Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
305
ISSN:3030-3621
TUMANDA MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR CHEGARALARINI
BELGILASH VA ELEKTRON RAQAMLI QISHLOQ XO‘JALIK
XARITALARINI YANGILASH
Z.Narmanov
Qarshi davlat texnika universiteti
Yerdan foydalanish, geodeziya va
Geoinformatika kafedrasi assistenti
Annotatsiya
Maqolada aerokosmik suratga olish va uchuvchisiz uchish apparatlari
yordamida davlat koordinatalar tizimiga bog‘langan holda tumanimiz ma’muriy-
hududiy birliklar chegaralarini qayta ko‘rib chiqish va belgilash, yer resurslarining
barcha toifasi va turlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish
natijalari yoritilgan.
Аннотация
В стате изложены резултаты пересмотра и определения гранис
административно-территориалных единис раёна, общей регистратсии вцех
видов и типов земелных ресурсов, подключенных к государственной системе
координат посредством аерокосмических съемок и беспилотных летателных
аппаратов.
Annotation
The article describes the results of the revision and delineation of the
boundaries of administrative-territorial units of the district with the use of
aerospace surveys and unmanned aerial vehicles, and the general registration of
all types and types of land resources.
Kalit so‘zlar:
ArcGIS dasturi, davlat koordinatlari tizimi
Ключевые слова:
программное обеспечение АрcГИС, система координат
состояния
Key words:
ArcGIS software, state coordinate system
Kirish.
So‘ngi yillarda Respublikamizda yer resurslaridan oqilona va samarali
foydalanishni tashkil etish, ularni muhofaza qilishda ta’sirchan nazoratni
ta’minlash hamda yer munosabatlarini tartibga solishda bir qator chora-tadbirlar
amalga oshirildi. So‘nggi yillarda respublikamizda yerlardan oqilona va samarali
foydalanishni tashkil etish, yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan foydalanishda
davlat nazoratini kuchaytirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
306
ISSN:3030-3621
Shu bilan birga, yerlardan foydalanishda davlat nazoratini samarali tashkil etish,
sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yer resurslarini hisobga olish ishlari
yetarli darajada tashkil etilmasdan qolmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar
(shaharlar), shaharchalar, qishloqlar (ovullar) chegaralarining koordinatalar tizimiga
bog‘lanmaganligi hududlarda yer hisobotini yuritish, yer ajratish, yer munosabatlarini
tartibga solish borasida muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, mavjud 21 mln. gektar yaylov va pichanzorlardan samarali
foydalanish, o‘simliklarning turi va sonini ko‘paytirish, hosildorligini oshirish, chorva
mollarini tartibli almashlab boqishni yo‘lga qo‘yish, yaylov va pichanzorlar
degradatsiyasining oldini olish maqsadida geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish yuzasidan
tadbirlar umuman nazoratdan chetda qolib ketgan. [1].
Ishning maqsadi
: Qashqadaryo viloyati Koson tumani chegaralari kosmik suratlar
asosida davlat koordinatlari tizimiga bog‘langan holda, tegishli masshtabdagi elektron
xaritalarini yangilash. Har bir ma’muriy hududiy chegaraning burilish nuqtalari
bo‘yicha alohida koordinatalar katologini yaratish. Qashqadaryo viloyati tumani yer
resurslarining kosmik suratlar asosida to‘liq xatlovdan o‘tkazish. Xatlov yakuni bilan
yer resurslarining barcha toifasi va turlari mujassamlashgan holda tegishli masshtabdagi
elektron xaritalarni yangilash. [4].
Xo‘jaliklararo yer tuzishning maqsadi joylashishi, maydoni, shakli, ichki tarkibi
bo‘yicha ratsional va ijtimoiy ishlab chiqarish talablariga mos keluvchi yer egaliklari,
yerdan foydalanishlar va ularning tizimlarini tashkil etish hisoblanadi.
Kelishilgan chegaralar chizig‘ini belgilash maqsadida uning kosmik suratlarini
davlat koordinatalar tizimiga bog‘lagan holda elektron dastur yordamida tuman
chegaralari 1:25000 masshtabdagi, shaharlarda 1:2000 masshtabga keltirilgan
ortofotoplanga tushiriladi, ma’muriy hududiy birliklarning tasdiqlangan chegara
chizig‘ining tavsifi topografik xaritaga yoziladi. Shaharlar bo‘yicha topografik xaritalar
mavjud bo‘lmagan taqdirda aerokosmik materiallaridan foydalaniladi. Dala kuzatuv
natijalari asosida chegaralarni tasdiqlash maqsadida tumanlarning chegara chizig‘i
1:25000 masshtabdagi, shaharlarning chegara chizig‘i 1:10000 masshtabdagi topografik
xaritalarga tushiriladi. Ma’muriy chegara tavsifi davlat koordinatalar tizimi asosida
topografik elementlarga bog‘langan holda tuziladi. Tuman (shahar)lar chegaralari
joyning topografik elementlari (daryo, soy, yo‘l, jarlik, kanal, zovur va boshqalar)
bo‘ylab o‘tsa, chegara chiziqlari joyning shu elementlariga bog‘langan holda davlat
koordinatalar tizimiga muvofiq o‘tkaziladi. Joyning aniq elementlari mavjud bo‘lmagan
taqdirda, chegara chizig‘i faqat davlat koordinatalar tizimiga bog‘langan holda
o‘tkaziladi. Tuman (shahar)lar chegaralarning burilish nuqtalarini tavsiflash uchun uzoq
muddatda saqlanib turadigan ma’muriy chegaraga bevosita yaqin joylashgan topografik
elementlar tanlanadi. Tumanm (shahar) chegara chizig‘ining tavsifi chegaradosh
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
307
ISSN:3030-3621
hududlarning ulangan nuqtasidan boshlanib soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha bir
chegara nuqtasidan keyingisiga ketma-ket ravishda, shartli tartib raqamini qo‘ygan
holda amalga oshiriladi. Chegara burilish nuqtalari orasidagi ma’muriy chegara
chiziqlari topografik xaritaga tegishli aniqlik bilan tushiriladi, tavsifda chegara nuqtalari
orasidagi masofa va chegara chizig‘ining qutb yo‘nalishlari aks ettiriladi. Amaldagi va
taklif qilinayotgan chegaralar tushirilgan topografik xaritalar chegaradosh tuman
(shahar) kadastr fputedshpsh bo‘limi boshliqlari tomonidan imzolanadi. Tuman
(shahar) chegara chizig‘i tushirilgan topografik xaritalar va tegishli materiallar
tuman(shahar) xokimlari, shuningdek tuman (shahar) kadastr agentligi bo‘limi
b
o
s
h
l
i
q
l
a
r
i
,
a
r
x
i
t
e
k
t
u
r
a
v
a
q
u
r
i
l
i
Ma’muriy birlikliklar chegarasini aniqlash natijasida;
yangi yer uchastkalarini tashkil qilish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga
solish loyihalarini tuzish;
Yer uchastkalarining chegaralarini belgilash;
Yer uchastkalarini ajratish loyihalarini tuzish;
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish, egalik qilish, umrbod meroslik qilish
hamda ijaraga berish huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining yerlarini qayta
taqsimlash loyihalarini ishlab chiqish;
Agroxo‘jalik, tuproq agrokimyoviy, geobotanik tekshiruvlarni amalga oshirish,
yerlarning sho‘rlanish darajasini aniqlash, topografik-geodeziya ishlari, plan –
kartografik hujjatlarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
Yerlarning grafik hisobini olib borish, tuproq bonitirovkasi, yerlarni me’yoriy
qiymatini aniqlash, yer fondlarini inventarizatsiya qilish va yer uchastkalariga bo‘lgan
huquqlarining hujjatlarini rasmiylashtirish;
Aholi punktlari, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jalik ob’ektlari hamda
boshqa qurilishlar uchun er uchastkalarini tanlash va ajratish ishlarini bajarish;
Eroziyaga qarshi, gidrotexnik va o‘rmon melioratsiyasi, buzilgan yerlarni
tiklash, ko‘p yillik daraxtzorlarni yaratish, yaylovlarni yaxshilash, yerlarni o‘zlashtirish,
ularning meliorativ holatini yaxshilash, yerlarni asosli tekislash ishlari hamda yerlardan
foydalanish va himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kompleks tadbirlar loyiha –
smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazishga tayyorgarlik
ishlari:
Tayyorgarlik ishlari quyidagi hujjat va materiallarni to‘plash, o‘rganish va tahlil
qilishni o‘z ichiga oladi, yer hisobini yuritish materiallari, xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning mavjudligi, ularga yer uchastkalarini biriktirilishi to‘g‘risidagi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
308
ISSN:3030-3621
ma’lumotlar, yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar kosmik suratlar va
kartografik materiallar, xo‘jaliklararo yer tuzish loyiha materiallari, xatlovdan o‘tkazish
bo‘yicha oldingi bajarilgan arxiv materiallari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli
bo‘lgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qumitasi xuzuridagi kadastr agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda hududiy
boshqarmalari arxivida (zarur hollarda davlat arxivida) saqlanayotgan yerga oid bo‘lgan
hujjat va materiallar.
Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari uchun kosmik suratlardan
foydalanilgan holda deshifrovka ishlari kameral usulda amalga oshiriladi:
Bunda kosmik suratlarni davlat koordinatalar tizimiga bog‘lab chiqiladi va elektron
dastur yordamida sug‘oriladigan hududlarda 1:10000, boshqa hududlarda 1:25000,
1:50000 masshtabga keltirilgan ortofotoplan tayyorlanadi hamda ma’muriy hududiy
birliklarning tasdiqlangan chegara chizig‘i tushiriladi hamda fotoplanlarni dalada
deshifrovka qilish jarayonida yerdagi mavjud barcha topografik elementlar joyida
ko‘rilib, fotoplan (lavsan)ga tushiriladi. Ushbu hududni aerosur’atga olinganidan
keyingi yerdagi o‘zgarishlar joyning o‘zida o‘lchov asboblari yordamida olinib,
fotoplanga tushiriladi.
Fotoplanlarni nomenklaturasi koordinatlari bo‘yicha moslab, belgilangan
me’yorga keltirilib, joylashtiriladi (shaxmatka tuziladi). Shaxmatka asosida massiv
(xo‘jalik)ning umumiy yer maydoni hisoblab chiqiladi.
Yer uchastkalarini konturlar bo‘yicha
chizish (vektorizatsiya qilish) hamda yer
maydonlari yer turlari bo‘yicha hisoblash.
Tayyorlangan raqamli ortofotoplanga
tuman (shahar)ning mavjud elektron raqamli
xaritasi tushiriladi va joyning holati solishtirilib
o‘zgarishlar tahlil qilinadi.
Tuman (shahar)ning elektron raqamli
xaritasi
mavjud
bo‘lmagan
hududlarda
ortofotoplanda dala deshifrovka ishlari amalga oshiriladi. Zarur hollarda va nizoli
uchastkalar bo‘yicha uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanilgan holda xarita va
materiallar tayyorlanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
309
ISSN:3030-3621
1-rasm.
A6 plus
uchuvchisiz uchish apparatining texnik imkoniyatlari
Tuman (shahar)ning elektron raqamli xaritalari yaratilgandan so‘ng yer turlari
va maydonlari konturlar kesimida qaror bilan tasdiqlanadi. Bunda tumanlar (shaharlar)
bo‘yicha yer resurslarining kontur raqamlari takrorlanmaydigan tartib raqam ostida
belgilanadi va o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tuman (shahar)ning elektron raqamli xaritalari asosida yer egalari, yerdan
foydalanuvchilar, ijarachilar, yer uchastkalari mulkdorlarining huquqiy hujjatlari
bo‘yicha foydalanayotgan yer uchastkalari chegaralari va yer turlari bo‘yicha
tushiriladi, o‘rganiladi va tahlil qilinadi. [2].
O‘rganish va tahlil jarayonida yerdan yer turi va maydonlarida noaniqliklar va
boshqa holatlar yuzaga kelganda dala sharoitida kuzatuv ishlari amalga oshiriladi.
Dala kuzatuv ishlari: 1.
Dala kuzatuv ishlari bajaruvchi tomonidan hududning
vakili kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida
o‘tkaziladi.
2. Dala kuzatuv jarayonida elektron raqamli yoki qog‘oz ko‘rinishidagi
ortofotoplanlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yer
egalari,
yerdan
foydalanuvchilar,
ijarachilar,
yer
uchastkalari
mulkdorlarining amalda foydalanayotgan yer uchastkalari chegaralari va yer turlari
hamda ularning foydalanishida bo‘lmagan yer turlari;
aholi punktlari chegaralarida
yer turlari bo‘yicha jamoatchilik
yerlari, umrbod egalik huquqiga ega
bo‘lgan
dehqon
va
shaxsiy
yordamchi
xo‘jaliklarining
yer
uchastkalari;
qishloq
xo‘jaligiga
mo‘ljallangan va boshqa yerlar,
yerlarning sug‘orish va o‘zlashtirish
imkoni bo‘lgan zahira yerlar,
meliorativ qurilish bosqichidagi
yerlar;
joyning yangi topografik elementlari, shuningdek yangi qurilish ob’ektlari.
3. Dalada kuzatuv ishlarini o‘tkazish jarayonida tegishli o‘zgarishlar, qishloq
xo‘jaligi va boshqa yer turlaridan amalda foydalanish holati ortofotoplanda aks
ettiriladi.
4. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha
barcha yerdan foydalanuvchilarning yer turlari va maydonlarini konturlar kesimida
hisoblash qaydnomasi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-ilovasidagi shaklga,
№ Texnik imkoniyatlar
A6 plus
1
Uchish davomiyligi (minut)
75
2
Yig‘ilgan holatdagi hajmi
(sm)
870*810*690
3
Qo‘llanilish sohasi
Aerofotos’emka
4
Uchish tezligi (km/soat)
65
5
Maks.uchish og‘irligi (kg)
19
6
Maks. Yuk ko‘tara olishi (kg) 7
7
Dvigatel turi
elektrli
8
Akkumlyator
9
Uchish balandligi (m)
4500.000
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
310
ISSN:3030-3621
hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha ma’lumotlar 4-ilovadagi shaklga
tushiriladi.
5.
Yerdan
foydalanuvchilarning
yuridik
hujjatlardagi
va
amalda
foydalanishidagi yer maydonlari o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, yerlardan boshqa
maqsadlarda foydalanish holatlari o‘rganiladi.
6. Dalada kuzatuv jarayonida tuman (shahar) yer kadastri daftarida ro‘yxatga
olinmagan yer uchastkalari aniqlangan holatda yerdan foydalanuvchilar haqida zarur
ma’lumotlar (yer ajratish bo‘yicha huquqiy hujjatlari, amalda foydalanayotgan yer
maydoni, maqsadi va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar) to‘planadi, yerdan
foydalanuvchi yoki uning vakili ishtirokida amalda foydalanayotgan yer chegaralari
xaritada belgilanadi.
Kameral ishlar;
Har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha yer resurslarini
xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha quyidagi tartibda hujjat va materiallar
shakllantiriladi.
tushuntirish xati (kelgusida yerdan samarali foydalanishga qaratilgan va
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar);
yer resurslarini konturlar bo‘yicha hisoblash qaydnomasi;
yerdan foydalanuvchilar kesimida konturlar hisoblash qaydnomasi;
aniqlangan noqonuniy xolatlar bo‘yicha ma’lumot;
ma’muriy-hududiy birlik (shaharcha, qishloq (ovul)) yer uchastkasining xaritasi.
Kelishish va tasdiqlash;
Tuman (shahar) chegaralarida yer resurslarini
xatlovdan o‘tkazish materiallari umumlashtirilib, tuman (shahar) hokimining qaror
loyihasi ilova qilingan holda Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi.
Komissiya yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalarini tegishli bayonnoma bilan
rasmiylashtiradi va belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun
taqdim etadi.
Tuman (shahar) hokimi tomonidan yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yakunlarini
qaror bilan tasdiqlaydi va Qashqadaryo viloyat hokimiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
311
ISSN:3030-3621
2-rasm. Qashqadaryo viloyati Koson tumani
“Guvalak”
shaharchasi ma’muriy-
hududiy birlik chegarasini belgilash xaritasi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
312
ISSN:3030-3621
Kutilayotgan natijalar:
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yer resurslarining
toifalari va turlarini o‘zgartirish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilish holatlarini
bartaraf etish, yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etiladi va
barcha yer tuzish va yer kadastriga oid ishlarni yuritishda hamda yer munosabatlarini
tartibga solish ishlarida foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5742-sonli Farmoni
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil18 iyundagi “Qishloq
xo‘jaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida
tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 510-sonli qarori
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23 apreldagi
“Ma’muriy–hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan
o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobatanik tadqiqotlarni o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarori
4.
“O‘zdaverloyiha” Ilmiy loyihalash bosh instituti ma’lumotlari.