoiy - kasbiy: ishlab chiqarishni sanoat-

lashtirish, kadrlarni tayyorlash va kasbga yo‘nalti-

rish tizimini, ya’ni ta’lim, mutaxassislik razryad,

staj, malakani oshirish bilan bog‘liqdir;

ijtimoiy - maishiy: bunda turmush darajasi

va uy - joy sharoitlarining yaxshilanishi, madaniy -

maishiy xizmat, transport bilan bog‘liq muammo-

larning yechilishi, umumiy ovqatlanish va tibbiy

xizmatning tashkil qilinishi, maktabgacha muassa-

salarning mavjudligi, insonlarning dam olishi va

bo‘sh vaqtning unumli tashkil qilinishi bilan bog‘-

liq;

ijtimoiy - psixologik: korxonada, guruhda

mehnat jamoasining ijtimoiy - psixologik holatini,

ish bilan qoniqganligi, o‘zaro yordam va do‘stona

munosabatlarning rivojlanishini, sog‘lom ma’naviy

holatning tashkil qilinishini o‘zida aks ettiradi;

ijtimoiy - ishlab chiqarishga oid: mehnatni

tashkil qilishni boshqarishda, raqobatda ishtirok

etishni, mehnatga haq to‘lash tizimini, bajarilayot-

gan ishga qarab haq to‘lashni, mehnat intizomini

qamrab oladi;

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

225

ijtimoiy - iqtisodiy: bunga ish haqi darajasi,

jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad kiradi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga

ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni bunday guruhlash

rivojlanishning o‘sishida boshqarishdan to‘liq foy-

dalanish imkonini beradi.

Aholiga dehqon xo‘jaligi tarmog‘i tarkibini

baholash va uning klassifikatsiyasini belgilash

uchun iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish jara-
yoni tizimida dehqon xo‘jaligi tarmog‘i bajaradigan

vazifalarni va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini

xarakterlovchi belgi va mezonlarini ishlab chiqish

kerak.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqa-

rish uzoq vaqt mobaynida inson iqtsodiy faoliyati-

ning, ijtimoiy jamoa hayotining bir qismi bo‘lib

kelgan. Aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iqtiso-

diy jamoa instituti sifatida insonlar o‘rtasidagi o‘za-

ro aloqalar, foydali faoliyat mavjudligi - insoniyat

jamiyati va turmushining zaruriy sharti hisoblana-

di. Ta’kidlash lozimki, aynan dehqon xo‘jalik mah-

sulotlarini yetishtirishning rivojlanish darajasini

nafaqat uning ishlab chiqarish kuchlari darajasida,

balki iqtisodiy va madaniy holatini inobatga olgan

holda oshadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyatda-

gi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan
dehqon xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish,

xo‘jalik jihatlari kuchayadi, eng asosiysi, aholi to-

monidan dehqon xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan

talab ortib bormoqda.

Strategik rejalashtirish masalalari o‘rganila-

yotgan ob’ekt yoki iqtisodiy jarayonni anglab yetish

bilan cheklanib qolmay, balki o‘rganish jarayonida

to‘plangan bilimni bozor iqtisodiyoti amaliyotida

qo‘llash, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun un-
ga ijobiy ta’sir o‘tkazish tajribasini egallashni ham

ko‘zda tutadi. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlan-

tirish strategiyasini ishlab chiqishda tizimli yonda-

shish usulini qo‘llash, unda amalga oshayotgan

ehtimolli jarayonlar qonuniyatlarining miqdor va

sifat jihatlarini o‘rganish va baholash esa murakkab

bozor iqtisodiyotining tuzilish mexanizmlarini o‘r-

ganish va ularni istiqbolli baholash imkoniyatini

yaratadi[4].

Maqsadimiz joylarda dehqon xo‘jaligi tarmo-

g‘ini tahlil qilish va uning modellarini takomillash-

tirishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarga

e’tibor qaratishimiz lozim:

I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab

tizimni oddiy model yordamida ifodalashga imko-

niyat beradi. Dehqon xo‘jaligi jarayoni o‘ta murak-

kab tizimdir. Uni tizimli tahlil sxemasi orqali ifoda-

lash mumkin (1-rasm);

II. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining ekonomet-

rik modeli tuzilishi bilan tajribalar qilish uchun

keng maydon tug‘iladi. Modelning parametrlarini
bir necha marta o‘zgartirib, dehqon xo‘jaligi korxo-

nalari faoliyatining eng optimal holatini aniqlab

olishimiz mumkin. Bu model orqali EHM da tajriba

o‘tkazishimiz, undan keyin hayotda qo‘llash mum-

kin. Real ob’ektlar ustida tajriba qilish ko‘plab xato-
larga va katta harajatlarga olib kelishi mumkin;

III. Model hosil qilish uchun dehqon xo‘jaligi

tarmog‘i har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi.
Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida dehqon

xo‘jaligi sohasi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish
mumkin. Shunday qilib, dehqon xo‘jaligi tarmog‘i

to‘xtovsiz jarayonga aylanadi.



1-rasm. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirishni

modellashtirishning tizimli tahlili [4]

Tizimini modellashtirish


Kirish ko'rsatkichlari


Chiqish ko'rsatkichlari

Tabiiy iqlim sharoiti

O'rin bosuvchi mahsulot turlari

Tashqi muhit ta'siri

Dexqon xo'jaligi sohasida olib borilayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar

Baholash mezoni

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

226

Dehqon xo‘jaligi sohasidagi murakkab

muammolarning tizimli metodologiyasi tizimli yon-

dashuv va umumiy konsepsiyalarga tayangan holda
ishlab chiqiladi. Tahlil vaqtida dehqon xo‘jaligi so-

hasi tarmoqlarining ichki va tashqi muhitini hisob-

ga olamiz. Bu faqatgina ichki omillarnigina emas,

balki tashqi-iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy, demog-

rafik, ekologik va boshqa omillarni ham hisobga

olish kerakligini anglatadi.

Dehqon xo‘jaligi sohasining har bir tizimi

o‘zining dehqon xo‘jaligi elementlarini o‘z ichiga

oladi, shu vaqtni o‘zida past darajadagi tizim osti

elementlarini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib
aytganda, dehqon xo‘jaligi sohasining elementlari
bir-biriga xalaqit qilmagan holda, ko‘p tomonlama

turli tizimlar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.

Aholiga dehqon xo‘jaligi tizimi to‘liqligini ta’-

minlashda uning tarkibiy tuzilmasi har bir elementi

uchun tizimli yondashuv maqsadga muvofiqdir.

Buning uchun aholiga dehqon xo‘jaligi sohasi

murakkab tizim deb qaralib, uning ifodalovchi qo-

nuniyatlari miqdoriy va sifat tomonlari o‘rganiladi.

Murakkab iqtisodiy jarayon sifatida qaraladigan

dehqon xo‘jaligi sohasi faoliyatini tahlilida imitatsi-
ya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunda alohida funksiyalar ko‘rib chiqiladi,

tizim faoliyatining algoritmlariga e’tibor qaratiladi.

Funksiya deganda, maqsadga yetaklovchi xossalar

nazarga tutiladi. Bunda funksional yondashuv aso-

sida tizimning bajariladigan funksiyalari baholana-

di. Tizim faoliyatini aniqlash, uning holatini, tizim-

larni boshqarish qonuniyatlarini belgilab olish

uchun imkoniyat yaratadi. Buning muhim jihati

ushbu qismlar orasida pog‘anali buysunishning

yuzaga kelishi hamda bu qismlarning nisbiy mus-

taqilligida aks etishidir. Bu esa aholiga bir tizim

asosida uning dehqon xo‘jaligi sohasi barcha ele-

mentlarining integratsiyalashgan tizimli imitatsion

modelini ishlab chiqishga yordam beradi.

Bunda har bir jarayonga murakkab tizim

sifatida qaraladi. Natijada o‘zaro bog‘langan ele-

mentlardan tashkil topgan jarayonlarni, ular birga-

likda iqtisodiy jarayonning ma’lum xususiyatlari va

funksiyalarini yuzaga keltiradi.

Bu masala mohiyatini talqin qilish uchun

fuksional modelimizni xar bir turdagi yetishtiriladi-
gan dehqon xo‘jaligi mahsuloti hajmi bo‘yicha ham

quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

Dx

it

=f

2

(Ye

it

, M

o’ it

, S

rit

, T

bit

, Au

i(t-1)

) +W;

(1)

Bu yerda:

Dx

it

t

yildagi yetishtirilgan

i

– tur-

dagi dehqon xo‘jalik mahsuloti hajmi;

Ye

it

t

yilda

i

- turdagi dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishti-

rishda ajratilgan yer maydoni;

M

o’it

t

yilda

i

turdagi dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish-

da ajratilgan mineral o‘g‘it miqdori;

S

rit

t

yilda

i

turdagi dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish-

da ajratilgan suv resursi miqdori;

T

bit

t

yilda

i

turdagi dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish-

da jalb qilingan texnikalar soni;

Au

(t-1)

t-1

yildagi

i

– turdagi dehqon xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan

talab miqdori,

W –

tashqi ta’sir etuvchi omillar.

Dehqon xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishining

muhim elementlaridan biri yetishtirilgan mahsulot-

ga bo‘lgan ehtiyojdir, chunki yetishtirilgan mahsu-

lotga ehtiyoj bo‘lmasa, yetishtirishdan natija yo‘q.

Shu boisdan jon boshiga iste’mol qilingan dehqon

xo‘jalik mahsulotlarini hisoblash zaruriyati tug‘ila-
di. Jon boshiga iste’mol qilingan dehqon xo‘jalik

mahsulot miqdori darajasini hisobga olish quyida-

gicha belgilanadi:

(2)

Bu yerda:

i

– turdagi dehqon xo‘jalik

mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi;

i

– turdagi yetishtirilgan dehqon xo‘jalik mahsulot
miqdori;

i

– turdagi yetishtirilgan dehqon xo‘-

jalik mahsulotga bo‘lgan extiyoji bor aholi soni.

Dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish

miqdorining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha bel-

gilanadi:

(3)

Bu yerda:

– o‘tgan yilda yetishtirilgan

dehqon xo‘jalik mahsulot hajmi;

– joriy yilda

yetishtirilgan dehqon xo‘jalik mahsulot hajmi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i faoliyatini yaxshi-

lash va iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun

ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, oqova suvlar

hamda transport va munitsipal xizmatlar bilan

ta’minlanish darajasini yaxshilash maqsadida ulkan

infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha keng miq-

yosli ishlarni amalga oshirish muhim elementlar-

dan biri hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘l-

gan muhim omillardan biri transport xizmatidan

foydalanishni quyidagicha yo‘lga qo‘yish lozim:

transport xizmatini samarali tashkil etish;

mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’-

molchilarga yetkazib berish vaqtini qisqartirish;

bu esa, mahsulot sifati buzilishini keskin

kamaytirish imkonini beradi.

Hudud yo‘l tizimining talabga javob bermas-

ligi:

transport vositalari umri qisqarishiga, qism-

lari muddatidan oldin ishdan chiqishiga;

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

227

yuk tashish xarajatlari ortishiga, samarador-

ligi pasayishiga, mahsulot sifati buzilishiga;

yuklarni belgilangan muddatda iste’molchi-

larga yetkazib bera olmasligi kabi salbiy holatlarni

keltirib chiqaradi.

Bu esa, dehqon xo‘jaligi tarmog‘ining, iqtiso-

diy mexanizmning harakatini ta’minlaydi. Bunday
usul dehqon xo‘jaligi jarayonlarning rivojlanish

tendensiyasini tahlil qilish va prognozlashda keng

qo‘llaniladi. Negaki, bunda rivojlanishdagi bosh

omillar harakatlarining natijaviy ta’sirlari vaqt omi-

lida umumlashtirilgan, deb qaraladi.

Shuning uchun har bir dehqon xo‘jaligi dara-

jasini baholash (iqtisodiy quvvat) samaradorlik
sifati hamda Dehqon xo‘jaligining aylanishi orqali

aniqlanadi.[5, 6]

D

q

=HI

(4)

Bu yerda:

D

q

– dehqon xo‘jaligi tizimning

iqtisodiy quvvati;

I

– mahsulot taklifi va dehqon

xo‘jaligi mahsulotining aylanishi;

H

– iqtisodiy sa-

maradorlik ko‘rsatkichi.

Agar samaradorlik ko‘rsatkichi past bo‘lsa

ham mahsulot taklifi va dehqon xo‘jaligi mahsuloti

aylanishi yuqori bo‘lsa, iqtisodiy quvvat yuqori

bo‘ladi. Masalan, sobiq ittifoq iqtisodiy samarador-

lik ko‘rsatkichi rivojlangan mamlakatlarnikidan
past bo‘lishiga qaramay, aholi soni ko‘pligi va ular-

ning ehtiyoji qondirganligi (tovar aylanishi katta

bo‘lgan) sababli iqtisodiy quvvati bo‘yicha AQSh-

dan keyin ikkinchi o‘rinda turgan.

(4) formulaga asoslanib qarasak, O‘zbekis-

tonda dehqon xo‘jaligi mahsulotining sifat ko‘rsat-

kichi pastligiga qaramasdan aholi soni oshib bori-

shi natijasida dehqon xo‘jaligi samaradorligi iqtiso-
diy quvvatning oshishiga sabab bo‘ladi.

Xulosa.

Dehqon xo‘jaligi murakkab ijtimoiy-

iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Na-
zariy izlanishlar natijasida aholiga dehqon xo‘jaligi

tarmog‘ini rivojlantirishni modellashtirishni tako-
millashtirish lozim. Amaliyotda dehqon xo‘jaligi

sohasiga innovatsion loyihalarni kompleks model-

lashtirishning ilmiy metodologik asoslarini tako-

millashtirish zarur.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida

dehqon xo‘jaligi sohasi faoliyatining boshqaruv ti-

zimidagi o‘ziga xos ilmiy-uslubiy asoslarini o‘rga-

nish, ushbu soha faoliyati asosiy yo‘nalishlarini bel-
gilash, tarmoqda samarali boshqaruv tizimini yara-

tish, shuningdek, boshqaruv faoliyati va stuktura-
sini shakllantirish, dehqon xo‘jaligi sohasi faoliyati-

ni samarali boshqarish mexanizmini ishlab chiqish

taqozo etiladi. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlan-

tirishda boshqaruv mexanizmlari ta’sirchanligini
oshirish, dehqon xo‘jaligi sohasi faoliyatining tash-

kiliy-iqtisodiy mexanizmi samarali tashkil etilishi

iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi asosiy yo‘na-

lish sifatida qaralishi lozim.

Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i rivojlanishining

tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi o‘z tarkibiga boshqa-
ruv sube’ktlari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruv

obe’ktlari, kommunikatsion tizim, boshqaruv usul-

lari, boshqaruv maqsad va vazifalarini qamrab olib,

ularning samarali tizimda faoliyat ko‘rsatishini ta-

lab etadi. Tashkiliy-iqtisodiy mexanzmning barcha

elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,

bir-birini to‘ldirishi ularning bozordagi samarali

faoliyatida asosiy mezon hisoblanadi.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF–4947-sonli farmoni. // Xalq so‘zi, 2017-yil 8- fevral.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016–2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi. //

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 9-son, 89-modda, 27-son, 326-modda; 2017 y., 15-son, 257-modda,

33-son, 863-modda.

3. Pardaev M.Q., Musaev H.N. Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning

yechimlari –T.: Iqtisod-moliya, 2008.

4. Raximov A.N. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati

misolida): iqt. fan. fal. dok. diss. – T.: TDIU, 2020. –165 b.

5. Rakhimov A. N., Makhmatkulov G. K., Rakhimov A. M. Construction Of Econometric Models Of Development Of Services

For The Population In The Region And Forecasting Them //The American Journal of Applied sciences. – 2021. – Т. 3. – №. 02. – С.
15-42.

6. Kh.S. Mukhitdinov, A.N. Rakhimov. The forecast for the development of the public services sector. Scopus, Solid State

Technology, December 2020, Vol 63, № 6 (2020)

7. Павленко В.Ф. Планирование территориалного развития (территориалный аспект планирования). –М.:

Экономика, 1984. С.267.

8. www.lex.uz

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ

References

Schwensen HF, Borreschmidt LK, Storgaard M, Redsted S, et al. Fatal pulmonary fibrosis: A post-COVID-19 autopsy case. //J Clin Pathol. -2020. -Jul. -28. -1–3.

Seifirad S. Pirfenidone: A novel hypothetical treatment for COVID-19. //Med Hypotheses. -2020. – 144. -110005.

Selman M, Pardo A. Role of epithelial cells in idiopathic pulmonary fibrosis: from innocent targets to serial killers. //Proc Am Thorac Soc. -2006. -3. -364–372.

Wu Y, Guo C, Tang L, Hong Z, Zhou J, Dong X, et al. Prolonged presence of SARS-CoV-2 viral RNA in faecal samples. //Lancet Gastroenterol Hepatol.- 2020.- 5.- 434–435.

Xiao F, Tang M, Zheng X, et al. Evidence for Gastrointestinal Infection of SARS-CoV-2. //Gastroenterology/2020.- 158.- 1831–1833.

Xiong Y, Sun D, Liu Y, Fan Y, et al. Clinical and high-resolution CT features of the COVID-19 infection. //Invest Radiol. -2020. -55. -332–9.

Xu J, Xu X, Jiang L, Dua K, et al. SARS-CoV-2 induces transcriptional signatures in human lung epithelial cells that promote lung fibrosis. //Respir Res. -2020. -21. -182.

Zhang R, Pan Y, Fanelli V, Wu S, et al. Mechanical Stress and the Induction of Lung Fibrosis via the Midkine Signaling Pathway. //Am J Respir Crit Care Med. -2015. -192. -315–323.

Zhao X, Nicholls JM, et al. Severe acute respiratory syndrome-associated coronavirus nucleocapsid protein interacts with Smad3 and modulates transforming growth factor-beta signaling. //J Biol Chem. -2008. – 283. -3272–3280.

Zhao YM, Shang YM, Song WB, Li QQ, et al. Follow-up study of the pulmonary function and related physiological characteristics of COVID-19 survivors three months after recovery. //EClinicalMedicine. -2020. -25. -100463.

Zheng Y., Huang Z., Ying G., Zhang X., et al. Study of the lymphocyte change between COVID-19 and non-COVID-19 pneumonia cases suggesting other factors besides uncontrolled inflammation contributed to multi-organ injury. //medRxiv. -2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов