Авторы

  • Karimjonova Dilnura Isroiljon qizi
  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Биографии авторов

  • Karimjonova Dilnura Isroiljon qizi

     Andijon Davlat chet tillar instituti talabasi

  • Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

    Ilmiy maslahatchi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88107

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: leksema frazeologik birlik stilistik funksiya grammatik aspekt antonim frazeologik birliklar. Ключевые слова: лексема фразеологизм стилистическая функция грамматический аспект антоним фразеологизмов.

Аннотация

Annotatsiya: ushbu maqolada dunyoda oʻrganilishi va grammatikasi jihatidan qiyin boʻlgan rus tili va oʻzbek tilidagi frazeologik birliklaridagi ma'no jihatidan o'xshashliklari, leksik ma'no xususiyatlari haqida soʻz boradi. Frazeologizmlarning funksional-pragmatik jihatlari tadqiq qilinadi.

 Аннотация: в данной статье говорится о сходстве по смыслу,  особенностях лексического значения во фразеологических единицах русского языка и узбекского языка, которые сложны в изучении и грамматике в мире. Изучаются функционально-прагматические аспекты фразеологизмов.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

163

RUS VA OʻZBEK FRAZEOLOGIYASINING LINGVISTIK

XUSUSIYATLARI

Andijon Davlat chet tillar instituti talabasi

Karimjonova Dilnura Isroiljon qizi

Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich

Annotatsiya: ushbu maqolada dunyoda oʻrganilishi va grammatikasi

jihatidan qiyin boʻlgan rus tili va oʻzbek tilidagi frazeologik birliklaridagi ma'no

jihatidan o'xshashliklari, leksik ma'no xususiyatlari haqida soʻz boradi.

Frazeologizmlarning funksional-pragmatik jihatlari tadqiq qilinadi.

Kalit soʻzlar: leksema, frazeologik birlik, stilistik funksiya, grammatik

aspekt, antonim frazeologik birliklar.

Аннотация: в данной статье говорится о сходстве по смыслу,

особенностях лексического значения во фразеологических единицах русского

языка и узбекского языка, которые сложны в изучении и грамматике в мире.

Изучаются функционально-прагматические аспекты фразеологизмов.

Ключевые слова:

лексема, фразеологизм, стилистическая

функция, грамматический аспект, антоним фразеологизмов.

Bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham chet tillarini

oʻrganishga talab ortib bormoqda. Lekin, ayrim til oʻrganayotgan yoshlar uchun

biror bir tilni grammatik qoidalar asosida oʻrganish unchalik muhim emasdek

koʻrinmoqda. Ayniqsa tillardagi funksional jihatlar, ularda qoʻllaniladigan

uslublarning bir-biriga mos kelmasligi yoshlarni tilni «Ohiri yoʻq bilimlar

majmuasi» degan qarashga olib kelmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

164

Darhaqiqat, har bir til oʻziga yarasha qonuniyatlar, tamoyillarga ega tizimdir.

Ularni puxta oʻzlashtirish uchun esa, mana shu qonuniyatlarga asoslangan holda

bilim olish va olingan bilimlarni amaliyotda ham qoʻllay olish talab etiladi. Har

bir til leksik va grammatik jihatdan oʻrganiladi. Hozir munozara qilmoqchi boʻlgan

mavzuyimiz ham tilni leksik taraflama oʻrganish, ya'ni, rus va oʻzbek tillarida

frazeologik birliklar va ular oʻrtasidagi bogʻliqlik mavzusidir.

Rus tili ham, oʻzbek tili ham soʻz jihatidan juda boy tillar hisoblanadi. Bu

fikrimga dalil sifatida bobokalonimiz Alisher Navoiyning oʻz asarlarida 200365 ta,

buyuk rus adibi Aleksandr Sergeyevich Pushkinning esa 21193 ta soʻz

ishlatganlarini keltirish mumkin. Har bir til oʻzining etimologiyasi, leksik-semantik

birliklari mavjud va shu qatorda turgʻun birikmalar, ya'ni frazeologik birliklar

jihatidan ham boy boʻladi. Yuqorida ta'kidlab oʻtgan ikki tilimiz, oʻzbek va rus

tillari ham ushbu jihatdan yetarlicha manbalarga ega tillar hisoblanadilar.

Frazeologiyaga tushunchasi tilshunoslikka 1905 yilda gʻarb olimi Sh. Bali

tomonidan kiritilgan. Rus tilshunosligida uning shakllanishi A.A Potebnya, I.I

Sreznevskiy, A.A Shaxmatov kabi olimlar bilan bogʻliq. Oʻzbek tilshunosligida

esa, frazeologiya yuzasidan tadqiqlar oʻtgan asrning 50-yillarida boshlangan

boʻlib, Sh. Rahmatullayev, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov, M. Sodiqova kabi olimlar

tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan. Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Abdulla

Qahhor, Hamid Olimjon kabi mashhur yozuvchilarning asarlari oʻrganilib, ulardagi

frazeologik birliklar lugʻat sifatida shakllantirilgan.

Frazeologizm tushunchasini har kim har xil ta'riflaydi. Kimdir turgʻun

birikma, kimdir ibora, yana kimdir esa idioma deb ataydi. Bularning barini

jamlagan holda «Frazeologizm-ikki va undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, oʻz

ma'nosini yoʻqotib faqatgina koʻchma ma'noda qoʻllana oladigan, ma'no jihatidan

bir gapga teng keladigan birikmadir» degan xulosaga kelamiz. Iboralarda mavjud

boʻlgan soʻzlarni nutq jarayonida oʻzgartirish mumkin emas, aks holda ulardagi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

165

ma'no umuman oʻzgarib ketadi. Iboralar uzoq yillardan beri nutq va yozilayotga

asarning ta'sirli va qiziqarli chiqishi, tinglovchi va oʻqivchilarni oʻziga birday jalb

qilishi uchun koʻplab yozuvchi va notiqlar tomonidan keng qoʻllanib kelinadi.

Darhaqiqat, ular asarning ta'sirchanligini oshirib, ijobiy yoki salbiy boʻyoq

vazifasini bajaradi.

Ayrim mustaqil soʻz turkumlari kabi iboralar ham oʻzaro sinonimlik,

omonimlik va antonimlik hosil qiladilar. Bir biriga ma’nodosh boʻlgan iboralar

sinonim iboralar hisoblanadi. “Kulini koʻkka sovurmoq-Yer bilan yakson qilmoq”

-ushbu iboralar sinonim iboralarga misol boʻla oladi. Qarama qarshi ma’noli

iboralar antonim iboralar sanaladi, masalan, “Dunyoga kelmoq-Dunyodan

oʻtmoq”- bu iboralarning biri tugʻilmoq ma’nosini anglatsa, ikkinchisi vafot etmoq

ma’nosini bildiradi. Bunday iboralar bizning ona tilimizda ham, rus tilida ham

bisyor. Masalan, “У черта на куличках-Под носом “– ushbu iboralaning

birinchisi uzoq degan ma’noni anglatsa, ikkinchisi yaqin degan ma’noni bildiradi.

Shakli bir xil, ma’nosi har xil boʻlgan iboralar esa, omonim, ya’ni, shakldosh

iboralar deyiladi. “Boshga koʻtarmoq-

Boshga koʻtarmoq “- ushbu iboralarning biri ijobiy ma’noda qoʻllaniladi,

ya’ni hurmat qilmoq, e’zozlamoq ma’nosida. Ikkinchisi esa shovqin solmoq

ma’nosini anglatadi. Tilimizda omonim iboralar ham bisyor.

Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyondalari oʻzlarining barcha asarlarida

frazeologik birliklardan keng miqyosda foydalanishgan. Misol uchun Abdulla

Oripovning quyidagi she’rini olamiz:

Hikmatli gaplarga quloq solmoq darkor,

Quloq solmoq darkor xalqning soʻziga.

Adibning bu baytida “Quloq solmoq” iborasi qoʻlangan boʻlib, eshitmoq,

tinglamoq ma’nolarini ifodalaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

166

Rus adiblari ham oʻzbek adiblari kabi turgʻun birikmalardan keng miqyosda

foydalanishadi. Ushbu ikki tilda uchraydigan iboralar ba'zan soʻzma -soʻz tarjima

qilgan holatlarda oʻz ma'nosini saqlab qoladi, ayrimlari esa umuman boshqa ma'no

anglatadigan birikma sifatida hosil boʻlishi ham mumkin. Iboralardan koʻp

foydalangan adiblardan biri Ivan Krilov boʻlib, u oʻzining deyarli barcha

masallarida iboralardan foydalangan. Uning iboralaridan birini misol qilib

keltirsak, “Как в масле сыр кататься”, ushbu ibora soʻzma soʻz tarjima qilinsa

“sariyogʻichidagi pishloq kabi “degan ma’noni anglatadi, lekin bu birikmaning asl

ma’nosi “Toʻqchilikda, farovon hayotda yashash” degan ma’noni anglatadi. Endi

esa ikki til muhokamasiga oʻtsak. Rus va oʻzbek tillarida bir -biriga ekvivalent

boʻla oladigan va boʻla olmaydigan iboralarni ham koʻrib chiqamiz.

“Язык доведёт до Киева “-“Sorab-soʻrab Makkani topibdi”

Yuqoridagi ikki ibora ikki millatning an’analarini saqlagan holda tarjima

qilingan. Rus tilidagi iboraning ma’nonosi "Til Kiyevgacha eltadi” boʻlsa, uni

tarjima qilishda diniy an’analarga mos kelishi ta’minlangan. Qadim davrlarda

Kiyev shahri rus millatining poytaxti boʻlganligi sababli markaz shahar

hisoblangan. Makka shahri esa musulmonlar uchun markaz shahar hisoblanadi.

“Как снег на голову “-“Tomdan tarasha tushganday”

Ushbu ikki iboralar biror voqea hodisaning kutilmaganda ròy berganini

bildiradi. Rus tilida qoʻllangan ibora soʻzma soʻz tarjima qilganda “Boshga tushgan

qor kabi” degan ma’noni anglatadi. Lekin oʻzbek tilida ushbu iborani oʻquvchilarga

toʻgʻri va aniq yetkazish maqsadida ona tilimizdagi ibora bilan moslashtirib tarjima

qilingan.

Hozirgacha koʻrib chiqqan iboralarimiz ma’no jihatidan oʻxshash boʻlsa ham,

soʻzma soʻz tarjima qilganda bir xil ma’no anglatmaydi. Soʻzma soʻz tarjima

qilganda ham bir xil ma’no anglatadigan iboralarga misol keltiramiz:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

167

“Между двух огней”-“Ikki oʻt orasida”

“ Капля в море”-“Dengizdan tomchi”

Yuqoridagi iboralar rus tilida ham oʻzbek tilida ham bir xil ma’no anglatadi.

Birinchi misoldagi iboralar “ilojsizlik” ma’nosida qoʻllansa, ikkinchi misoldagi

iboralar “oz miqdorda” degan ma’noni anglatadi.

Rus tilidagi iboralar kelib chiqishi va ma’no jihatidan 5 turga boʻlinadi:

•Diniy(“Bibliya” dan olingan) iboralar(Библейские)

•Kasb-hunar bilan bogʻliq iboralar(мастерские)

•Afsonalar( qadimgi Rim va Yunoniston afsonalari) bilan bogʻliq iboralar

(мифологические)

•Soʻzlashuvdagi iboralar(разговорные)

•Muallifiga ega iboralar(авторские)

Tilshunoslikning boshqa birliklari kabi iboralarni ham qunt bilan oʻrganish,

ulardagi leksik va grammatik jihatlarga e’tibor berish har bir til oʻrganishni

istayotgan inson uchun muhim vazifadir. Dastlab natijaga erishish murakkabdek

koʻrinsada, insonning oʻzida xohish boʻlsa koʻz ilgʻamas marralarga ham yetish

mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Bekoeva.M.T.“ Теория общей фразеологии”

2. Erkaboyeva Nargiza “Oʻzbek tilidan ma’ruzalar toʻplami”

3.Karimova Shahloza “Ingiliz va oʻzbek tillarida frazeologik

intensifikatorlarning funksional-pragmatik tadqiqi”.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)