Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
300
ISSN:3030-3621
MURAKKAB RELYEFLI MAYDONLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
Erkinova M.L
Assistant Professor, Karshi
State Technical University
Erkinova@uzdavyerloyiha.uz
Annotatsiya.
Ushbu maqolada lalmi va yaylov yerlardan samarali foydalanish
borasida ilmiy izlanishlar olib borgan mahalliy olimlar hamda murakkab relyefli
maydonlarga ishlov berish texnologiyasi, nishab yerlarga qilinadigan asosiy agrotexnik
tavsiyalar haqida ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari Toshkent viloyatining NDWI
va NDVI xaritalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
murakkab relyef, qishloq xo‘jaligi, ishlov berish, yer tuzish,
NDWI, NDVI
Аннотация.
В статье приведены сведения о местных ученых,
проводивших научные исследования по эффективному использованию пастбищ
и выгонных угодий, а также по технологии обработки почвы на территориях со
сложным рельефом, и основные агротехнические рекомендации для склоновых
земель. Кроме того, представлены карты NDWI и NDVI Ташкентской области.
Ключевые слова:
сложный рельеф, сельское хозяйство, возделывание,
землепользование, NDWI, NDVI
Abstract.
This article provides information on local scientists who have
conducted scientific research on the effective use of pasture and rangeland, as well as
on the technology of tillage of areas with complex relief, and the main agrotechnical
recommendations for sloping lands. In addition, NDWI and NDVI maps of the
Tashkent region are presented.
Keywords:
complex terrain, agriculture, cultivation, land management, NDWI,
NDVI
Oziq-ovqatga bo‘lgan talab shiddat bilan oshayotgan xozirgi davrda qishloq
xo‘jaligi maydonlariga murakkab relyefli maydonlarni qo‘shish evaziga kengaytirish
hamda ushbu maydonlarda yer tuzish ishlari olib borish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yurtimizda bu borada ishlar allaqachon boshlangan. Bunga misol qilib O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish
va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ–5006-son qarori qabul qilingan [1]. Ushbu
qarorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
301
ISSN:3030-3621
bunday maydonlardan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan ishlar
natijadorligini oshiradigan omillardan biri ekanligi keltirib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4- martdagi
“qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga
mo‘ljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish
chizmalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan [2]. Ushbu
nizomdan kelib chiqqan holda Respublika bo‘yicha jami 164 ta qishloq xo‘jaligi bilan
shug‘ullanuvchi tumanlarning istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab
chiqish vazifasi tegishli davlat idoralariga yuklatilgan
R.A.Turayev [3], O.O‘.Davronov [4] va R.N.Sharopovlar [5] tomonidan lalmi
va yaylov yerlari hududlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini olib borishda
yerni masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish va turli yer tuzish loyiha
qidiruv ishlarini olib borish uchun xalqaro koordinata WGS-84 tizimi orqali ma’muriy
birliklar chegaralarini belgilash, shuningdek Gooogle Earth va SAS Planet dasturlari
yordamida ma’lumotlar olish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslab berilgan.
R. Sharopovning olib borgan ilmiy izlanishlarida Qashqadaryo viloyati lalmi
yerlarining so‘ngi 20 yildagi o‘zgarishlari statistik tahlil qilinib, hududning 3D
o‘lchamli xaritasi tuzilgan (2.3.1-rasm). Undan tashqari sun’iy yoʻldosh ↔
«Yergeoportal» tizimi ↔ geodezik oʻlchash ↔ uchuvchisiz uchish qurilmalari
mexanizmi asosida lalmi yerlar monitoringini yuritish mexanizimi asoslangan [5].
Qishloq xo‘jaligi maydonining 83% ini nishab yerlar tashkil etadi. Nishab
yerlarga ishlov berish – bu togʻoldi, tepalik yoki boshqa qiyalik joylardagi yerlarni
qishloq xoʻjaligiga yaroqli qilish yoki ularning unumdorligini oshirish uchun amalga
oshiriladigan agrotexnik usullar majmuasidir. Nishab yerlarda ekinlar ekish, odatda,
juda ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki qiyaliklar tuproqning tez yuvilishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bu yerlarda tuproqni ushlab turish, eroziya xavfini
kamaytirish va suvning samarali boshqarilishini ta’minlash uchun maxsus choralar
ko‘riladi.
Nishab yerlarga ishlov berishning asosiy maqsadlari - eroziyaning oldini olish,
namlikni saqlash, yer unumdorligini oshirish, o‘simliklarni sog‘lom o‘stirish uchun
qulay sharoit yaratish.
Nishab yerlarga qilinadigan asosiy agrotexnik tavsiyalar:
1. Kontur bo‘ylab ishlov berish - bu usulda yerga ekin ekish va ishlov berish
qiyalikning uzunligi bo‘yicha emas, balki kontur (tekis chiziq) bo‘yicha amalga
oshiriladi. Bu suv oqimini sekinlashtiradi, tuproqni ushlab turadi va eroziya xavfini
kamaytiradi.
2. Terassalash (zinapoya usuli) - tepaliklarda zinapoyasimon shaklda yerni
tekislab, har bir qavatda ekin ekiladi. Har bir terassaning o‘ziga xos balandligi va
kengligi bo‘lib, ular tuproqning yuvilishini oldini oladi va ekinlarni samarali o‘stirish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
302
ISSN:3030-3621
imkonini beradi. Bu eng samarali usullardan biri bo‘lib, suv oqishini to‘xtatadi va
unumdorlikni oshiradi.
3. Kross-harvest (qishloq xo‘jaligi rotatsiyasi) - nishab yerlarda o‘simliklar bir
joyda uzluksiz ekilmasligi kerak. Kross-harvest (rotatsiya) usulidan foydalanish kerak,
ya’ni har xil o‘simliklarni ketma-ket ekish. Bu tuproqning unumdorligini oshiradi,
ekinlarning kasalliklarga qarshi chidamliligini oshiradi va eroziyaning oldini oladi.
4. Ko‘chatlar ekish va maysazor hosil qilish - yashil o‘simliklar tuproqni ushlab
turadi. Daraxtlar, butalar yoki maysalar qisqa muddatda yaxshi o‘sadi, nishab joylarda
eroziyaning oldini oladi hamda hayvonlar uchun yem-xashak manbai bo‘ladi.
5. Mulchalash (tuproqni yopish) - organik yoki noorganik materiallar yordamida
tuproq usti qoplab qo‘yiladi. Mulcha tuproqda namlikni ushlab turish, begona o‘tlar
bilan kurashish va tuproqning haroratini muvozanatda saqlashga yordam beradi.
Natijada o‘simliklar uchun yaxshi mikroiqlim yaratiladi.
O‘zbekistonda nishab yerlarga ekilayotgan o‘simliklar ko‘p jihatdan ekologik
holat, bozordagi talab va eksport imkoniyatlariga qarab tanlanmoqda. Bu yerlarning
eroziyaga uchrashi xavfi yuqori bo‘lgani uchun ko‘p yillik, ildiz tizimi kuchli
o‘simliklar tanlanadi. Nishab yerlarda ekish uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan ekinlar:
1.
Ko‘p yillik daraxtlar va butalar: Yong‘oq - Farg‘ona, Andijon, Namangan,
Samarqand va Qashqadaryo tog‘oldi hududlarida ekiladi, Bodom - Navoiy,
Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining nishab yerlariga ekish keng tarqalgan,
Pista – ildizlari kuchli bo‘lib, tuproqni ushlab turadi, Janubiy hududlar (Surxondaryo,
Qashqadaryo) va tog‘oldi yerlarda keng ekilmoqda. Uzum – ayniqsa kontur bo‘ylab
yoki teras usulida ekish yaxshi samara beradi. Anor, Olma, Gilos, O‘rik – tuprog‘i
unumdor tog‘oldi hududlarda yaxshi o‘sadi.
2. Dorivor va efirli o‘simliklar: Lavanda - Samarqand va Navoiyda tajriba
asosida ekilmoqda. Dorivor shuvoq, romashka, zig‘ir, koriander – dorivor va efirli
o‘simliklar bo‘lib, kam suv talab qiladi. Kosmetik va farmatsevtika sanoatiga
xomashyo sifatida ishlatiladi. Ozgina namlik va quyoshni yaxshi ko‘radi.
3. Dala ekinlari: No‘xat, mosh, suli (arpa) – Kam hosilli, lekin eroziyaga
chidamli don ekinlari sifatida tog‘oldi yerlarda ekish keng tarqalgan. Bunday ekinlar
qiyalikda kontur bo‘ylab ekilishi kerak.
Ushbu o‘simliklar chuqur ildiz tizimi bilan tuproqni mahkam ushlab turadi
(eroziyaga qarshi). Suvga talabchan emas – nishab joylarda sug‘orish har doim ham
oson emas. Eksportbop – ayniqsa pista, bodom, yong‘oq, uzum. Organik yetishtirish
imkoniyati – kimyoviy ishlov kamroq bo‘ladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
303
ISSN:3030-3621
1-rasm. Toshkent viloyatining 2024 yil may - avgust oylari uchun NDWI va
NDVI xaritasi
NDWI (Normalized Difference Water Index) — bu suv resurslarini aniqlash va
kuzatish uchun ishlatiladigan masofaviy sezuvchilar (remote sensing) yordamida
o‘lchanadigan indeks hisoblanadi. Bu indeks, odatda, suv resurslarini monitoring
qilish, suv holatini baholash, qishloq xo‘jaligi va tabiatdagi o‘zgarishlarni monitoring
qilish uchun ishlatiladi.
NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) — bu o‘simliklarning
vegetatsiya holatini o‘lchash uchun ishlatiladigan masofaviy sezuvchilar (remote
sensing) yordamida olingan indeks hisoblanadi. Bu indeks sun‘iy yo‘ldoshlar yoki
samolyotlar yordamida olingan tasvirlar asosida vegetatsiya holatini baholash, qishloq
xo‘jaligi, tabiatni boshqarish, iqlim o‘zgarishlarini kuzatish, ekologik tadqiqotlar
uchun qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak qishloq xo‘jaligi maydonlaridan samarali
foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biridir. Relyefi murakkab
bo‘lgan maydonlarga to‘g‘ri ishlov berish orqali qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini
oshirish mumkin. Buning uchun esa albatta zamonaviy texnologiyalardan foydalangan
holda takomillashgan yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish lozim.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
304
ISSN:3030-3621
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ–5006-son
qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4- martdagi “qishloq
xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan va
loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab
chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
3.
Turayev Ruhiddin Amirqulovich “Sug‘oriladigan Yerlar monitoringini yuritish
metodologiyasini takomillashtirish” (DSc) dissertatsiyasi. Toshkent-2021y.
4.
Davronov Obid O‘ktamovich “Masofadan zondlash orqali yaylov yerlari
monitoringini yuritish” (PhD) dissertatsiyasi. Toshkent-2022.
5.
R.N.Sharopovning “Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali lalmi yerlarni
monitoring qilish ishlarini takomillashtirish” (PhD) dissertatsiyasi Toshkent-2022y