Авторы

  • To‘g‘anboyeva Nilufar Shukurjon qizi
  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Биографии авторов

  • To‘g‘anboyeva Nilufar Shukurjon qizi

    Andijon Davlat chet tillari institute Talabasi

  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

    Ilmiy maslahatchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88015

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: zamonaviy o‘zbek tili yangi so‘zlar neologizm atamalar o‘zlashma so‘zlar lingvistik omillar til taraqqiyoti chet tillar ta’siri Ключевые слова: современный узбекский язык новые слова неологизмы термины заимствованные слова лингвистические факторы развитие языка влияние иностранных языков Keywords: modern Uzbek language new words neologisms terminology loanwords linguistic factors language development influence of foreign languages

Аннотация

          Annotatsiya: mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilidagi yangi so‘zlar va atamalar masalasi yoritilgan. Unda neologizmlarning yuzaga kelish sabablari, ularning turlari, kelib chiqish manbalari, sohaga oid taqsimoti va jamiyatga ta’siri tahlil qilingan. Tilshunoslik nazariyasi asosida yangi so‘zlar qanday shakllanishi va ularni to‘g‘ri qo‘llash muhimligi asoslab berilgan.

        Аннотация: в данной статье рассматривается проблема новых слов и терминов в современном узбекском языке. Анализируются причины появления неологизмов, их типы, источники заимствования, распределение по сферам и влияние на общество. Подчёркивается важность правильного употребления новых слов в соответствии с нормами узбекского литературного языка.

        Annotation: this article explores the issue of new words and terms in the modern Uzbek language. It analyzes the reasons behind the emergence of neologisms, their types, sources of borrowing, field-specific distribution, and their impact on society. The importance of using these new terms in accordance with the norms of the Uzbek literary language is emphasized.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

311

ZAMONAVIY O’ZBEK TILIDAGI YANGI SO’ZLAR VA ATAMALAR

Andijon Davlat chet tillari institute Talabasi

To‘g‘anboyeva Nilufar Shukurjon qizi

Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Annotatsiya: mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilidagi yangi so‘zlar va

atamalar masalasi yoritilgan. Unda neologizmlarning yuzaga kelish sabablari,

ularning turlari, kelib chiqish manbalari, sohaga oid taqsimoti va jamiyatga ta’siri

tahlil qilingan. Tilshunoslik nazariyasi asosida yangi so‘zlar qanday shakllanishi

va ularni to‘g‘ri qo‘llash muhimligi asoslab berilgan.

Kalit so’zlar: zamonaviy o‘zbek tili, yangi so‘zlar, neologizm, atamalar,

o‘zlashma so‘zlar, lingvistik omillar, til taraqqiyoti, chet tillar ta’siri

Аннотация: в данной статье рассматривается проблема новых слов и

терминов в современном узбекском языке. Анализируются причины

появления неологизмов, их типы, источники заимствования, распределение

по сферам и влияние на общество. Подчёркивается важность правильного

употребления новых слов в соответствии с нормами узбекского

литературного языка.

Ключевые слова: современный узбекский язык, новые слова, неологизмы,

термины, заимствованные слова, лингвистические факторы, развитие

языка, влияние иностранных языков

Annotation: this article explores the issue of new words and terms in the

modern Uzbek language. It analyzes the reasons behind the emergence of

neologisms, their types, sources of borrowing, field-specific distribution, and their


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

312

impact on society. The importance of using these new terms in accordance with the

norms of the Uzbek literary language is emphasized.

Keywords: modern Uzbek language, new words, neologisms, terminology,

loanwords, linguistic factors, language development, influence of foreign

languages

Har bir millatning madaniyati va tafakkuri, avvalo, uning tilida mujassam

bo‘ladi. Tildagi har qanday o‘zgarish, yangilanish jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy,

texnologik taraqqiyotlar bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tili ham o‘zining uzoq

tarixiy rivojlanish jarayonida ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan kechirgan, ayniqsa,

bu rivojlanish davrida, XXI asrda, globalizatsiya, axborot texnologiyalarining keng

tarqalishi natijasida yangi so‘zlar va atamalar paydo bo'lmoqda. Bu yangilanishlar

texnologiya, internet, siyosat, madaniyat, iqtisodiyot kabi sohalarning taraqqiyoti

bilan bog‘liq.

Neologizmlar deb tilga yangi kirib kelgan, ilgari mavjud bo‘lmagan yoki

ma’lum darajada yangicha ma’no kasb etgan so‘z va atamalarga aytiladi. Yangi

so‘zlarning paydo bo‘lishi tabiiy jarayon bo‘lib, u tilning doimiy rivojlanib

borayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon ayniqsa zamonaviy jamiyatda texnika

va texnologiyalar, yangi ilmiy kashfiyotlar, ijtimoiy hodisalar, internet

madaniyatining keng tarqalishi natijasida jadallashdi. Neologizmlarning

shakllanishida ikki asosiy omil muhim rol o‘ynaydi. Bular: ekstralingvistik va

intralingvistik omillar.

Ekstralingvistik omillar (tashqi sabablar): bular orasiga texnologik

taraqqiyot, xalqaro aloqalarning kuchayishi, internet, ijtimoiy tarmoqlarning

ta’siri, xorijiy madaniyatlar bilan aloqa kabi omillar kiradi. Masalan, “onlayn dars”,

“videoqo‘ng‘iroq”, “platforma”, “ilova”, “target”, “kontent” kabi atamalar

bevosita global taraqqiyot mahsuli sifatida tilga kirib keldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

313

Intralingvistik omillar (ichki sabablar): tilning o‘z qonun-qoidalari asosida

yangi so‘zlar yaratish — bu o‘zbek tilining o‘zida mavjud morfologik va leksik

imkoniyatlardan foydalanish orqali amalga oshadi. Masalan, “raqamlashtirish”,

“axborot maydoni”, “ko‘p funksiyali qurilma”, kabi iboralar.

Zamonaviy o‘zbek tilidagi yangi so‘zlarni ikki guruhga ajratish mumkin:

O‘zlashtirilgan so‘zlar — bu chet tillardan, ayniqsa ingliz tilidan kirib

kelayotgan so‘zlar: “kompyuter”, “startup”, “bloger”, “deadline”, “server”,

“repost”.

Yaratilgan so‘zlar — bu o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan birliklar asosida

yangicha iboralar, terminlar hosil qilish: “raqamli iqtisodiyot”, “sun’iy

intellekt”, “ijtimoiy tarmoq”, “ilmiy-innovatsion tizim”.

Ba’zi hollarda o‘zlashtirilgan so‘zlar o‘zbek fonetik va morfologik qoidalariga

moslashtiriladi, masalan: “blogerlik”, “postlash”.

Chet tillaridan o‘zlashmalar va ularning moslashuvi: zamonaviy o‘zbek

tiliga eng ko‘p so‘z ingliz tilidan kirib kelmoqda. Ularning ayrimlari bevosita

(to‘g‘ridan-to‘g‘ri), ayrimlari esa tarjima asosida o‘zlashtirilmoqda. Ilmiy

yondashuvda muhim jihatlardan biri – terminlarning o‘zbek tili qonuniyatlariga

moslashtirilgan shaklda qo‘llanishini ta’minlashdir. Aks holda, tilshunoslar til

madaniyatiga salbiy ta’sir va chalkashliklar yuzaga kelishini ta’kidlaydilar.

Shuning uchun har bir yangi atama o‘zbek tiliga uyg‘un, ravon va tushunarli

shaklda ifodalanishi zarur.

Yangi so‘zlarning sohalar bo‘yicha taqsimoti: bugungi kunda yangi so‘zlar

asosan quyidagi sohalarda ko‘p uchramoqda:

Ijtimoiy tarmoqlar: kontent, trend, follower, like, storiеs

Iqtisodiyot va moliya: frilans, kriptovalyuta, brending, startap, marketing

Ta’lim: onlayn dars, vebinar, test platformasi, STEAM-ta’lim


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

314

Sog‘liqni saqlash: karantin, izolyatsiya, vaksinatsiya, infodemiya,

pandemiya

Texnologik taraqqiyot (masalan: “smartfon”, “bloger”, “videoqo‘ng‘iroq”)

Ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar (“karantin”, “pandemiya”, “onlayn

ta’lim”)X5B

Chet tillar, ayniqsa ingliz tilidan so‘zlar kirib kelishi (“startup”, “target”,

“deadline”)

Ichki ehtiyoj — eski so‘zlar yetarli bo‘lmaganida yangi iboralar yaratiladi

(“to‘lov tizimi”, “mobil ilova”)

Neologizmlarning shakllanishi nafaqat til ichidagi ehtiyoj, balki jamiyatdagi

madaniy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Masalan, internet

texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida “onlayn”, “blog”, “kontent”,

“straim” kabi tushunchalar o‘zbek tilida kundalik iste’molga kirib keldi. Ular

zamonaviy texnologiyalar vositasida yuzaga kelgan yangi madaniy muhit

ifodachilaridir. Shuningdek, zamonaviy yoshlar tilida keng uchrayotgan “kringe”,

“frilans” kabi atamalar jamiyatdagi yangi ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlar

shakllanayotganini ko‘rsatadi. Bu holat Pirmatova D. Ulug‘bek qizining fikricha,

“tilimizda mavjud bo‘lmagan yangi tushunchalarni ifodalash uchun lozim bo‘lgan

atamalar o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lmoqda”.

1

O‘zlashtirish jarayonida

madaniyatlararo ta’sir kuchayadi, bu esa tilning rivojlanishiga sabab bo‘lsa-da,

ba’zida milliylik mezonlariga zid tushunchalarning ham kirib kelishiga olib keladi.

Shu bois neologizmlarni tanlashda selektiv, ehtiyotkorlik bilan yondashish muhim

hisoblanadi.

Neologizmlarning tarjima va qabul jarayoni murakkab bosqichlar hisoblanadi.

So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga xorijiy tillardan, xususan ingliz tilidan kirib

1

Pirmatova D. U. O‘zbek adabiy tiliga chet tillaridan o‘zlashayotgan terminlar masalasi. — in-academy.uz, 2023

– 2-bet


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

315

kelayotgan so‘zlar soni sezilarli darajada ortdi. Ushbu leksik birliklar

o‘zlashtirilayotganda ularning ma’nodosh variantlarini yaratish yoki tarjima

asosida moslashtirish zarurati tug‘iladi. Masalan, “deadline” so‘zining “so‘nggi

muddat”, “feedback” so‘zining “aloqa fikri” tarzida ifodalanishi bunga misol bo‘la

oladi. Tilshunos Go‘zal Qo‘ziboyevaning ta’kidlashicha: “Har qanday yangi atama

xalq tiliga singishi uchun uning ma’nosi ravshan, talaffuzi qulay va ko‘p

ishlatiladigan bo‘lishi lozim”.

2

Shuningdek, tarjima jarayonida so‘zlar semantik

jihatdan o‘zgarib boradi. Nizamova Salomat o‘z tadqiqotida shunday deydi:

“Yangi siyosiy va texnologik neologizmlarni tarjima qilishda ular turg‘un atamaga

aylanishiga qadar muqobil variantlar sinovdan o‘tadi”.

3

Bu esa o‘zbek tilida termin

yaratish jarayonining murakkab, ammo zarur bosqich ekanligini ko‘rsatadi.

Yangi so‘zlarning to‘g‘ri va o‘rinli ishlatilishi til madaniyati uchun juda muhim.

Har bir yangi atama o‘zbek tilining ichki qonun-qoidalariga moslashtirilib

qo‘llanilsa, til boyiydi va ravshanlashadi. Aks holda, chalkashliklar, noto‘g‘ri

talaffuz va tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi. Yangi atamalar, agar ular o‘zbek

tilining grammatik va leksik qonuniyatlariga moslashsa, tilni boyitadi,

zamonaviylashtiradi va xalqaro muloqotga mos qiladi. Biroq, ba’zi hollarda so‘zlar

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinmaydi yoki chalkash ishlatiladi. Bu esa til

madaniyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi, tilda sun’iylik va rasmiylikni kuchaytirishi

mumkin. Shuning uchun, tilshunoslar yangi atamalarning muvofiqligini, to‘g‘ri

talaffuz va yozuvini nazorat qilishlari, ularni o‘zbek adabiy tiliga moslashtirishga

intilishlari lozim.

Zamonaviy o‘zbek tilidagi yangi so‘zlar va atamalar – bu til rivojining muhim

ko‘rsatkichi. Bu jarayonni nazorat ostida olib borish, ilmiy asosda tahlil qilish,

yangiliklarni ommalashtirish orqali o‘zbek tili nafaqat boyiydi, balki zamon bilan

2

Qo‘ziboyeva G. S. Tilimizga kirib kelgan neologizmlar va ularning tahlili. — “Ilmiy izlanishlar”, 2022 – 4-5-

betlar

3

Nizamova S. Amerika matbuotidagi neologizmlarni tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. — “ORIENS”

ilmiy jurnali, 2023 – 7-8-betlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

316

hamnafas tilga aylanishi ta’minlanadi. Ayniqsa, yoshlar va ziyolilar bu jarayonda

yetakchi rol o‘ynashlari, milliy tilimizning zamonaviy yuzini shakllantirishga hissa

qo‘shishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D. Jo‘raqulova, “Zamonaviy til va atamalar”, Toshkent, 2022

2.

A. Karimov, “Axborot texnologiyalari va tilga ta’siri”, 2023

“O‘zbek tilidagi neologizmlarning ekstralingvistik va intralingvistik omillari” —

in-academy.2023

3.

“O‘zbek adabiy tiliga chet tillaridan o‘zlashayotgan terminlar masalasi” —

in-academy.uz

4.

www.ziyouz.uz

– O‘zbek tiliga oid maqolalar portali

5.

Qo‘ziboyeva G. S. Tilimizga kirib kelgan neologizmlar va ularning tahlili.

— “Ilmiy izlanishlar”, 2022.

6.

Nizamova S. Amerika matbuotidagi neologizmlarni tarjima qilishning

o‘ziga xos xususiyatlari. — “ORIENS” ilmiy jurnali, 2023.

7.

Pirmatova D. U. O‘zbek adabiy tiliga chet tillaridan o‘zlashayotgan

terminlar masalasi. — in-academy.uz, 2023.

8.

Abjalova M. O‘zbek tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan iqtisodiy va biznes

sohadagi neologizmlar. — ResearchGate, 2022.

9.

Sobirova N. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ilova qurilmalar tipologiyasi. —

BuxDU, 2023.