Общность и специфика развития американской и узбекской детской литературы

CC BY f
718-722
1
1
Поделиться
Кодиржонова, И. (2023). Общность и специфика развития американской и узбекской детской литературы. Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков, 1(1), 718–722. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/traditions-innovations-language/article/view/27015
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Amerika va o’zbek bolalar adabiyotining alohida fan sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, Amerika va o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Ikki millat bolalar adabiyotining taraqqiyot yo’li haqida qisqacha to’xtalib, ulardagi mushtaraklik va bir biridan ajratib turuvchi xususiyatlariga ham urg’u berib o’tiladi.

Похожие статьи


background image

3. Зверев И.Д., Максимова В.Н. Межпредметные связи в современной

школе. – М.: Педагогика, 1981. – 160 с.

4. Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам.

Лингводидактика и методика: учеб. пособие для студентов линг. ун-тов и фак.
ин. яз. высш. пед. учеб. заведений. – М.: Издательский центр «Академия»,
2006. – 336 с.

5. Уайльд, О. Портрет Дориана Грея (адаптация). – М.: Айрис-пресс, 2008.

– 256 с.

6.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB

TARKIBIDA TUTASHMA

ELEMENTLAR

QATNASHGAN

NAQSH

NAMUNALARINI

CHIZISH

//Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

7.Uralovich T. F. FACTORS AFFECTING THE FORMATION PROCESS OF AESTHETIC SKILLS IN
DRAWING LESSONS //International Scientific and Current Research Conferences.

– 2023. – С. 115-119.

8.Urolovich T. F. CHIZMACHILIK

DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB

TARKIBIDA TUTASHMA

ELEMENTLAR

QATNASHGAN

NAQSH

NAMUNALARINI

CHIZISH

//

Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

9. Turapova R. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI
O’YINLAR ORQALI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI //Физико-технологического образование. –
2022.

– Т. 4. – №. 4.

10.

Ra’no T., Maftuna B. Variative Approach Based on of Children Dialogic Speech Development

Methodology Improvement //European Journal of Higher Education and Academic Advancement.

– 2023.

– Т. 1. – №. 1. – С. 99-104.

AMERIKA VA O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING RIVOJIDA

UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK

Qodirjonova Iqbola Bahodir qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O’zbekiston

E-mail:

nizamovaiqbola@yandex.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada Amerika va o’zbek bolalar adabiyotining alohida fan

sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, Amerika va o’zbek bolalar adabiyoti
taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Ikki millat bolalar
adabiyotining taraqqiyot yo’li haqida qisqacha to’xtalib, ulardagi mushtaraklik va
bir biridan ajratib turuvchi xususiyatlariga ham urg’u berib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

bolalar adabiyoti, didaktik asarlar, bolalar kitobxonligi,

ma’rifatparvarlik

“Bolalar adabiyoti” degan tushuncha fanga so’nggi yuz yilliklarda kirib

kelgan bo’lsa-da, uning namunalari umumadabiyotning ajralmas qismi sifatida xalq


background image

og’zaki ijodida avvaldan mavjud bo’lgan[9][5]. O’zbek bolalar adabiyotining tarixiy
shakllanish bosqichlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, uni asosan 1917-yilgi oktabr
to’ntarilishi va undan keying davrlarga bo’lib o’tganilganligini ko’rish mumkin.

Filologiya fanlari doktori O.Safarov ta’rifiga ko’ra “…O’zbek bolalari uchun

haqiqiy realistik adabiyot faqat Ulug’ Oktabr sotsialistik revolyutsiyasidan
so’nggina, umumsovet bolalar adabiyotining qardoshlik oilasida, uning ajralmas
tarkibiy qismi sifatida va bevosita ta’sirida shakllanish jarayoniga kirdi...”

[6]

Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olim Rahmatulla Barakayev

bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini to’rt davrga ajratib tadqiq etishni
taklif qilgan: 1. Ilm-ma’rifat va odob axloq namunalaridagi pandnoma (didaktik
asar)lar – “

bolalar kitobxonligi

”; 2. Bolalar uchun mahsus yaratilgan dastlabki

badiiy asarlar – “

paydo bo’lish

”; 3. Bolalar uchun maxsus tasnif etilgan ilk asarlar

(maktab adabiyot darsliklari – alifbo va o’qish kitoblari)- “

tashkil topish

”; 4. Turli

yoshdagi bolalar adabiyotlariga ajratiladigan maxsus bolalar adabiyoti –

shakllanish

” [8].

O’zbek bolalar adabiyoti

ning adabiyot maydoniga kelishi X asrlarga borib

taqalsa-da (“Anbiyolar qissasi”), alohida soha sifatida shakllanishi XX asr
boshlariga to’g’ri keladi. XX asr boshlarida arab va fors tillaridan tarixiy, badiiy,
ilmiy va diniy turdagi tarjima qilingan asarlarning ma’lum bir qismi didaktik-
pandnoma asarlarni tashil qilgan bo’lib ularning anchaginasini bolalar adabiyoti
sirasiga kiritish mumkin [3]. Umuman olganda XX asr ilk choragi bolalar adabiyoti
niholdek bo’y cho’za boshlagan: a) milliy uyg’onish va jadidchilik xarakatlari; b)
mumtoz adabiyot an’analarining tiklanishi; c) rus bolalar adabiyoti tarjimalari ta’siri
asosida yaratilgan asarlarning vujudga kelishi; d) o’qish kitoblarida she’r hikoya,
masallar kabi yangi janrlarning paydo bo’lishi; hamda bolalar adabiyotshunosligi,
publisistikasi, dramaturgiyasi shakllanishi ushbu davrning xarakterli xususiyatiga
kiradi [1]. XX asr boshlarida o’zbek bolalar adabiyoti fan sifatida rivojlana
boshlagani adabiyotshunos hamda pedagoglar maqolalarida ham ko’zga tashlanadi.
Ilk o’quv qo’llanmalar va xrestomatiyalar bo’lsa XX asr o’rtalarida tuzila boshlaydi.
Bolalar adabiyoti bo’yicha o’quv qo’llanmalarni yaratishda A.Suyumov,
I.Ahmedov, M.Jumaboyev, J.Tursunov, X.Egamov, O.Safarov tomonidan
yaratilgan xreatomatiya, o’quv materiali va monografiyalarining ahamiyati katta
bo’ldi. Bu davrda bir necha atoqli adib va shoirlar bo’y ko’rsatdi, jumladan Quddus
Muhammadiy, G’afur G’ulom, Ilyos Muslim, Po’lat Mo’min, Qudrat Hikmat
yaratgan ijod namunalari bolalar adabiyotini yana bir pog’onaga ko’tardi. Umuman
XX asr 30-80 yillarida badiiy yuksak saviyali asarlar yozildi, professional bolalar
adabiyoti ijodkorlari maydonga keldi, obraz va mavzular kengayib, bolalar
adabiyotida adabiy tur va janrlar ham shakllandi, bolalar matbuoti va publisistikasi


background image

vujudga keldi, folklorizm an’anaga aylandi hamda jahon bolalar adabiyoti ta’siri
sezilarli darajada o’sib mustaqillik arafasida g’oyaviy dolzarblik o’sdi [1].

Istiqlol davri bolalariga atab yozilgan asarlar mazmun-mohiyati va shakli

jihatdan o’z davridan oldin yaratilgan asarlardan tubdan farq qila boshladi. Ular
orasida bolalar va o’smirlar fel-atvoridagi xarakterli xususiyatlarini sarguzasht
tarzida fantastika va yumor bilan qorishiq hikoya qilingan (Anvar Obidjon va
Xudoyberdi To’xtaboyev asarlarida), jamiyat taraqqiyoti masalasiga urg’u berib
talqin qilingan (Safar Barnoev, Tohir Malik, Erkin Malik ijodida), tabiat va jamiyat
muammolarining falsafiy talqiniga yo’naltirilgan (Nosir Fozilov, Tursunboy
Adashboyev, Anvar Obidjon, Miraziz A’zamning she’riy va nasriy asarlarida)
kichkintoylar va o’smirlarning psixologizmi-ruhiy olami tasvirlangan ajoyib ijod
namunalarini ta’kidlab o’tish lozim [7].

Amerika bolalar adabiyotiga kelsak, u boy va rang-barang tarixga ega bo’lib,

asoslari XVII asr boshlariga borib taqaladi. Bolalar uchun yaratilgan ilk kitoblar
asosan diniy mazmundagi matnlar bo’lib, yosh avlodga Biblya va axloqiy xatti-
harakatlar, axloq-odob qoidalarning ahamiyati haqida ta’lim berishga qaratilgan.
Bolalar adabiyoti vaqt o’tishi bilan mamlakat rivojlangani sari o’zgarib, shakllanib,
rivojlana bordi.

XV asrdan XVII asrgacha

bolalar uchun hornbook kabi o’qish materiallari

(hornbook- bir tomonli alifbo doskasi) va alifbo tushirilgan dars tayoqchalari,
Bibliyadan baytlar va shu kabi o’quv qo’llanmalari asosan ular ongiga dinni
singdirish maqsadida yaratilgan. Bolalar adabiyoti tarixidagi chinakam taraqqiyot
bosqichi XVIII asrda Angliyada yuz berdi, Jon Nyuberi birinchi marta faqat bolalar
kitoblari chop etiladigan nashriyot uyi ochdi. Yuzlab o’qish kitoblari, hikoya ve
ertaklarni nashr qildi.

XIX asr bolalar adabiyotiga

eng ta’sirli va o’lmas

hikoyalarni olib kirdi. Jeykob va Vilgelm Grimm nemis xalq og’zaki ijodi va sehrli
ertaklarni og’zaki variantlarini jamlagan “Uy ertaklari” (“Household Tales”, 1812),
Xans Kristian Andersenning “Bolalar uchun aytilgan ertaklar” (“Fairy Tales Told
for Children”), “Imperatorning yangi kiyimlari“ (“The Emperor’s New Clothes”)
kabi asarlar nashrdan chiqdi.

Bolalar adabiyoti sohasi XX asr boshlaridan

mustahkam o’rniga ega bo’lib oldi. Bu davr ingliz yozuvchisi Beatriks Potterning
zamonaviy rasmli hikoyalari bilan boshlandi (“Peter Rabbit haqidagi ertak” “The
tale of Peter Rabbit”, 1902). Bolalar kitoblaridagi illutratsiyalar shu paytgacha faqat
bezak sifatida foydalanilgan bo’lib, B.Potter ilk marotaba rasmlarni ham so’zlar kabi
hikoyalarni bayon qilishda foydalanadi. 1960-yillar bolalar adabiyotiga ham yangi
davrni – yangi realizm davrini olib kirdi. Ko’plab asarlar realistik va hayot
haqiqatiga monand ruhda yozila boshladi. Bu davrgacha kamdan kam tilga olingan,
mualliflar qabul qilib bo’lmaydigan tabular deb hisoblagan - o’lim, ajrim,
alkogalizm, bolalarga nisbatan zo’ravonlik, jismoniy yetuklik, jinsiy aloqa va


background image

bolalarning ota-onalari bilan kelishmovchiliklari mavzularini aks ettirish
ommalashdi. 1960-yillarda xatto K.S.Levis va boshqa ingliz yozuvchilarining
asarlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli Amerika fantastik asarlari paydo bo’la
boshladi. 1957-yildan juda yosh kitobxonlar uchun yangi kitob turi - boshlang’ich
kitobxonlarning rasmli kitobi (Beginner reader picture book) lari chop etila boshladi.

Yangi asr

da bolalar adabiyoti ahamiyati yanada ortib, bolalar uchun chop etilgan

kitoblar soni ham kesqkin oshdi, sababi bir asr oldingi bolalar adabiyoti namunalari
ham qayta qayta nashrdan chiqdi. Shu qatorda Maykl L. Printz mukofoti (2000),
Robert F. Sibert axborot kitobi mukofoti (2001), boshlang’ich kitobxonlar kitoblari
uchun Teodor Seuss Geysel mukofoti kabu yangi mukofotlar ham joriy qilinib,
bolalar adabiyotiga qiziqish yanada ortdi.[4]

Qisqa qilib aytganda, o’zbek bolalar adabiyotining ildizlari qadimgi xalq

og’zaki ijodiga borib taqaladi. Avloddan avlodga o’tib kelgan og’zaki hikoyalarda
axloqiy-tarbiyaviy mavzu yetakchi o’rinda bo’lgan. XX asr boshlariga kelib
O’zbekiston madaniy uyg’onish davrini boshdan kechiradi va bu zamonaviy bolalar
adabiyotining shakllanishiga olib kelib keladi. Bu davrda sobiq Sovet Ittifoqining
O’zbekistonga ta’siri ham mamlakat adabiy manzarasining vujudga kelishida katta
ro’l o’ynaydi. Savodxonlik va ta’limni jiddiy targ’ib qilinib, bolalarga atab asarlar
yozish va kitoblar nashr qilishga sharoit yaratiladi. O’zbekiston mustaqillikka
erishgach, adabiyot orqali mamlakat tarixini va madaniyatini targ’ib qilishga
qiziqish yanada kuchaydi. Bu esa o’z o’rnida o’zbek an’analari hamda qadriyatlarini
tarannum etuvchi bolalar adabiyoti namunalarini yaratilishining ko’payishiga olib
keldi. Bugungi kunda o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyot va yuksalishda davom
etmoqda, mualliflar va rassomlar yangi janr va mavzular izlamoqdalar.

Amerika bolalar adabiyoti 17-asrdan boshlangan boy tarixga ega.

Amerikadagi bolalar adabiyotining dastlabki namunalari diniy matnlar va axloqiy
ertaklar, shu qatorda, bolalarga o’qish va yozishni o’rgatgan “Yangi Angliya
Alifbosi (“New England Primer”) va nasroniylik qadriyatlaridan iborat edi. 19-
asrdan bolalar adabiyotining tarkibini yosh kitobxonlarni qiziqtirish va tarbiyalash
uchun yozilgan qiziqarli hikoyalar, sarguzasht ertaklar tashkil qila boshladi. XX asr
boshlaridan rasmli kitoblar bilan bolalar adabiyoti qamrovi kengayishda davom etdi.
Fantastika va ilmiy fantastika ham shu vaqt ichida mashhurlikka erishdi. 1960-70
yillarda ijtimoiy masalalarga bag’ishlab yozilgan asarlar, realistic fantastika, tarixiy
fantastika paydo bo’ldi. Bugungi kunda esa Amerika bolalar adabiyoti grafik
romanlar va o’rta sinf jumboqlari (Middle-grade Mysteries) paydo bo’lishi bilan
rivojlanishda davom etmoqda. Umuman olganda, Amerika bolalar adabiyoti tarixi
yosh kitobxon avlodlarni tarbiyalagan va ko’nglini chog’lagan boy va murakkab
rivojlanish yo’liga ega.


background image

Ikki millat bolalar adabiyoti rivojlanish tarixini tahlil qilar ekanmiz o’zbek

bolalar adabiyoti nisbatan avvalroq taraqqiy eta boshlagan bo’lsa-da Amerika
bolalar adabiyotining rivojlanishi ancha shiddatli kechganini ko’rishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

B.Jamilova.

O'zbek

bolalar

adabiyoti-o'quv

qo'llanma.

Toshkent:

Innovatsiya-Ziyo, 2020.
2.

H.Umurov.

Adabiyotshunoslik

nazariyasi.

Toshkent:

A.QODIRIY

NOMIDAGI XALQ MEROSI NASHRIYOTI, 2004.
3.

J.Sharipov. O'zbekistonda tarjima tarixidan. Toshkent: Fan, 1965.

4.

Michael O.Tunnel, James S.Jacobs. (2013). The Origins and History of

Amercian Children's Literature. The Reading Teacher, 67(2), 80-81.
5.

O.Safarov. O'zbek bolalar poetik folklori. Toshkent: Fan, 1985.

6.

O.Safarov,

P.Shermuhammedov,

M.Abdurahmonova,

R.Barakayev,

M.Husainov, H.Qayumov, S.Irisxo'jayev, Q.Qahramonov. O'zbek bolalar adabiyoti
va adabiy jarayon. Toshkent: Fan, 1989.
7.

O.Safarov, R.Barakayev, B.Jamilova. Bolalar adabiyoti. Buxoro: Buxoro

Davlat Universiteti, 2018
8.

R.Barakayev. XX asr boshlarida o'zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy

ijodi. Toshkent: Fan, 2004
9.

G'.Jahongirov. O'zbek bolalar folklori. Toshkent, 1975.

10.

Turapova R. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI

O’YINLAR ORQALI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI //Физико-технологического образование. –
2022.

– Т. 4. – №. 4.

11.

Ra’no T., Maftuna B. Variative Approach Based on of Children Dialogic Speech Development

Methodology Improvement //European Journal of Higher Education and Academic Advancement.

– 2023.

– Т. 1. – №. 1. – С. 99-104.

12.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN

FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI
CHIZISH //

Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-

162.

13.

Uralovich T. F. FACTORS AFFECTING THE FORMATION PROCESS OF AESTHETIC SKILLS

IN DRAWING LESSONS //International Scientific and Current Research Conferences.

– 2023. – С. 115-

119.

14.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN

FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI
CHIZISH //

Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-

162.

Библиографические ссылки

B.Jamilova. O'zbek bolalar adabiyoti-o'quv qo'llanma. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.

H.Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: A.QODIRIY NOMIDAGI XALQ MEROSI NASHRIYOTI, 2004.

J.Sharipov. O'zbekistonda tarjima tarixidan. Toshkent: Fan, 1965.

Michael O.Tunnel, James S.Jacobs. (2013). The Origins and History of Amercian Children's Literature. The Reading Teacher, 67(2), 80-81.

O.Safarov. O'zbek bolalar poetik folklori. Toshkent: Fan, 1985.

O.Safarov, P.Shermuhammedov, M.Abdurahmonova, R.Barakayev, M.Husainov, H.Qayumov, S.Irisxo'jayev, Q.Qahramonov. O'zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon. Toshkent: Fan, 1989.

O.Safarov, R.Barakayev, B.Jamilova. Bolalar adabiyoti. Buxoro: Buxoro Davlat Universiteti, 2018

R.Barakayev. XX asr boshlarida o'zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. Toshkent: Fan, 2004

G'.Jahongirov. O'zbek bolalar folklori. Toshkent, 1975.

Turapova R. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI O’YINLAR ORQALI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI //Физико-технологического образование. – 2022. – Т. 4. – №. 4.

Ra’no T., Maftuna B. Variative Approach Based on of Children Dialogic Speech Development Methodology Improvement //European Journal of Higher Education and Academic Advancement. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 99-104.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

Uralovich T. F. FACTORS AFFECTING THE FORMATION PROCESS OF AESTHETIC SKILLS IN DRAWING LESSONS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 115-119.

Urolovich T. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 158-162.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов