Mualliflar

  • Erkin Yulchiyev
    Andijon davlat universiteti
  • Shukurjon Mirzayev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110315

Kalit so‘zlar:

muvaqqat ombor statsionar ombor uyum handak tabiiy ventilyatsiya sun‘iy ventilyatsiya oddiy gaz muhiti modifikatsiyalangan gaz muhiti.

Annotasiya

Sanoatda xom ashyoni qayta ishlash progressiv kimyoviy, biokimyoviy, texnik-fizikaviy usullari keng qo‘llanilayapti, masalan, olingan sharbatlarni ferment moddalar bilan, mag‘zini esa elektr tok bilan qayta ishlash, qovurilgan sabzavot va baliqlarni vakuum bilan sovutish va hokazo. Tomat pasta, tomat sharbatini, sabzavot ikrasini ishlab chiqarish uchun qisman avtomatlashtirilgan texnologik liniyalar yaratilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

707

MEVA VA SABZAVOTLARNI GAZ MUHITIDA SAQLASH USULLARI

Yulchiyev Erkin Yuldashevich., Mirzayev Shukurjon Kaxramon o‘g‘li

Andijon davlat universititeti.

mirzayevshukurjon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589198

Annotatsiya.

Sanoatda xom ashyoni qayta ishlash progressiv kimyoviy, biokimyoviy, texnik-

fizikaviy usullari keng qo‘llanilayapti, masalan, olingan sharbatlarni ferment moddalar bilan,
mag‘zini esa elektr tok bilan qayta ishlash, qovurilgan sabzavot va baliqlarni vakuum bilan sovutish
va hokazo. Tomat pasta, tomat sharbatini, sabzavot ikrasini ishlab chiqarish uchun qisman
avtomatlashtirilgan texnologik liniyalar yaratilgan.

Tayanch iboralar:

muvaqqat ombor, statsionar ombor, uyum, handak, tabiiy ventilyatsiya,

sun‘iy ventilyatsiya, oddiy gaz muhiti, modifikatsiyalangan gaz muhiti.

Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy

tarqqiyotining hozirgi davrdagi eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.Mamlakatimiz oziq-ovqat
sanoatining rivojlanishi uchun olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan asosiy maqsad
respublikamizni aholisi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste‘mol qilish
bo‘yicha eng rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishga qaratilgan.

Hozirda meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli ham keng

foydalanilmoqda. Gaz muhitini boshqarib saqlash usuli gazning tarkibiga ko‘ra ikki asosiy guruhga
bo‘linadi:

1-Oddiy gaz muhitida saqlash (OGM) – havo muhitida:
2-Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash (MGM)–tarkibi havo tarkibidan farq qilgan

muhitda.

Mahsulotlarni oddiy gaz muhitida saqlashda germetik yopilmaydigan omborxonalardan

foydalanish mumkin. Bunda havo oddiy (tabiiy) va sun‘iy (ventilyatorlar yordamida) almashilib
turiladi. Bu usulda saqlash jarayonida havoning jadal o‘zgarishi mahsulotlarning fiziologik aktivligini
oshiradi va turli xil mikroorganzmlarni o‘ziga tez jalb qiladi. Shu sababli bu usulda mahsulotni uzoq
vaqt saqlab bo‘lmaydi.

Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlashning mohiyati shundaki, bunda havo atmosferasi

o‘zgartiriladi va nazorat qilib turiladi.

Umuman olganda, meva va sabzavotlarning hujayrasi ichidagi gaz tarkibida atrofdagi

havoga qaraganda SO

2

ning miqdori

О

2

ga qaraganda ancha ko‘p.

Modifikatsiyalangan gaz muhitida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash fikri bundan 150 yil

muqaddam paydo bo‘lgan. 1821-yili frantsuz olimi Berar kislorodsiz atmosferada mevalarning
pishishi oddiy sharoitdagiga qaraganda susayganligini ko‘rsatib bergan.

Meva va sabzavotlarni modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash usuli Angliya, Frantsiya,

Gollandiya, Avstraliya, Italiya, AQSH, GFR va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Bizning
mamlakatimizda ushbu usulda mahsulotlarni saqlash keng joriy etilmagan.

Modifikatsiyalangan gaz muhitida (MGM) meva va sabzavotlarni saqlash muhitni ishlatish

tipiga, boshqarish usuliga va muhitni yaratish usullariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi. MGM ishlatish
tipiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: normal MGM usulida saqlash (bunda O

2

va

СО

2

kontsentratsiyasining yig‘indisi oddiy havonikiga teng, azot miqdori o‘zgarmaydi).

Subnormal MGM usulida saqlash (O

2

va

С

O

2

kontsentratsiyasining yig‘indisi oddiy

havonikidan kichik, azot miqdori yuqori bo‘ladi).

Subnormal MGM uch komponentli, ya‘ni O

2

+

С

O

2

+N

2

va ikki komponentli O

2

+N

2

(

С

O

2

ning

miqdori texnik qurollar yordamida minimumga keltiriladi) bo‘ladi. MGM boshqariladigan va
boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda gaz muhiti saqlash mobaynida o‘zgarmaydi,
ya‘ni boshqarilib turiladi. Ikkinchi holatda esa MGM o‘zgaruvchan bo‘ladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

708

MGM havo tarkibi aniqlangan maxsus bo‘lmalardan yuborilib, kislorodni kuydirib (bunda

С

O

2

qisman yoki butunlay yutiladi) va kislorodni kimyoviy usulda singdirib hosil qilinadi. Bundan
tashqari MGM meva va sabzavotlarni germetik usulda saqlashda fiziologik nafas olish mobaynida
ham hosil bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda gaz muhitining aktiv komponentlarini turli xil nisbatda ishlatiladi.
Normal MGM uchun: O

2

–16%,

С

O

2

–5%, N

2

–79% va O

2

–12%,

С

O

2

–9%, N

2

– 79%. Bunda

С

O

2

ning miqdori 10% dan oshmasligi lozim, aks holda fiziologik kasalliklar paydo bo‘lishi

mumkin.

Subnormal MGM uchun: O

2

–3%,

С

O

2

–5%, N

2

–92%

ва

O

2

–3%,

С

O

2

–3–4%, N

2

– 93–94%.

Subnormal gaz muhitida mevalar pishishining to‘xtashi kislorod miqdorining kamayishi va

karbonat angidridning ko‘payishi bilan tushuntiriladi. L.V. Metlitskiyning ma‘lumotlarga ko‘ra,
kislorod miqdorining 2% dan kamayishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunda anaerob nafas olish
avj oladi.

MGM sharoitida mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish maqsadida sovitish qo‘llaniladi.

MGM sharoitida havo harorati –1

С

0

dan 10

С

0

gacha bo‘lishi mumkin.

Atmosferasi boshqarilib turadigan usulda saqlanishni faqat germetik idishlarda yoki

omborxonalarda amalga oshiriladi. Germetizatsiya darajasi talab qilingan atmosfera gaz muhitining
tarkibiga bog‘liq. Agar atmosfera tarkibida kislorod miqdori kam harorat past va bo‘lmalar mevalar
bilan uncha to‘lmagan bo‘lsa, germetizatsiya shuncha mustahkam bo‘lishi kerak.

MGM bo‘lmalari oddiy sovutgichlardan kichik o‘lchamda bo‘lib, atmosfera gaz muhitini

nazorat qiluvchi va boshqaruvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Bo‘lmaning
sig‘imi 200–250 t bo‘lib, balandligi 5–6 m dan oshmasligi lozim. Bo‘lmaning eshiklari germetik
bo‘lib, unda bo‘lma ichiga kiradigan tuynuk bo‘ladi. Tuynuk ham germetik berkiladigan bo‘ladi.
Bo‘lmalarning haroratini nazorat qilish uchun germetik oynalar qo‘yiladi.

MGM bo‘lmalaridagi sovutgichlar oddiy sovutgich qurilmalaridan farq qilmaydi.Havo harorati

va namligini barqaror ushlab turish uchun bo‘lmadagi gaz aralashmasi va sovuq havodagi sovitish
manbai o‘rtasidagi haroratning farqi mevalarni sovitish davrida 6–8

С

va saqlash davrida esa 3–4°

С

dan oshmasligi lozim. Bo‘lmalardagi atmosferaning harorati, namligi va tarkibi muntazam ravishda
aniqlanib turiladi. Bunda bo‘lmalarga o‘rnatilgan termometr va psixrometrdan foydalaniladi.
Atmosferaning tarkibi esa avtomatik gazoanalizatorlar yordamida yoki GXM–3M, GXP–100 markali
kimyoviy gazoanalizatorlar yordamida aniqlanadi.

Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi

Mahsulot turi

Harorat,
°

С

Havoning

nisbiy

Miqdori, %

Saqlash davo-
miyligi, sutka

СО

О

namligi, %

Uzum

0

90-92

5-8

5

120-180

Nok

0

90-95

4-5

3

210-240

Karam

0-0,5

90-92

5

2-3

210-240

Kartoshka

6-8

90-95

1-3

2-3

240

Piyoz boshi

0

95

0-1

0,5

210

Ko‘kpiyoz

0-0,5

95

3-10

2-3

150-180

Sabzi

1

95

3-5

5

90

Bodring

7-10

95

5

3-10

14-21

Chuchuk qalampir

8-9

90-95

2-3

2

21

Kashnich

0

95

10

10

56

Rediska

0

95

5

2

14

Selderey

05

95

2-3

3-4

210

Pomidor

12-15

85-95

0-3

3-4

14-21


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

709

Olma

2-3

90-93

3-5

3-5

210-240

MGM bo‘lmalarining germetikliligiga alohida e‘tibor beriladi. Bo‘lmalardagi gaz bilan

tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05–0,07
hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo‘lmalar
qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko‘riladi. Yaxshi
germetizatsiya qilinganda bo‘lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi.
Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi.
Bo‘lmadagi bosim manometr bilan o‘lchanadi.

Bo‘lmaning germetikligini tekshirish uchun bo‘lma

СО

2

gazi bilan to‘ldiriladi (10%

kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan

СО

2

ning kontsentratsiyasi

birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o‘lchab turiladi.

Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:

Е

1

Dc

Cm

bunda:

Е

– germetik yopish samaradorligi;

D

c

– bo‘lmada 24 soat mobaynida

СО

2

kontsentratsiyasining o‘zgarishi, %;

С

т

bo‘lmada 24 soat mobaynida

СО

2

kontsentratsiyasining o‘rtacha miqdori, %. Germetik

yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo‘lmalar uchun

Е

=0,87–0,98, ya‘ni bunda

sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo‘lma hajmiga ko‘ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim. MGM
bo‘lmalarida meva va sabzavotlar 7–8 oy va undan ko‘proq muddatga saqlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Трисвятский

Л

.

А

.,

Лесик

Б

.

В

.,

Курдина

В

.

Н

.

Хранение

и

технология

сельскохозяйственных

продуктов

.

М

.:

Агропромиздать

. 1991.

2.

Широков

Е

.

П

.

Полегаев

В

.

Технология

хранения

и

переработки

продукции

растениеводства

с

основами

стандартизации

.

М

.:

Агропромиздать

, 2000.

3.

Omega-3 Tsis AOOT: xranenie pishevx produktov; produkt pitaniya.

http://z.pr.organizations.ru/pr/1300.htm\

4.

Sanitarne trebovaniya k priyomu i xraneniyu pishevx produktov.

http://www.penza.com.ru/psp/informat/times/times.h...

Bibliografik manbalar

Трисвятский Л.А., Лесик Б.В., Курдина В.Н. Хранение и технология сельскохозяйственных продуктов. М.: Агропромиздать. 1991.

Широков Е.П. Полегаев В. Технология хранения и переработки продукции растениеводства с основами стандартизации. М.: Агропромиздать, 2000.

Omega-3 Tsis AOOT: xranenie pishevx produktov; produkt pitaniya. http://z.pr.organizations.ru/pr/1300.htm

Sanitarne trebovaniya k priyomu i xraneniyu pishevx produktov. http://www.penza.com.ru/psp/informat/times/times.h.