Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
3
ISSN:3030-3621
UO‘T:
528.8:631.9
MASOFAVIY ZONDLASH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOG‘ZORLAR
HOLATINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH
Z.Narmanov
Qarshi davlat texnika universiteti
Yerdan foydalanish, geodeziya va
Geoinformatika kafedrasi assistenti
Anotatsiya:
Mazkur maqolada Namangan viloyati Chust tuman G‘ovossoy
massivi bog’zor va tokzor maydonlarini monitoring ma’lumotlari hamda Sentnel-2
sun’iy yo ‘ldoshlari orqali olingan ma’lumotlar ilmiy va amaliy asoslari tahlil qilindi.
Tadqiqotda masofaviy zondlash usullari, statistika, “O‘zdavyerloyiha” DILI
ma’lumotlariga tayanilgan. hamda institut tomonidan olib borilgan 2024-yilgi xatlov
ishlari asosida aniq raqamli natijalar tahlil qilindi. Mazkur yondashuvlarning ustunlik
va kamchiliklari tahlil qilinib, raqamli texnologiyalarning qishloq xo‘jaligida
qo‘llanilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
qishloq xo‘jaligi yerlari, monitoring, sun’iy yo‘ldosh, bog‘zorlar,
tokzorlar, geoinformatsion texnologiyalar.
Аннотatsiя:
В статье проведён научно-практический анализ данных
мониторинга площадей садов и виноградников массива Говоссой Чустского
района Наманганской области на основе материалов мониторинга и данных,
полученных с помощью спутников Sentinel-2. В исследовании использованы
методы дистанционного зондирования, статистические данные, а также
материалы ГПИ «Уздаверлойиха» и точные цифровые данные, полученные
институтом в результате обследования, проведённого в 2024 году.
Проанализированы преимущества и недостатки используемых подходов,
разработаны предложения по применению цифровых технологий в сельском
хозяйстве.
Ключевые слова:
сельскохозяйственные земли, мониторинг, спутник,
сады, виноградники, геоинформatsiонные технологии.
Abstract:
This article provides a scientific and practical analysis of the
monitoring data of orchard and vineyard areas in the Govossoy massif of Chust
district, Namangan region, using both monitoring data and information obtained from
Sentinel-2 satellites. The research utilizes remote sensing methods, statistical data, and
information from the "O‘zdavyerloyiha" State Design and Research Institute, as well
as precise numerical results based on the survey conducted by the institute in 2024.
The study assesses the advantages and disadvantages of these approaches and
proposes recommendations on the application of digital technologies in agriculture.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
4
ISSN:3030-3621
Keywords:
agricultural lands, monitoring, satellite, orchards, vineyards,
geoinformation technologies.
Kirish.
Qishloq xo‘jaligida ekinlarning, xususan, ko‘p yillik daraxtzorlar –
bog‘zor va tokzorlarning holatini aniqlash, baholash va monitoring qilish doimiy
ahamiyatga ega. An’anaviy hatlov usullari uzoq yillardan beri amaliyotda mavjud
bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishi yerda yurib, joyida aniqlashga asoslanadi. Biroq,
so‘nggi yillarda masofadan zondlash (RS) va geografik axborot tizimlari (GIS)
yordamida monitoring olib borish texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilik va uzumchilik muhim o‘rin
tutadi. Hozirgi kunda respublikada meva va rezavor mevalarning 20 turi ekilib, bog‘
va tokzorlar maydoni yildan-yilga kengaymoqda. Masalan, 20-asr boshlarida
O‘zbekiston hududida taxminan 50 ming gektar bog‘, jumladan 22 ming gektar
mevazor va 37 ming gektar tokzor bo‘lgan. Bog‘larning asosiy maydonlari Farg‘ona
vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va Zarafshon vodiysiga (tokzorlarning 50%)
to‘g‘ri kelgan [7].
Bugungi kunda, O‘zbekistonning deyarli barcha dehqonchilik mintaqalarida,
ayniqsa, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida
uzumchilik keng rivojlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar bog‘ va tokzorlarning mamlakat
qishloq xo‘jaligidagi salmoqli ulushini ko‘rsatadi. Shu sababli, ushbu maydonlarning
holatini samarali baholash va monitoring qilish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
“O‘zdavyerloyiha”
davlat
ilmiy-loyihalash
instituti
tomonidan,
Respublikaning
tuman
va
shaharlarida
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazish orqali yaroqsiz holatga kelib qogan ko‘p
yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlari hisobi shakllantirildi [3]. Ushbu
ma’lumotlar taxlil qilindi.
Tadqiqot metodologiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori [1] bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi
to‘g‘risida”gi nizom hamda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
tomonidan ishlab chiqilgan “Sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazish va
geoaxborot bazasini yaratish” uslubiy qo‘llanmasi [5] hamda tizimli tahlil, statistik
umumlashtirish va masofaviy zondlash ma’lumotlari asosida monitoring holati
baholandi. Sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan tasvirlar orqali bog‘zor va tokzorlar
maydonining qoplanish darajasi baholandi.
Tahlil va natijalar.
Respublika hududlaridagi qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilganda, bog‘zorlar
maydoni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
5
ISSN:3030-3621
72 ming 61 gektar va tokzorlar maydoni 20 ming 952 gektar ekanligi aniqlangan.
Bog‘zorlar holati bo‘yicha jami 72 ming 61 gektar bog‘zorlar shundan;
54 ming 245 gektar (75%) holati yaxshi bog‘lar, 10 ming 2 gektar (13,9%) yangi barpo
etilgan bog‘lar, 1 ming 714 gektar (2,4%) eskirgan yaroqsiz holatga kelib qolgan
bog‘lar va 6 ming 100 gektar (8,5%) siyrak bog‘zorlar ekanligi ma’lum bo‘ldi [3].
Tokzorlar holati bo‘yicha jami 20 ming 952 gektar tokzorlar shundan;
19 ming 48 gektar (91%) holati yaxshi tokzorlar, 1046 gektar (5%) yangi barpo etilgan
tokzorlar, 277 gektar (1,3%) eskirgan yaroqsiz holatga kelib qolgan tokzorlar va
581 gektar (2,8%) siyrak tokzorlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Respublika bo‘yicha Namangan viloyatida eng katta bog‘zorlar
30 753 gektarni, Toshkent viloyatida eng katta tokzorlar
7 487 gektarni tashkil etsa eng
kichik maydonli bog‘ 713 gektar va 83 gektar tokzor Qoraqalpog‘iston Respublikasi
ulushiga to‘gri kelib shundan; eng ko‘p yaroqsiz eskirgan yaroqsiz holatga kelib qolgan
bog‘lar 2148,3 gektar Namangan viloyatida bo‘lsa, eng ko‘p yaroqsiz eskirgan
yaroqsiz holatga kelib qolgan tokzorlar 210,7 gektar Surxondaryo viloyati ulushiga
to‘g‘ri kelishi aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi yaroqsiz holatga kelib qogan
ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlari
Tumanlar nomi
Bogʻzorlar va tokzorlar holati
Jami
Bogʻzor-
lar jami
Shundan
Tokzor-
lar jami
Shundan
Xo
lati
y
ax
sh
i
Ya
ng
i b
og
ʻ
(3
y
ilg
ac
h
a)
Esk
irg
an
y
aro
q
siz
S
iy
ra
k
Xo
lati
y
ax
sh
i
Ya
ng
i b
og
ʻ
(3
y
ilg
ac
h
a)
Esk
irg
an
y
aro
q
siz
S
iy
ra
k
Qoraqalpog'iston
Respublikasi
712,5
617,3
47,3
35,9
11,9
83,2
76,7
1,6
4,9
795,6
Andijon viloyati
1110,4
747,4
156,5
18,2
188,2
103,2
73,6
26,5
3,0
1213,6
Qashvilerloyiha
419,7
217,9
63,2
6,7
131,8
67,7
42,6
10,0
15,1
487,4
Navoiy viloyati
4873,7
3154,4
1051,0
162,1
506,3
964,4
548,0
381,4
16,5
18,4
5838,1
Namangan
viloyati
30753,3
23929,6
4405,4
71,4
2346,9
2785,2
2514,6
61,1
0,9
208,6
33538,5
Samarqand
viloyati
3478,1
3117,2
210,7
28,4
121,7
1342,4
1214,8
43,3
11,1
73,3
4820,5
Sirdaryo viloyati
3578,1
2470,9
207,8
129,9
769,4
485,6
402,3
43,4
5,9
34,0
4063,6
Surxondaryo
viloyati
7683,4
5936,3
1060,2
197,5
489,4
6484,3
6014,7
259,0
141,1
69,6
14167,7
Toshkent viloyati
7725,9
6054,7
480,0
587,4
603,8
7487,8
7263,8
108,0
78,3
37,6
15213,7
Fargʻona viloyati
5894,0
3815,9
1106,5
394,9
576,6
180,7
171,2
9,6
6074,7
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
6
ISSN:3030-3621
Xorazm viloyati
5831,9
4183,1
1213,5
81,3
353,9
967,7
726,0
111,7
13,2
116,9
6799,6
Jami
72061
54245
10002
1714
6100
20952
19048
1046
277
581
93013,1
Biz tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan Namangan viloyati Chust tumani
“G‘ovossoy” hududi qishloq xo‘jaligi xaritasining 1138-konturi 11,73gektar yer
maydoni o‘tkazilgan hatlov natijasida holati yomon bog‘ ekanligi aniqlangan [4]
(1-rasm).
1-rasm.
Chust tumani “G‘ovossoy” hududidagi qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarni hatlovdan o‘tkazish jarayonida aniqlangan ko‘p
yillik daraxtzorlar aks ettirilgan xaritasi.
Shuningdek tadqiqot davomida ushbu konturdagi bog‘zor yer maydonlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun masofadan zondlash ma’lumotlaridan
foydalanildi. Bunda Sentnel-2 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida bog‘zor va
tokzorlar uchun NDVI qiymatlari umumiy amaliyotda suv yuzasi, siyrak va kuchsiz
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
7
ISSN:3030-3621
rivojlangan, zaif rivojlangan, normal rivojlangan, sog‘lom va zuda zich sinflarga
bo‘linadi.
2-jadval
Bog‘zorlar uchun NDVI qiymatlari
NDVI qiymati
oralig‘i
Sinfi va ta'rifi
Tavsif
Rang tavfsifi
-1,0 dan 0 gacha
Vegetatsiya
mavjud emas
Tuproq, suv yuzasi yoki
sun'iy qoplamalar
RGB
(0;86;245)
0 dan 0,2 gacha
Juda sust
vegetatsiya
O'simliklar juda siyrak
yoki kuchsiz rivojlangan
RGB
(245;245;0)
0,2 dan 0,4 gacha
Sust vegetatsiya
Stressga uchragan yoki
zaif rivojlangan
o'simliklar
RGB
(245;0;0)
0,4 dan 0,6 gacha
O‘rtacha
vegetatsiya
Normal rivojlangan,
ammo rivojlanishda
qisman muammolarga
ega bo'lgan bog'zorlar
RGB
(0;245;0)
0,6 dan 0,8 gacha
Yaxshi
vegetatsiya
Sog'lom, yaxshi
rivojlangan bog'zorlar
RGB
(10;196;0)
0,8 dan 1,0 gacha
Juda yaxshi
vegetatsiya
Juda zich, sog‘lom va
yuqori mahsuldorlikka
ega bog'zorlar
RGB
(20;145;0)
Izoh:
Vegetatsiya indeksi (NDVI) qiymatlari mavsumga, iqlim sharoitiga va
daraxt turiga qarab farqlanishi mumkin, shuning uchun yuqoridagi sinflanish umumiy
hisoblanadi.
Ushbu jadvalda keltirilgan qiymatlar asosida vegetatsiya holati quyidagicha
baholanadi: agar qiymatlar 0 dan kichik bo‘lsa, bu holat vegetatsiyaning mavjud
emasligini anglatadi va bunday maydonlar, odatda, ochiq tuproq yuzasi, suv havzalari
yoki sun’iy qoplamalarga to‘g‘ri keladi. NDVI (Normalized Difference Vegetation
Index) ko‘rsatkichi 0-0.2 oralig‘ida bo‘lgan hollarda vegetatsiya juda sust yoki o‘ta
zaif rivojlangan bo‘ladi, bu o‘simliklar faolligining nihoyatda pastligini bildiradi.
0.2-0.4 oraliq qiymatlar sust vegetatsiyani, ya’ni zaif rivojlanayotgan yoki siyrak
o‘suvchi o‘simliklar qoplamini ifodalaydi. 0.4-0.6 oralig‘idagi qiymatlar o‘rtacha
darajadagi vegetatsiyaga mos kelib, bu o‘simliklar salomatligi va qoplama zichligining
nisbatan barqaror ekanini ko‘rsatadi. 0.6-0.8 ko‘rsatkichlari esa yaxshi vegetatsiya
holatini bildiradi - bu sog‘lom va faol fotosintez qilayotgan o‘simliklar, ayniqsa yaxshi
parvarishlangan bog‘zorlar uchun xos. Nihoyat, 0.8 dan yuqori qiymatlar juda yaxshi
rivojlangan, yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan qalin o‘simlik qoplamini [6],
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
8
ISSN:3030-3621
jumladan, intensiv agrotexnika asosida yetishtirilgan bog‘ va ekin maydonlarini
ifodalaydi
(2-jadval).
2-rasm.
“G‘ovossoy” hududi 1138-kontur yer maydonining 2020-2024-
yillarning iyun oylaridagi Sentnel-2 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlar tahlili.
Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda hududning vegitatsiya davrlaridagi
qiymatlari ArcGIS dasturi orqali Chust tumani “G‘ovossoy” hududidagi 1138-kontur
raqamda joylashgan holati yomon bog‘ yer maydoni Sentnel-2 sun’iy yo‘ldosh
ma’lumotlari asosida 5-yillik qoplanish darajasi tahlil qilindi (2-rasm).
2020-2024-yillarning iyun oylaridagi Sentnel-2 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlar
tahlil qiladigan bo‘lsak iyun oyidagi eng past ko‘rsatkich deyarli barcha yillarda bir
faqat 2021 yilda 0.20 qiymatga ega hamda eng yuqori ko‘rsatkich ham 2021 yilga
to‘g‘ri kelib bu ko‘rsatkich 0.57 qiymatni tashkil qilgan (3-rasm). Iqlim o‘zgarishi yoki
havo haroratining ta’sirida 2022-yil 0.53 qiymatga, 2023-yil 0.48 qiymatga hamda
2024-yilga kelib bir oz ko‘tarilib 0.5 qiymatni tashkil qildi [6].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
9
ISSN:3030-3621
3-rasm.
Bog'zorlarning NDVI qiymatlari asosida qoplanish darajasi
O‘tkazilgan dala va masofaviy monitoring natijalari asosida Namangan viloyati
Chust tumani “G‘ovossoy” hududida joylashgan 1138-konturdagi bog‘zor yerlarining
agroekologik holati qoniqarsiz ekani aniqlandi. 2020–2024-yillar davomida Sentnel-2
sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida aniqlangan NDVI qiymatlari bu hududdagi
vegetatsiya faoliyatining sustligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 2021-yilda olingan eng yuqori
ko‘rsatkich 0.57 qiymatni tashkil etgan bo‘lsa 2020, 2022, 2023 va 2024-yillarda eng
past 0.13 ni (NDVI) qiymatlariga to‘g‘ri kelishi vegetatsiya holatida keskin
o‘zgarishlar mavjudligini bildiradi. Bu esa bog‘zorlar holatiga iqlim o‘zgarishi, suv
ta’minotidagi uzilishlar va agrotexnik tadbirlarning yetarli darajada olib borilmasligi
kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat beradi.
Xulosa, taklif va tavsiyalar:
Respublika miqyosida o‘tkazilgan xatlov natijalari esa qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan bog‘zor va tokzorlarning sezilarli qismi (taxminan 10% dan ortig‘i)
yaroqsiz, eskirgan yoki siyrak holatda ekanini ko‘rsatdi. Eng ko‘p yaroqsiz bog‘zorlar
Namangan viloyatida, tokzorlar esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan.
1. Yaroqsiz holatdagi bog‘zorlarni yangilash: “G‘ovossoy” hududidagi
1138-konturda joylashgan, holati yomon bog‘zor maydonlarini bosqichma-bosqich
rekultivatsiya qilish, mos keluvchi mevali daraxt navlarini tanlab, qayta barpo etish
tavsiya etiladi.
2. Masofaviy zondlash monitoringini tizimlashtirish: NDVI indeksiga
asoslangan monitoringni har yili muntazam amalga oshirish va bu orqali vegetatsiya
dinamikasini nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli monitoring tizimi joriy etilishi
lozim.
0.13
0.2
0.13
0.13
0.13
0.54
0.57
0.53
0.48
0.5
2020
2021
2022
2023
2024
Bog'zorlarning NDVI qiymatlari asosida
qoplanish darajasi
eng past
eng yuqori
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
10
ISSN:3030-3621
3. Iqlim omillarini hisobga olgan agrotexnika: Iqlim o‘zgarishi fonida
hosildorlik va vegetatsiya faoliyatining pasayishini kamaytirish maqsadida, tuproq
namligini saqlovchi agrotexnik tadbirlar, tomchilatib sug‘orish tizimlari va tuproqni
mulchalash kabi chora-tadbirlar keng joriy etilishi kerak.
4. Suv resurslarini boshqarish: Sug‘oriladigan bog‘zorlar samaradorligini
oshirishda asosiy e’tibor suv ta’minotining optimallashuviga qaratilishi lozim. Suv
tejovchi texnologiyalarni joriy etish va sug‘orish rejimlarini hududning agroklimatik
xususiyatlariga moslashtirish muhimdir.
5. Geoinformatsion tizimlar (GIS) asosida boshqaruv: Bog‘zor va tokzorlar
holatini tahlil qilishda ArcGIS kabi platformalardan foydalanishni kengaytirish, xatlov
natijalarini fazoviy bazaga kiritish orqali samarali boshqaruv tizimi shakllantirish
tavsiya etiladi.
Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona va
barqaror foydalanishni ta’minlash, ularning holatini zamonaviy ilmiy yondashuvlar
asosida kompleks baholash hamda agrar siyosatni samarali rejalashtirish uchun muhim
ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, masofaviy zondlash texnologiyalari
va geoinformatsion tizimlar asosida tashkil etilgan monitoring tizimi qishloq xo‘jaligi
yerlarining holatini doimiy ravishda kuzatish, degradatsiyaga uchragan maydonlarni
erta aniqlash va meliorativ chora-tadbirlarni vaqtida qo‘llash imkonini beradi. Bunday
yondashuv nafaqat agrar tarmoqdagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, balki
ekologik barqarorlikni saqlash, tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish
hamda uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga erishishda muhim omil sifatida e’tirof
etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi
22-son qarori - “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida
monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ–5006-son
qarori - “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni
muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”.
3.
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti. 2024-yilda amalga
oshirilgan yer monitoringi va xatlov ishlari bo‘yicha hisobot materiallari. -
Toshkent, 2024.
4.
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Namvilyerloyiha bo‘linmasi
tomonidan 2024-yilda Chust tumanida amalga oshirilgan yer monitoringi va
xatlov ishlari bo‘yicha hisobot materiallari. - Namangan, 2024.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
11
ISSN:3030-3621
5.
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan
“Sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoaxborot bazasini yaratish”
uslubiy qo‘llanmasi. - Toshkent, 2024.
6.
http://earthobservatory.nasa.gov/features/MeasuringVegetation
7.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bog
dorchilik
.