Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
233
PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING TURLARI. PSIXOANALIZ TA’LIMOTI
VA TIBBIYOTDAGI O‘RNI
Olimova Dano Shakirovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri p.f.n dotsent.
Masharipov Eldorbek Yarashboy o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Stomatologiya yoʻnalishi magistranti.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada psixologik xizmat tushunchasi, uning asosiy
maqsad va vazifalari, amaliyotdagi asosiy turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek,
zamonaviy psixologik yondashuvlardan biri bo‘lgan psixoanaliz ta’limoti, uning
asoschilari, asosiy tamoyillari va bugungi tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Maqola psixologik xizmat ko‘rsatishning amaliy shakllari hamda bemorlar bilan
ishlashda psixoanalizning qo‘llanilishi misolida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Psixologik xizmat, psixologik yordam, psixoanaliz, Sigmund
Freyd, ruhiy salomatlik, psixoterapiya, tibbiyotda psixologiya.
Bugungi kunda inson salomatligi tushunchasi faqat jismoniy holat bilangina
emas, balki ruhiy barqarorlik bilan ham bevosita bog‘liq. Shu sababli tibbiyot va ta’lim
sohalarida psixologik xizmatlarning ahamiyati ortib bormoqda. Psixologik xizmat - bu
shaxsning psixologik holatini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va
muammolarini bartaraf etish maqsadida ko‘rsatiladigan professional yordamdir.
Shuni ham aytish joizki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurilishi
va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar
insonning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy faolligi va intellektual salohiyatini to‘liq
namoyon etishiga xizmat qilmoqda. Ushbu jarayon insonning ichki dunyosini
chuqurroq anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish
uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Shu bilan birga, jamiyatda shakllanayotgan
yangicha
ijtimoiy-madaniy
muhit, ma’naviy qadriyatlarning yangilanishi
insoniyatning ruhiy va intellektual boyliklariga bo‘lgan munosabatda ham tub
burilishlarga olib kelmoqda.
Shunday ijobiy o‘zgarishlar pedagogika va psixologiya fanlarining nazariy
asoslarini boyitmoqda, ularning obyekti va predmeti doirasini yanada kengaytirmoqda.
Inson — biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab mavjudot
sifatida o‘rganiladi. Uning tabiati bir vaqtning o‘zida tug‘ma psixofiziologik
xususiyatlar (masalan, sezgi a’zolarining ishlashidagi farqlar, nerv tizimi tuzilishidagi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
234
individual o‘ziga xosliklar) hamda ijtimoiy muhitda shakllanadigan axloqiy
qadriyatlar, xulq-atvor me’yorlari va madaniy odatlar orqali namoyon bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, zamonaviy psixologik yondashuvlar,
jumladan, psixoanalitik nazariya, inson xulq-atvori va ruhiy holatini tushunishda
muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, insonning kundalik
hayotdagi qarorlari, harakatlari va his-tuyg‘ulari ko‘pincha ongsiz darajada
shakllanadigan motiv va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ong osti jarayonlarining
shaxs rivojiga va ruhiy barqarorlikka ta’siri, ayniqsa, bolalikda olingan tajribalar bilan
uzviy bog‘liq. Ana shunday yondashuvlar tufayli psixologiya inson tabiatining chuqur
qatlamlarini ochib berishga, shaxsni anglashga va uni sog‘lom ijtimoiy subyekt sifatida
shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Psixologik xizmatlar turli shakllarda tashkil etiladi va quyidagi asosiy turlarga
bo‘linadi:
Konsultativ xizmat – shaxsga muayyan hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l
tanlashga yordam beruvchi suhbatlar.
Diagnostik xizmat – shaxsning psixik xususiyatlarini aniqlashga
qaratilgan testlar, so‘rovnomalar orqali olib boriladi.
Korreksion xizmat – mavjud psixologik muammolarni bartaraf etish,
xatti-harakatdagi buzilishlarni tuzatish.
Psixoprofilaktika – stress, depressiya kabi muammolarning oldini olishga
qaratilgan faoliyatlar.
Psixoanaliz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik taʼlimot. U XX asr
boshlarida taniqli nemis olimi Zigmund Freyd (1856–1939) tomonidan ishlab
chiqilgan. Psixoanaliz asosini inson xulqining negizini lazzat olishga intilish (libido),
ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan jinsiy mayl tashkil etadi, odam xulqini onglilik
emas, balki ongsizlik boshqaradi, degan gʻoya tashkil etadi. Z.Freyd dastavval onglilik,
yolgʻonchilik va ongsizlikdan iborat psixikaning uch bosqichini tadqiq etdi. Oldingi
ikki bosqichdan farq qiluvchi psixik darajani senzura deb atadi. Odatda, senzura ikkita
funksiyani bajaradi:
1) inson tomonidan oʻzining shaxsiy his-tuygʻulari, mulohazalari va xohishlarini
muhokama qiladi, ularni ongsizlik holatidan siqib chiqaradi;
2) ongga yorib kirishga intiluvchi faol ongsizlikka qarshilik koʻrsatadi.
Freyd inson ongini uch qatlamga — ongli, ongoldi va ongsiz qismlarga ajratgan.
Unga ko‘ra, insonning aksariyat xatti-harakatlari ongsiz motivlar ta’sirida amalga
oshiriladi.
Freydning izdoshlari Karl Yung, Alfred Adler, Erik Erikson kabi psixologlar
psixoanalizni yanada rivojlantirib, unga o‘ziga xos yondashuvlarni qo‘shganlar.
Bugungi kunda psixoanaliz psixoterapiya va klinik psixologiyada muhim o‘rin
egallaydi. Psixologik travmalar, shaxsiy inqirozlar, depressiya, nevrozlar,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_1-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
235
shaxsiyat buzilishlarida qo‘llaniladigan samarali usullardan biri sifatida tan
olinadi.
Klinik psixologlar va psixoterapevtlar bemorlar bilan ishlashda psixoanalitik
yondashuv asosida:
Ongsiz istaklarni aniqlash
Bolalikdagi travmalarni tahlil qilish
Ichki ziddiyatlarni anglash va bartaraf etishga yordam beradi.
Shuningdek, dori vositalaridan tashqari ruhiy holatni tuzatish uchun
nofarmakologik yondashuv sifatida ham keng qo‘llaniladi.
Inson ruhiyatining sog‘lom shakllanishi uchun uni tashqi salbiy omillardan
himoya qiladigan turli mexanizmlar mavjud bo‘lib, bu tizimlar asosan tug‘ilish
davridan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Psixik himoya mexanizmlari shaxsiyatni
barqarorlashtirish, tashqi ta’sirlar oldida ruhiy muvozanatni saqlab qolishga yordam
beradi. Ammo shaxs rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oilaviy muhit va ijtimoiy
sharoitlar salbiy tus olganda, ushbu himoya tizimlarining izchil ishlashi buzilishi
mumkin. Oilada doimiy ziddiyatlar, sovuq munosabatlar, befarqlik yoki haddan
tashqari qattiqqo‘llik hukm sursa, bu holat shaxsiyat shakllanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, turli psixik buzilishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Psixoanaliz shuningdek, shaxsning istaklari, motivlari, impulslari, fantaziyalari
va emotsional rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda kuzatish va o‘rganish imkonini
beradi. Bu yondashuv orqali inson psixikasining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar
aniqlanadi va chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, psixoanalitik nazariya inson
xulq-atvorining psixologik asoslarini tahlil qilish, oilaviy munosabatlar, nikohdagi
muammolar, ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning psixodinamik sabablarini
tushunish hamda bashorat qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
1
Xulosa qilib aytganda, psixologik xizmatlar shaxs ruhiy salomatligini
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Psixoanaliz esa inson ruhiyatini chuqur tahlil qilish
imkonini beruvchi nazariya sifatida tibbiyot va psixoterapiyada o‘z dolzarbligini
saqlab qolmoqda. Bugungi jamiyatda psixologik madaniyatni oshirish, bu sohadagi
mutaxassislar faoliyatini kengaytirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Freyd S. Psixoanalizga kirish. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2001.
2.
Yusupova G.X. Psixologik xizmat asoslari. Toshkent: Fan, 2018.
3.
Karimova L.M. Klinik psixologiya asoslari. Toshkent, 2020.
4.
Jung C.G. Ong va ongsizlik nazariyalari. Moskva: Eksmo, 2015.
1
Jung C.G. Ong va ongsizlik nazariyalari. Moskva: Eksmo, 2015.