Mualliflar

  • Ozodbek Sobirov
    Andijon davlat universiteti
  • Muxiddin Xafizddinov
    Andijon davlat universiteti
  • Xolidaxon Kaxxorova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110696

Kalit so‘zlar:

Diaspidiotus tur tarkibi zoogeografiya Palearktika bioxilma-xillik qishloq xo‘jaligi zararkunanda ekologik moslashuvchanlik.

Annotasiya

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda Diaspidiotus urug’iga mansub turlar tarkibi va ularning zoogeografik tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida sakkiz tur, jumladan Diaspidiotus perniciosus va D. ostreaeformis aniqlanib, ularning Palearktika mintaqasidagi ekologik moslashuvchanligi hamda qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar zararkunandalarni monitoring qilish va ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

61

O‘ZBEKISTONDA DIASPIDIOTUS BERLESE, 1896 TURLARI VA ULARNING

ZOOGEOGRAFIK TAHLILI

Sobirov Ozodbek Tojimatovich

1

., Xafizddinov Muxiddin Faxriddin o‘g‘li

2

., Kaxxorova

Xolidaxon Raximjon qizi

3

.

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsent, b.f.f.d

1

.

ozodbeksobirov1988@gmail.com

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti

2

xafizddinovmuxiddin@gmail.com

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti

3

holidakakhorova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15590438

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda

Diaspidiotus

urug’iga mansub turlar tarkibi va

ularning zoogeografik tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida sakkiz tur,
jumladan

Diaspidiotus perniciosus

va

D. ostreaeformis

aniqlanib, ularning Palearktika mintaqasidagi

ekologik moslashuvchanligi hamda qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar
zararkunandalarni monitoring qilish va ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar: Diaspidiotus

, tur tarkibi, zoogeografiya, Palearktika, bioxilma-xillik, qishloq

xo‘jaligi, zararkunanda, ekologik moslashuvchanlik.

Аннотация

:

Данное

исследование

посвящено

изучению

видового

состава

и

зоогеографического

распространения

представителей

рода

Diaspidiotus

(Diaspididae)

в

Узбекистане

.

В

ходе

исследования

были

выявлены

восемь

видов

,

в

том

числе

Diaspidiotus

perniciosus

и

D. ostreaeformis

,

проанализированы

их

экологическая

пластичность

в

Палеарктическом

регионе

и

вред

,

наносимый

сельскому

хозяйству

.

Полученные

результаты

имеют

важное

значение

для

мониторинга

вредителей

и

разработки

стратегий

их

контроля

.

Ключевые

слова

:

Diaspidiotus

,

видовой

состав

,

зоогеография

,

Палеарктика

,

биологическое

разнообразие

,

сельское

хозяйство

,

вредитель

,

экологическая

приспособляемость

.

Abstract:

This study focuses on the species composition and zoogeographic distribution of the

genus

Diaspidiotus

(Diaspididae) in Uzbekistan. Eight species were identified during the research,

including

Diaspidiotus perniciosus

and

D. ostreaeformis

, and their ecological adaptability within the

Palearctic region as well as their negative impact on agriculture were analyzed. The findings are of
significant importance for pest monitoring and the development of management strategies.

Keywords: Diaspidiotus

, species composition, zoogeography, Palearctic, biodiversity,

agriculture, pest, ecological adaptability.

O‘zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, umumiy

maydoni 448,9 ming km² ni tashkil etadi. Uning hududi sharqdan g‘arbgacha 1425 km, shimoldan
janubgacha esa 930 km masofani o‘z ichiga oladi [14]. Geografik joylashuvi jihatidan O‘zbekiston
Eron-Turon subregioni tarkibiga kiradi va bu hudud Palearktik biogeografik mintaqaning o‘ziga xos
qismi hisoblanadi. G‘arbda O‘rta yer dengizi, sharqda Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq, shimolda
Yevro-Sibir biogeografik birliklariga yaqin joylashganligi tufayli, ushbu hudud bioxilma-xillikning
shakllanishi va boyligi nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi [13]. Xususan,
O‘zbekistonning iqlimiy (kontinental quruq), floristik (cho‘l, dasht, tog‘ va vodiy ekotizimlari)
hamda ekologik sharoitlarining xilma-xilligi bu yerda ko‘plab hasharotlar [2], jumladan, Diaspididae
oilasiga mansub

Diaspidiotus

avlodi turlarining keng tarqalishi va moslashuvchanligini o‘rganish

uchun ham muhim zamin yaratadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

62

Bugungi kungacha O‘zbekistonda

Diaspidiotus

avlodiga mansub

Diaspidiotus perniciosus

(Comstock, 1881),

D. ostreaeformis

(Curtis, 1843),

D. prunorum

(Laing, 1931),

D. elaeagni

(Borchsenius, 1939),

D. leguminosum

(Archangelskaya, 1937),

D. salicis

(Lupo, 1953),

D. slavonicus

(Green, 1934) va

D. transcaspiensis

(Marlatt, 1908) kabi turlar aniqlangan. Ushbu turlar O. Sobirov,

K. Zokirov va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda qayd etilgan [1, 3, 4]. Ular, asosan,
mevali va manzarali daraxtlarda uchraydi. Xususan,

D. perniciosus

va

D. ostreaeformis

turlari

qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan muhim zarar keltiruvchi zararkunandalar hisoblanadi [1].

O‘zbekiston hududida uchraydigan

Diaspidiotus

avlodi turlarining zoogeografik ahamiyatini

to‘g‘ri baholash uchun ularni butun Palearktika mintaqasidagi koksid turlari bilan taqqoslab o‘rganish
zarur. Bu yo‘nalishda Bodenheimer [7], Kozár va Drosdják [11], Kozár [10], hamda Ben-Dov [6]
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar

Diaspidiotus

turlarining ekologik va zoogeografik sharoitlarini

aniqlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Quyida O‘zbekistonda qayd etilgan

Diaspidiotus

avlodi turlarining zoogeografik viloyatlar

bo‘yicha tarqalish holati keltirilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar ularning faunistik holati hamda
ekologik moslashuvchanlik darajasini aniqlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

1-jadval

O‘zbekistonda qayd etilgan Diaspidiotus avlodi vakillarining zoogeografik viloyatlar

bo‘yicha tarqalish xususiyatlari

Turlar

Zoogeografik viloyatlar

Pal.

(subregionlar)

Aus.

Eth.

Nea.

Neo.

Ori.

NZ &

P

Diaspidiotus perniciosus

Pal. (ES, M, IT,)

*

*

*

*

*

Diaspidiotus prunorum

Pal. (IT, M, ES)

*

Diaspidiotus elaeagni

Pal. (IT, ES, M,
FE)

Diaspidiotus leguminosum

Pal. (IT)

Diaspidiotus ostreaeformis

Pal. (ES, M, IT)

*

*

*

*

*

Diaspidiotus salicis

Pal. (IT, M)

Diaspidiotus slavonicus

Pal. (IT ES FE)

Diaspidiotus transcaspiensis

Pal. (IT)

*

Izoh:

Palearktik (Pal.) – Yevro-Sibir (ES), O‘rta yer dengizi (M), Eron-Turon (IT), Uzoq Sharq

(FE); Nearktika (Nea.); Neotropik (Neo.); Efiopiya (Eth.); Oriental (Ori.); Avstraliya (Aus.); Yangi
Zelandiya va Polineziya (NZ & P).

Diaspidiotus

turlarining tarqalish areallari tahlili quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatadi. Keng

tarqalgan turlar

D. perniciosus

va

D. ostreaeformis

Palearktikaning Yevro-Sibir, O‘rta yer dengizi va

Eron-Turan subregionlarida, shuningdek, Nearktika, Neotropik, Oriental, Avstraliya, Yangi
Zelandiya va Polineziya mintaqalarida uchraydi. Bu turlarning yuqori ekologik moslashuvchanligi va
invaziv potensiali ularning global tarqalishini ta’minlaydi [8].

O‘rtacha tarqalgan turlar

D. prunorum

Palearktikaning Yevro-Sibir, O‘rta yer dengizi, Eron-

Turan subregionlari va Oriental mintaqada,

D. elaeagni

esa Palearktikaning Yevro-Sibir, O‘rta yer

dengizi, Uzoq Sharq va Eron-Turan subregionlarida uchraydi. Bu turlar o‘rtacha moslashuvchanlikka
ega [5, 12, 16].

Tor arealga ega turlar

D. leguminosum, D. salicis

va

D. slavonicus

faqat Palearktika, xususan

Eron-Turan subregionida uchraydi, bu ularning ixtisoslashgan ekologik muhitga moslashganligini
ko‘rsatadi. O‘tish zonasi turi

D. transcaspiensis

Eron-Turan subregioni va Oriental mintaqa

o‘rtasidagi o‘tish zonalarida qayd etilgan [16].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

63

O‘zbekistonda uchraydigan

Diaspidiotus

avlodi turlari tarkibi Qozog‘iston, Turkmaniston va

Tojikiston bilan taqqoslandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonda 9 tur, Turkmanistonda 6 tur,
Tojikistonda esa 7 tur

Diaspidiotus

avlodi vakillari qayd etilgan [8].

1-rasm.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydigan

Diaspidiotus

avlodi turlari

o‘rtasidagi o‘xshashlikni Venn diagrammasi orqali ifodalash

Mintaqalar o‘rtasida umumiy turlar sonining yuqoriligi ularning ekologik va biogeografik

yaqinligini ko‘rsatadi. Masalan, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 7 ta umumiy tur aniqlangan
bo‘lsa, O‘zbekiston–Turkmaniston va O‘zbekiston–Tojikiston juftliklarida bu ko‘rsatkich 6 tadan
tashkil etadi. To‘rt mintaqa uchun umumiy bo‘lgan 5 ta tur mavjudligi esa ularning ekologik
moslashuvchanlik darajasining yuqoriligidan dalolat beradi (1-rasm).

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydigan

Diaspidiotus

avlodi turlari o‘rtasidagi

o‘xshashlik darajasi C. Gertsson tomonidan tavsiya etilgan Sorensen o‘xshashlik koeffitsiyenti (DSC)
orqali baholandi [9]. Ushbu koeffitsiyent ikki hududdagi umumiy turlar soniga asoslanib, ularning
biogeografik yaqinligini aniqlash imkonini beradi. Hisoblash quyidagi formula asosida amalga
oshiriladi:

DSC=2

c/(S1+S2)

Bu yerda: c – ikki hududda umumiy aniqlangan turlar soni, S1 va S2 – har bir hududdagi

umumiy turlar soni [15].

Tahlil natijasi quyidagichani tashkil etdi:

2-rasm.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydigan

Diaspidiotus

avlodi turlari

o‘rtasidagi o‘xshashlikni Sorensen koeffitsiyenti orqali ifodalash

Yuqori Sorensen koeffitsiyentlari, xususan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi 0,857

ko‘rsatkichi mintaqalar o‘rtasida kuchli biogeografik aloqalarning mavjudligini ko‘rsatadi. Bu holat
iqlimiy va floristik o‘xshashliklar, shuningdek, tarixiy biogeografik bog‘liqlik bilan izohlanadi (2-
rasm).

O‘zbekistonda aniqlangan

Diaspidiotus

avlodining 8 turi, xususan

D. perniciosus

va

D.

ostreaeformis

, yuqori ekologik moslashuvchanlik va invaziv potensialga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi

ekinlari uchun jiddiy xavf tug‘diradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

64

Mintaqalar o‘rtasida aniqlangan yuqori o‘xshashlik koeffitsiyentlari O‘zbekistonning Markaziy

Osiyo davlatlari bilan ekologik va biogeografik yaqinligini tasdiqlaydi. Ushbu natijalar qishloq
xo‘jaligi zararkunandalarini monitoring qilish, ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish hamda
hududiy ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Архангельская

А

.

Д

.

Кокциды

средней

Азии

. -

Ташкент

:

Издателство

Комитета

наук

Уз

.

ССР

, 1937. -158

с

.

2.

Емельянов

,

И

.

М

. (1974).

Зонально

-

ландшафтная

энтомофауна

Средней

Азии

.

Ленинград

:

Наука

.

3.

Зокиров

К

.,

Хусанов

А

.

К

.,

Собиров

О

.

Т

.,

Яхшибоева

Г

.

О

.

Фарғона

водийси

мевали

ва

манзарали

дарахтлар

кокцидлари

(Homoptera, Coccinea)

фаунасига

оид

дастлабки

маълумотлар

.

АДУ

.

Илмий

хабарнома

. 2018

йил

, No2

сон

. 38-41

б

.

4.

Собиров

О

.

Т

.

Фарғона

водийси

кокцидлари

(Homoptera: Coccinea)

фаунаси

,

морфологияси

ва

экологик

хусусиятлари

:

Биология

фан

.

б

.

фалс

.

док

... (PhD)

дисс

. –

Тошкент

, 2020. – 117

б

.

5. Balachowsky A.S. Les cochenilles de France, d'Europe, du Nord de l'Afrique et du Bassin

Méditerranéen. V. - Monographie des Coccoidea; Diaspidinae (deuxième partie) Aspidiotini.. Entomologique
Applicata Actualités Sciences et Industrielles 1087: 1950b. – pp. 397-557.

6. Ben-Dov Y. Zoogeographical affinities of Middle Eastern mealybugs. Proc. ISSIS (International

Symposium on Scale Insect Studies) -VI, Krakow. Part II, 1990. – pp. 95–100.

7. Bodenheimer F.S. Studies on the zoogeography and ecology of Palaearctic Coccidae I–III. EOS:

revista Espanola de entomologia 10, 1934. – pp. 237–271.

8. García Morales M., Denno B.D., Miller D.R., Miller G.L., Ben-Dov Y., Hardy N.B. ScaleNet: A

literature-based model of scale insect biology and systematics. 2016. Database. doi: 10.1093/database/bav118.
http://scalenet.info [25.04.2025].

9. Gertsson C-A. A zoogeographical analysis of the scale insect (Hemiptera, Coccoidea) fauna of

Fennoscandia and Denmark // Norwegian Journal of Entomology 60, 2013. – pp. 81–89.

10.Kozár F. New data on the zoogeography of Palearctic Coccoidea (Homoptera). Israel Journal of

Entomology 29, 1995b. – pp. 103–108.

11.Kozár F., Drozdják J. Some questions concerning the knowledge of Palaearctic Coccoidea

(Homoptera). Bollettino del Laboratorio di Entomologia Agraria Filippo Silvestri, Portici (Suppl.) 43, 1986. –
pp. 97–105.

12.Laing F. A new coccid injurious to fruit trees in Baluchistan. Memoirs of the Department of

Agriculture in India, Entomology Series 12: 1931. – pp. 99-100.

13.Lattin G. Grundriss der zoogeographie // Jena: Gustav Fischer Verlag.1967.
14.Selimanova S.M. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy–hududiy tuzilishi va davlat tuzilishining

konstitutsiyaviy asoslari. Hozirgi zamon psixologiya ilmidagi dolzarb muommolar: yechimlar va
imkoniyatlari: 2024. 96-101 b.

15.Sorensen Index Calculator - Calculator Academy." calculator.academy, April 30, 2025.
16.Varshney R. K. A check-list of the scale insects and mealybugs of South Asia (Part - 2). Occasional

Paper (Zoological Survey of India) NO. 191: 2002. 147 pp.

Bibliografik manbalar

Архангельская А.Д. Кокциды средней Азии. - Ташкент: Издателство Комитета наук Уз.ССР, 1937. -158 с.

Емельянов, И.М. (1974). Зонально-ландшафтная энтомофауна Средней Азии. Ленинград: Наука.

Зокиров К., Хусанов А.К., Собиров О.Т., Яхшибоева Г.О. Фарғона водийси мевали ва манзарали дарахтлар кокцидлари (Homoptera, Coccinea) фаунасига оид дастлабки маълумотлар. АДУ. Илмий хабарнома. 2018 йил, No2 сон. 38-41 б.

Собиров О.Т. Фарғона водийси кокцидлари (Homoptera: Coccinea) фаунаси, морфологияси ва экологик хусусиятлари: Биология фан.б.фалс.док... (PhD) дисс. – Тошкент, 2020. – 117 б.

Balachowsky A.S. Les cochenilles de France, d'Europe, du Nord de l'Afrique et du Bassin Méditerranéen. V. - Monographie des Coccoidea; Diaspidinae (deuxième partie) Aspidiotini.. Entomologique Applicata Actualités Sciences et Industrielles 1087: 1950b. – pp. 397-557.

Ben-Dov Y. Zoogeographical affinities of Middle Eastern mealybugs. Proc. ISSIS (International Symposium on Scale Insect Studies) -VI, Krakow. Part II, 1990. – pp. 95–100.

Bodenheimer F.S. Studies on the zoogeography and ecology of Palaearctic Coccidae I–III. EOS: revista Espanola de entomologia 10, 1934. – pp. 237–271.

García Morales M., Denno B.D., Miller D.R., Miller G.L., Ben-Dov Y., Hardy N.B. ScaleNet: A literature-based model of scale insect biology and systematics. 2016. Database. doi: 10.1093/database/bav118. http://scalenet.info [25.04.2025].

Gertsson C-A. A zoogeographical analysis of the scale insect (Hemiptera, Coccoidea) fauna of Fennoscandia and Denmark // Norwegian Journal of Entomology 60, 2013. – pp. 81–89.

Kozár F. New data on the zoogeography of Palearctic Coccoidea (Homoptera). Israel Journal of Entomology 29, 1995b. – pp. 103–108.

Kozár F., Drozdják J. Some questions concerning the knowledge of Palaearctic Coccoidea (Homoptera). Bollettino del Laboratorio di Entomologia Agraria Filippo Silvestri, Portici (Suppl.) 43, 1986. – pp. 97–105.

Laing F. A new coccid injurious to fruit trees in Baluchistan. Memoirs of the Department of Agriculture in India, Entomology Series 12: 1931. – pp. 99-100.

Lattin G. Grundriss der zoogeographie // Jena: Gustav Fischer Verlag.1967.

Selimanova S.M. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy–hududiy tuzilishi va davlat tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari. Hozirgi zamon psixologiya ilmidagi dolzarb muommolar: yechimlar va imkoniyatlari: 2024. 96-101 b.

Sorensen Index Calculator - Calculator Academy." calculator.academy, April 30, 2025.

Varshney R. K. A check-list of the scale insects and mealybugs of South Asia (Part - 2). Occasional Paper (Zoological Survey of India) NO. 191: 2002. 147 pp.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари