“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
539
AZOSPRILLUM AVLODI BAKTERIYALARINING BIOO‘G‘IT SIFATIDA
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Tashbayev Sherzodbek Abdurasulovich, Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo
kafedrasi Ph.D dotsent,
sherzodbektashbaev@gmail.com
Raxmonova Zulxumor Rustamjon qizi, Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
zulhumorrahmonova5@gmail.com
Mukumjonova Mashxura Muxidin qizi Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
mukumjonovamashhura@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15579834
Annotatsiya:
Azospirillum
bu biologik o‘g‘it sifatida ishlatiladigan bakteriyalardan biri
hisoblanadi, chunki bu bakteriya azotfiksatsiya qilish va o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi
moddalar ishlab chiqaruvchi sifatida qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini rivojlanishi va hosildorligini
oshirishga yordam beruvchi bakteriya hisoblanadi.
Azospirillum
ning yana bir potentsiali - bu o‘simlik
patogenlarini nazorat qilish uchun biokontrol agenti sifatida ishlatilishi. Ushbu maqolaning maqsadi
-
Azospirillum
ning bioo‘g‘it sifatida oziq-ovqat ekinlarga qo‘llanilishi va ularni o‘sishi, rivojlanishi
va hosildorligini oshirishga qaratilgan adabiyot manbalaribi sharhni o‘rganishdan iborat.
Kalit so‘zlar: Azospirillum
, biologik o‘g‘it, biokontrol, etilen, inokulyatsiya, indol-3-sirka
kislotasi.
Аннотация
: Azospirillum
являются
одной
из
бактерий
,
используемых
в
качестве
биологического
удобрения
,
поскольку
это
бактерия
,
которая
способствует
повышению
развития
и
продуктивности
сельскохозяйственных
растений
путем
фиксации
азота
и
выработки
стимуляторов
роста
растений
.
Еще
одно
потенциальное
применение
азоспирилла
-
в
качестве
агента
биологического
контроля
для
борьбы
с
патогенами
растений
.
Целью
данной
статьи
является
обзор
литературы
по
использованию
азоспирилл
в
качестве
биоудобрения
для
продовольственных
культур
с
целью
улучшения
их
роста
,
развития
и
урожайности
.
Ключевые
слова
: Azospirillum
,
биологическое
удобрение
,
биоконтроль
,
этилен
,
инокуляция
,
индол
-3-
уксусная
кислота
.
Abstract
:
Azospirillum
is one of the bacteria used as a biological fertilizer, as this bacterium is
a bacterium that helps to increase the growth and yield of agricultural plants by fixing nitrogen and
producing (Plant Growth Promoters). Another potential of Azospirillum is its use as a biocontrol
agent to control plant pathogens. The purpose of this article is to review the literature on the use of
Azospirillum as a biofertilizer for food crops and to improve their growth, development and yield.
Keywords
:
Azospirillum,
biofertilizer, biokontrol, ethylene, inoculation, indole-3-acetic acid.
Bioo‘g‘itlar - bu tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan o‘g‘itlar bo‘lib, ular bitta yoki bir nechta
turdagi bakteriyalar assosiatsiyasidan iborat bo‘ladi [1].
Azospirillum
- bu tabiatda keng tarqalgan
asosiy biologik o‘g‘it sifatida ishlatiladigan rizobakteriyalardan biri bo‘lib, dunyodagi ko‘plab asosiy
oziq-ovqat ekinlari (sholi, makkajo‘xori, tariq, bug‘doy) idizi atrofida yashab atmosfera azotini
fiksatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etadi.
Azospirillum
ning sholi, bug‘doy, tariq va makkajo‘xori
kabi bir qancha oziq-ovqat ekinlariga inokulyatsiyasi qilinganda nazoratga nisbatan hosildorlikni
sezilarli darajada oshirishi aniqlangan [2].
Azospirillum
avlodi - bu simbiotik bo‘lmagan azot
fiksatsiyalovchi tuproq bakteriyalari bo‘lib, biologik o‘g‘it sifatida yuqori potentsialga ega bo‘lgan
rizobakteriyalar guruhiga kiradi. Bu bakteriyalar tuproqda erkin yashaydi, ildiz atrofida yoki unig
yaqinida joylashadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
Azospirillum sp.
tuproq va o‘simliklar uchun ko‘plab
foydali xususiyatlarga ega, shuning uchun u ko‘pincha biofertilizator sifatida ishlatiladi, chunki
Azospirillum
etilen ishlab chiqarishi mumkin. O‘simlik organizmida etilen ko‘plab morfofiziologik
jarayonlarda masalan, ildizlarning hosil bo‘lishi, uzayishi, mevalarning pishishining tezlashtirilishi,
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
540
urug‘larning unib chiqishining tezlashtirilishi va boshqa fitogormonlarning biosintezining
faollashishi uchun zarurdir [3].
