Mualliflar

  • Ibroximjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Mashxura Mukumjonova
    Andijon davlat universiteti
  • Zulxumor Rahmonova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110436

Kalit so‘zlar:

Zamburug‘ patogen immunitet chidamlilik gammoz xloroz infeksion va noinfeksion kasalliklar.

Annotasiya

Mazkur maqolada o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar, ularning sabablari, rivojlanish bosqichlari va ularga qarshi kurashish yo‘llari yoritilgan. O‘simlik kasalliklari yuqumli (infeksion) va yuqumsiz (noinfeksion) turlarga ajratilgan holda ko‘rib chiqilgan. Noinfeksion kasalliklarga asosan abiotik omillar, ya’ni muhitning salbiy ta’sirlari sabab bo‘lsa, infeksion kasalliklar viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va parazitlar ta’sirida yuzaga keladi.Shuningdek, o‘simliklarning kasalliklarga qarshi chidamlilik turlari – mutlaq, nisbiy, fiziologik, kimyoviy va anatomo-morfologik chidamliliklar tahlil qilingan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

526

O‘SIMLIKLARNING ZAMBURUG`LI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI

Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li, o‘qituvchi, Andijon davlat universiteti

ibroximismoilov05@gmail.com

Mukumjonova Mashxura Muxidin qizi talaba, Andijon davlat universiteti

mukumjonovamashhura@gmail.com

Rahmonova Zulxumor Rustamjon qizi talaba, Andijon davlat universiteti

zulhumorrahmonova5@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15579783

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar, ularning sabablari,

rivojlanish bosqichlari va ularga qarshi kurashish yo‘llari yoritilgan. O‘simlik kasalliklari yuqumli
(infeksion) va yuqumsiz (noinfeksion) turlarga ajratilgan holda ko‘rib chiqilgan. Noinfeksion
kasalliklarga asosan abiotik omillar, ya’ni muhitning salbiy ta’sirlari sabab bo‘lsa, infeksion
kasalliklar viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va parazitlar ta’sirida yuzaga keladi.Shuningdek,
o‘simliklarning kasalliklarga qarshi chidamlilik turlari – mutlaq, nisbiy, fiziologik, kimyoviy va
anatomo-morfologik chidamliliklar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Zamburug‘, patogen, immunitet ,chidamlilik ,gammoz, xloroz, infeksion va

noinfeksion kasalliklar.

Аннотация

:

В

данной

работе

рассмотрены

заболевания

растений

,

их

причины

,

стадии

развития

и

способы

борьбы

с

ними

.

Болезни

растений

разделены

на

инфекционные

и

неинфекционные

.

Неинфекционные

заболевания

,

как

правило

,

вызваны

абиотическими

факторами

,

то

есть

неблагоприятным

воздействием

окружающей

среды

,

тогда

как

инфекционные

болезни

развиваются

под

воздействием

вирусов

,

бактерий

,

грибков

и

паразитов

.

Также

проанализированы

типы

устойчивости

растений

к

заболеваниям

абсолютная

,

относительная

,

физиологическая

,

химическая

и

анатомо

-

морфологическая

устойчивости

.

Ключевые

слова

:

Грибы

,

патогены

,

иммунитет

,

устойчивость

,

гоммоз

,

хлороз

,

инфекционные

и

неинфекционные

заболевания

.

Abstract:

This article discusses plant diseases, their causes, development stages, and ways to

combat them. Plant diseases are divided into infectious and non-infectious types. Non-infectious
diseases are mainly caused by abiotic factors, i.e., the negative effects of the environment, while
infectious diseases are caused by viruses, bacteria, fungi, and parasites. Furthermore, the types of
plant resistance to diseases—absolute, relative, physiological, chemical, and anatomical-
morphological resistance—are analyzed.

Keywords:

Fungi, pathogens, immunity, resistance, gummosis, chlorosis, infectious and non-

infectious diseases.

O‘simliklarda ham kasalliklar xuddi noqulay omillar singari hosilga putur yetkazadi.

Kasallanish

sababli

hosil

kamayibgina

qolmasdan,

balki

uning

sifati

ham

yomonlashadi.O‘simliklarning kasalliklari ikki guruhga bo‘linadi: yuqumsiz (noinfeksion) va
yuqumli (infeksion). Yuqumsiz (noinfeksion) kasalliklarga asosan tashqi muhitning abiotik omillari
sababchi bo‘ladi. Bularga, O‘simliklar mineral oziqlanishi jarayonlarining buzilishi, suv rejimining
buzilishi, o‘simliklarga o‘ta sovuq yoki issiq haroratning ta’siri kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, havo va tuproq tarkibidagi zaharli birikmalar, tuproqda to‘planib qolgan gerbitsidlar,
noqulay va kuchli yorug‘lik manbalari, radiatsion nurlar, ayrim parazit o‘simliklar va zamburug‘lar
tomonidan ajratiladigan toksinlar bunday kasalliklarni tug‘diradi. Yuqumli (infeksion) kasalliklarni
viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqa biotik omillar vujudga keltiradi. O‘simliklar o‘zining
ontogenezida bunday organizmlar ta’siriga duchor bo‘lib, kasallanadi. Evolyutsiya jarayonida
ko‘pchilik yovvoyi o‘simliklarning bunday kasalliklarga nisbatan har xil himoya mexanizmlari
yaxshi rivojlangan. Ammo himoya mexanizmlari madaniy o‘simliklarda juda kam taraqqiy etgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

527

Shuning uchun ham yuksak o‘simliklar patogen mikroorganizmlarga tabiiy chidamliligi mexanizmini
aniqlash va ulardan foydalanish qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash usullarini
aniqlashda katta ahamiyatga ega. Infeksion kasalliklarga uchragan o‘simliklarning normal
metabolitik jarayonlari buziladi. Fotosintez, nafas olish, mineral oziqlanish va boshqa fiziologik
jarayonlar izdan chiqadi. Natijada o‘simliklarning ayrim organlari kuchli shikastlanadi yoki
o‘simliklar muddatidan oldin nobud bo‘ladi [1, 2 ,3].

O‘simliklarda kasalliklarni viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar keltirib chiqaradi.

Shuningdek, o‘simliklar gammoz, xloroz kasalligi bilan ham zararlanadi. Gammoz kasalligida
o‘simlikning ichki to‘qimasi-po‘st parenximasi eriydi va tashqariga oqib chiqadi. Ushbu kasallikni
bilish uchun xo‘jayin-o‘simlik mevasi va parazit o‘rtasidagi munosabatni bilish zarur. O‘simlikning
kasallanishi bir qancha bosqichlardan iborat. Bulardan biz quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz
mumkin:

1-bosqich. O‘simlik ajratgan shirali muhitda sporaning o‘sishi (infeksion tomchi). Bunda spora

o‘simtasi o‘zining so‘rgichi (apressor) bilan o‘simlik yuzasiga yopishadi.

2-bosqich. Spora giflarining o‘sishi o‘simlikni ichki to‘qimasiga o‘tishi.
3-bosqich. Bunda infeksion gif bilan o‘simlikning sitoplazmasi orasidagi fiziologik o‘zaro ta’sir

sodir bo‘ladi va kim kuchli bo

ʻ

lsa, u g‘alaba qiladi.

Chidamsiz formalarda dastlab ular tinch yashaganday ko‘rinadi, ammo sporalar doimiy

ravishda o‘sadi, va ularning giflari hujayralarda gaustorlar (so‘rg‘ichlar) hosil qiladi. Mana shu
so‘rg‘ichlar yordamida o‘z mitseliyini oziqlantirib o‘simlikni holdan toydiradi. Ushbu davr
parazitning spora hosil qilishi fazasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida o‘simlik qorayadi va
ko

ʻ

pincha nobud bo‘ladi. Chidamli o‘simliklarda masalan, bedada parazit bilan xo‘jayin o‘rtasida

antogonizm paydo bo‘ladi. Zamburug‘ gifi hujayra kirgandan keyin protoplast qorayadi va nobud
bo‘ladi hamda nekroz yuz berib (hujayra o‘ladi) butun hujayrani qamrab oladi. Bunda giflar ham
nobud bo‘ladi va infeksiya boshqa hujayralarga tarqalmaydi.

Chidamli o‘simlik organizmlarida fermentlardan peroksidaza yuqori faollikka ega bo‘ladi.Bu

ferment parazitning gidrolazalarini tormozlaydi va fenolni xinongacha oksidlaydi. Xinon esa
parazitga substrat bo‘lmasdan, balki to‘siq bo

ʻ

lib xizmat qiladi va zararlangan to‘qimani tiklashi ham

mumkin.

Immunitet - o‘simliklarni turli xil kasalliklarga chidamliligidir. O‘simliklarda ikki xil

immunitet kuzatiladi.

1.Mutlaq chidamlilik. Bu holatga misol qilib bug‘doyda yuzaga keladigan sulining qora kuya

changiga nisbatan chidamlilikni ko‘rsatish mumkin.

2. Nisbiy chidamlilik. Bu tashqi muhit sharoitiga qarab o‘simliklarning nisbatan zararlanishi

[4, 5].

Fiziologik chidamlilik o‘simliklarda chidamlilikni ta'minlovchi fiziologik ko‘rsatkichlarga,

og‘izcha harakati, hujayra shirasining fermentlar faolligi, ekzoosmos va boshqalar kiradi. Fiziologik
chidamlilik kislotalik va shiraning osmotik bosimi bilan ham belgilanadi.

Kimyoviy chidamlilik. To

ʻ

qimalarda o‘simliklarga xos kimyoviy moddalar-alkaloid, glikozid,

fenolli birikmalar hosil bo

ʻ

ladi va aynan ular o‘simliklarni kasallikka chidamliligini oshiradi.

Kimyoviy chidamlilik-to‘qimalarda har xil moddalarni to‘planishi bilan ham xarakterlanadi.

Anatomo-morfologik chidamlilik-to‘qimalar strukturasining zichligi ortadi, ya'ni hujayra

qobig‘ining qalinligi ortib hujayra oralig‘ini kichiklashadi.

Kasalliklarga qarshi kurashda maxsus kimyoviy preparatlar-fungitsidlar qo‘llaniladi [6, 7].
O‘zbekiston xududidagi daraxt va butalarda kasallik tug‘diruvchi zamburug‘ kasalliklarini

о

‘rganish b

о

‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. 1958 yilda B.D.Klayner

О

‘zbekiston

mikoflorasini

о

‘rganishga katta hissa q

о

‘shgan. B.D.Klayner 120 ta zamburug‘ turlari va formalarini

aniqlab, ularni

О

‘zbekistonning tog‘li xududlarida tarqalish qonuniyatlarini

о

‘rganib chiqqan. Uning

ma’lumoti b

о

‘yicha yuksak o‘simliklarda kasallik tug‘diruvchi zamburug‘larning eng k

о

‘p turi

notakomil zamburug‘lar sinfiga mansub (57 ta tur forma), undan keyin zang zamburug‘lari b

о

‘lib, 43

turni va xaltachali zamburug‘lar esa 20 tur hamda formalarni tashkil etgan. B.D.Klaynerning


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

528

k

о

‘rsatishicha tuban zamburug‘lar daraxt va butalarda mutloqo uchramagan, keltirgan ma’lumotlari

b

о

‘yicha yong‘oqning q

о

‘ng‘ir dog‘lanish kasalligi va olma parshasi kasalligini tug‘diruvchi

zamburug‘ eng k

о

‘p tarqalgan b

о

‘lib, daraxtlarning 87-89 % kasallantiradi. Shuningdek d

о

‘lana,

olcha, bodom va zirk daraxt va butalari ham 90-100 % gacha har xil zamburug‘ kasalliklari bilan
zararlanganligini k

о

‘rsatib o‘tadi. Ushbu keng tarqalgan kasalliklarning keltiradigan zarari juda katta

ekanligini hisobga olib, ularni sog‘lomlashtirish va saqlab qolish katta ahamiyatga ega ekanligini
ta’kidlaydi [8, 9, 10].

Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘simliklarning zamburug‘li kasalliklarga chidamliligi

ularning genetik, fiziologik, kimyoviy va morfologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyatlar
ularni turli patogenlarga qarshi turishiga yordam beradi. Kelgusida o‘simliklarning zamburug‘li
kasalliklarga chidamliligini oshirish uchun genetik seleksiya, biologik preparatlar ishlab chiqish va
ekologik toza usullarni qo‘llash orqali kompleks yondashuv zarur.Bu esa qishloq xo‘jaligi
ekinlarining hosildorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmart qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Abdukarimov A., Yusupov T. (2011). O‘simliklar fiziologiyasi amaliyoti. Toshkent: Fan.
2. Agrios G.N. (2005). Plant Pathology. 5th edition. Academic Press.
3. Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2009). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

4. Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2013). O‘simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar.

Toshkent: O‘quv qo‘llanma.

5. Karimov Sh.A. (2016). Fitopatologiya: o‘simlik kasalliklari va ularga qarshi kurashish

usullari. Samarqand: SamDU nashriyoti.

6. Klyuykov A.V. (2005). Fiziologiya rasteniy. Moskva: KolosS.
7. Klyayner B.D. (1958).

Видовой

состав

грибов

-

возбудителей

заболеваний

древесных

пород

и

кустарников

в

горах

Узбекистана

и

их

систематическая

характеристика

.

8. Taiz L., Zeiger E. (2010). Plant Physiology. 5th edition. Sunderland: Sinauer Associates.
9. Xolmatov A., Toshxo‘jayev A. (2007). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi.

10.

Yo‘ldoshev A., Salimov M. (2001). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

Bibliografik manbalar

Abdukarimov A., Yusupov T. (2011). O‘simliklar fiziologiyasi amaliyoti. Toshkent: Fan.

Agrios G.N. (2005). Plant Pathology. 5th edition. Academic Press.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2009). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2013). O‘simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: O‘quv qo‘llanma.

Karimov Sh.A. (2016). Fitopatologiya: o‘simlik kasalliklari va ularga qarshi kurashish usullari. Samarqand: SamDU nashriyoti.

Klyuykov A.V. (2005). Fiziologiya rasteniy. Moskva: KolosS.

Klyayner B.D. (1958). Видовой состав грибов-возбудителей заболеваний древесных пород и кустарников в горах Узбекистана и их систематическая характеристика.

Taiz L., Zeiger E. (2010). Plant Physiology. 5th edition. Sunderland: Sinauer Associates.

Xolmatov A., Toshxo‘jayev A. (2007). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Yo‘ldoshev A., Salimov M. (2001). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Maftuna Hoshimova , Azizaxon Axmadjonova , NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA ORGANIZIMGA TA’SIRI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Mashxura Mukumjonova , Ruxshona Xamdamova , Zulxumor Rahmonova , XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Nodira Rayimjonova , MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Muhtasar Odasheva , Xoldarxon Obloberdiyeva , O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI OMILLARGA BOGʻLIQLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova , ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Maxsudbek Olimov , Ollohberdi Ismoilov , TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Ibroximjon Ismoilov, Ruxshona Xamdamova , Gulshoda Temirova , FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova , EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Namuna Tursunaliyeva, Irodaxon Muhtorova , Ibroximjon Ismoilov, QULUPNAY OʻSIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Sevara Xakimova , Xilola Xusanboyeva , LABORATORIYA O‘QUV MASHG‘ULOT DARSLARIDA OSHLOVCHI MODDALARNI ANIQLASHGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

1 2 3 > >>