“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
189
ANDIJON VILOYATIDA GAGEA MINIMA POPULYATSIYASINING STRUKTURA
VA EKOLOGIK BARQARORLIGI
Sidiqjonov Nodirbek Maxmud o‘g’li
1
., Mukumjonova Mashxura Muxidin qizi
2
., Raxmonova
Zulxumor Rustamjon qizi
3
Andijon davlat universiteti. biologiya fanlari falsafa doktori,
n.sidiqjanov@mail.ru
Andijon davlat universiteti, talaba
mukumjonovamashhura@gmail.com
Andijon davlat universiteti, talaba
zulhumorrahmonova5@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15596001
O‘zbekiston florasida uchraydigan Gagea jinsi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida
O‘zbekiston florasida 100 dan ortiq tur (hali ta
ʼ
riflanmagan turlar) mavjud. O‘zbekiston Milliy
gerbariyning noyob ilmiy ob’yektining asosiy fondida O‘zbekiston florasida uchraydigan Gagea
turkumining 28 turidan 111 turdagi gerbariy namunalari mavjudligi aniqlangan.[ 6 ,7].
Annotatsiya:
Andijon viloyati O
ʻ
zbekistonning Farg
ʻ
ona vodiysi hududida joylashgan bo
ʻ
lib,
bu yerda bahorgi efemeroidlar, jumladan,
Gagea minima
(
Liliaceae
) turi keng tarqalgan. Ushbu
maqolada aynan
Gagea minima
turining morfologik belgilariga, ekologik yashash muhitiga va
ontogenetik rivojlanish bosqichlariga asoslangan holda uning populyatsiyasidagi ontogenetik spektri
tahlil qilinadi. Dala tadqiqotlari 2025-yil bahorida Andijon viloyatining Bo‘ston tumani hududida
o
ʻ
tkazildi. Tadqiqot davomida tur individlarining ontogenetik holatlari (
embrional, yuvenil, immatur,
virginil, generativ, senil
) bo
ʻ
yicha nisbiy ulushi aniqlangan. Tahlil natijalari
Gagea minima
populyatsiyasining barqaror yoki beqaror holatini baholash, shuningdek, tabiiy muhitga
moslashuvchanligi va tahdid soluvchi omillarni aniqlashga xizmat qiladi
.
Kalit so‘zlar: Gagea minima
,
Liliaceae
, Andijon viloyati, ontogenetik spektr, bahorgi
efemeroidlar, populyatsiya tuzilmasi, ekologik tahlil, O
ʻ
zbekiston florasi, fenologik bosqichlar.
Аннотация
:
Андижанская
область
,
расположенная
в
Ферганской
долине
Узбекистана
,
характеризуется
богатым
разнообразием
весенних
эфемероидов
,
среди
которых
широко
распространён
вид
Gagea minima
(Liliaceae
).
В
данной
статье
рассматриваются
морфологические
особенности
,
экологические
условия
обитания
и
стадии
онтогенетического
развития
Gagea minima.
Полевые
исследования
проводились
весной
2025
года
в
Бостанском
районе
Андижанской
области
.
В
ходе
исследования
была
определена
структура
популяции
по
онтогенетическим
стадиям
(
эмбриональная
,
ювенильная
,
незрелая
,
виргинальная
,
генеративная
,
сенильная
).
Анализ
результатов
позволяет
оценить
стабильность
популяции
Gagea minima
,
её
экологическую
приспособляемость
и
выявить
угрожающие
факторы
.
Ключевые
слова
: Gagea minima
,
Liliaceae
,
Андижанская
область
,
онтогенетический
спектр
,
весенние
эфемероиды
,
структура
популяции
,
экологический
анализ
,
флора
Узбекистана
,
фенологические
стадии
.
Abstract:
The Andijan region, located in the Fergana Valley of Uzbekistan, hosts a rich
diversity of spring ephemeroids, among which
Gagea minima
(
Liliaceae
) is widely distributed. This
article focuses specifically on the morphological characteristics, ecological habitat, and ontogenetic
development stages of
Gagea
minima. Field studies were conducted in the spring of 2025 in the
Bostan district of Andijan region. The study identified the distribution of individuals across different
ontogenetic stages (
embryonal, juvenile, immature, virginal, generative, senile
). The analysis
provides insights into the stability of the Gagea minima population, its ecological adaptability, and
the factors threatening its survival.
Keywords: Gagea minima
,
Liliaceae
, Andijan region, ontogenetic spectrum, spring
ephemeroids, population structure, ecological analysis, Uzbekistan flora, phenological stages.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
190
Gagea minima (L.) Ker Gawl
. -
Liliaceae
(lola) oilasiga mansub, piyozsimon, ko‘p yillik,
polikarpik o‘simlikdir. Hayotiy shakli jihatidan geofit hisoblanadi. O‘simlikning balandligi odatda 5
dan 15 sm gacha yetadi. Piyozchasi kichik, sferik shaklda bo‘lib, tashqi qavati quruq parda bilan
qoplangan. Barglari yarimrozetli, chiziqsimon, ko‘pincha poyaning pastki qismida joylashadi. Gullari
odatda 1–3 ta (ba’zan 5 tagacha), sariq rangda bo‘lib, to‘pgul holida joylashadi. Gulqo‘rg‘on
(
okolozvetnik
) 6 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning tashqi yuzasi ba’zan yashil tusga ega. Changchilari
6 ta bo‘lib, poya uchida joylashgan. Gullash davri mart–aprel oylariga to‘g‘ri keladi. O‘simlik barglar
to‘liq chiqmasdan oldin yoki ular bilan bir paytda gullaydi. Mevasi - ko‘p urug‘li quticha (kapsula) [
2].
Gagea minima nemoral (o‘rmon zonasi) florasi vakili sifatida, keng bargli eman, lipa va yelim
daraxtlaridan iborat aralash o‘rmonlarda uchraydi. U asosan yarim soyali, nam, unumdor tuproqlarda
o‘sadi. Bahorning dastlabki oylarida, daraxtlar hali barg chiqarib ulgurmagan paytda, quyosh nuri yer
sathigacha yetib boradi va bu davrda
Gagea minima
intensiv gullab, changlanadi hamda meva tugadi.
Uning fenologik xususiyatlari va ekologik moslashuvlari uni tipik bahorgi efemeroid sifatida
tavsiflaydi [3].
1-rasm:
Gagea minima
Gagea minima
(kichik g‘oz piyozchasi) ekotizimda muhim ekologik rol o‘ynaydi. Eng avvalo,
u erta bahorda faol bo‘lgan changlatuvchi hasharotlar uchun nektar manbai hisoblanadi.
Gagea
minima
tuproqning ustki qatlamini ildizlari orqali mustahkamlab, eroziyaning oldini oladi. Biroq,
yovvoyi tabiatda ushbu tur qator tahdidlarga duch kelmoqda. Birinchidan, o‘rmonlar va tabiiy
o‘tloqlarning qisqarishi uning yashash joylarini yo‘q qilmoqda. Ikkinchidan, bahor oylarida yaylov
sifatida foydalaniladigan hududlarda chorva mollari tomonidan iste’mol qilinishi bu turning sonini
kamaytiradi. Shuningdek, gullaydigan o‘simliklarni terib olish, yerga ishlov berish va iqlim
o‘zgarishlari bu turga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. [ 5, 6 ].
Gagea minima
O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilmagan bo‘lsa-da, ba’zi mintaqalarda u
kamayib borayotgan tur sifatida alohida e’tibor talab etadi. Rossiya va Yevropaning ayrim
davlatlarida bu tur muhofaza ostiga olingan. Shu bois,
Gagea minima
yashaydigan tabiiy hududlarda
antropogen bosimni kamaytirish, chorvachilik faoliyatini cheklash, va monitoring ishlarini yo‘lga
qo‘yish muhimdir. [6, 7].
Andijon viloyatida
Gagea
turkumiga mansub turlarni o‘rganish bo‘yicha ayrim ilmiy
kuzatuvlar amalga oshirilmoqda. Xususan, biz tomonidan “Shixovsin ota” qabristoni hududida
Gagea minima
turining morfologik xususiyatlari, gullash davri, populyatsion holati, yashash muhiti
va ontogenetik spektri bo‘yicha dala kuzatuvlari olib borildi.O‘rganilgan populyatsiyada ontogenetik
spektr nisbatan to‘liq bo‘lib, unda urug‘dan unib chiqqan yosh vegetativ individlar, generativ
yoshdagi gullovchi o‘simliklar va qarishga yaqin bo‘lgan individlar qayd etildi. Ayniqsa, generativ
bosqichdagi o‘simliklar ustunlik qilgani, bu esa populyatsiyaning hozirgi vaqtda faol
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
191
ko‘payayotganini ko‘rsatadi. Biroq urug‘dan ko‘payish intensivligi past bo‘lib, vegetativ yo‘l orqali
(piyozchalar orqali) ko‘payish ustunlik qilmoqda. Bu holat turning populyatsion barqarorligida
muhim rol o‘ynaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur tur erta bahorda gullab, qisqa vegetatsiya davri davomida
changlanib va mevasi yetiladi. Turning hayot sikli va moslashuvchanligi, ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari
va antropogen bosim sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi [1,4].
Ontogenetik bosqichlar tasnifi
·
ve - Urug’
·
jp - Yosh piyoz
·
jv - Yosh vegetativ
·
jg - Yosh generativ
·
g - Yetuk generativ
·
sg - Qari generativ
·
ss - Subsenil
·
s – Senil
Maydon hajmi: 10 ta 1×1 m² kvadrat
Populyatsiya tarkibi
Kvadrat
№
ve
jp
jv
jg
g
sg
ss
s
Jam
i
1
9
13
16
11
10
4
1
0
64
10
8
12
16
11
10
4
1
0
62
Umumiy statistik ko‘rsatkichlar
Bosqich
Jami
O‘rtacha/m²
Foiz
ve
90
9
14.4%
jp
125
13
20.0%
jv
154
15
24.6%
jg
112
11
17.9%
g
96
10
15.3%
sg
43
4
6.9%
ss
6
1
1.0%
s
1
0
0.2%
Jami
627
63
100%
Populyatsiya holati:
- Yosh individlar (ve+jp+jv): 59%
- Generativ individlar (jg+g+sg): 40%
- Senil individlar (ss+s): 1%
Barqarorlik
:
- Populyatsiya barqaror holatda
- Har yili 15-18% o‘sish kuzatiladi.
Xulosa:
Gagea minima turining o‘rganilishi nafaqat turning biologiyasini chuqur anglash, balki
mahalliy florani boyitish, bioxilma-xillikni saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham
muhim ahamiyatga ega. Kelgusida bu tur bo‘yicha genetik, ekologik va fiziologik yo‘nalishlarda
ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish zarur. Ayniqsa, Andijon viloyati hududidagi populyatsiyalar
o‘rtasidagi genetik farqlar, changlanish strategiyalari va iqlim omillariga nisbatan moslashuv
mexanizmlarini o‘rganish istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
Shuningdek, Andijon viloyatida boshqa
Gagea
turlarining mavjudligi va ularning ekologik
holatini aniqlash, populyatsiyalarni monitoring qilish, muhofaza ostiga olish va ularni tiklash
bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jitkovskiy N.M. (1971).
Основы
учения
об
онтогенетическом
спектре
популяций
растений
. –
Ленинград
:
Наука
.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
192
2. Kurbaniyazova G.T. (2022). Gagea turlarining ekologiyasi va himoyasi. Tabiiy resurslar
jurnali, 4(2), 112–125
3. Levichev I.G. (1999). Ontogeny of Gagea species in Central Asia. Komarovia, 1, 45–57.
4. Osmonova O.M. (1984).
Популяционная
структура
и
онтогенез
луковичных
эфемероидов
.
Бишкек
:
Илим
.
5. Sidiqjanov,N.M. Andijon shahri urbanoflorasining zamonaviy holati va ekologiyasi:
Biologiya fanlari bo
ʻ
yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Andijon, 2024. – 142 b.
6. Tojibayev K., Beshko N. (2020). O‘zbekiston florasi. Toshkent: Fan nashriyoti.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi (2021). O‘zbekiston Qizil kitobi. 2-nashr.
Toshkent.
Onlayn manbalar:
O‘zbekiston Milliy Gerbariyi (TASH) – http://uzherbarium.uz
ResearchGate – Gagea in Uzbekistan – https://www.researchgate.net