Azospirillum
ning oziq-ovqat ekinlarida sinovdan o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar laboratoriya
va issiqxona sharoitilarida olib borilgan, dalada esa kam sonli tajribalar o‘tkazilgan. Azot
fiksatsiyalovchi va fosfat erituvchi inokulyantlardan foydalangan holda o‘tkazilgan tadqiqot
natijalariga ko‘ra, ular yakka yoki assotsiativ ko‘rinishda inokulyant sifatida makkajo‘xori
o‘simliklarining o‘sishi va hosildorligini oshirishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari ko‘ra
Azospirillum
sp.
ning yakka inokulyantlari va
Azotobacter sp.
va
Aspergillus sp.
bilan aralash inokulyantlari
makkajo‘xori o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin [4]. Azospirillumni o‘z ichiga olgan biologik
o‘g‘itlar makkajo‘xori o‘simliklarida 30% azotni fiksatsiyalashi mumkinligi aniqlangan [6].
Azot o‘simliklarning vegetativ o‘sishini, ayniqsa ildiz, poya va barglarning o‘sishini
rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lib, fotosintez jarayoni uchun juda muhim bo‘lgan barg yashil
moddasi (xlorofill) hosil bo‘lishida ham muhim rol o‘ynaydi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
Azospirillum sp
.ning makkajo‘xoriga inokulyatsiyasi o‘simliklarning umumiy quruq og‘irligini
52,55% va makkajo‘xori hosilini 108,84% ga oshirishi mumkin. Tadqiqotchilar tomonidan kislotali
tuproqda o‘tkazilgan tajriba bog‘idagi natijalariga ko‘ra, “Srikandi” makkajo‘xori navining urug‘lari
Azospirillum
bilan inokulyatsiya qilinganda, inokulyatsiyasizga nisbatan makkajo‘xori hosili 16,16%
ga oshganligi shu bilan birga, “Bisma” makkajo‘xori navida
Azospirillum
bilan inokulyatsiya
inokulyatsiyasizga nisbatan hosildorlikni 18% ga oshirishi aniqlangan [7].
Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanmagan sholi tuproqli issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalarda,
sholi ildizlaridan ajratilgan
Azospirillum
bakteriyalari ko‘chatlar ekilganidan keyin darhol
inokulyatsiya qilingan. Biroq, bu tadqiqot natijalarida sezilarli farq ko‘rsatilmagan. Riyanti va
Listanto tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda,
Azospirillum
shtammlari mikrobiologiya laboratoriyasi
kolleksiyasidan olingan bo‘lib, generativ fazada boshoq soni va har bir buta don og‘irligini oshirishi
aniqlandi. Boshqa tadqiqotda esa, kasallanmagan botqoq tuprog‘ida o‘tkazilgan tajribalarda
Azospirillum
va fosfat erituvchi bakteriyalarning inokulyatsiyasi sholi o‘simliklarining vegetativ
o‘sishini, shuningdek, tuproq va o‘simlikdagi azot (N) va fosfor (P) miqdorini oshirgani qayd etilgan.
Bir qator sholi tadqiqotlarida
Azospirillum sp
. qo‘llash o‘simliklarning azotni yutishini sezilarli
darajada oshirishi ko‘rsatilgan [6].
Azospirillum
tomonidan ishlab chiqarilgan IAA (indol-3-sirka kislotasi) bug‘doy ildizlarini
rivojlantirishi va sholi ildizlarini yaxshilashi aniqlandi. Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
Azospirillum inokulyatsiyasi sholi, bug‘doy, sorg‘o va makkajo‘xori kabi ekinlarning hosildorligini
oshirishi mumkin [5].
Azospirillum
ning arpa (bug‘doy turi), dukkaklilar (loviya, yer yong‘oq, no‘xat,
soya) kabi boshqa ekinlar uchun ham ijobiy ta
ʼ
siri borligi qayd etilgan. Azospirillumning turli
o‘simliklarga ta
ʼ
siri hali ham o‘rganilmoqda – ham mavjud shtammlar, ham mahalliy tuproqdan
ajratilgan bakteriyalar yordamida. Hozirgi vaqtda Azospirillumni o‘z ichiga olgan bir qator
mahsulotlar tijoratlashtirilgan. Indoneziyada Azospirillumni o‘z ichiga olgan ko‘p tarkibli
bioo‘g‘itlar (bir nechta mikroorganizmlar aralashmasidan tashkil topgan) mavjud. Ulardan ba
ʼ
zilari
erkin azotni bog‘lovchi va o‘sish gormonlarini ishlab chiqaruvchi bakteriyalardir. Ezward tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotda
Azotobacter
,
Azospirillum
va
Bacillus sp.
ni o‘z ichiga olgan “Bioboost”
bioo‘g‘iti o‘simliklarining bo‘yi, azot miqdori va hosildorligini oshirgani aniqlangan [6]. Ammo
bioo‘g‘itlarning har hil tuproqlarda samaradorligi turlicha bo‘lishi mumkin. Tuproq turi, iqlim
sharoiti, qo‘llash usullarining noto‘g‘riligi kabi omillar bunga sabab bo‘ladi. Saikia ta
ʼ
kidlashicha,
Azospirillum
dan bioo‘g‘it sifatida foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oshirish, kimyoviy
o‘g‘itlarni kamaytirish va barqaror dehqonchilikni ta
ʼ
minlash uchun foydalidir [7].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hozirgi vaqtda
Azospirillum
avlodi bakteriyalarining oziq-
ovqat ekinlariga inokulyatsiya qilish o‘simliklarni o‘sishi rivojlanish va hosildorligini oshishida
muhim ro‘l oynaydi. Yaqinda o‘tkazilgan dala va issiqxona tajribalari, xususan, sholi va makkajo‘xori
uchun, istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi.
Azospirillum
bakteriyasidan foydalanish orqali oziq-ovqat
ekinlari mahsulotlari sifati va miqdorini oshirish, shuningdek, ekologik toza qishloq xo‘jaligi
amaliyotini rivojlantirish imkoniyatlari mavjuddir. Biroq, ushbu texnologiyadan foydalanish va
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
541
ishlab chiquvchilar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida izlanishlar davom ettirilishi
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Erfin, N. Sandiah, and L. Malesi, “Identification of Azospirillum and Azotobacter Bacteria in
the Rhizosphere of Komba-Komba (Chromolaena odorata)”, JITRO 3(2) (2016) 30-38.
2. N.T Baliah and V. Rajalakshmi, “Isolation and Characterization of Azospirillum Strains
Isolated from Different Agroclimatic Zones of Virudhunagar District, Tamil Nadu”, Indian J Appl
Research 5(2) (2015) 69.
3. P. Sivasakthivelan and P. Saranraj, “Azospirillum and its Formulations: A Review”,
International
Journal
of
Microbiological
Research
4(3)
(2013)
275-287.
DOI:
10.5829/idosi.ijmr.2013.4.3.825.
4. A.S. Hanafiah, T. Sabrina, and H. Guchi, Soil Biology and Ecology, Agroecotechnology
Study Program, Faculty of Agriculture, University of North Sumatra, 2009, 409 pp.
5. R.Z. Sayyed, Reddy MS, Kumar VK, Yellareddygari SKR, Deshmukh AM, Patel PR,
Gangurde NS, “Potential of Plant GrowthPromoting Rhizobacteria for Sustainable Agriculture”,
Bacteria in Agrobiology, Plant Probiotics, 2012, pp. 287-313, DOI 10.1007/978-3- 642-27515-9_16.
6. F.R. Nurlaili, Y. Hendrawan, W.A. Nugroho, “Effect of Dose Addition of Bacteria
(Azospirillum sp.) on the Abundance of Microalgae (Chlorella sp.) Population on Biogas Liquid
Waste Culture Media Jurnal Keteknikan Pertanian Tropis dan Biosistem 3(2) (2015) 121.
7. S. Elystia, M.S. Darsi, and S.R. Muria, “Analysis of Addition of Azospirillum sp. Jurnal Sains
dan Teknologi Lingkungan 13(2) (2021) 120-134.
