Mualliflar

  • Feruza Tuxtaboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Mashxura Mukumjonova
    Andijon davlat universiteti
  • Ruxshona Xamdamova
    Andijon davlat universiteti
  • Zulxumor Rahmonova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58493

Kalit so‘zlar:

Modifikatsiya transformatsiya gen terapiyasi mikroinektsiya

Annotasiya

Ushbu maqolada hayvon hujayralarining genetik materialini o‘zgartirish orqali yangi xususiyatlar kiritish yoki mavjud xususiyatlarni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar haqida ma`lumot berilgan. Ushbu soha zamonaviy biotexnologiya va tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar yordamida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, inson kasalliklarini o‘rganish, genetik terapiyalar yaratish va qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yuqori sifatli hayvon zotlarini olish imkoniyati yaratiladi. Hayvon hujayralari gen muhandisligi kelajakda biotexnologik rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat qiladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

112

Universaljurnal.uz

Tuxtaboyeva Feruza Muratovna.,

Mukumjonova Mashxura Muxidin qizi.,

Xamdamova Ruxshona Muzaffarjon qizi.,

Rahmonova Zulxumor Rustamjon qizi

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

feruzatoxtaboyeva1971@gmail.com

mukumjonovamashhura@gmail.com

hamdamovashodona9@gmail.com

zulhumorrahmonova5@gmail.com

XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI

Abstract:

This article provides information about technologies aimed at introducing new properties

or improving existing properties by modifying the genetic material of animal cells. This area is of great

importance in modern biotechnology and medicine. These technologies create the opportunity to produce

pharmaceutical products, study human diseases, create genetic therapies, and obtain high-quality animal

breeds for agricultural purposes. Genetic engineering of animal cells serves as one of the important

directions of biotechnological development in the future.

Keywords:

Modification, transformation, gene therapy, microinjection.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hayvon hujayralarining genetik materialini o‘zgartirish orqali yangi

xususiyatlar kiritish yoki mavjud xususiyatlarni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar haqida ma`lumot

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 12.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

3

berilgan. Ushbu soha zamonaviy biotexnologiya va tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar

yordamida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, inson kasalliklarini o‘rganish, genetik terapiyalar

yaratish va qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yuqori sifatli hayvon zotlarini olish imkoniyati yaratiladi.

Hayvon hujayralari gen muhandisligi kelajakda biotexnologik rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri

sifatida xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Modifikatsiya, transformatsiya, gen terapiyasi, mikroinektsiya.

Аннотация:

В данной статье представлена информация о технологиях, направленных на

введение новых характеристик или улучшение существующих характеристик путем изменения

генетического материала клеток животных. Это направление имеет большое значение в

современной биотехнологии и медицине. С помощью этих технологий можно производить

фармацевтическую продукцию, изучать болезни человека, создавать генетическую терапию,

получать высококачественные породы животных для сельскохозяйственных целей. Генная

инженерия клеток животных послужит одним из важных направлений развития биотехнологий в

будущем.

Ключевые слова:

Модификация, трансформация, генная терапия, микроинъекция.

Language:

Uzbek

Citation:

Tukhtaboyeva , F., Mukumjonova , M., Hamdamova , R., & Rahmonova , Z. (2024).

GENETIC ENGINEERING OF ANIMAL CELLS. Universal International Scientific Journal, 1(9), 112–

120. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1227

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14472368

Kirish:

Hayvon

gen

muhandisligi

zamonaviy

biotexnologiyaning

muhim

yo‘nalishlaridan

biri

bo‘lib,

genetik

modifikatsiya

orqali

yangi

biologik

xususiyatlarni kiritish yoki mavjudlarini

o‘zgartirish

imkonini

beradi.

Ushbu

texnologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va

ekologiya sohalarida inqilobiy natijalarni

keltirib

chiqarmoqda.

Masalan,

genetik

jihatdan modifikatsiyalangan hayvonlar tibbiy

tadqiqotlar uchun model sifatida ishlatiladi

yoki ular orqali qimmatbaho biologik

mahsulotlar olinadi.

Asosiy qism:

1. Hayvon gen muhandisligining ilmiy

asoslari:hayvonlarning genomini tahrirlashda

CRISPR-Cas9 kabi texnologiyalar keng

qo‘llaniladi. Bu usul orqali kerakli genlarni

kiritish, o‘chirish yoki o‘zgartirish mumkin.

Masalan, genetik modifikatsiya qilingan

sichqonlar inson kasalliklarini o‘rganishda

keng qo‘llanilmoqda.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

4

2. Amaliy tatbiqlar:qishloq xo‘jaligida:

gen muhandisligi yordamida mahsuldorligi

yuqori, kasalliklarga chidamli hayvonlar

yaratilmoqda. Masalan, virusga chidamli

cho‘chqalar yoki tez o‘suvchi baliqlar.

Hayvonlardan insulin, vaksina va boshqa

biopreparatlarni

ishlab

chiqarishda

foydalaniladi. Shuningdek, organlarni odamlar

uchun

transplantatsiyaga

moslashtirishda

genetik modifikatsiya muhim rol o‘ynaydi.

Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan

hayvon turlarini saqlash yoki ekologik

muvozanatni tiklashda gen muhandisligi

qo‘llanilishi mumkin.

3. Hayvon gen muhandisligi bilan

bog‘liq bir qator muammolar mavjud,chunki

bu o`zgarishlar har doim ham o`z samarasini

bermaydi genetik o‘zgarishlar hayvonlar

hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

1.Xayvonlar

gen

muxandisligi.Gen

injenerligi qisqacha aytganda, genlar ustida

turli manipulyatsiyalar o‘tkazish, ularni to‘la

o‘rganish asosida funksional qisimlariga ega

bo‘lish, kerakli joyidan kesish, kerakmas

qismini olib tashlab, kerak bo‘lgan qisimlarini

boshqa genlardan yoki sintez yo‘li bilan olib

ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki

rekombinant genni muvofiq organizmga

kiritib zarur turlarni yoki preparatlarni sintez

qilish va hokazo texnologiyaning yig‘indisidir.

Viruslar bilan prokariot hujayralar

orasidagi materiallarning ko‘chirilishini, tabiiy

sharoitda

bakterialarda

o‘tadigan

rekombinatsiya mexanizimlarini o‘rganish,

plazmidalar

va

mo‘'tadil

faglarning

hujayradagi hayotini tushunish genlar ustida

turli manipulyatsiyalar o‘tkazish imkonini

beradi. Olimlar qo‘lida DNK ning kerakli bir

qismini bakteriya hujayrasiga ko‘chirib

o‘tqazadigan sistema-plazmidalar ham bor.

Bunday transmessiv ko‘chirib o‘tkazuvchi

halqli molekulalar-plazmidalar va mo`tadil

viruslar vektor deb ataladi. Shunday ekan, endi

bakteriyalarni kul'turada (ular o‘sadigan

muhitda) insonlar uchun kerakli oqsillarni,

fermentlarni

sintezlashga

majbur

qilib

bo‘lmasmikan?

Bu g‘oyalarni amalda yuzaga chiqishi

gen injenerligi yoki genetik injenerlik deb

atalgan va katta istiqbolga ega bo‘lgan yangi

sohani dunyoga keltirdi.

2. Genetik modifikatsiya qilishning

usullari. Xayvonlarni genetik modifikatsiya

qilishning ikkita usuli mavjud: somatik

xujayralarni ( tana xujayralarini) va jinsiy

xujayralarni o‘zgartirish usullari bilan.

Birinchi

usul

modifikatsiya

qilingan

individual

organizmlar

xujayrasinii

o‘zgarishga, ikkinchi usul esa yangi nasldan

naslga

beriluvchi

xususiyatlarni

paydo


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

5

bo‘lishga olib keladi. Somatik xujayralarni

modifikatsiyalash to‘rtta bosqichdan iborat:

1. Organizmdan xujayralarni olish.

2. Olingan xujayrasining kulьturasini

olish.

3.Genni vektorga ulash va xujayraga

transformatsiya qilish.

4.

Transformatsiyalangan

xujayrani

organizmga kiritish.

Bu xayvonlar gen terapeyasining asosiy

sxemasidir.

Jinsiy

xujayralarni

o‘zgartirish

organizmga yangi nasldan naslga beriladigan

irsiy belgilarni beradi. O‘zining avlodlariga

yangi irsiy belgilarni beruvchi organizm

transgenli

organizm

deyiladi,

yangi

organizmga kiritilgan gen transgen deyiladi..

3. Gen muxandisligi usullari yordamida

yaratilgan transgen xayvonlar. Transgen

xayvonlar olish jarayoni transgen bakteriya

olishga nisbatan ancha murakkabdir. Ammo

bugungi kunga kelib turli transgen xayvonlar

yaratilgan. Bularga misol qilib quyidagilarni

keltirish mumkin:

turli

maqsadlar

uchun

modifikatsiyalangan

sichqonlar.

Ulardan

ba'zilariga insonlar kasalliklarining inson

bo‘lmagan

modelini

olish

uchun

insonlarnining genlari kiritilgan. Masalan,

gen injenerligi usullari bilan o‘zgartirilgan

sichqonlar

poliomelit

virusi

uchun

insonlarning xujayra retseptori genini tutadi.

Ularning normal sichqonlardan farqi ular

mazkur virus bilan zararlanishi mumkin, xatto

bu sichqonlarda bu kasallikning belgilari

rivojlanishi mumkin. Yana insonlarning

immun tizimiga ega bo‘lgan sichqonlarni ham

misol sifatida ko‘rishimiz mumkin, bu

sichqonlar

kasal

odamlarsiz

ularning

kasalliklarini tadqiq etish imkonini beradi.

• gen muxanjisligi usularri yordamida

geni o‘zgartirilgan tovuqlar olingan bo‘lib,

ular tarkibida insonlar uchun foydali bo‘lgan

oqsillar tutuvchi tuxum qo‘yadi;

• genetik modifikatsiyalangan qo‘ylar 1-

antitripsin alьfa genini tutuvchi sut beradi. Bu

oqsilning

ikkita

funtsiyasi

mavjud

bo‘lmaydigan geni irsiy berilgan odamlar 1-

antitripsin alьfa yetishmovchiligi deb

nomlanadigan kasalliklar bilan og‘riydi. Ular

o‘pka va jigarni ishdan chiqaradi. ;

• tadqiqotchi Ontario «Envirocho‘chqa»

yaratib, uning go‘ngi 60% kam fosfor tutadi;

genetik

muxandisligi

usullari

yordamida olingan echkilar inson insulini

tutuvchi sut beradi, yana boshqalari sutida

o‘rgimchaklarning pautina oqsillarini tutadi.

Hayvonlarda gen injenerligini qo‘llash

inson uchun kerakli (foydali) genlarni

genomga joylashning bajarilishiga bog‘liq.

Mana shunday klonlashtirilgan genni hujayra

yadrosiga joylab qo‘yishning ikki usuli:


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

6

pronukleusga

genni

purkash

va

virus

trasnfeksiyasi usullari mavjud.

Birinchi usul bilan kerakli gen oldin

DNK

molekulasiga

ulanib

so‘ngra

pronukleusga joylab qo‘yiladi. Shunday yo‘l

bilan Vigler va boshqalar gerpes virusdan

(NSV-1) olingan va DNK molekulasiga

ulangan timidinkinaza fermentini nazorat

qiladigan genni sichqon hujayrasiga kiritishdi.

Sichqon hujayrasida ushbu ferment bo‘lmagan

natijada bir necha bo‘g‘in davomida sichqon

hujayralarida timidinkinaza fermenti bo‘lgan.

Ikkinchi usul, ya'ni virus infeksiyasi

(transfeksiyasi) hayvonlar hujayrasiga tabiiy

genetik informatsiya kiritish hisoblanadi.

Bundan

tashqari

viruslar

hujayra

transformatsiyasida kerakli (foydali) genlarni

kiritish uchun ham hizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda har xil retroviruslar

(teskari transkripsiya qiluvchi RNK saqlovchi

viruslar oilasi) sistemasi vektorlari yaratilgan

bo‘lib, ular qushlar va sutemizuvchilar

organizmiga

tashqaridan

gen

kiritish

xususiyatiga ega.

Genlar organizmga kiritishda viruslardan

tashqari mobil elementlar ham mavjud bo‘lib

bu 1983 yilda drozofila genomidan ajratilgan.

Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri

genlarni zigotaning pronukleusiga in'ektsiya

qilishdir.

Qishloq

xo‘jalik

hayvonlari

zigotasida pronekleusni ajratish qiyin bo‘lgani

uchun

in'ektssiyani

aniq

qilishni

qiyinlashtiradi. Shunga qaramay Xammer va

boshqalar 1985 yilda birinchi bo‘lib transgen

cho‘chqa oldilar. Lekin tajribalar mahsuli juda

past edi. Masalan, bitta transgen qo‘zi olish

uchun 1032 zigotaga in'eksiya qilish, 20 ta

transgen cho‘chqa bolasini olish uchun esa

20035 zigotga in'eksiya qilishga to‘g‘ri keladi.

4. Genlarni hayvon hujayrasiga kiritish

usullari. Zooinjenerlar uchun genlarni hayvon

hujayrasiga kiritish va genomiga tartib bilan

joylashtirish usullari muhim hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda shu sohada bir necha xil

metodlar ishlatiladi. Jumladan virus bilan

kiritish, ximiyaviy, fizikoviy yo‘l bilan,

hujayralarni qo‘shish va yangi usul-

retrovirusni ishlatish.

Birinchi usulda DNK saqlaydigan

viruslar genlarni ko‘chirib o‘tkazishda vektor

sifatida foydalaniladi. Lekin ko‘pchilik

hozirgacha o‘rganilgan viruslar kiritilgan

hujayrani yemirilishi va yo‘q qilinishi (litik

vektor) mumkin. Bundan tashqari ular

trasformatsiya

qilishda

retroviruslarga

nisbatan kam samara beradi. Shuning uchun

ham ularni hayvonlarda keng miqyosda

ishlatish mumkin emas. Lekin bunday

vektorlar vaksinalarni ishlab chiqarishda

samara berishi mumkin.

Ikkinchi usul genlarni tartib bilan

joylashtirishda keng qo‘llaniladi va bunda


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

7

DNK fosfot kalsiy bilan qo‘shib hujayraga

kiritiladi. Bu usulning va boshqa ximik

usullarning ijobiy tomoni shundaki ular

nisbatan oddiy va alohida asbob-uskuna talab

qilmaydi, hamda infeksiya chaqirmaydi.

Shuning uchun ham bu usul mutloq havfli

emas.

Lekin

bu

usulning

kamchiligi

tashqaridan kiritilgan DNK ning juda kam

o‘zlashtirilishida.

Fizikaviy usul ikki asosiy klassda-

mikroin'eksiya va elektroporatsiya yo‘li bilan

olib boriladi. Elektroporatsiya nisbatan yangi

usul bo‘lib, DNK molekulasini elektr toki

yordamida hujayra membranasidan olib

o‘tishga yordam beradi. Lekin bu usul yo‘li

bilan

genlarning

genomga

o‘tkazilishi

xususiyati noma'lum.

Mikroin'ektsiya

usuli-samarali

hisoblanib, keng qo‘llanildi. Gordonning

aniqlashicha plazmidli DNK nasilga beriladi.

Bunday hayvonlar, ya'ni o‘zining genomida

ekzogen geni bor organizmlar transgen

hayvonlar deyiladi.

Qishloq

xo‘jaligi

hayvonlarining

ko‘payishi va serpushtlik xususiyati aniq irsiy

nazorat ostida amalga oshadi va bular

garmonlar statusiga bog‘liq. Hayvonlar

ko‘payishda ayrim garmonlarning ta'sir kuchi

aniqlangan. Masalan, FSG (follikulalarning

yetilishi

nazorat

qiladi)

va

LG

(lyutinlashtiruvchi garmon). Gen injeneriyasi

oldida mana shu garmonlarni biotexnologik

usul bilan ishlab chiqish va shu bilan ularning

ko‘payishiga ta'sir qilish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, serpushtliligi

yuqori bo‘lgan hayvonlarning seleksiya qilish

yo‘li bilan ularning sonini oshirish mumkin.

Masalan. Burula zotli qo‘ylarda serpushtlik

geni o‘rganilib, uning tuxumdonga ta'siri

aniqlangan. Shu zotni boshqa merinos qo‘ylar

bilan chatishtirish natijasida va ularni tanlash,

saralash ishlari olib borilganda qo‘ylarning

serpushliligini 40-60%ga oshirish mumkin.

Lekin shu darajaga yetkazish uchun kamida 30

yil kerak bo‘ladi. Serpushtlik xususiyati

genlarning poligen ta'siriga bog‘liq. Mana shu

jihatlardan foydalanib, gen injenerlik usuli

bilan burula-gen deb atalmish genni boshqa

qo‘ylar genomiga joylab qo‘yish tufayli

ularning pushtdorligini oshirish mumkin.

5.

Transgen

xayvonlar

yaratish

yo‘nalishlari.Zamonaviy biotexnologiyaning

dolzarb

yo‘nalishlaridan

biri

xo‘jalik

axamiyati qimmatli bo‘lgan xususiyatlarga ega

bo‘lgan transgen xayvonlarni, tabiatda

o‘xshashi bo‘lmagan organizmlarni yaratish

bo‘lib qoldi.

Xozirgi

kunda

rivojlangan

mamlakatlardatransgen

organizmlar

olish

texnologiyasiga qiziqish ortib bormoqda.

Qishloq xo‘jaligi uchun mahsuldor xayvonlar

yaratishga katta mablag‘lar ajratilmoqda.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

8

Xozirgi kunda transgen xayvonlar yaratish bir

necha yo‘nalishda rivojlanib bormoqda:

-Tarkibida ba'zi komponentlarni yuqori

miqdorda tutuvchi mahsulotlar beruvchi (

Masalan, Buyukbritaniyada chedder pishlog‘i

ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri keladigan sut

beruvchi

sigirlar

podasi

mavjud)

xayvonlarning yangi porodalarni yaratish.

-O‘ziga xos bo‘lmagan oqsillar sintez

qilish xususiyatiga ega bo‘lgan (masalan,

insonlar insuliniga xos sintez qiluvchi

cho‘chqalar) yaratish

-Insonlar uchun transplantatsiya qilish

uchun organlar beruvchi transgen xayvonlar

yaratish.

Transgen

xayvonlarni

yaratish

insoniyatning

ko‘pgina,

oziq-ovqat

mahsulotlari tanqisligi, dori preparatlarni

ishlab chiqarish va ularni yetarli miqdorda

olish kabi muammolarni xal qiliga yordam

beradi.

6.

Transgen

xayvonlar

olish

texnologiyasi

Transgen xayvonlar –bu tajriba asosida

olingan, organizmining harbir xujayrasida

xromosomaga integratsiya bo‘lgan va nasldan-

naslga beriladigan qo‘shimcha gen tutuvchi

xayvonlardir.

“Transgenoz termini 1973 yilda genetik

jixatdan uzoq bo‘lgan turlarga mansub bo‘lgan

organizmlarning genlarini boshqa organizmga

ko‘chirib o‘tkazini belgilovchi sifatida taklif

etilgan. Transgen xayvonlarni olish

klonlangan genlarni (DNK) urug‘langan

tuxum xujayra (zigota) yoki embrional tana

xujayralar yrdamda amalga oshiriladi. So‘ngra

retsipiyent

urg‘ochi

xayvonlarning

reproduktiv organlariga xususiy yadrosi tana

xujayralarining modifikatsiyalangan embrion

xujayralari

yadrosi

bilan

almashtirilgan

modifikatsiyalangan

zigotalar,

tuxumxujayralar yoki embrional tana

xujayralari

begona

DNKsini

tutuvchi

blastotsistalar

(embrionlar)

ko‘chirib

o‘tkaziladi.

7. Transgen xayvonlar olish tarixi.

Birinchi tansgen xayvonlar 1974 yilda

Kembrijda Rudolьf Yanish tomonidan olingan

bo‘lib u sichqon embrioniga maymunning

SV40 virusini in'ektsiya qilish natijasida

oldgan. 1980 yilda amerika olimi Jorj Gordon

(Gordon) yordamchilari bilan birgalikda

zigota pronukleusi ((tuxum xujayradagi

yadro)iga DNKni mikroin'ektsiya qilish orqali

transgen xayvonlar olishni taklif etdi. Aynan

mana shu usul transgen xayvonlar olishning

keng tarqalishiga asos bo‘ldi. Transgen

xayvonlar Rossiyada 1982 yil paydo bo‘lgan,

AQShda 1985 yilda zigotaning pronukleusiga

mikroin'ektsiya qilish orqali qishlo xo‘jalik

xayvonlari quyon, qo‘y va cho‘chqalar

olingan.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

9

AQShning

Genzyme

Transgenics

korparatsiyasi sutida inson alьtbumini bo‘lgan

qoramol yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar

olib bormoqda. Albumin terapeyada qondagi

osmotik

bosimni

ushlab

turish

uchun

foydalaniladi.

Shuningdek

Genzyme

Transgenics insonlarning o‘sish gormoni va β

interferonni olishning usullari bo‘yicha

izlanishlar olib bormoqda. V Angliyada

sutining tarkibida qonni ivish faktori tutuvchi

transgen qo‘ylar yaratilgan. Rossiyada esa

samototropin genini tashuvchi cho‘chqalar

yaratilgan.

Xulosa:

hayvon gen muhandisligi fan va

texnologiyaning inqilobiy sohalaridan biri

bo‘lib, insoniyat oldida turgan qator

muammolarni hal qilishda ulkan imkoniyatlar

yaratmoqda.

Biroq,

bu

texnologiyani

qo‘llashda me’yorlarga rioya qilish va

ekologik oqibatlarni chuqur o‘rganish muhim

ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ilmiy

yutuqlarni mas’uliyat bilan tatbiq etish zarur.

Adabiyot tahlili:

Bruce Albertsning

"Molecular Biology of the Cell" kitobi hayvon

hujayralaridagi genetik jarayonlarni tushunish

uchun muhim manba hisoblanadi. Unda

hujayra ichidagi genlarning ifodalanishi, DNK

replikatsiyasi va transkripsiyasi haqida batafsil

ma’lumotlar keltirilgan.

CRISPR-Cas9 texnologiyasi haqida,

Nature va Science jurnallari gen tahrirlashning

texnik imkoniyatlari va cheklovlarini ochib

beradi.

Ushbu

texnologiya

hayvon

genomlarini tez va aniq o‘zgartirish

imkoniyatini beradi.

Ian Wilmut va uning jamoasi tomonidan

yaratilgan klonlangan qo‘y Dolly (1996-yil)

ushbu texnologiyaning birinchi muvaffaqiyatli

misollaridan biri.

Genetik

jihatdan

o‘zgartirilgan

sichqonlar va boshqa laboratoriya hayvonlari

inson

kasalliklarini

o‘rganishda

keng

qo‘llaniladi. Buning samaradorligi haqida

tadqiqotlar Cell va PLOS Biology kabi

jurnallarda e’lon qilingan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Artikova R.M., Murodova S.S. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi Toshkent “Fan va texnologiya”

nashriyoti, 2010

2.Antipova L.V., Glotova I.A., Jarinov A.I. Prikladnaya
biotexnologiya Ucheb. posobiye dlya vuzov. Voronej: Voronej. gos. texnol. akad., 2000. -420 s.
3.Ashmarin I. Molekulyarnaya biologiya. Leningrad 1977. – 366 s.
4.Beker M.E., Liyepinыsh G.K., Raypulis Ye.P. Biotexnologiya. M.: Agropromizdat, 1990. – 284 s.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

12

0

5.Biotexnologiya: Ucheb. posobiye dlya vuzov. V 8 kn./Pod. red. N.S.Egorova., V.D.Samuilova. M.:

Vыsshaya shkola, 1997. – 228 s.

6.Volova G. Biotexnologiya. Izd-vo otdeleniya Rossiyskoy Akademii nauk. 1999. – 252 s.
7.Yevtushenkov A.N Fomichev Yu.K. Vvedeniye v biotexnolo-giyu. Izd. BelGU, 2002. -104 s.
8.Yefimova M.V. Vvedeniye v prikladnuyu biotexnologiyu. Izd.: Petropavlovsk-Kamchat-skiy. 2004

. -96 s.

9.Kovaleva T. Biotexnologiya. Chastь 1. Fiziko-ximicheskiye svoystva fermentov. Voronej. 2001. –

78 s.

10.Lavles A. Geneticheskiye effektы alkiliruyuщix soyedineniy. M.: Nauka. 1970. -254 s.
11.K.Robinson. Texnologiya geneticheskoy modifikatsii i piщevыye produktы. ILSI Europe. 2001.

– 55s.

12.Sheveluxa V.S. va boshq. Selьskoxozyaystvennaya biotexnologiya. M.1999
13.Maniatis T., Frich E., Sambruk Dj. Molekulyarnoye klonirovaniye Moskva. Mir. 1984. 4771
Havolalar:
1. www.molbio.ru
2. www.biotech.com
3. www.ziyonet.uz

Bibliografik manbalar

Асадова, М. Қ. (2022). “Биологические особенности эспарцет южног Ўзбекистан”. Journal of Integrated Education and Research, 1(4), 267-269.

Karimov V, Shomahmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmi tibda qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklar. Toshkent, 1993.

Mustafoyev.S.M. Botanika –Toshkent, 2002.

Oripov.R.O, Xalilov.N.X. O‘simlikshunoslik –Toshkent, 2007.

Pratov.O.P, Nabiyev.M.M. O‘zbekiston yuksak o‘simliklarning zamonaviy tizimi Toshkent, 2007.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Maftuna Hoshimova , Azizaxon Axmadjonova , NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA ORGANIZIMGA TA’SIRI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Zilola Mahmudojonova , Baxridil Oqyo’lova , FERMENTLARNI IMMOBILLASH: MOHIYATI, USULLARI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Nodira Rayimjonova , MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Muhtasar Odasheva , Xoldarxon Obloberdiyeva , O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI OMILLARGA BOGʻLIQLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova , ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Ruxshona Xamdamova , Gulshoda Temirova , FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova , EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Mashxura Mukumjonova , Zulxumor Rahmonova , O‘SIMLIKLARNING ZAMBURUG`LI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Sevara Xakimova , Xilola Xusanboyeva , LABORATORIYA O‘QUV MASHG‘ULOT DARSLARIDA OSHLOVCHI MODDALARNI ANIQLASHGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov, Ominaxon Tojidinova , Nilufar Nematova , O‘SIMLIKLARNING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI VA ULARNING EKOLOGIK MOSLASHUV MEXANIZIMI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

1 2 3 > >>