Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
270
ISSN:3030-3621
UO‘K 631
TOSHKENT VILOYATI, PARKENT TUMANI HUDUDIDA TARQALGAN
LALMI HUDUDLARDAN FOYDALANIShNING MAVJUD HOLATI
Erkinova M.L
Assistant Professor, Karshi
State Technical University.
Erkinova@uzdavyerloyiha.uz
Abstract.
This article analyzes the current state of use of rainfed foothill lands
located in the Parkent district of Tashkent region, their allocation for crop areas, land
degradation processes, and erosion control issues. The research results showed that the
most widespread land degradation process in the Parkent district is erosion. Based on
the example of the Bostan massif, the development of rainfed lands, their usage
indicators, and the placement of crops were studied. During the research,
recommendations were developed for the efficient use of land, prevention of erosion,
and ensuring environmental sustainability.
Keywords.
Parkent district, foothill rainfed lands, erosion processes, crop
placement.
Аннотация.
В данной статье проанализировано существующее состояние
использования богарных предгорных земель, расположенных на территории
Паркентского района Ташкентской области, их распределение под посевные
площади, процессы деградации земель и вопросы защиты от эрозии. Результаты
исследования показали, что наиболее распространённым процессом деградации
в Паркентском районе является эрозия. На примере Бостанского массива
изучены освоение богарных земель, показатели их использования и размещение
сельскохозяйственных культур. В ходе исследования разработаны рекомендации
по рациональному использованию земель, предотвращению эрозии и
обеспечению экологической устойчивости.
Ключевые слова.
Паркентский район, предгорные богарные земли,
процессы эрозии, размещение сельскохозяйственных культур.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan
tog‘oldi lalmi yerlaridan foydalanishning mavjud holati, ularning ekin maydonlariga
ajratilishi, yer degradatsiyasi jarayonlari va eroziyadan himoyalash masalalari tahlil
qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Parkent tumanida eng ko‘p tarqalgan
degradatsiya jarayoni – bu eroziya hisoblanadi. Bo‘ston massivi misolida lalmi
yerlarning o‘zlashtirilishi, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ekinlarning
joylashtirilishi o‘rganildi. Tadqiqot davomida yerdan samarali foydalanish, eroziyani
oldini olish va ekologik barqarorlikni ta'minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
271
ISSN:3030-3621
Kalit so‘zlar.
Parkent tumani, tog‘oldi lalmi yerlar, eroziya jarayonlari, ekin
joylashuvi.
Kirish.
Yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini saqlash
va yer degradatsiyasi jarayonlarini oldini olish bugungi kunda eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tog‘oldi lalmikor hududlarda qishloq xo‘jaligi
faoliyati yuritishda tabiiy va antropogen omillar tuproq unumdorligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati Parkent tumani misolida lalmi
yerlar holatini baholash, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va eroziya
jarayonlarini oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot
obyekti sifatida Bo‘ston massividagi tog‘oldi lalmi yerlar tanlab olindi.
Asosiy qism.
Yerdan foydalanishni tashkil qilish va bu jarayonni doimiy
ravishda takomillashtirib borish qiyin masala bo‘lib, u yerni xalq xo‘jaligi tarmoqlari
orasida taqsimlash, lalmikor yerlarni imkoni boricha qishloq xo‘jaligi uchun ajratish
va undan foydalanishni yaxshilash, tog‘oldi lalmi yerlarida eroziyaga qarshi
kurashishni o‘z ichiga oladi.
So‘nggi yillardagi kuzatuv natijalariga ko‘ra, Parkent tumani hududining tabiiy
sharoitlari lalmi yerlarida turli xildagi salbiy jarayonlarning yuzaga kelmoqda.
Tadqiqot obyektimizdagi eng ko‘p tarqalgan degradatsiya jarayonlardan biri bu -
eroziya jarayonlaridir. Yer va suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, yerni asramaslik,
muhofaza qiluvchi talablarga rioya qilmaslik yuqorida sanab o‘tilgan salbiy oqibatlarni
namoyon bo‘lishiga sezilarli darajada sababchi bo‘lmoqda.
Parkent tumanida jami 12 ta massivlar mavjud bo‘lib, ushbu massivlar:
Bayqozon, Parkent, Bo‘ston, Navbahor, Gulbog‘, Qoraqalpoq, Changgi, Nomdanak,
So‘qoq, Hisorak va Zarkent massivlari hisoblanadi. Tuman bo‘yicha 2024-yil yakuniga
ko‘ra ekin yerlaridan, jumladan 5734,8 gektar lalmi yerlardagi ekin yerlardan boshoqli
don, dukkakli va moyli ekinlar ekib, fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalanib
kelinmoqda (1-jadval).
1-jadval
Tumandagi mavjud massivlarning lalmi yerlarida ekinlarning ekilishi bo‘yicha
ma’lumotlar
№
Ekin ekish yo‘nalishi
Uzum, beda, makka, g‘alla
Bo‘ston
Gulbog‘
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
272
ISSN:3030-3621
Uzum, Beda, sabzavot,
g‘alla
So‘qoq
,
Izoh:
Ushbu jadval 2024-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha
rasmiy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, tumandagi eng katta lalmi
maydonga ega bo‘lgan (1587,9 ga, 2024-yil holatiga ko‘ra) “Nomdanak” massivi
hisoblanib,
ushbu
massiv
lalmi
yerlarining
qariyb
90%,
ya’ni
1432,6 gektaridan 37 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan bog‘-uzumchilik, sabzavot-
uzum va chorvachilikda foydalanilmoqda [5].
Aksariyat hollarda, eroziyadan kam muhofazalangan yerlarga ekinlarning
joylashtirilishi, lalmi yerlardagi tashkil etilgan sug‘orma yerlarga noto‘g‘ri ishlov
berilishi, nooqilona foydalanish, ushbu yerlarda chorvaning tartibsiz boqilishi va
yerning unumdor qatlamini muhofaza qiluvchi o‘simliklarning yo‘q qilinishi bilan
bog‘liqdir. Shu bois, yerning muhofazasiga oid chora-tadbirlarni rejalashtirishdan
avval shunday tadbirlarga muhtoj maydonlarni aniqlash va baholash lozim.
Tadqiqotlarimiz jarayonida, Ortofotoplan orqali kuzatuvlar natijasida, Toshkent
viloyati, Parkent tumanidagi mavjud tog‘oldi hududlari, jumladan “Bo‘ston”
massividagi lalmi yerlarda ham ko‘rishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm.
Toshkent viloyati, Parkent tumani, Bo‘ston massividagi eroziyaga
uchragan lalmi yer maydoni.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
273
ISSN:3030-3621
Ushbu hududdagi lalmi yerlar maydonlaridan foydalanish bo‘yicha so‘nggi
10 yillik tahlili qilindi (2-jadval).
2-jadval
Bo‘ston
massivi
Jami lalmi
yer
maydoni, ga
Foydalanilgan
lalmi yer
maydoni, ga
Ekin turlari, yer maydoni, ga
Ozuqa
ekinlar
maydoni,
ga
Tokzorlar
maydoni,
ga
Boshqa
ekinlar
maydoni,
ga
2014-yil
812,8
301,5
138,1
163,4
mavjud
emas
2018-yil
805,8
359,1
190,8
157,9
10,4
2022-yil
823,4
500
260
222,7
17,3
2024-yil
823,4
823,4
542,3
240,2
40,8
2-jadvaldan ko‘rish mumkinki, so‘nggi 10 yillar davomida, jumladan
2014-yilda lalmi yerlarning 301,5 gektari, ya’ni massiv umumiy yer maydonining bor
yo‘g‘i 37 foizidan foydalanilganligi, ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib, 2024-
yil holatiga ko‘ra 100 foizga yetganini ko‘rishimiz mumkin.
Eroziya jarayonlariga o‘simliklarning yuza qismi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simliklarning barglari va poyalari, ayniqsa yog‘ochli qismi yog‘ingarchiliklarni bir
qismini ushlab turadi. O‘simliklar qoplami eroziya jarayonlarini oldini olishga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yerning suv eroziyasi natijasida yuvilish tezligini
belgilaydigan o‘simlik qoplamining asosiy harakteristikasi bu tuproq yuza qismini
to‘liq o‘simlik qoplami bilan hududning qoplanganligidir. Agar yuvilgan yer hajmidagi
asosiy ulush yomg‘ir tomchilarining yemirilishi ta’siriga tegishli bo‘lsa, unda
yemirilish intensivlik darajasi o‘simlik qoplami bilan eng katta darajada aniqlanadi. Bir
yillik ekinlarning tuproqni himoya qilish samaradorligini baholashda ularning
almashlab ekishdagi tarkibi va nisbatlarini aniqlash kerak.
Yillik ekinlarning o‘sish bosqichlarida barglar yuzasi va yashil massaning
ko‘payishi to‘g‘risida ma’dumotlarga ega bo‘ldik.
O‘rganilayotgan hududimiz Bo‘ston massivining lalmi yerlarida ekiladigan
ekinlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Uzumzorlarnining joylashuvi relyef va boshqa omillarni hisobiga
joylashtirilganligi;
2.
Bug‘doyiq o‘tlarining miqdorini ko‘pligi;
3.
Sabzavot va boshqa har xil ekinlarning ko‘pligi.
Ma’lumki, o‘simliklar yerning ustki tuproqlarini xosil qilishda muhim
hisoblanadi. Dengiz sathidan ko‘tarilgan sari o‘simlik turlari farqlanib, tuproq
sharoitiga qarab o‘zgaradi. Relyef tuzilishi va iqlimning xilma-xilligi sababli, har bir
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
274
ISSN:3030-3621
balandlik mintaqasining mintaqasining aynan o‘sha hududning geomorfologik
tuzilishi, iqlim xususiyatlari va tuproq qoplamiga qarab moslashgan hisoblanadi.
O‘simliklarning qoplami tepaliklarning qiyaligi, quyoshga nisbatan holati va
boshqalarga qarab joylashgan bo‘lsa, tog‘oldi lalmi hududlarida ham tuproqning
mexanik tarkibi, va iqlimga qarab joylashadi.
Bo‘ston massivida 2024-yil holatiga ko‘ra 823,4 ga lalmi yerlar mavjud bo‘lib
(2-rasm), ushbu yerlardan bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va asosan
chorvachilik ekinlarini ekib, foydalaniladi.
Ushbu hududda may oyining o‘rtalariga kelib, yerning yuzasi asosan yashil
bug‘doyiq o‘simliklarning birinchi barglari xosil bo‘ladi. Iyul oyining o‘rtalariga kelib,
bug‘doy o‘tlari 80-90 sm. gacha o‘sadi.
Bo‘ston massividagi tog‘oldi hududlaridagi yerlarning eroziya jarayonlarini
keltirib chiqaradigan tabiiy omillarni tahlil qiladigan bo‘lsak, relyef, geomormologik
va litologik tuzilishi, iqlimi, tuproq va boshqa omillar mintaqaning tabiiy sharoitlari
eroziya jarayonlarini rivojlanishini ko‘rsatadi. Tabiiy omillar bilan birqatorda
insonlarning qishloq xo‘jaligi faoliyati ham muhim rol o‘ynaydi. Lalmi dehqonchilik
hududi sharoitida ushbu omilning ta’siri ko‘proq seziladi. Hozirga vaqtda
yog‘inganchiliklar ta’sirida vujudga keladigan suv eroziyasi eng global
muammolardan biri hisoblanib, unda qishloq xo‘jaligi yerlari katta ahamiyatga ega.
Shu kabi harakterli eroziyalangan yerlarda doimo antropogen omillar ta’sirida bo‘lishi
aniqlandi.
Qishloq xo‘jaligida olib boriladigan meliorativ va agrotexnik tarbirlar, lalmikor
yerlarda antropogen ta’sir natijasida ularning tabiiy holati o‘zgaradi. Bo‘ston
massivining lalmikor mintaqalarda dehqonchilik madaniyati intensiv dehqonchilik olib
borilayotgan maydonlarga nisbatan sustroq. Chunki mazkur mintaqalarda
dehqonchilik tizimi birinchi navbatda tuproqlarning tarqalish orellariga bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchi navbatda ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi
ekinlarini mazkur mintaqalarda joylashtirishda ularning yog‘inganchilik ta’siriga
bardoshliligini inobatga olish zarur. Masalan tog‘li hududlarda chorvachilik uchun
yaylovlardan keng foydalanilsa, shuningdek lalmi hududlarida bog‘lar tashkil qilingan
bo‘lsa, tog‘oldi hududlarida esa dukkakli va boshoqli ekinlarni ekish orqali lalmikor
yerlardan samarali foydalanib kelinmoqda. Lekin, ushbu hududdagi ba’zi lalmikor
yerlarda ekinlarning to‘g‘ri joylashtirilmaganligi natijasida tuproqlarning
unumdorligiga va ekinlarning xosil miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
275
ISSN:3030-3621
2-rasm.
Toshkent viloyati, Parkent tumani Bo‘ston massiividagi lalmi
yer
maydonlari xaritasi muallif tomonidan shakllantirilgan. Uzoq yillik tadqiqotlar va
kuzatishlar davomida Bo‘ston massivining tog‘oldi lalmikor yerlarida boshoqli ekinlar
yetishtirib kelinayotgan dalalarga mahalliy va ximiviy o‘g‘itlar oz miqdorda kiritiladi,
keyingi yillarda esa g‘alla ekinlari turli kasalliklar va zararkunandalar bilan
kasallanishi ham kuzatilgan.
Shuningdek, g‘alla ekilgan maydonlarda chorva mollarini tartibsiz boqilishi ham
yerning agregatlarini yog‘inganchilik suvlarida tez yuvilib ketishi kuzatiladi. Bunda,
yerning suv ushlash qobiliyati pasayib, yomg‘ir ta’sirida eroziya jarayonlari ortgan.
Bu borada eroziya qarshi chora-tadbirlarni loyihalashtirish uchun ushbu
jarayonlarning havfliligini aniqlab beruvchi omillar aks ettirilgan landshaft xaritalari,
aero va kosmik ma’lumotlarining bo‘lishi juda muhimdir. Degradatsiyaga havfli
yerlarni xaritalash va baholash masalalari, ulardan foydalanishda alohida ahamiyatga
egadir. O‘z vaqtida turli hil yerni muhofazalash tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash,
degradatsiyaga uchragan yerlarning unumdorligini saqlashga imkon yaratadi.
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim
xulosalarga kelindi:
1.
Parkent tumani tog‘oldi lalmi yerlaridan foydalanishning ilmiy
asoslangan bahosi shakllantiriladi. Bu orqali hudud yer resurslarini oqilona boshqarish
bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2.
Lalmi yerlarning degradatsiyaga uchrash darajasi va eroziyaga sezgir
hududlar xaritalashtiriladi. Bu natijada yer degradatsiyasiga uchragan maydonlar
aniqlanib, ular uchun individual himoya choralari belgilanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
276
ISSN:3030-3621
3.
Yer resurslaridan foydalanishda ekologik xavfsizlik va barqarorlikni
ta'minlovchi agrotexnik tadbirlar taklif etiladi. Bu yer unumdorligini oshirish va atrof-
muhitni muhofaza qilish imkonini beradi.
4.
Lalmi yerlarning hosildorligini saqlash va oshirish uchun ekinlarni
joylashtirishning optimal sxemasi ishlab chiqiladi. Natijada har bir hududning tabiiy
va iqlim sharoitiga mos ekin turlarini joylashtirish orqali yuqori hosildorlikka
erishiladi.
5.
Eroziyaga qarshi kurashishda landshaft xaritalaridan va masofaviy
zondlash ma'lumotlaridan foydalanish tajribasi shakllantiriladi. Bu kelgusida hudud
monitoringi va ekologik baholash jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari Parkent tumanidagi tog‘oldi lalmi yerlaridan foydalanish
samaradorligini oshirish, yer degradatsiyasi va eroziya jarayonlarini kamaytirish,
hududda ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-sonli
Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi
50-son qarori.
3.
M.I.Ruzmetov. Yaylov tuproqlari va degradatsiyasi / O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:
«Lesson Press» MCHJ nashriyoti, 2023. - 210 b.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi, 2014, 2018, 2022 va 2024-yillar.
6.
Parkent tumanida 2024-yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi
ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari.