Mualliflar

  • Ziyodaxon Usmonova
    Andijon davlat universiteti
  • Erkin Yulchiyev
    Andijon davlat universiteti
  • Shukurjon Mirzayev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110299

Kalit so‘zlar:

Innovatsiya novatsiya innovator innovatsion ta’lim ta’lim innovatsiyalari.

Annotasiya

Innovatsion ta’lim texnolgiyaning turlari va ulardan geografiya fanlarida foydalanish xususida so‘z yuritiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

737

INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING TURLARI, NAZARIY

ASOSLARI VA ULARDAN GEOGRAFIYA O‘QUV MASHG’ULOTIDA FOYDALANISH

MASALALARI.

Usmonova Ziyodaxon Dilmurodjon qizi

1

.

Yulchiyev Erkin Yuldashevich

2

Mirzayev Shukurjon Kaxramon o‘g‘li

3

ADU.Geografiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi

1

ADU.Genetika va biotexnologiya kafedrasi dotsenti

2

ADU.Genetika va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi

3

mirzayevshukurjon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589481

Annotatsiya:

Innovatsion ta’lim texnolgiyaning turlari va ulardan geografiya fanlarida

foydalanish xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Innovatsiya, novatsiya, innovator, innovatsion ta’lim, ta’lim innovatsiyalari.

Innovatsiya

muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatdir.

Lug‘aviy jihatdan “Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”)
“yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni
ifodalaydi.

“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun

va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1)
texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan
mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya,
boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli
sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi” [1].

A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy

birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu
munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda
anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion
yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro,
mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi
sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.

Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy

munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu
jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari,
yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar
toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini
o‘rgangan.

Innovatsion ta’lim

(ingl. “innovatsion” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi

g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor,
qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan
ta’limdir.

Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim

texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.Innovatsion ta’limni geografiya
darslarida foydalanish samarali deb o‘ylayman. Sababi bunda yangilik kiritish ya’ni ixtiro qilish
metodni qo‘llash, geograf olimlar tomonidan bildirilgan nazariya va ilmiy g’oyalarni o‘rganish
o‘quvchiga qulay bo‘ladi. Innovatsion ta'lim texnologiyalarining turlari quyidagilar:


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

738

Muammoli ta'lim o‘quvchilarning mustaqilligini faollashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv

faoliyatida turli xil muammoli vaziyatlarni yaratishga asoslangan. Natijada tahliliy va ijodiy
qobiliyatlar va qobiliyatlar rivojlanadi.

Ko‘p darajali trening o‘qituvchiga zaif o‘quvchilarga yordam berishga va kuchli

tomonlarga e'tibor berishga yordam beradi. Ushbu uslub ko‘proq qobiliyatli o‘quvchilarni ta'lim
sohasida chuqurroq rivojlanish istagini vujudga keltiradi, qolgan o‘quvchilar esa akademik
muvaffaqiyatlarga erishadilar, bu esa o‘rganish motivatsiyasini oshiradi.

Loyihalash asosida o‘qitish usullari maktab o‘quvchilarining ijodiy salohiyatini

rivojlantiradi, ularni ongli ravishda professional va ijtimoiy taqdirni belgilashga majbur qiladi.
O‘qitishning tadqiqot usullari talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni mustaqil
o‘rganishga va ularni hal qilish yo‘llarini taklif qilishga imkon beradi.

Guruhli o‘qitishning mohiyati yangi mavzuni o‘qitishda o‘quv dasturi talablaridan emas,

balki talabaning imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Guruh mashg'ulotlarida shaxsning psixologik va
pedagogik diagnostikasi keng qo‘llaniladi.

Yuqori sinflarda ma'ruza va kredit tizimidan foydalaniladi. Bu maktab o‘quvchilariga

universitetda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini beradi. Ushbu tizimning mohiyati bitta
blokda bilim berishdan iborat bo‘lib, ularni boshqarish talabalarning dastlabki tayyorgarligiga
qarab amalga oshiriladi.

Innovatsion portfelni baholash tizimi shaxsning rivojlanish yo‘nalishini aniqlash vositasi

sifatida

talabaning

muvaffaqiyati

to‘g'risida

shaxsiy

hisobni

shakllantirishga

asoslangan.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bu kompyuter va Internetdan foydalanish
orqali bilimlarni cheksiz boyitishdir.

Ta'lim tizimiga yangi usul va texnologiyalarni tatbiq etish umuman an'anaviy o‘qitish

usullarini bekor qilishni anglatmaydi. Innovatsiya butun o‘quv jarayonining ajralmas
qismidir.Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani
kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim”

tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. Geografiya fanidan xabarimiz
borki, dastlabki shahar rimda paydo bo‘lgan. Olimpiada o‘yinlari ham rimda paydo bo‘lganligini
jismoniy tarbiya fanlaridan bilib olganmiz. Mana shunday darslarni fanlar aro integratsiyada
o‘tish metodlaridan foydalanish tinglovchining fikrlashini yanada oshirishiga yordam beradi va
o‘quvchi yoki talaba birgina fan bilan cheklanib qolmaydi. [2].

Innovatsiyalar

turli

ko‘rinishga

ega.

Quyidagilar

innovatsiyalarning

asosiy

ko‘rinishlari sanaladi:

-

yangi g‘oyalar;

-

tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

-

noan’anaviy yondashuvlar;

-

odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;

-

ilg‘or ish uslublari

Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovastiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va

kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har
qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan
o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning

mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi

ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.Bunga
geografiya o‘quv darslarida 10-sinfda o‘tiladigan bashorat mavzusini misol tariqasida olsa
bo‘ladi. Sababi bashoratning bir nechta turlari mavjud bo‘lib: ular qisqa muddatli, o‘rta muddatli,
uzoq muddatli va hokazolarga bo‘linadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

739

Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi

muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga hizmat qilsa, u innovatsiya
(yangilik kiritish) deb ataladi. Bunda esa bevosita dala amaliyoti bilan bog’liq. Chunki dala
amaliyoti albatta kuzatish bilan birgalikda konseptual ya’ni muyyan tizimning rivojlanishiga
xizmat qiladigan konsepsiya yoki nazariyalar yaratadi.

Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik

kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I.
Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani,
balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi.
Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida
aks ettiradi.

Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika,

texnologiya va boshqa ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya
o‘rtasida muayyan farqlar mavjud.

Ular quyidagilardir (1-jadval):

1-jadval. Novatsiya va innovasiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar

Asosiy farqlar

Novatsya

Innovatsiya

1)

amaldagi

nazariya

doirasida qo‘llaniladi;

2)

ko‘lam va

vaqt bo‘yicha

chegaralanadi;

3)

metodlar yangilanadi;

4)

natija avvalgi tizimni

takomillashtiradi

1)

tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;

2)

ma’lum amaliyotda yangi faoliyat

tizimini loyihalaydi;

3)

sub’yektlarning faoliyati

to‘la

yangilanadi;

4)

yangi texnologiyalar yaratiladi;

5)

faoliyatda yangi sifat

natijalariga

erishiladi;

6)

amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

Maktab ta’limining bugungi vazifasi, o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot

texnologiyalari orqali dars davomida samarali foydalanib, o‘quvchilarga ma’lumotlarni aniq va
tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi. Shuning uchun ham dars davomida o‘qituvchi
o‘quvchilarning matematika fanini tushunarli, aniq qilib o‘rganib borishi uchun ham, darslarni
yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish
maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda aniq fanlarning o‘qitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida

pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari asosida 3 turdagi
o‘quv mashg’lotlariga: ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda keltirilganlarni kompleks holda qo‘llash tavsiya etiladi.
Zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar
o‘quvchilarda mantiqiy , aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga
ularning qobilyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo‘lishga hamda ijobiy
kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

2.

Alimov A.A. “

Совершенствование

процесса

подготовки

будуших

преподавателей

специальных

дисциплин

.” Europeanresearch 8 2015.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

740

3.

Olimov Q.T., Sayidaxmedova M.S., Jalolova D.F., Bozorova M.Q., Boltaeva M.L., Alimov

A.A., Pedogogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.,- 2012.- 300 b.
4.

Q.T.Olimov, L.P.Uzoqova. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Kasb – hunar kollejlari

o‘qituvchilari uchun metodik o‘quv qo‘llanma Toshkent: Fan, 2004.- 119 b.
5.

Internet ma’lumotlari.
www. Inter- pedagogika. ru.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

Alimov A.A. “Совершенствование процесса подготовки будуших преподавателей специальных дисциплин.” Europeanresearch 8 2015.

Olimov Q.T., Sayidaxmedova M.S., Jalolova D.F., Bozorova M.Q., Boltaeva M.L., Alimov A.A., Pedogogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.,- 2012.- 300 b.

Q.T.Olimov, L.P.Uzoqova. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Kasb – hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun metodik o‘quv qo‘llanma Toshkent: Fan, 2004.- 119 b.

Internet ma’lumotlari.

www. Inter- pedagogika. ru.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари