Этимологические исследования: актуальность, методы и проблемы

CC BY f
303-307
1
2
Поделиться
Ибрахимова, И. (2023). Этимологические исследования: актуальность, методы и проблемы. Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков, 1(1), 303–307. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/traditions-innovations-language/article/view/26438
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti, ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari bayon etilgan. O’zbek va ingliz tillaridagi etimologik lug’atlar o’rganilgan, natijalar tahlil etilgan. Maqola etimologiya sohasining dolzarbligini, tadqiq jarayonlarining murakkabligini va uning o’ziga xos metodlari borligini ifoda etadi. Maqolada frazeologiya, frazeologik birliklar etimologiyasiga ham oid ma’lumotlar berilgan.

Похожие статьи


background image

8.

С.И. Aбакумов Устойчивые сочетания слов // Русский язык в школе.

1936. № 1. С. 14
9.

Ш.Балли Précis de stylistique: Очерк метода, основанного на

исследовании о. современный. -Женева, 1905. - 183 с.
10.

Ш.Балли Traité de stylistique française. - Гейдельберг, 1909. - Том. 1-2.

Ibraximova Iroda Bobir qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Toshkent, O’zbekiston

iroda0705@gmail.com

ETIMOLOGIK TADQIQOT: DOLZARBLIK, METOD VA

MUAMMOLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada

etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti,

ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari
bayon etilgan. O’zbek va ingliz tillaridagi etimologik lug’atlar o’rganilgan, natijalar
tahlil etilgan. Maqola etimologiya sohasining dolzarbligini, tadqiq jarayonlarining
murakkabligini va uning o’ziga xos metodlari borligini ifoda etadi. Maqolada
frazeologiya, frazeologik birliklar etimologiyasiga ham oid ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

etimologiya, etimologik lug’atlar, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik,

frazeolgiya, frazeologik birliklar etimologiyasi.

Etimologiya tilshunoslikning muhim va qiziqarli bo’limlaridan biri bo’lib, u

so’z va morfemalarning kelib chiqishi va shakllanishini o’rganadi. Uni shuningdek,
so’zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui sifatida ham
ta’riflash mumkin bo’lib, tarixiy nuqtai nazardan esa “grammatika” ma’nosida
qo’llanilish holatlari ham kuzatiladi (XIX asr).

17

Rus tilshunos-olimi, etimologi Vasiliy Abayev italyan tilshunosi Vittore

Pisanining “L’etimologiya: storia – questioni – metodo” asari ruscha tarjimasi -
“Etimologiya: istoriya, problemi, metod” (1956) nashriga so’zboshi yozar ekan,
quyidagi fikrlarni bayon qiladi:

“So’z tarixi xalq tarixi bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham

muhim tarixiy va etnogenetik muammolarni hal qilishda etimologik tadqiqotlar
birinchi darajali ahamiyatga ega. So’z tarixi, ularning kelib chiqishi va rivojlanishi
ayni paytda inson tafakkurining tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini idrok etish,

17

Etimologiya - Vikipediya (wikipedia.org)


background image

ularni o’zlashtirishga qaratilgan ko’p asrlik sa’y-harakatlari tarixidir. Shunday qilib,
etimologik tadqiqotlar tilshunoslikning 2 ta asosiy muammosi: “til va tarix”, hamda
“til va tafakkur” muammolari bilan bevosita bog’liq.”

18

So’z tarixining eng taniqli tadqiqchilaridan biri miloddan avvalgi 116-27

yillarda yashab ijod qilgan Rimlik ensiklopedist-olim Mark Terensiy Varron
(lotincha

Marcus Terentius Varrō

19

)

bo’lib, u etimologiyani fan sifatida e’tirof etadi

va “So’zlar nega va qayerdan kelib chiqadi?” degan savolga javob beradi. Garchi u
zamonlarda so’zlar ma’nosini izohlashda hali biror ilmiy metodologiya mavjud
bo’lmagan bo’lsa-da, Varron katta tadqiqotni amalga oshirgan. Uning so’z boyligi
tarixida tovush o’zgarishi va so’z yasalishining o’rnini aniqlash borasidagi ishi
tahsinga sazovor, deb baholanadi.

Varronning

“Uni izlashingiz kerak o’rmonda quyuq zulmat hukm surmoqda.

Biz qadam bosmoqchi yo’llar yo’g’u, biz yurmoqchi yo’llarda yurishni
kechiktiruvchi turfa to’siqlar mavjud”

degan etimologiya haqidagi gapi epigraf

sifatida qo’llangan “K istokam slova” kitobida muallif Y.V.Otkupshipov rus tilidagi
bir qator so’zlar tarixi xususida so’z yuritib, etmologiya ilmi haqida ham ko’plab
ma’lumotlar taqdim etgan.

Kundalik hayotda ishlatadigan so’zlarimiz o’ziga xos xususiyat va

shakliyatlarga, hali ochilmagan sir va topishmoqlarga, o’z tarixiga egaligini e’tirof
etar ekan Y.V.Otkupshipov etimologik tahlil tamoyillarining murakkab va xilma-
xilligini ta’kidlaydi:

“Etimologiyada o’z kashfiyotchisini kutayotgan ko’plab yechimga muhtoj

masalalar bor. Rus tilidagi (va boshqalarda ham) istalgan etimologik lug’atni olib
qarang. Bunda “kelib chiqishi noma’lum”, “aniq tushuntirishi mavjud emas”
mazmundagi izohli so’zlar ko’plab topiladi. Endi o’zingizni minglar orasidan
birgina so’zni tadqiq etgan, va nihoyat masalaga yechim topgan etimolog o’rniga
qo’yib ko’ring. Bu so’z paydo bo’lgan paytdagi ming yillik tarix qatlamlari ostida
yashiringan ma’noni hali hech kim bilmaydi. Va faqat kashfiyotchi-etimologning
mashaqqatli mehnati bu so’zning kelib chiqishini tushuntirishga imkon beradi.
Ushbu onda tadqiqotchi boshdan kechirayotgan ijodiy mamnuniyatni yangi
quruqlikni kashf etgan dengizchi, yangi neft konini topgan geolog, yo kutilmagan
yangi kombinatsiya yurishini o’ylab topgan shaxmatchi zavqiga qiyoslash
mumkin.”

20

18

V.Pisani. “Etimologiya: istoriya, problemi, metod”. M.,1956

19

Марк Теренций Варрон — Википедия (wikipedia.org)

20

Otkupshipov Y. “K istokam slova”. Sank-Peterburg -2005, 5-6-betlar.


background image

O’rta asrlarda etimologiya sohasida u qadar ko’p ishlar amalga oshirilmagan.

Ispaniyaning Sevili arxiyepiskopi O’rta asrlar etimologiyasining eng ko’zga
ko’ringan vakili bo’lgan. O’rta asrlar Ensiklopediyasi asoschisi Isidor Sevilsky
(ispancha

San Isidoro de Sevilla

) (mil.av. 560-636) “Etimologiya” (Lotin

etimologiyasi) kitobi muallifi hamdir. U narsalarning qiymatini etimologiyaning
asosiy obyekti sifatida e’tirof etgan va ma’lum bir so’zlar etimologiyasini juda oddiy
usulda tushuntirishga harakat qilgan.

21

Tilni tarixiy jihatdan ham o’rganish ahamiyatining yuqoriligi XIX asr

boshlarida yuzaga kelgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik metodi bilan yana-da
isbotlandi. Chunki u vaqtga qadar tilni o’zgarmas hodisa sifatida bilishgan va nega
ba’zi tillar o’rtasida o’zaro o’xshashlik borligi masalasiga ilmiy yechim topa
olishmagan.

1816-yilda nemis tilshunosi Frans Bopp (1781-1867) “Sanskrit tilining

tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga
qiyoslash” asarini yozish va boshqa qator tadqiqotlari orqali Hind-Yevropa
tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Garchi u tillarning qarindoshligi
masalasida bir qancha xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa-da, u qarindosh tillarning
materiallari asosida sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani
qurib berdi.

22

Etimologiyaning fan tarmog’i sifatidagi taraqqiyoti xususida tasavvurga ega

bo’lish uchun ETYMOLOGY so’zini Google qidiruv tizimi orqali izlaganimizda, 1
230 000 000 ta natijani topishga muvaffaq bo’lgan bo’lsak, ushbu ko’rsatkich
mashhur ilmiy ishlar bazalari hisoblangan springer.com saytida 28 778 tani, base-
search.net saytida 115 945 tani, webofscience.com bazasida 5 112 tani tashkil qildi
(05.05.2023 yil holatiga ko’ra).

bookauthority.org sayti tomonidan tuzilgan “Barcha zamonlarning 20 ta eng

yaxshi etimologiya kitoblari” ro’yxatida

Word Power Made Easy (Norman Lewis,

2014), The Concise Oxford Dictionary of English Etymology (T.F.Hoad, 1986),
From Etymology to Pragmatics (Eve E.Sweetser, 1991), Etymology (Yakov Malkiel,
1993), Barnhart Concise Dictionary of Etymology ( Robert K.Barnhart, 1995),
Concise Dictionary of English Etymology (Walter W.Skeat, 1998), C
hambers
Dictionary of Etymology (Robert K.Barnhart, Sol Steinmetz, 1999), The Oxford
Dictionary

of

English

Etymology

(C.T.Onions,

G.W.S.

Friedrichsen,

R.W.Burchfield, 1966), The Oxford Guide to Etymology (Philip Durkin, 2011), The

21

Irkashev J., Khalimov S. “Istoriya etimologii” – Vestnik nauki I tvorchestva №2, 2019, 28-30-betlar.

22

Usmonov S. “Umumiy tilshunoslik”. T.-1972, 61-bet.


background image

Unexpected Evolution of Language (Justin Cord Hayes, 2012)

kabi kitoblar o’rin

olgan.

O’zbek tilida esa etimologiya sohasida barmoq bilan sanarli nashrlar mavjud

va Sh.Rahmatullayevning 3 jildlik “O’zbek tilining etimologik lug’ati” kitobi o’zbek
tilshunosligida etimologik tadqiqotlar uchun asosiy va yagona manba bo’lib xizmat
qilmoqda.

“Etimologik tahlilning maqsadi muayyan so’zning qachon, qaysi tilda,

qanday yasalish qolipi bo’yicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va ma’noda
paydo bo’lganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiy-tarixiy
usul bo’lib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik o’zgarishlarga
tayanib ish ko’radi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli
jarayonlarni hamda so’zlarning etimologik ma’nolarini aniqlashda, etimologik
lug’atlar tuzishda ahamiyatlidir.”

23

Ilmiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, monografiya va lug’atlarni o’rganib tahlil

etar ekanmiz, sohada o’z yechimini kutayotgan qator masalalar borligiga guvoh
bo’ldik. Frazeologik birliklar etimologik lug’atini tuzish ahamiyatli vazifa bo’lib,
uning uchun materiallar yig’ish, tadqiqotlar olib borish lozim. M.Dadaboyev ta’biri
bilan aytganda, “Har qanday tilning so’z boyligi u tarixiy, yoki zamonaviy tusda
bo’lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug’atlarda ma’lum darajada
aksini topadi. Lug’at til so’z boyligini o’zida saqlovchi akkumulyator vazifasini
bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil
topgani ayni tilda yaratilgan lug’atlarning turi, miqdori va sifati bilan
o’lchanmoqda.”

24

Etimologiya tilshunoslikning ko’plab sohalari bilan chambarchas bog’liq.

Leksikologiyada so’zning semantikasi o’rganiladi, so’zning ma’nolari qanday va
qanday ketma-ketlikda rivojlanishi, ulardan qaysi birini birlamchi deb hisoblash
kerakligi aniqlanadi. Etimologik ma’lumotlarsiz so’zlarning tarixiy rivojlanishida
yuzaga keladigan murakkab semantik siljishlarni tushunish qiyin, ba’zan esa
imkonsizdir. So’z yasashning ko’plab savollari etimologik ma’lumotlar asosida hal
qilinadi. Morfologiya tadqiqotchilari, ayniqsa, gap bo’laklarning paradigmatikasiga,
so’zning morfemik tuzilishiga kelganda, etimologiyaga ham murojaat qilishadi.

