Авторы

  • Dadajonova Mohinur Mirzaolim qizi
  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Биографии авторов

  • Dadajonova Mohinur Mirzaolim qizi

    Andijon Davlat chet tillari instituti talabasi

  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

    Ilmiy maslahatchi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88108

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Turkiy tillar shevashunoslik adabiy til til me’yorlari shevalar normativ til dialekt o‘zbek tili tilshunoslik adabiy til va sheva munosabati. Ключевые слова: тюркские языки диалектология литературный язык языковые нормы диалекты нормативный язык диалект узбекский язык лингвистика соотношение литературного языка и диалектов. Keywords: Turkic languages dialectology literary language language norms dialects normative language dialect Uzbek language linguistics relationship between literary language and dialects.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada turkiy tillar doirasida shevashunoslik masalalari, shevalarning tasnifi va ularning adabiy tilning shakllanishidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Shevalarning lingvistik xususiyatlari fonetik, leksik va grammatik nuqtai nazardan tahlil qiinadi, adabiy til me’yorlariga ularning ta’siri tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritib beriladi. Turkiy tillarning ichki tafovutlari shevashunoslik yondashuvi orqali tushuntiriladi, adabiy tilning normativ qoidalari va ularning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Maqola turkiy tilshunoslik, dialektologiya va adabiy til nazariyasiga oid ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы диалектологии в рамках тюркских языков, классификация диалектов и их роль в формировании литературного языка. Лингвистические особенности диалектов анализируются с фонетической, лексической и грамматической точек зрения, а их влияние на нормы литературного языка освещается на основе исторических и современных примеров. Внутренние различия тюркских языков объясняются с позиции диалектологического подхода, раскрываются нормативные правила литературного языка и механизмы их формирования. Статья представляет собой важный теоретический и практический источник для научных исследований в области тюркского языкознания, диалектологии и теории литературного языка.

Annotation: This article explores the issues of dialectology within the scope of Turkic languages, the classification of dialects, and their role in the formation of the literary language. The linguistic features of dialects are analyzed from phonetic, lexical, and grammatical perspectives, and their influence on literary language norms is illustrated through historical and contemporary examples. The internal distinctions of Turkic languages are explained using a dialectological approach, and the normative rules of the literary language along with their formation mechanisms are described. The article serves as a valuable theoretical and practical resource for scholarly research in Turkic linguistics, dialectology, and literary language theory.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

156

TURKIY TILLARDA SHEVASHUNOSLIK VA ADABIY TIL

ME’YORLARI

Andijon Davlat chet tillari instituti talabasi

Dadajonova Mohinur Mirzaolim qizi

Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada turkiy tillar doirasida shevashunoslik

masalalari, shevalarning tasnifi va ularning adabiy tilning shakllanishidagi o‘rni

va roli tahlil qilinadi. Shevalarning lingvistik xususiyatlari fonetik, leksik va

grammatik nuqtai nazardan tahlil qiinadi, adabiy til me’yorlariga ularning ta’siri

tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritib beriladi. Turkiy tillarning ichki

tafovutlari shevashunoslik yondashuvi orqali tushuntiriladi, adabiy tilning

normativ qoidalari va ularning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Maqola turkiy

tilshunoslik, dialektologiya va adabiy til nazariyasiga oid ilmiy izlanishlar uchun

muhim nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматриваются

вопросы

диалектологии в рамках тюркских языков, классификация диалектов и их

роль в формировании литературного языка. Лингвистические особенности

диалектов анализируются с фонетической, лексической и грамматической

точек зрения, а их влияние на нормы литературного языка освещается на

основе исторических и современных примеров. Внутренние различия

тюркских языков объясняются с позиции диалектологического подхода,

раскрываются нормативные правила литературного языка и механизмы их

формирования. Статья представляет собой важный теоретический и

практический источник для научных исследований в области тюркского

языкознания, диалектологии и теории литературного языка.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

157

Annotation: This article explores the issues of dialectology within the scope

of Turkic languages, the classification of dialects, and their role in the formation

of the literary language. The linguistic features of dialects are analyzed from

phonetic, lexical, and grammatical perspectives, and their influence on literary

language norms is illustrated through historical and contemporary examples. The

internal distinctions of Turkic languages are explained using a dialectological

approach, and the normative rules of the literary language along with their

formation mechanisms are described. The article serves as a valuable theoretical

and practical resource for scholarly research in Turkic linguistics, dialectology,

and literary language theory.

Kalit so‘zlar: Turkiy tillar, shevashunoslik, adabiy til, til me’yorlari, shevalar,

normativ til, dialekt, o‘zbek tili, tilshunoslik, adabiy til va sheva munosabati.

Ключевые слова: тюркские языки, диалектология, литературный язык,

языковые нормы, диалекты, нормативный язык, диалект, узбекский язык,

лингвистика, соотношение литературного языка и диалектов.

Keywords: Turkic languages, dialectology, literary language, language

norms, dialects, normative language, dialect, Uzbek language, linguistics,

relationship between literary language and dialects.

Turkiy tillar shevashunosligida mavjud bo’lgan ilmiy adabiyotlarda, sheva,

lahja, dialekt atamalari turlicha ma’nolarda qo’llanib kelinmoqda. Bu atamalarning

ma’nosi bir-biriga o‘xshashdir. Sheva so‘zining lug‘aviy ma’nosiga to’xtaladigan

bo’lsak, u forscha so’z bo’lib, ovoz, til, so’zlashish, yo’sin, ravish kabi ma’nolarni

bildiradi. Shevalar har bir tilning mintaqaviy o‘zgarishlarini aks ettiruvchi jonli

ko‘rinishlardir. Ular fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari bilan

adabiy til me’yorlaridan farq qiladi. Har bir sheva tili rivojlanishining tarixiy

bosqichlari, mahalliy madaniyat va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan o‘ziga

xos tizimiga egadir. Shevalarni o‘rganish orqali tilning qadimgi holatlari va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

158

o‘zgarish jarayonlarini aniqlash, til taraqqiyoti haqida to‘liqroq tasavvur hosil

qilish mumkin bo‘ladi. Shu boisdan, shevashunoslik nafaqat dialektologiya

doirasidagi masala, balki umumiy tilshunoslik, tarixiy tilshunoslik va

etnolingvistik tadqiqotlar uchun ham muhim ilmiy manba vazifasini bajaradi.

Tilshunos olimlar "sheva" tushunchasini o’z ilmiy qarashlari asosida farqli

ravishda ta’riflashgan. Jumladan, mashhur olim V. V. Vinogradov shevani "bir

tilning hududiy ko‘rinishi bo‘lib, o‘zining fonetik, grammatik va leksik o‘ziga

xosliklari bilan farqlanuvchi nutq shakli"

1

deb ta’riflaydi. A. A. Reformatskiy esa

shevani "adabiy tildan farqlanuvchi, ammo o‘z ichki tizimiga ega bo‘lgan

mintaqaviy til shakli"

2

sifatida ko‘rsatgan. O‘zbek tilshunosi Sh. Sirojiddinovning

fikricha, "sheva xalqning turmush tarzini, tarixiy rivojlanishini va madaniy

xususiyatlarini aks ettiruvchi nutq shaklidir". Shuningdek, E. D. Polivanov

shevalarni tilning tirik va dinamik qatlami sifatida baholab, ular orqali tildagi

qadimiy elementlarni aniqlash mumkinligini ta’kidlagan. Umuman olganda,

olimlarning ta’riflaridan kelib chiqadiki, sheva nafaqat mintaqaviy farqlanish

vositasi, balki tilning tarixiy va ijtimoiy taraqqiyoti ifodasidir. “Lahja” arabcha soʻz

boʻlib, ravish, tarz , yoʻsin, sheva kabi maʼnolarini bildiradi. Lahja - bu bir tilning

hududiy yoki ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan, fonetik, grammatik va leksik

jihatdan ozgina farqlanuvchi nutq shaklidir. Lahja, ko‘pincha, adabiy tildan

sezilarli darajada chetga chiqmaydi, balki mintaqaviy yoki guruhiy o‘ziga xoslik

sifatida namoyon bo‘ladi. Tilshunos A. A. Reformatskiy lahjani "bir til doirasida

mavjud bo‘lgan kichik fonetik va leksik farqlar tizimi"

3

deb ta’riflagan. V. V.

Vinogradov esa lahjani shevaga nisbatan torroq qamrovli va adabiy tilga yaqinroq

nutq shakli sifatida tavsiflagan. Umuman olganda, lahja tilning mahalliy rang-

barangligini ifodalaydi va tilshunoslikda uni o‘rganish tildagi tabiiy rivojlanish

1

Виноградов В. В. Русский язык: грамматическое учение о слове. —

М.: Наука, 1986. —

С.

123.

2

Реформатский А. А. Введение в языковедение / под ред. В. А. Виноградова. —

5-

е изд., испр. —

М.:

Аспект Пресс, 2004. —

536 с.

3

Реформатский А. А. Введение в языковедение / под ред. В. А. Виноградова. —

5-

е изд., испр. —

М.:

Аспект Пресс, 2004. —

416

с.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

159

jarayonlarini aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Dialekt - bir tilning

mintaqaviy yoki ijtimoiy guruhlarga xos, leksik, fonetik, grammatik va sintaktik

jihatdan farqlanuvchi nutq shaklidir. U tilning to‘liq tizimiga, adabiy normaga

nisbatan o‘ziga xos o‘zgarishlarni ifodalaydi, lekin u hali ham tilning umumiy

strukturasi va grammatikasi bilan bog‘liqdir. Dialektlar, asosan, geografik yoki

ijtimoiy omillar tufayli yuzaga keladi va ular ma’lum bir hududda yoki guruhda

ishlatiladi. Shevashunoslik, ya’ni dialektologiya, aynan tilning mahalliy

xususiyatlarini, ularning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda

o‘rganadi. Turkiy tillar shevashunosligi sohasida yetuk olimlardan biri E. R.

Tenishev o’zining “Turkiy tillar dialektologiyasi asoslari” nomli asarida turkiy

tillarning dialektik tarkibini tahlil qilishda tarixiylik va tipologik yondashuvni

uyg‘unlashtirgan. Bundan tashqari, S. A. Baskakov shevalarning fonetik

o‘zgarishlari, morfologik shakllanishi va leksik xususiyatlarini tahlil qilib, turli

tarmoqlarning ichki rivojlanish bosqichlarini aniqlashga intilgan.

Adabiy til – keng ijtimoiy ehtiyojlarga xizmat qiladigan, ma'lum me’yor va

qoidalarga asoslangan, uslubiy jihatdan boy til shaklidir. Tarixiy jihatdan olganda,

har qanday adabiy til o‘zining boshlang‘ich manbayini shevalardan oladi. Shevalar

esa adabiy tilga nisbatan ko‘proq og‘zaki nutqning jonli shaklini, o‘ziga xos leksik,

fonetik va grammatik xususiyatlarini saqlab qolgan. Turkiy tillar tarixida adabiy

tilning shakllanishi har doim muayyan sheva bazasiga tayangan. Masalan, qadimgi

turkiy adabiy tili Orxon-Yenisey hududidagi qabilaviy shevalarga asoslangan

bo‘lsa, keyinchalik qarluq, qipchoq va o‘g‘uz shevalari turli adabiy tillarning

poydevoriga aylangan. Ayniqsa, O‘rta asr turkiy adabiy tillarida adabiy til va

shevalarning o‘zaro munosabati ijtimoiy-siyosiy sharoitlar bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lgan. Adabiy tilning rivojlanishida shevalar muhim rol o‘ynagan: ular

adabiy tildagi leksik boylikni kengaytirgan, ma’lum fonetik va grammatik

shakllarni adabiy tilga olib kirgan. Shu bilan birga, adabiy til shevalar ta’sirini

chegaralashga intilgan va o‘zining umumxalq tiliga xos standartlarini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

160

mustahkamlashga harakat qilgan. Do‘stqorayevning ta’kidlashicha, shevalardan

adabiy tilga kirib kelgan unsurlar ko‘pincha silliqlangan, normallashtirilgan holda

qabul qilingan.

Turkiy tillarda adabiy til me’yorlarining shakllanishi bevosita jamiyatning

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, madaniy va siyosiy hayoti bilan uzviy bog‘liq holda

kechgan. Til me’yorlarining shakllanishi til taraqqiyotining belgilovchi omili

bo‘lib, u tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga, uslubiy rang-baranglikni

ta’minlashga xizmat qilgan. O'. Qorayev turkiy adabiy tillarning shakllanish

tarixini quyidagi bosqichlarga ajratadi:

Qadimgi bosqich (VII–X asrlar): Orxon-Yenisey bitiklari adabiy til sifatida

qadimgi turkiy tilning shakllanganidan dalolat beradi. Bu bosqichda adabiy til

asosan epigrafik yodgorliklar orqali namoyon bo‘lgan.

O‘rta asr bosqichi (XI–XIV asrlar): Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig",

Mahmud Koshg‘ariyning "Dīwān lug‘āt at-Turk" kabi asarlari adabiy tilning leksik

va grammatik boyishiga asos bo‘ldi.

Chig‘atoy adabiy tili davri (XIV–XVI asrlar): Alisher Navoiy ijodi bu davr

adabiy tilining eng yuqori bosqichiga yetishini ko‘rsatadi. Chig‘atoy turkiysi

adabiy me’yorlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynagan.

Zamonaviy bosqich (XIX–XXI asrlar): Mustaqil turkiy xalqlarning (o‘zbek,

turk, qozoq, uyg‘ur va boshqalar) adabiy tillari shakllandi va o‘z milliy adabiy

me’yorlariga ega bo‘ldi.

Qorayev ta’kidlaganidek, shevalardan olingan leksik, fonetik va grammatik

unsurlar adabiy tilni jonlantirgan, unga uslubiy rang-baranglik baxsh etgan. Shu

bilan birga, adabiy tilning asosiy vazifasi umumxalq tilining yagona va tushunarli

shaklini ta’minlash bo‘lgani uchun, shevalar ta’siri ma’lum darajada chegaralangan

va me’yorlashtirilgan.

Bugungi kunda turkiy tillarda adabiy me’yorlarning mavjudligi tilni rasmiy,

ilmiy, adabiy va ommaviy axborot sohalarida yagona va aniq aloqa vositasi sifatida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

161

ishlatish imkonini bermoqda. Adabiy tilning me’yorlari orqali turkiy xalqlar o‘z

madaniy merosini saqlab, zamonaviy talablarga mos ravishda til taraqqiyotini

davom ettirib kelmoqda.

Adabiy til va shevalar o‘rtasida bir qancha muhim tafovutlar mavjud:

Fonetik farqlar - talaffuzdagi o‘ziga xosliklar shevalarda yaqqol ko‘zga

tashlanadi. Masalan, ayrim hududlarda “q” tovushi o‘rniga “k” ishlatiladi (“qiz”

o‘rniga “kiz”).

Leksik farqlar - shevalarda bir ma’noni anglatadigan so‘zlarning turlicha

shakllari uchraydi. Masalan, "non" o‘rniga "tandir", "ota" o‘rniga "doda" deyilishi

mumkin.

Grammatik farqlar - fe’l shakllari, ko‘plik yoki egalik qo‘shimchalari har bir

shevada o‘ziga xos tarzda qo‘llaniladi. Masalan, “keldim” o‘rniga ayrim shevalarda

“keldimman” yoki “keldimen” shakllari ishlatiladi.

Adabiy til esa bu farqlilikni muayyan uslubiy me’yorlar asosida yagona

shaklga keltirishga intiladi. Me’yorlashtirish jarayoni orqali adabiy til jamiyat

uchun qulay, tushunarli va umumiy qabul qilingan aloqa vositasiga aylanadi. Bu til

rasmiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari, ilm-fan va ta’lim sohalarida asosiy

vosita sifatida xizmat qiladi. Shevada talaffuz, so‘zlar, ba’zan grammatik

qurilmalar ham adabiy tildan farq qiladi. Masalan, Farg‘ona vodiysida

“borayapman” o‘rniga “boryapman” yoki “boryappan” deyiladi. Bunday farqlar

ba’zan so‘zlarning shaklida, ma’nosida va qo‘llanishida ham namoyon bo‘ladi.

Adabiy til muloqotda aniq, ravon va tushunarli bo‘lishni ta’minlasa, sheva

insonlarga yaqinlik, samimiyat va mahalliylik ruhini beradi. Shu bois, adabiy til

ta’lim va rasmiy faoliyatda afzal ko‘rilsa, sheva kundalik hayotda tabiiy muloqot

vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Adabiy tilda uslubiy silliqlik va boylik mavjud bo‘lib,

u keng auditoriyaga mo‘ljallangan. Sheva esa insonning tug‘ilgan joyi, madaniyati

va shaxsiy til odatlarini aks ettiradi. Ko‘pincha bolalar dastlab shevada

gaplashishni o‘rganadi, keyinchalik esa maktab orqali adabiy tilni egallaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

162

Adabiy tilni yaxshi o‘zlashtirish, yozma va og‘zaki nutq madaniyatini

rivojlantiradi. Biroq shevalar tilda xilma-xillik va boylik manbai hisoblanadi.

Shuning uchun har ikkala ko‘rinish o‘z o‘rnida muhim va qadrlidir.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, turkiy tillarning adabiy me’yorlari

va ularning shakllanish bosqichlari ko‘p asrlik tarixiy jarayonlarning natijasi

bo‘lib, til taraqqiyotining muhim qirrasini tashkil etadi. Adabiy til va shevalar

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar adabiy tilni boyitib, uni ijtimoiy hayotning barcha

sohalarida faol ishlatiladigan qulay va ta’sirchan aloqa vositasiga aylantirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Баскаков, С.А.

Введение в изучение тюркских языков

. – Москва:

Наука, 1962.

2.

Do‘stqorayev, O.

Turkiy tillar tarixi

. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2008.

3.

Jo‘rayev, T.N. “Shevalar va adabiy til munosabati”.

O‘zbek tili va

adabiyoti

jurnali, 2003.

4.

Qayumov, M.

Adabiy til va uslub masalalari

. – Toshkent: O‘qituvchi,

1992.

5.

Qorayev, O.

Turkiy tillarning adabiy me'yorlari va ularning

shakllanish bosqichlari

. – Toshkent: Fan, 2017.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)