Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
12
ISSN:3030-3621
UO‘T
: 581.9:528.9
TABIIY YAYLOVLARDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING
TARQALISHINI ANIQLASH VA ULARNI
GIS TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA XARITALASH
Z.Narmanov
Qarshi davlat texnika universiteti
Yerdan foydalanish, geodeziya va
Geoinformatika kafedrasi assistenti
Annotatsiya.
Maqolada Pop tumani Chorkesar massivida olib borilgan
geobotanik tadqiqotlar asosida dorivor o‘simliklarning tarqalish xususiyatlari,
ularning ekologik-farmakologik ahamiyati hamda elektron raqamli xaritalashning
metodik asoslari bayon etilgan. Ushbu tadqiqotlarda olingan natijalar asosida
1:25 000 miqyosli elektron raqamli dorivor o‘simliklar xaritasi yaratildi. Xaritadan
farmasevtika, chorvachilik va ekologik tadqiqotlar sohalarida foydalanish
imkoniyatlari tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar
: Pop tumani, Chorkesar massivi, dorivor o‘simliklar, geobotanik
tadqiqotlar, ArcGIS, elektron raqamli xarita, monitoring, degradatsiya.
Аннотация.
В статье на основе геоботанических исследований
Чоркесарского
массива
Попского
района
освещены
особенности
распространения лекарственных растений, их эколого-фармакологическое
значение, а также методические основы цифрового картографирования.
Создана цифровая карта распространения лекарственных растений масштаба
1:25 000 и проанализированы возможности её применения в фармацевтике,
животноводстве и экологических исследованиях.
Ключевые слова:
Попский район, Чоркесарский массив, лекарственные
растения, геоботанические исследования, ArcGIS, цифровая карта,
мониторинг, деградация.
Annotation.
The article describes the features of medicinal plant distribution,
their ecological-pharmacological importance, and methodological bases for digital
mapping based on geobotanical research in the Chorkesar massif of Pop district. A
digital map of medicinal plant distribution at a scale of 1:25 000 was created, and the
possibilities of its application in pharmacy, animal husbandry, and ecological research
were analyzed.
Keywords:
Pop district, Chorkesar massif, medicinal plants, geobotanical
research, ArcGIS, digital map, monitoring, degradation.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
13
ISSN:3030-3621
Kirish.
Hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklarning tibbiyot, farmasevtika va
chorvachilik sohalarida ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xususan, oxirgi o‘n yillikda
global miqyosda tabiiy va ekologik toza mahsulotlarga talabning ortishi bilan dorivor
o‘simliklarning sanoatdagi o‘rni yanada kengayib, xalqaro bozorda yuqori iqtisodiy
ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha dorivor o‘simliklarning 10-
12 ming turi mavjud bo‘lib, shulardan 1000 dan ortiq turining farmakologik va
kimyoviy xususiyatlari chuqur o‘rganilgan. O‘zbekistonda mavjud 700 dan ortiq
dorivor o‘simlik turlaridan 120 ga yaqin turi mahalliy tabiat sharoitida yovvoyi va
madaniylashtirilgan shaklda o‘sib, ilmiy va xalq tabobatida keng foydalaniladi [5].
Tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlarning qariyb 40-47 foizi aynan dorivor
o‘simliklar xomashyosidan olinmoqda. Jumladan, o‘simliklarning ildizlari, poyalari,
barglari, gullari, mevalari, urug‘lari, efir moylari va boshqa qismlari dori-darmon
ishlab chiqarish jarayonida muhim manba sifatida xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar resurslaridan samarali foydalanish, ularni
asrash va ekologik muvozanatni saqlash uchun ilmiy asoslangan xaritalash tadbirlari
amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, dorivor o‘simliklarning raqamli xaritalarini
yaratish nafaqat ilmiy tadqiqotlar uchun, balki farmatsevtika sanoati, veterinariya va
chorvachilik, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, iqtisodiy foyda olish
va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham strategik
ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
Tadqiqotning maqsadi va usullari.
Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy
birliklar chegaralarini belgilash, yеr resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va
pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli [1] va 2018 yil 7 noyabrdagi “Hayvonot va
o‘simlik dunyosi va ob’ektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari
hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 914-sonli [2] qarorlari ijrosini
ta’minlash maqsadida Pop tumani Chorkesar massivida yaylov va pichanzorlarda
geobotanik tadqiqot ishlari olib boorish hamda dorivor o‘simliklarning tarqalishini
aniqlash, ularning resurslarini baholash va elektron raqamli xaritalarni yaratishdan
iboratdir. Tadqiqot jarayonida transkekt usuli, ArcGIS dasturiy ta’minoti, GPS
texnologiyalari, kosmik tasvirlar kabi zamonaviy usul va vositalardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari.
Chorkesar massivida olib borilgan kompleks tadqiqotlar
natijasida dorivor xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qator tabiiy o‘suvchi o‘simlik turlari
aniqlandi [4].
Mazkur o‘simliklar orasida na’matak (Rosa canina), do‘lana (Crataegus), achchiq
shuvoq (Artemisia absinthium), yalpiz (Mentha), moychechak (Matricaria
chamomilla), katta qoqio‘t (Plantago major) va qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) kabi
turli ekologik va farmakologik jihatdan qimmatli dorivor o‘simliklar mavjud ekanligi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
14
ISSN:3030-3621
qayd etildi [3]. Ushbu turdagi dorivor o‘simliklarning aniq tarqalgan hududlari
zamonaviy GPS texnologiyalari yordamida yuqori aniqlik bilan koordinatalari
belgilangan holda xaritaga tushirildi.
Dorivor o‘simliklarning raqamli xaritasi yaratish jarayoni quyidagi ilmiy-metodik
bosqichlarda amalga oshirildi:
Ma’lumotlarni yig‘ish bosqichi:
Ushbu bosqichda dala tadqiqotlari, mavjud ilmiy adabiyotlar va elektron
ma’lumotlar bazalaridan keng foydalanildi. Hududdagi o‘simliklarning biologik
xilma-xilligi dastlabki inventarizatsiya qilindi hamda ularning ekologik va
farmakologik ahamiyatini belgilash uchun asosiy adabiy va ilmiy manbalardan
foydalanildi.
Dala tadqiqotlarini olib borish bosqichi:
Tadqiqotlar transekt (ransket) usulida amalga oshirilib, dorivor o‘simliklarning
tabiiy populyatsiyalari zichligi, ularning biomassa hajmi, turi, tarkibiy xususiyatlari va
fenologik bosqichlari batafsil o‘rganildi. Shuningdek, har bir turning joylashgan
hududi GPS koordinatalari orqali aniq qayd etildi.
Ma’lumotlarni raqamlashtirish va tahlil qilish bosqichi:
Olingan dala ma’lumotlari ArcGIS dasturida raqamlashtirilib, geo-ma’lumotlar
bazasi yaratildi. Har bir turga alohida raqamli xaritalar ishlab chiqilib, ularning
hududiy tarqalishi aks ettirildi (1-rasm). Yaratilgan xaritalar geoma’lumotlar
tizimlarida keng tarqalgan standartlar asosida tuzildi. Dorivor o‘simliklarning raqamli
xaritalari yaruslar va turlar asosida raqamli shartli belgilar bilan kodlandi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
15
ISSN:3030-3621
1-rasm.
Dorivor o‘simliklar joylashuvi xaritasi.
Bu uslub o‘simliklarning ekologik, farmakologik, iqtisodiy va fitosenologik
jihatlarini chuqur o‘rganish, uzoq muddatli monitoringini olib borish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni saqlab qolish strategiyalarini ishlab
chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotlar natijasida hududdagi
biologik xilma-xillikni saqlash imkoniyatlari oshadi, dorivor o‘simliklar resurslaridan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
16
ISSN:3030-3621
barqaror foydalanish ta’minlanadi va farmasevtika sanoatining xomashyo bazasi
mustahkamlanadi. Shuningdek, bu xaritalar ekologik monitoring va tabiatni muhofaza
qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun ham muhim ilmiy-texnologik vosita
hisoblanadi. [6].
Yaratilgan elektron raqamli xaritalar farmasevtika, chorvachilik, ekologik
tadqiqotlar va iqtisodiy maqsadlarda keng foydalanish imkoniyatlarini beradi. Dorivor
o‘simliklarning tarqalish hududlarini aniqlash, degradatsiyaga uchragan hududlarni
tiklash, dorivor o‘simliklar resurslarini samarali boshqarish imkoniyatlarini oshiradi.
Xulosa va tavsiyalar.
Dorivor o‘simliklarning raqamli xaritasi Chorkesar
massivida mavjud biologik xilma-xillikni saqlash, dorivor o‘simliklarning tarqalish
resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Bu xaritalar geografik axborot tizimlari (GIS) yordamida hududda
o‘sadigan dorivor o‘simlik turlarini batafsil o‘rganish, populyatsiyalarining joylashuvi,
holati, soni va zaxiralarini aniqlash, shuningdek, ularning mavsumiy o‘zgarishlari va
ekologik omillar ta'sirida qanday dinamika bilan rivojlanayotganini kuzatish imkonini
beradi.
Mazkur raqamli xaritalar orqali biologik xilma-xillikning hududiy taqsimlanishini
aniq baholash, kamyob va endemik dorivor turlarni ajratish hamda ularni muhofaza
qilish choralarini ishlab chiqish mumkin. Shu bilan birga, o‘simlik resurslarining
barqarorligi va tiklanish darajasini aniqlashga, ekologik xavflarni oldindan
prognozlash va ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga
imkon yaratadi.
Shuningdek, raqamli xaritalarning yaratilishi farmasevtika sanoati uchun ham
katta amaliy ahamiyatga ega. Bu orqali dorivor xomashyolarni еtishtirish va yig‘ish
jarayonlarini geografik jihatdan rejalashtirish, samarali boshqarish hamda mavjud
tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanish tizimini shakllantirish mumkin.
Natijada, sanoatning xomashyo bazasini mustahkamlash bilan birga, tabiiy resurslarni
tiklashga ko‘maklashuvchi yangi agrotexnik va bioekologik tadqiqotlar olib borish
uchun ham sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, Chorkesar massivida yaratilgan raqamli xarita ekologik
tadqiqotlar uchun fundamental ilmiy bazani shakllantirishga yordam beradi.
Hududning ekologik holatini monitoring qilish, antropogen ta’sirlar darajasini aniqlash
va degradatsiyaga uchragan еrlarni qayta tiklash strategiyalarini ishlab chiqish kabi
tadqiqotlarning ilmiy asoslarini mustahkamlaydi. Bu esa hududning ekologik
barqarorligini ta'minlash hamda kelajak avlodlar uchun tabiat resurslarini saqlab qolish
imkoniyatlarini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi
“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yеr resurslarini xatlovdan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
17
ISSN:3030-3621
o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qaror.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi
“Hayvonot va o‘simlik dunyosi va ob’ektlarining davlat hisobini, ulardan
foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 914-sonli
qaror.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘simliklar kimyosi va Botanika
institutlarining tadqiqot materiallari.
4.
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Pop tumani Chorkesar massivi
geobotanik tadqiqotlari hisoboti, 2023 yil.
https://www.academy.uz/uz/page/ozbekiston-respublikasi-fanlar-akademiyasi
6.
https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC10458710/