25

Etimologiya oxiri yo’q ummon kabidir. Chunki so’zning paydo bo’lgandan

bugungacha bo’lgan davrdagi shakl va ma’nolarini tahlil qilib bo’lganimizda ham,
u yana o’zgarishda davom etaverishi mumkin. Ma’lumotlar doimiy ravishda ilmiy

23

Mahkamov N. “Etimologiya” – maqola,

ETIMOLOGIYA (milliycha.uz)

24

Dadaboyev H. “O’zbek terminologiyasi”. T.-2019, 16-bet.

25

“Etimologiya kak razdel yazikoznaniya” – kursovaya rabota, 8-bet

https://www.bibliofond.ru/download.aspx?id=887430


background image

izohlar bilan qayd etib borilmasa, kun kelib avlodlarimiz bugungi yoziqlarni
noto’g’ri talqin qilishi, natijada tarix, madaniyat, qadriyat, e’tiqod va deyarli barcha
sohalar xususida yanglish xulosaga kelishi mumkin.

ADABIYOTLAR

1.

Dadaboyev H. “O’zbek terminologiyasi”. T.-2019, 16-bet.

2.

Irkashev J., Khalimov S. “Istoriya etimologii” – Vestnik nauki I

tvorchestva №2, 2019, 28-30-betlar.
3.

Otkupshipov Y. “K istokam slova”. Sank-Peterburg -2005, 5-6-betlar.

4.

Pisani V. “Etimologiya: istoriya, problemi, metod”. M.,1956

5.

Usmonov S. “Umumiy tilshunoslik”. T.-1972, 61-bet.

6.

Etimologiya - Vikipediya (wikipedia.org)

7.

Марк Теренций Варрон — Википедия (wikipedia.org)

8.

https://www.bibliofond.ru

9.

Нарбашева М. А. АНАЛИЗ НАРОДНЫЕ ИГРЫ МЕТОДОМ
ЛУДОГРАФА //Перспективы развития научных исследований в 21 веке.
– 2016. – С. 178-180.

10.

Eshmurodov O. ҚИЗЛАРНИ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ
ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ЖИХАТЛАРИ //Журнал Педагогики и
психологии в современном образовании. – 2023. – №. I.

11.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT
ELEMENTLARIDAN

FOYDALANIB

TARKIBIDA

TUTASHMA

ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH
//Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т.
2. – №. 2. – С. 158-162.

12.

Uralovich T. F. FACTORS AFFECTING THE FORMATION PROCESS OF
AESTHETIC SKILLS IN DRAWING LESSONS //International Scientific
and Current Research Conferences. – 2023. – С. 115-119.

13.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT
ELEMENTLARIDAN

FOYDALANIB

TARKIBIDA

TUTASHMA

ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH
//Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т.
2. – №. 2. – С. 158-162.

14.

Turapova R. B. et al. MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDAGI
BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISH. – 2023.




Библиографические ссылки

Dadaboyev H. “O’zbek terminologiyasi”. T.-2019, 16-bet.

Irkashev J., Khalimov S. “Istoriya etimologii” – Vestnik nauki I tvorchestva №2, 2019, 28-30-betlar.

Otkupshipov Y. “K istokam slova”. Sank-Peterburg -2005, 5-6-betlar.

Pisani V. “Etimologiya: istoriya, problemi, metod”. M.,1956

Usmonov S. “Umumiy tilshunoslik”. T.-1972, 61-bet.

Etimologiya - Vikipediya (wikipedia.org)

Марк Теренций Варрон — Википедия (wikipedia.org)

https://www.bibliofond.ru

Нарбашева М. А. АНАЛИЗ НАРОДНЫЕ ИГРЫ МЕТОДОМ ЛУДОГРАФА //Перспективы развития научных исследований в 21 веке. – 2016. – С. 178-180.

Eshmurodov O. ҚИЗЛАРНИ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ЖИХАТЛАРИ //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. – 2023. – №. I.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

Uralovich T. F. FACTORS AFFECTING THE FORMATION PROCESS OF AESTHETIC SKILLS IN DRAWING LESSONS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 115-119.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

Turapova R. B. et al. MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDAGI BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISH. – 2023.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов