Mualliflar

  • Z.Narmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112041

Kalit so‘zlar:

Kalit sо‘zlar. Zakalat talabgor yer tuzish loyihasi

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yer  maydonlarini 
ochiq elektron tanlov asosida ajratishning yangi tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu yangi 
tizimda qishloq xo‘jaligi yerlarini “onlayn” tarzda berish maqsad qilingan va bunda: 
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 10 yil muddatga ijaraga; yuridik shaxslarga qishloq 
xo‘jaligi maqsadlari uchun 30–50 yil muddatga ijaraga berish uchun onlayn tarzda 
yer uchastkasi ajratiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

313

ISSN:3030-3621

QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN YER UCHASTKALARINI IJARAGA

BERISH

Z.Narmanov

Qarshi davlat texnika universiteti

Yerdan foydalanish, geodeziya va

Geoinformatika kafedrasi assistenti

Annotatsiya.

Maqolada

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini

ochiq elektron tanlov asosida ajratishning yangi tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu yangi
tizimda qishloq xo‘jaligi yerlarini “onlayn” tarzda berish maqsad qilingan va bunda:
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun

10

yil

muddatga ijaraga; yuridik shaxslarga qishloq

xo‘jaligi maqsadlari uchun

30

50

yil

muddatga ijaraga berish uchun onlayn tarzda

yer uchastkasi ajratiladi.

Kalit sо‘zlar.

Zakalat, talabgor

,

yer tuzish loyihasi

АРЕНДА ЗЕМЕЛЬНЫЧ УЧАСТКОВ ДЛЯСЕЛЬКОГО ҲОЗЯЙСТВА


Абстрактный.

В статье разработана новая система выделения земель

сельскохозяйственного назначения на основе открытого электронного
конкурса. В этой новой системе предполагается предоставлять
сельскохозяйственные земли «онлайн» и включать в себя: 10-летнюю аренду для
ведения сельского хозяйства; юридическим лицам предоставляется земельный
участок онлайн в аренду на 30-50 лет для сельскохозяйственных целей.

Ключевые слова.

Закалат, заявитель, проект расселения земель


RENTAL OF LAND PLOTS FOR AGRICULTURE


Abstract

. In the article, a new system of allocating agricultural land on the basis

of open electronic competition was developed. In this new system, it is intended to
provide agricultural land "online" and include: 10-year lease for farming; legal
entities are allocated a plot of land online for 30-50 year lease for agricultural
purposes

Keywords.

Zakalat, applicant, land settlement project


Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va

uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida
dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-20,
23.11.2021 y.) hamda Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

314

ISSN:3030-3621

uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Qarori (709, 24.11.2021 y.) qabul qilindi.

Ilg‘or xorijiy tajriba:

Loyihalarni ishlab chiqishdan oldin yerlarni aholi

o‘rtasida mutanosib ravishda qayta taqsimlash bo‘yicha islohot (“yer islohoti”)
o‘tkazgan davlatlar tajribasi tahlil qilindi. “GINI” (Djini) indeksining 1960 – 2000-
yillardagi tahliliga asoslangan Jahon bankining tavsiyasida “yer islohoti” tenglikka
erishishning eng samarali vositasi sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu tavsiyalarda yer
islohotini o‘tkazgan davlatlarda (Xitoy, Yaponiya, Tailand, Indoneziya) iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish boshqalarga nisbatan ancha yuqoriligi alohida e’tirof etilgan.
Loyiha Jahon banki ekspertlari bilan qator uchrashuv va muhokamalar tashkil qilinib,
ularning fikr va takliflari o‘rganildi hamda 4 ta asosiy maqsad va mezonlar asosida
ishlab chiqildi:

1. Qishloq joylarida barqaror va yuqori daromadli ish o‘rinlarini (daromadlar

manbaalarini) shakllantirish;

2. Qishloq xo‘jaligida o‘sish sur’atlarini jadallashtirish (tiklash);
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
4. Asosiy turdagi oziq-ovqatlar narxlari barqarorligiga erishish.
Normativ-huquqiy hujjatlarda quyidagi tadbirlar belgilanmoqda:
1) Past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar

foydalanishidagi 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022 – 2025-yillarda,
shundan 2022-yilda – 80 ming gektar) zaxiraga qaytarish;

2) Zaxiraga olingan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni

0,1 gektardan 1,0 gektargacha bo‘lgan hajmlarda ijaraga beriladi, ijara muddati – 10
yil;

3) Yer uchastkalarini ijaraga berishni tashkillashtirish uchun quyidagi axborot

tizimlari orqali ochiq elektron tanlovlar tashkil etiladi: “E-IJARA” axborot tizimi
(Qishloq xo‘jaligi vazirligi) – yer uchastkalari to‘g‘risidagi materiallarni to‘plash,
ko‘rib chiqish va kelishish qismi; “E-AUKSION” savdo maydonchasi (Davlat
aktivlarini boshqarish agentligi) – tanlovni tashkil etish (talabgorlarni har bir mezon
bo‘yicha avtomatik baholash), natijalarni rasmiylashtirish qismi;

4) O‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, uzumchilik va polizchilikda yaxshi

natijalarga erishgan (hokim yordamchisi tomonidan baholanadi), ushbu sohalardan
birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga ochiq elektron tanlovlarda
alohida ustuvorlik beriladi;

5) Ijaraga berilgan yer maydonlarining tuproq sharoiti, hudud aholisining

tajribasidan kelib chiqqan holda “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot
yetishtirishga asosiy e’tibor qaratiladi;

6) yangi ajratilgan va ilgari foydalanishda bo‘lgan yerlarda kichik intensiv

bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

315

ISSN:3030-3621

ekinlar va kartoshka yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmlari belgilanmoqda, unga
ko‘ra:

а) Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan qarzning 100 million AQSH

dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga milliy valyutada
joylashtiriladi;

b) tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari “Har bir oila – tadbirkor” dasturi

shartlari asosida dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtiruvchi boshqa korxonalarga quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

Har bir loyiha milliy valyutada 100 mln so‘mdan oshmagan miqdorda yillik 14

foiz stavkada moliyalashtiriladi;

kreditlar kichik intensiv bog‘dorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr

bilan 7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka
yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga
ajratiladi;

7) Intensiv bog‘lar, sabzavotchilik maydonlari barpo etilishini tashkil etish va

monitoring qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Intensiv
bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha
ofislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

8) Dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil

etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Jamshid Xodjayev – rahbar, Aktam Xaitov,
Alisher To‘rayev – o‘rinbosarlar tuzilmoqda;

Respublika ishchi guruhi bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish

jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dehqon xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv
o‘quv kurslarini tashkil etish uchun har bir hududda 10 tadan malakali trener-
konsultantlarni tayyorlaydi.

9) Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021-yildagi 709-son qarori bilan quyidagilar

tasdiqlandi:

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning

ma’muriy reglamenti;

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning

ma’muriy reglamenti (fermer, boshqa yuridik shaxslar uchun);

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish

tartibi to‘g‘risidagi nizom;

10) Ochiq elektron tanlovni o‘tkazishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) kadastr organlari – bo‘sh yerlarni davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi,

“E-IJARA” axborot tizimiga yuboradi, tanlov g‘olibining yerga bo‘lgan huquqini
ro‘yxatdan o‘tkazadi;

b) “O‘zdaverloyiha” – ijrochi, bo‘sh yerlarni tanlovga chiqarish uchun lotlarga

bo‘ladi, yer tuzish loyihasi, ijara shartnomasi, hokim qarori loyihasini tayyorlaydi,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

316

ISSN:3030-3621

ularning rasmiylashtirilishini ta’minlaydi, tanlov g‘olibiga yer uchastkasining
chegarasini joyida ko‘rsatib beradi;

v) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligining

hududiy bo‘linmalari – yer tuzish loyihasini kelishadi;

g) Tuman (shahar) hokimligi – yer tuzish loyihasini tasdiqlaydi;
d) “E-AUKSION” savdo maydonchasi operatori – tanlovni tashkil etadi;
e) viloyat hokimliklari – tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani o‘z qarori

bilan tasdiqlaydi;

Ochiq elektron tanlovni tashkil etish tartibi;

Operator buyurtma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ochiq

elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlarni,
shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi
loyihasini savdo platformada e’lon qiladi.

E’lon qo‘shimcha ravishda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman

(shahar) hokimligining rasmiy veb-sayti va gazetalarida ham e’lon qilinishi mumkin.

Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun arizalar savdo platformasi orqali

yuboriladi. Bunda:

ikki yoki undan ortiq lotlar bo‘yicha ochiq elektron tanlovda g‘olib bo‘lgan

talabgorga faqat bitta yer uchastkasi uchun g‘oliblik bayonnomasi rasmiylashtiriladi,
tanlov g‘olibiga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar
bo‘yicha tanlov natijalari bekor qilinadi, bunda bekor qilingan lotlar bo‘yicha zakalat
pul tanlov g‘olibiga qaytariladi;

ochiq elektron tanlovda bir marotaba g‘olib bo‘lgan shaxs keyingi tanlovlarda

ishtirok etmaydi;

amaldagi dehqon xo‘jaligi yuritish uchun olingan yer uchastkasi bo‘yicha

shartnoma bekor bo‘lganda “E-IJARA” AT orqali operatorga xabar beradi va qayta
ochiq tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Loyihaning kо‘rsatgichlari:

1.

Lоyihaning raqami

00044

2.

Loyihaning ixtisosligi

bog‘dorchilik

3.

Loyihaning jami maydoni

3

4.

Yer uchastkasi toifasi

Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar

5.

Yer uchastkasi ijara muddati

45 yil

6.

Yer uchastkasining holati

Avvaldan qishloq xo‘jalida
foydalanilgan yer

7.

Yer uchastkasining suv bilan
ta’minlanganlik darajasi

Yaxshi

8.

Irrigatsiya obektlarining holati

Soz


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

317

ISSN:3030-3621

9.

Yer uchastkasining ball boniteti

50

10.

Yer uchastkasining sho‘rlanish darajasi kam

1-rasm ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi

а) Loyihаlаshtirilgаn yer uchаstkаsidа joylаshgаninfrа tuzilmа obektlаri: Mаvjud
emаs
b) Loyihаlаshtirilgаn yer uchаstkаsigа chegаrаdosh yerdаn foydаlаnuvchi vа
ijаrаchilаr:
А dаn B gаchа аriq bilаn chegаrаsi
B dаn V gаchа аriq bilаn chegаrаsi
V dаn G gаchа L-00046 bilаn chegаrаsi
G dаn А gаchа L-00043 bilаn chegаrаsi

Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari quyidagi
o‘lchamlarda ijaraga beriladi:

– sabzavot-polizchilik yo‘nalishiga — kamida 3 gektar;
– bog‘dorchilik, uzumchilik yo‘nalishiga — kamida 3 gektar;
– chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun bir shartli bosh chorva molga
hisoblaganda sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar,
– lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida
2 gektar;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

318

ISSN:3030-3621

– paxta va g‘allachilik yo‘nalishiga — kamida 30 gektar;
– g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishiga — kamida 10 gektar;
– sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirishga — kamida 0,01 gektar.

Ikkilamchi ijara 1 yilgacha g‘alladan va asosiy ekindan bo‘shagan yoki bog‘-tok

qator orasiga oraliq ekish uchun beriladi.

Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonlar kelishuviga muvofiq ixtiyoriylik

asosida yozma yoki elektron shaklda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer
uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.

Qashqadaryo viloyati tumanlarida fermer xо‘jaliklari va klasterlar

foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar
hisobidan fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bо‘lgan о‘lchamda ochiq
elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan yer maydonlarining hajmlari
to’g’risida 1- jadval

T/R

Tumanlar

nomi

Jami yer

maydini

gektar

Shundan 2022-2025 yillarda

2022 yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1

Koson

1 362

545

340

266

211

2

Kitob

2 610

1 044

660

509

397

3

Kasbi

3 570

1 428

883

694

565

4

Mirishkor

1728

691

440

337

260

5

Muborak

1 300

520

335

254

191

6

Nishon

3 700

1 480

940

722

558

7

Chiroqchi

1 400

560

361

273

206

8

Shaxrisabz

3 200

1 280

800

624

496

9

Yakkabog'

2 900

1 160

720

567

453

10

Qarshi

1 510

604

380

295

231

11

Qamashi

940

376

240

183

141

12

G'uzor

1 370

546

353

267

204

Jami

25 590

10 234

6 452

4 991

3 913

Xulosa.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron

tanlov asosida ajratish natijasida yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni
taminlashga erishiladi, hamda xududlarda ishsizlar soni keskin kamayadi. Yerdan
foydalanish samaradorligi oshiriladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

319

ISSN:3030-3621

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati

1.

О‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati tо‘g‘risida Milliy hisobot.
Toshkent: Davlat kadastrlar palatasi, 2021.

2.

О‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri tо‘g‘risida” gi qonuni.
1998 yil 28 avgust.

3.

О‘zbekiston Republikasining «Yer kodeksi», T., «Adolat», 1998 y.

4.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021 yildagi PQ-20-sonli qarori
Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq
hо‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xо‘jaliklarining ulushini oshirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi 709-son
Qarori Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga
doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati

О‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati tо‘g‘risida Milliy hisobot.

Toshkent: Davlat kadastrlar palatasi, 2021.

О‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri tо‘g‘risida” gi qonuni.

yil 28 avgust.

О‘zbekiston Republikasining «Yer kodeksi», T., «Adolat», 1998 y.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021 yildagi PQ-20-sonli qarori

Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq

hо‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xо‘jaliklarining ulushini oshirish chora-

tadbirlari tо‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi 709-son

Qarori Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga

doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida