“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
55
FARG
ʻ
ONA VODIYSIDA COLLETOPTERUM SOGDIANUM (KOBELT, 1897)
(BIVALVIA: UNIONIDAYE) TURINI ILK BOR QAYD ETILISHI
Xusanov Alijon Karimovich
1
., Sobirov Ozodbek Tojimatovich
2
., Yaxyoyev Abdumuxtor
Abduraxim o‘g‘li
3
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi professori
1
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti
2
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti
3
abdumuxtor@adu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15574687
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Farg
ʻ
ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan Oqqush
ko
ʻ
lida
Colletopterum sogdianum
turining ushbu hududda ilk bor aniqlanishi haqida yangi ilmiy
ma
ʼ
lumotlar taqdim etilgan. Tadqiqot davomida mazkur turga oid morfometrik ko
ʻ
rsatkichlar,
ekologik sharoitlarga moslashuv xususiyatlari va yashash muhiti atroflicha o
ʻ
rganildi. Olingan
natijalar Farg
ʻ
ona vodiysida tarqalgan noyob va himoyaga muhtoj mollyuska turlarini saqlab qolish
zarurligini asoslab beradi hamda mintaqadagi bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan strategiyalarni
qayta ko
ʻ
rib chiqish uchun ilmiy asos yaratadi.
Kalit so‘zlar
:
Colletopterum sogdianum
, Oqqush ko‘li, morfometrik ko‘rsatkichlar, bioxilma-
xillik, himoyaga muhtoj turlar
Annotatsiya:
В
статье
представлены
новые
научные
данные
о
первом
обнаружении
согдийского
двустворчатого
моллюска
(Colletopterum sogdianum)
в
озере
Оккуш
,
расположенном
в
восточной
части
Ферганской
долины
.
В
ходе
исследования
были
подробно
изучены
морфометрические
показатели
данного
вида
,
его
адаптация
к
экологическим
условиям
и
особенности
среды
обитания
.
Полученные
результаты
подтверждают
необходимость
сохранения
редких
и
охраняемых
видов
моллюсков
в
Ферганской
долине
и
служат
научной
основой
для
пересмотра
стратегий
сохранения
биоразнообразия
региона
.
Ключевые
слова
:
Colletopterum sogdianum,
озеро
Оккуш
,
морфометрические
показатели
,
биологическое
разнообразие
,
виды
,
нуждающиеся
в
охране
Abstract:
This article presents new scientific data on the first recorded occurrence of the
Sogdian bivalve mollusk (Colletopterum sogdianum) in Lake Oqqush, located in the eastern part of
the Fergana Valley. The study comprehensively examined the morphometric characteristics of this
species, its adaptation to environmental conditions, and features of its habitat. The findings emphasize
the necessity of conserving rare and protected mollusk species in the Fergana Valley and provide a
scientific basis for reviewing biodiversity conservation strategies in the region.
Keywords:
Colletopterum sogdianum
, Oqqush Lake, morphometric characteristics,
biodiversity, speciyes
Ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) suvni filtrlab, uning tarkibidagi fitoplankton, detrit hamda
boshqa mayda organik zarrachalarni iste’mol qilish orqali suvning tozaligini oshiradi va ekotizim
barqarorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shadi. Shuningdek, ushbu organizmlar atrof-muhitdagi
ifloslanish va o‘zgarishlarga sezgirligi tufayli bioindikator sifatida muhim ahamiyat kasb etadi [1, 5].
Jahon miqyosida mollyuskalar faunasi, ularning ekologik xususiyatlari va muhofaza qilish
usullari bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, mollyuskalar suv
sifatini baholashdagi roli Thorp va Covich (2010) tomonidan asoslab berilgan bo‘lsa, ularning global
tarqalishi Bouchet (2008) tomonidan bayon etilgan. Zuykov (2013) tadqiqotlarida esa
mollyuskalardan og‘ir metall ifloslanishlarini aniqlashda bioindikator sifatida foydalanish yoritilgan
[2, 4, 6].
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston suv havzalarida ikki pallali mollyuskalarni o‘rganish
bo‘yicha ayrim tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa-da, mavjud ilmiy resurslarning yetishmasligi,
malakali mutaxassislar sonining kamligi va ma’lumotlarning tarqoqligi ushbu sohaning to‘liq qamrab
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
56
olinishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shunga qaramay, Izzatullayev va Starobogatov (1984) tomonidan fan
uchun ilk marotaba Markaziy Osiyoda Unionidae oilasiga mansub 7 ta mollyuska turini aniqlangan.
Ularga
Colletopterum
urug‘idan
C. bactrianum, C. cyreum sogdianum, C. kokandicum
(yangi tur
sifatida),
C. ponderosum volgense
hamda
Sinanodonta
turkumidan S
. orbicularis, S. gibba
va
S.
puyerorum
kiradi. Qayd etilishicha,
S. gibba
va
C. ponderosum volgense
turlari 1950-yillarda Yantszi
daryosidan olib kelingan bo‘lishi mumkin [3].
Ushbu tadqiqotda ilk bor Farg‘ona vodiysida Colletopterum sogdianum turining mavjudligi
aniqlanib, morfometrik tahlillar orqali turning ekologik moslashuv xususiyatlari baholandi.
2025-yil mart oyida Andijon viloyatining sharqiy qismida joylashgan Oqqush ko
ʻ
lida
(40°40'14.2"N, 72°34'46.4"E) dala tadqiqotlari o
ʻ
tkazildi. Vizual kuzatuv usuli asosida qo
ʻ
l bilan
jami 8 ta Colletopterum sogdianum namunasi yig
ʻ
ib olindi. Turning tashqi morfologik belgilari va
identifikatsiyasi Izzatullayev va Boymurodov (1984, 2024) metodikalariga tayanilgan holda amalga
oshirildi [7, 8]. So‘ng ushbu turlar yashash muhitiga qayta qo‘yib yuborildi (1-rasm). Statistk taxlillar
J.H. Zar usullaridan foydalanildi [9].
1-rasm. Colletopterum sogdianum
(Kobelt, 1897). A) Lateral – midiyaning yon tomondan
ko‘rinishi, B) Dorsal – midiyaning ustki tomondan, qopqoqlar tutashgan chiziq bo‘ylab ko‘rinishi,
C) Ventral – pastki tomondan, qopqoqlar oralig‘idan ko‘rinishi (orginal).
Tadqiqot davomida
Colletopterum sogdianum
turiga mansub jami 8 ta namunalar o‘rganildi va
ularning morfometrik ko‘rsatkichlari - ya’ni uzunlik, balandlik va qalinlik bo‘yicha asosiy statistik
parametrlar hisoblab chiqildi (1-jadval).
1-jadval
Colletopterum sogdianum namunalarining morfometrik o‘lchamlari
O‘lcham turlari
O‘rtacha ± SD
Min
Max
Uzunlik (sm)
9.55 ± 4.45
2.7
13.2
Balandlik (sm)
6.40 ± 2.77
2.3
9.5
Qalinlik (sm)
3.84 ± 1.36
1.6
5.5
Izoh:
Bu statistik ko‘rsatkichlar 8 ta namunaga asoslangan bo‘lib, o‘rtacha qiymat ± standart
og‘ish (SD), eng kichik (Min) va eng katta (Max) qiymatlar bilan ifodalangan.
Birinchi jadvalda namunalarning o‘rtacha (arifmetik) qiymatlari, standart og‘ish (SD), hamda
minimum va maksimum qiymatlari ko‘rsatilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, namunalarning o‘rtacha
uzunligi 9.55 sm, balandligi 6.40 sm, va qalinligi 3.84 sm bo‘ldi. Uzunlikda eng katta qiymat 13.2
sm, eng kichik esa 2.7 sm qayd etildi, bu esa namunalar orasida morfologik farqlanish mavjudligini
ko‘rsatadi. Balandlik va qalinlik bo‘yicha ham shunga o‘xshash farqlar kuzatildi, bu esa ehtimoliy
yosh farqlari, yashash muhiti yoki sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
2-jadval.
Colletopterum sogdianum
намуналарининг
95%
ишонч
интервали
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
57
O‘lcham turlari
O‘rtacha (sm)
95% CI pastki
chegarasi
95% CI yuqori
chegarasi
Uzunlik (sm)
9.55
5.83
13.27
Balandlik (sm)
6.40
4.09
8.71
Qalinlik (sm)
3.84
2.70
4.98
Izoh:
Ushbu statistik ko‘rsatkichlar 8 ta namunaga asoslangan bo‘lib, har bir o‘lcham bo‘yicha
o‘rtacha qiymatning 95% ishonch oralig‘i (Confidence Interval, CI) hisoblab chiqilgan.
Ikkinchi jadvalda har bir o‘lcham uchun 95% ishonch oralig‘i (confidence interval)
ko‘rsatilgan. Bu oraliqlar shuni ko‘rsatadiki, haqiqiy populyatsiyaning o‘rtacha qiymati yuqori
ehtimollik bilan (95%) ushbu chegaralarda joylashgan bo‘ladi. Masalan, uzunlik bo‘yicha ishonch
oralig‘i 5.83 sm dan 13.27 sm gacha, balandlikda esa 4.09 sm dan 8.71 sm gacha deb baholandi.
Ushbu natijalar namunalar sonining nisbatan kamligi (n=8) tufayli ishonch oralig‘i kengroq
chiqqanini ko‘rsatadi, bu esa statistik baholashda ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Colletopterum sogdianum
Farg‘ona vodiysida ilk bor qayd
etilmoqda. Namunalarning morfometrik o‘zgaruvchanligi turning morfologik moslashuvchanligini
aks ettiradi va populyatsiya ichida o‘sish bosqichlariga qarab xilma-xillik mavjudligini bildiradi.
Bu holat
C. sogdianum
turining Oqqush ko
ʻ
li sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashganidan
dalolat beradi. Ko‘l ekotizimi hozircha turning yashashiga qulay muhit ekanligini ko‘rsatadi. Shu
bilan birga, ushbu turning mintaqadagi mavjudligi, alohida monitoring va saqlash strategiyalarini
ishlab chiqishni talab qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Bogan A.E. Freshwater bivalve extinctions (Mollusca: Unionoida): A search for causes.
American Zoologist, 1993. 33(6), 599–609.
2.
Bouchet P., Lozouyet P., Mayestrati P., Heros V. Assessing the magnitude of speciyes
richness in tropical marine environments: Excyeptionally high numbers of molluscs at a New
Caledonia site. Biological Journal of the Linnean Sociyety, 2008. 75(4), 421–436.
3.
Izzatullayev Z.I., Starobogatov Y. I. Bivalve molluscs of the family Unionidaye in Middle
Asia. Byulleten Moskovskogo Obshchestva Ispytatelei Prirody, Otdel Biologicheskii, 1984. 89(5),
74–81.
4.
Thorp J.H., Covich A.P. Ecology and classification of North American freshwater
invertebrates (3rd ed.). Academic Press. 2010.
5.
Vaughn C.C., Hakenkamp C.C. The functional role of burrowing bivalves in freshwater
ecosystems. Freshwater Biology, 2001. 46(11), 1431–1446.
6.
Zuykov M., Pelletiyer E., Harper D.A.T. Bivalve mollusks in metal pollution studiyes:
From bioaccumulation to biomonitoring. Chemosphere, 2013. 93(2), 201–208.
7.
Bauyer G., Wächtler K. Ecology and Evolution of the Freshwater Mussels Unionoida.
Springer-Verlag. 2001.
8.
Talabboyeva D. Farg‘ona vodiysida suv resurslarining ekologik holati: muammolar va
yechimlar. Farg‘ona Universiteti Ilmiy jurnali, 2024. 5(1), 45-60.
9.
Zar, J.H.
Biostatistical Analysis
(4th ed.). Prentice Hall, New Jersey. 1999.
