“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
82
O‘ZBEKISTON ISSIQXONALARIDA KOKSIDLAR: IMPORT XAVFI,
O‘RGANILISH HOLATI VA ULARNING TAHLILI
Sobirov Ozodbek Tojimatovich
1
., Ibroximova Nafisaxon Doniyorbek qizi
2
., Kaxxorova
Xolidaxon Raximjon qizi
3
., Muhammadyusupova Shukrona Jasurbek qizi
4
Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsent, b.f.f.d.
ozodbeksobirov1988@gmail.com
Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchisi
ibroximovanafisa99@gmail.com
Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti
holidakakhorova@gmail.com
Andijon davlat universiteti, Biologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15590911
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston issiqxonalarida koksidlar (Homoptera: Coccoidea)
ning tur tarkibi, bioekologiyasi va zararlilik xususiyatlarini o‘rganish ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi.
Xorijiy tadqiqotlar koksidlar biologiyasi va kurash usullarini keng yoritgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda
bu yo‘nalishda ishlar yetarli emas. Ushbu tadqiqot koksidlarning tur tarkibi va populyatsiya
dinamikasini o‘rganishda birinchi qadam bo‘lib, issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
bioekologiya, zararkunanda, issiqxona o‘simliklari, populyatsiya dinamikasi,
Coccidae, Pseudococcidae, Diaspididae.
Аннотация
:
Настоящее
исследование
показало
актуальность
изучения
видового
состава
,
биоэкологии
и
вредоносных
особенностей
кокцид
(Homoptera: Coccoidea)
в
теплицах
Узбекистана
.
Несмотря
на
то
,
что
в
зарубежных
исследованиях
широко
освещены
биология
кокцид
и
методы
борьбы
с
ними
,
в
Узбекистане
работы
в
этом
направлении
недостаточны
.
Данное
исследование
является
первым
шагом
в
изучении
видового
состава
и
динамики
популяций
кокцид
и
служит
повышению
эффективности
тепличного
хозяйства
.
Ключевые
слова
:
биоэкология
,
вредоносные
организмы
,
тепличные
растения
,
динамика
популяций
, Coccidae, Pseudococcidae, Diaspididae.
Annotation:
This study has demonstrated the importance of investigating the species
composition, bioecology, and harmful characteristics of coccids (Homoptera: Coccoidea) in
greenhouses in Uzbekistan. While foreign studies have extensively addressed the biology of coccids
and methods of control, research in this area in Uzbekistan remains insufficient. This study represents
a first step in exploring the species composition and population dynamics of coccids and contributes
to improving the efficiency of greenhouse farming.
Keywords:
bioecology, pests, greenhouse plants, population dynamics, Coccidae,
Pseudococcidae, Diaspididae.
Issiqxonalar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, aholini yil davomida
yangi sabzavot, meva va manzarali o‘simliklar bilan ta’minlaydi. Mahalliy bozor va eksport uchun
yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Shu maqsadda, issiqxonalar va issiqxona kombinatlarini qurish va ulardan foydalanuvchining
sanitariya qoidalari va me’yorlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal
xo‘jaligi vazirining 09.08.2024 yil, 01/2-47-sonli buyrug‘i qabul qilindi [1]. Ushbu hujjat issiqxonalar
va bug‘xonalarning zararkunandalariga qarshi samarali kurashish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash
va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha aniq normalar va qoidalarni belgilaydi.
Biroq, issiqxonalar ko‘plab zararli organizmlar (zararkunandalar) uchun ijobiy muhit yaratadi,
bu esa mahsulotning sifatiga va hosilga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday zararkunandalardan
ayniqsa, koksidlar (Coccoidea) kenja turkumiga mansub hasharotlar ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
83
Ilmiy manbaalarga ko‘ra, koksidlar issiqxona sharoitida juda tez ko‘payib, o‘simlik shirasini
so‘rib oziqlanadi. Ularning faoliyati natijasida o‘simlik barglarida qurish holatlari kuzatiladi va bu
bevosita fotosintez jarayonining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘simliklarning umumiy
vegetativ rivojlanishi susayadi [14].
Issiqxonalarda koksidlarning tarqalishi ko‘plab ilmiy tadqiqotlarga sabab bo‘lgan. Xususan,
adabiyotlarda koksidlar biologiyasi, ularning tarqalishi, o‘simliklarga ta’siri va ularga qarshi kurash
choralari ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan bo‘lsa-da, aynan issiqxona sharoitidagi koksid
turlarining xilma-xilligi va ekologiyasi hali to‘liq holatda o‘rganilmagan yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi [13].
Issiqxona o‘simliklariga Coccidae, Diaspididae, Pseudococcidae oilalarining vakillari jiddiy
zarar yetkazadi. Bu turdagi koksidlar ustida bir qancha olimlar tadqiqotlar olib borgan. Xususan,
Sitsiliyada
Dactylopius coccus
turini ommaviy ravishda ko‘payish imkoniyatini baholash maqsadida
Russo A. va boshqalar ushbu turning biologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan.
D. coccus
koloniyalari Kataniya universitetining qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti issiqxonasida o‘sgan
Opuntia
ficus indica
ning 2-3 yoshli o‘simliklarida uchragan. 1995 yil apreldan 1996 yil avgustgacha davom
etgan doimiy kuzatuvlar natijasida ushbu hasharotning uchta reproduktiv sikli aniqlangan. Tadqiqot
davomida har bir lichinka bosqichining davomiyligi, har bir avlod hayot siklining davomiyligi,
urg‘ochilarining urug‘lanish qobiliyati va biotik omillarning ta’siri o‘rganilgan [10].
Soad I.A.R. tomonidan olib borilgan tadqiqotda Misrda joylashgan Al-Montaza saroy
bog‘idagi tarixiy qirollik issiqxonasida manzarali o‘simliklarga yuqqan koksidlar tahlil qilingan.
Tadqiqotchilar ushbu hududda koksidlarning tarqalishini o‘rganib, ularning issiqxona muhitida
manzarali o‘simliklarga salbiy ta’sirini va zararkunanda sifatidagi ahamiyatini baholagan. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, ushbu issiqxonada 3 ta oila, 9 avlodga mansub jami 9 ta koksid turi aniqlangan. Bu
turlar 20 xil manzarali o‘simlik turiga zarar yetkazgan bo‘lib, bu koksidlarning polifag zararkunanda
ekanligini tasdiqlaydi [11].
Italiyada tijorat maqsadida yoki manzarali o‘simliklar ixlosmandlari tomonidan o‘simliklarning
kirib kelishi koksidlarning keng tarqalishiga olib keldi. Biroq, ko‘pchilik koksidlarga u darajada
e’tibor qaratmaydi. Gaetana Mazzeo va boshqalar 1945-1995 yillar davomida Italiyaga yiliga
o‘rtacha 0,64 ta yangi begona tur kiritilganini qayd etishgan. 1995-2005 yillar orasida bu raqam 0,7
taga, 2005 yildan keyin esa 1,25 taga ko‘tarilgan. Hozirda Italiyada 50 ga yaqin begona tur qayd
etilgan va ulardan yarmi manzarali o‘simliklarga zarar yetkazadi. Tadqiqotchilar orasida invaziv
turlar, masalan,
Ceroplastes japonicus, Phenacoccus peruvianus, Aulacaspis tubercularis
va
boshqalar mavjud [7].
Maurice G.M., Jansen L.P. Alferink tomonidan Gollandiyada olib borilgan tadqiqotda, 1950-
2022 yillarda issiqxonalarda 234 ta koksid turi aniqlangan. Bu turdan 149 tasi faqat issiqxonalarda,
29 tasi esa faqat import tekshiruvlarida qayd etilgan. Yangi turlar sifatida
Ripersiella emarai
va
Paraputo ensete
kabi yangi turlar tavsiflangan [5].
Planococcus citri
turi Xitoyga xos bo‘lib, 1813-yilda Yevropa, 1879-yilda esa AQSHga kirib
kelgan va issiqxonalarda manzarali o‘simliklarga zarar yetkazadi [2].
1957-yildan buyon N.S. Rak va S.V. Litvinova tomonidan olib borilgan uzoq muddatli
kuzatuvlar koksid turlarining mavjudligi va ularning ozuqa o‘simliklar populyatsiyasidagi
dinamikasini o‘rganishga imkon yaratdi. Tadqiqotlar natijasida, turli o‘simlik turlarida uchraydigan
koksidlarning ekologik xususiyatlari va rivojlanish sikli haqida muhim ma’lumotlar to‘plandi. Bu
ma’lumotlar koksidlar bilan kurashda monitoring va nazorat usullarini yaxshilashga yordam beradi
[8].
Rossiyada, N.A. Avrorin nomidagi Polar-Alp Botanika bog‘i 1957 yildan buyon koksidlarning
ekologik xususiyatlari va rivojlanish siklini o‘rganib kelmoqda. Tadqiqotlar issiqxonalarda
koksidlarning tarqalishi va populatsiya dinamikasini aniqlashga yordam beradi [6].
2002-2004 yillarda Katarzyna Golan va Edyta Górska-Drabiklar tomonidan Lublindagi Mariya
Kyuri Sklodovska universiteti botanika bog‘ining issiqxonasida o‘tkazilgan tadqiqotlar manzarali
o‘simliklarda uchraydigan koksid zararkunandalarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda 7 ta oilaga
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
84
mansub 8 ta o‘simlik turi kuzatilgan:
Abutilon striatum
cv. Tomsoni,
Cyrtomium falcatum
Presl.,
Dizygotheca elegantissima
(Veitch),
Hedera helix
L.,
Hypoestes phyllostachya
Presl.,
Nerium
oleander
L.,
Passiflora guadrangularia
L.,
Ruscus aculeatus
L. Issiqxonalardagi ushbu manzarali
o‘simliklarda uchta oilaga mansub koksidlarning uchta turi aniqlangan: Pseudococcidae
(
Pseudococcus maritimus
(Ehrh.)), Coccidae (
Saissetia coffeae
(Walker)) va Diaspididae (
Aspidiotus
nerii
Bouchè). Tadqiqot natijalarida o‘rganilgan o‘simliklarning barcha turlarida koksidlar qayd
etilgan. Kuzatilgan koksid turlari tipik polifaglar hisoblanib, ularning barchasi issiqxonalarda xavfli
zararkunandalar hisoblanadi. Yuqoridagi o
ʻ
simliklar guruhida yashovchi koksidlar orasida
S. coffea
va
A. nerii
o‘simliklarda yuqori populyatsiya zichligiga ega bo‘lib, ularning o‘sishi va rivojlanishiga
jiddiy zarar yetkazgan. O‘rganilgan o‘simliklarda hasharotlarning zichligi to‘rt darajali tizim
bo‘yicha baholangan [3].
Wojciech Goszczy
ń
ski va Katarzyna Golanlar tomonidan 2002-2007 yillarda olib borilgan
tadqiqotlar Polshaning Lyublin va Varshava shaharlaridagi kommunal xizmat binolarida hamda
Lyublindagi Mariya Kyuri-Sklodovska universiteti Botanika bog‘ining issiqxonalarida manzarali
o‘simliklarga ta’sir etuvchi koksidlar tarkibini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot davomida
issiqxonalarda va binolar ichida Pseudococcidae va Coccidae oilasiga mansub 6 turdagi hasharotlar:
Planococcus citri
(Risso, 1813),
Pseudococcus maritimus
(Ehrhorn, 1900),
Rhizoecus cacticans
(Hambleton, 1946) va Coccidae:
Saissetia oleae
(Oilivier, 1971),
Saissetia coffeae
(Walker, 1852),
Coccus hesperidum
Linnaeus, 1758 aniqlangan. Bu hasharot turlari Polsha issiqxonalarida
uchraydigan eng ko‘p va eng xavfli koksidlar qatoriga kiritilgan [4].
Soo-Jung Suh va boshqalar Koreyada 72 turdagi qalqondorlarni qayd etgan, ularning 9 tasi
faqat issiqxonalarda uchraydi. Cristina Elena Marocico va uning hammualliflari esa Ruminiyada
Pseudococcidae oilasiga mansub unsimon qurtlarning issiqxonalarda keng tarqalishi va ularning
muammo bo‘lishini tahlil qilishgan. Shuningdek, Italiyada manzarali o‘simliklar bilan birga koksidlar
ham kiritilib, keng tarqalishi sababli, yangi invaziv turlar muhokama qilingan [12]. Shuningdek,
Michele Ricupero va boshqalar tomonidan 2020 yilda olib borilgan tadqiqotda
Phenacoccus
solenopsis
turining invazivligi va uning O‘rta Yer dengizi mamlakatlariga tarqalishi tahlil qilingan.
Bu tur pomidor yetishtirish tizimlariga jiddiy xavf solishi mumkin [9].
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari asosan sabzavot, meva (sitruslar) va manzarali o‘simliklar
(gullar, dekorativ daraxtlar) yetishtirishga ixtisoslashgan. Koksidlarning issiqxonalarga ta’siri xorijiy
tadqiqotlar asosida quyidagicha baholanishi mumkin. O‘zbekiston xorijdan manzarali o‘simliklar,
mevali daraxtlar va urug‘lar import qiladi. Yuqoridagi tadqiqotlarga ko‘ra, import qilingan
o‘simliklar koksidlarning asosiy tashuvchilaridir. Jansen va Alferink (2023) Gollandiyada
koksidlarning 29 turini import qilingan o‘simliklar orqali aniqlashganligini ko‘rsatishgan [5].
Italiyada 1945-2005 yillar davomida 50 ga yaqin invaziv koksid turi import orqali kirganligi ma’lum
[7]. Issiqxonalarda yuqori namlik (60-80%) va issiqlik (20-30°C) koksidlarning tez ko‘payishi uchun
qulay muhit yaratadi [13] bu esa ularni tez moslashib keng ko‘lamli populyatsiyalarni hosil qilishiga
imkon beradi. O‘zbekistondagi issiqxona xo‘jaliklari koksidlar nuqtai nazardan yetarli bilimlarga ega
emas, bu esa ularning populyatsiyasini nazoratsiz ko‘payishini o‘zida ifodalaydi. Shu sababli, ushbu
sohadagi tadqiqotlar va ishlarning talabini oshirish zararuratini tug‘diradi. Tadqiqotlar ushbu
zararkunandalarni o‘rganish va samarali choralar ishlab chiqishda asosiy ahamiyat kasb etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining buyrug‘i,
09.08.2024 yil, 01/2-47-son
2.
Bodenheimer F. S. Description of some new genera of Coccoidea //Entomologische
Berichten. – 1951. – T. 13. –
№
. 315. – S. 328-331.
3.
Golan K., Górska-Drabik E. The scale insects (Hemiptera, Coccinea) of ornamental plants in
a greenhouse of the Maria Curie-Sk
ł
odowska University Botanical Garden in Lublin //Journal of Plant
Protection Research. – 2006. – S. 347-352-347-352.
4.
Goszczy
ń
ski W., Golan K. Scale insects on ornamental plants in confined spaces //Aphids and
other hemipterous insects. – 2011. – T. 17. – S. 107-119.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
85
5.
Jansen M.G.M., Alferink L.P. An updated list of scale insects (Hemiptera, Coccomorpha)
from import interceptions and greenhouses in The Netherlands //Journal of Insect Biodiversity. –
2023. – T. 44. –
№
. 2. – S. 21-40.
6.
Marocico C. E. et al. Important ornamental host plants for mealybugs (Coccomorpha:
Pseudococcidae) in greenhouses. – 2021.
7.
Mazzeo, G., Longo, S., Pellizzari, G., Porcelli, F., Suma, P., & Russo, A. Exotic scale insects
(Coccoidea) on ornamental plants in Italy: a never-ending story //Acta zoologica bulgarica. – 2014.
– T. 6. –
№
. suppl. – S. 55-61.
8.
Rak N. S., Litvinova S. V. Scale insects (Homoptera, Coccinea) in greenhouses of the Polar-
Alpine Botanical Garden: Host plants, monitoring, and control //Entomological Review. – 2014. – T.
94. – S. 341-344.
9.
Ricupero M. et al. The cotton mealybug is spreading along the Mediterranean: first pest
detection in Italian tomatoes //Insects. – 2021. – T. 12. –
№
. 8. – S. 675.
10. Russo A., Mazzeo G., Longo S. Bionomics of Dactylopius coccus Costa (Hemiptera:
Coccoidea) in a greenhouse in Sicily //Entomologica. – 1999. – T. 33. – S. 333-338.
11. Soad I. A. R. Coccoidea species infesting ornamental plants in the Royal greenhouse, Al-
Montaza palace garden, Alexandria, Egypt with new hosts record and a key of the adult female
Coccoidea. – 2020.
12. Suh S. J., Lee S. J., Hodges G. S. Notes on armored scale species from greenhouse in Korea
(Hemiptera: Diaspididae) //Korean journal of applied entomology. – 2009. – T. 48. –
№
. 3. – S. 281-
284.
13. Williams D. J., Watson G. W. The scale insects of the tropical South Pacific region. Part 3:
the soft scales (Coccidae) and other families. – 1990. – S. 267 pp.
14. Williams D. J., Granara de Willink M. C. Mealybugs of Central and South America. – 1992.
– S. 635 pp.
