Universal International Scientific Journal
291
Tohirjonova Xumora Azizbek qizi
Andijon davlat pedagogika institute
Pedagogika fakulteti Pedagogika ta’lim yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Maktabgacha ta’limda zamonaviy ijodiy sog`lom raqobat muhitini yaratish tarbiyachi-
pedagoglarning motivatsiyasini oshirish, ularning kasbiy kompitentligini rivojlantirish jarayonlari ta’lim
mazmunini isloh etish kasbiy faoliyatini yaxshilash, shart-sharoit yaratish zaruratini belgilaydi. Mazkur
maqola maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik kreativlik asosida tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini
oshirish zaruriyatini tahlil qiladi. Maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kreativ yondashuvlari bolalarning
shaxsiy rivojlanishida, o‘z-o‘zini ifoda etishida va emotsional-intellektual rivojlanishida katta ahamiyatga
ega. Maqolada kreativ pedagogik metodlarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi, pedagoglarning kasbiy
malakalarini oshirish va pedagogik yondashuvlarning rivojlanishi masalalari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta'lim, pedagogik kreativlik, kasbiy kompetentlik, ta'lim metodlari,
pedagogik yondashuv, innovatsion ta'lim texnologiyalari, tarbiyachi malakasi, bolalar rivojlanishi, kreativ
pedagogika, ta'lim sifatini oshirish.
Аннотация:
Создание современной творческой здоровой конкурентной среды в дошкольном
образовании обусловливает необходимость повышения мотивации воспитателей, повышения их
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
PEDAGOGIK KREATIVLIK ASOSIDA MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHILARI
KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH ZARURIYATI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 31.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
292
профессиональной компетентности, создания условий для реформирования содержания
образования, совершенствования их профессиональной деятельности, создания условий. В данной
статье анализируется необходимость повышения профессиональной компетентности воспитателей
в системе дошкольного образования на основе педагогического творчества. Творческие подходы
воспитателей дошкольного образования имеют большое значение в развитии личности,
самовыражении и эмоционально-интеллектуальном развитии детей. В статье освещаются вопросы
использования творческих педагогических методов в образовательном процессе, повышения
профессионального мастерства воспитателей, разработки педагогических подходов.
Ключевые слова:
дошкольное образование, педагогическое творчество, профессиональная
компетентность,
образовательные
методы,
педагогический
подход,
инновационные
образовательные технологии, квалификация воспитателя, развитие ребенка, креативная педагогика,
повышение качества образования.
Abstract:
Creating a modern creative healthy competitive environment in preschool education
determines the need to improve the motivation of educators, improve their professional competence, and
create conditions for reforming the content of education, improving their professional activities, and
creating conditions. This article analyzes the need to improve the professional competence of educators in
the preschool education system based on pedagogical creativity. Creative approaches of preschool
educators are of great importance in the personal development, self-expression, and emotional-intellectual
development of children. The article covers the issues of using creative pedagogical methods in the
educational process, improving the professional skills of educators, and developing pedagogical
approaches.
Keywords:
preschool education, pedagogical creativity, professional competence, educational
methods, pedagogical approach, innovative educational technologies, educator qualifications, child
development, creative pedagogy, improving the quality of education.
Language:
Uzbek
Citation:
Tohirjonova, H. (2025). IMPORTANT ASPECTS OF IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION AND UPbringing FOR PRESCHOOL CHILDREN. Universal International Scientific
Journal, 2(5), 291-296. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2500
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Maktabgacha ta'lim tizimi jamiyatning
kelajagini shakllantirishda muhim ahamiyatga
ega. Ushbu ta'lim bosqichida bolalar nafaqat
bilim olish, balki o‘zini ifoda etish, ijtimoiy
ko‘nikmalarni rivojlantirish, hissiy intellektni
shakllantirish kabi muhim fazilatlarni ham
egallaydilar. Maktabgacha ta'lim tarbiyachilari
bolalarning rivojlanishida va o‘ziga xos
Universal International Scientific Journal
293
xususiyatlarini
aniqlashda
asosiy
rolni
o‘ynaydi.
Shuning
uchun,
pedagogik
kreativlikning ta'lim jarayoniga joriy etilishi
tarbiyachilarning
kasbiy
kompetentligini
oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
Kreativlik pedagogik faoliyatda yangi va
samarali
yondashuvlarni,
metod
va
texnologiyalarni ishlab chiqish, o‘quv muhitini
va bolalar bilan muloqotni boyitish imkonini
beradi. Maktabgacha ta'lim tarbiyachilari uchun
kreativ pedagogik metodlarni qo‘llash, o‘z
navbatida, bolalarning shaxsiy rivojlanishiga,
muloqot ko‘nikmalarini oshirishga va fikrlashni
mustahkamlashga yordam beradi. Shuning
uchun,
pedagoglarning
kasbiy
kompetentliklarini
oshirishda
kreativlik
asosidagi yondashuvning roli ortib bormoqda.
Maqolaning maqsadi maktabgacha ta'lim
tarbiyachilarining
kasbiy
kompetentligini
oshirishda pedagogik kreativlik asosidagi
yondashuvlarning ahamiyatini tahlil qilish va bu
jarayonda qo‘llaniladigan metodlar va usullarni
ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, kreativ
pedagogik yondashuvlar maktabgacha ta'lim
tizimining sifatini yaxshilashda qanday ro‘l
o‘ynashi,
tarbiyachilarning
malakalarini
oshirish va ta'lim jarayonida innovatsion
texnologiyalardan
qanday
foydalanish
masalalari ham o‘rganiladi.
Prezidentimiz SH.
Mirziyoyevning
2019- yil 19- oktyabrdagi maktabgacha ta’lim
tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga
bag’ishlangan yig’ilishda ta’kidlaganlaridek:
“Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk
kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir
o‘zgarishga,
farovon
hayotga
erisha
olmaymiz.
Bunda
kadrlarni,
millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo,
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”.
Ta’lim sohasiga qo‘yiladigan talablar orasida
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
mutaxassislarining
kasbiy
va
kreativ
kompetentligini oshirish uchun qator chora-
tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Pedagog shaxsiga
qo‘yiladigan talab – eng avvalo o‘z ustida
izlanishlar olib borishidir. Shunday ekan,
maktabgacha ta’lim tizimida eng muhim
ehtiyoj
maktabgacha
ta’lim
tashkiloti
mutaxassislarining kasbiy yetukligi bilan birga
kreativ kompetentligi hamdir. So‘nggi yillarda
kelajagimiz
poydevori
bo’lmish
farzandlarimizga ya’ni maktabgacha ta’lim
tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil
9-sentyabrdagi
PQ3261-sonli
"Maktabgacha
ta’lim
tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi qarori, 2016-yil 29-dekabrda
qabul qilingan PQ-2707- sonli “2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish choratadbirlari to’g‘risida”gi
Qarori, 2018- yil 3-iyuldagi Maktabgacha
ta’lim Vazirligining 3032-son “O’zbekiston
Respublikasining
ilk
va
maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
Davlat talablarini tasdiqlash haqidagi“, 2019-
yil
16-
dekabrdagi
PQ-595-sonli
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi“
qonuni, 2019-yil 8-maydagi PQ 4312-sonli
“Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”, 2020-yil 6-
noyabrdagi
“
O’zbekistonning
yangi
taraqqiyot davrida ta’lim- tarbiya va ilm-fan
sohalarini
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PF 6108-sonli farmon va shu
kabi qarorlarining qabul qilinishi maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya
jarayoniga salmoqli yangilanishlar kiritilishiga
xizmat qildi. Yurtimizda 2018-yildan Koreya
tajribasiga asoslangan “Ilk qadam” o‘quv
dasturi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
joriy qilina boshladi. Yangi dasturga binoan,
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar beshta
Universal International Scientific Journal
294
faoliyat markazlarida tashkil etiladi. Bu esa
o‘z-o‘zidan shuni ko’rsatadiki, bo’lajak
mutaxassislarni tayyorlayotgan oliy ta’lim
muassasalarida
faoliyat
yuritadigan
pedagoglardan
ham
o’quv
jarayoniga
mazmunan va shaklan yangiliklar kiritishni,
ta’lim jarayoniga kreativlikni olib kirishni
taqazo etadi.
1
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
faoliyat
olib
boruvchi
bo’lajak
mutaxassislarda
kreativ
kompetentligini
rivojlantirish
metodikasini
integrativ
yondashuv asosida takomillashtirish bo’lajak
mutaxassislarning har qanaqa jarayonda
o’zining ijodiy va kreativ qobilyatlarini
namoyon
qilishida
foydali
va
kerakli
jihatlarini ko’rsatadi. O’sib kelayotgan yosh
avlodni yangi zamon talablariga to’laqonli
javob bera oladigan, har qanaqa vaziyatga
kreativ yondasha oladigan, dunyoni yangicha
qarashlar
bilan
anglaydigan
kreativ
qobilyatlarini rivojlantirish, ularda kreativ
fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat
olib boruvchi pedagog, mutaxassislardan
kasbiy faoliyatlarida kreativ kompetentlikni
talab etmoqda. Barkamol shaxsni voyaga
yetkazishda
roli
beqiyos
sanaladigan
maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lajak
tarbiyachilari hamda mutaxassislarini kreativ
kompetentligini rivojlantirish eng avvalo oliy
ta’lim
muassasasi
pedagoglarining
zimmasidadir.
Ma’lumotlarga
qaraganda
(yoshlar psixologiyasiga ko’ra) olti yoshgacha
bo’lgan bolalar 40% iste’dod
potentsialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik
yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda
moyil bo’lar ekanlar. Shunday ekan, ayni shu
davr
bolalarda
kreativ
qobilyatlarini
shakllantirishning ayni vaqtidir. Buning uchun
1
Karimova S. (2018). Pedagogik yondashuvlar va kreativ
metodlar. Toshkent: Fan va texnologiya.
albatta maktabgacha ta’lim tashkilotidagi
mutaxassislarning o’zida kreativ sifat va
kreativ kompetentlik shakllangan bo’lishi
kerak. Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga Oliy
ta’lim muassasasida taxsil oluvchi bo’lajak
tarbiyachilarni o’qitishda “Kreativ Pedagogika
asoslari” fanining qo’shilgani talabalarning
kelajakdagi
kasbiy
faoliyatlarida
zarur
bo’lguvchi
kreativ
kompetentligini
rivojlantirilishi ta’lim jarayonini samarali va
sifatli tashkil etishda xizmat qiluvchi omil
bo’ladi desak, adashmaymiz. Kreativlikning
mazmun va mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak,
mamlakatimizdagi
bir
qator
pedagog
olimlarning o’quv – metodik qo’llanmalarini
tahlil qilgan holda, quyidagilarni aytishimiz
mumkin:
Kreativlik (lot,ingl. “create”-yaratish,
“creative” yaratuvchi, ijodkor)- individning
yangi g’oyalar ishlab chiqarishga tayyorlikni
tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobiliyati.
Kreativ
kompetentlik
esa-
pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va
ijodiy
yondoshish,
o’zining
ijodkorlik
malakalariga egaligini namoyish eta olishidir.
Maktabgacha
ta'limda
kreativlik,
birinchi navbatda, pedagogning bolalar bilan
ishlashdagi
yondashuviga
taalluqlidir.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik
kreativlik o‘qituvchining o‘z ishiga bo‘lgan
yondashuvini, uning o‘quvchilari bilan
aloqasini, va yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashdagi
qobiliyatini
aks
ettiradi
(Aminova, 2017).
2
Kreativ pedagoglar bolalar
o‘rtasida o‘ziga xos va ijodiy fikrlashni
rivojlantirishga qaratilgan metodlarni, o‘yin va
interaktiv faoliyatlarni qo‘llashadi, bu esa
bolalar o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi.
2
Aminova N. (2017). Pedagogik kreativlik va uning ta'lim
jarayonidagi roli. Toshkent: Ma'naviyat.
Universal International Scientific Journal
295
Shuningdek,
maktabgacha
ta'limda
kasbiy kompetentlik o‘qituvchining nafaqat
bilimlari, balki pedagogik metodlarni samarali
qo‘llay olish qobiliyatiga ham bog‘liq.
Maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kasbiy
kompetentligi pedagogning o‘zining shaxsiy
va professional rivojlanishiga, metodik va
psixologik bilimlariga, shuningdek, bolalar
bilan ishlashdagi individual yondashuviga
to‘g‘ri keladi (Maxmudova, 2015).
3
Raqamli
texnologiyalarning
rivojlanishi maktabgacha ta'limda pedagogik
metodlarni yangilash zaruratini tug‘dirgan.
O‘qituvchilar
va
tarbiyachilar
o‘z
faoliyatlarida
zamonaviy
o‘qitish
texnologiyalarini, multimedia vositalarini, va
onlayn
resurslarni
qo‘llash
orqali
o‘quvchilarning qiziqish va motivatsiyasini
oshirishi mumkin (Raximov, 2019).
4
Bunday
yondashuvlar
pedagogning
kreativ
yondashuvini va pedagogik kompetentligini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
usullarini ishlab chiqishdir.
Maqolada olib borilgan tadqiqotda
sifatli va miqdoriy metodlardan foydalanilgan.
Tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi
– amaliyotga asoslangan tadqiqotdir, ya'ni
maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kasbiy
kompetentligini oshirish jarayonida pedagogik
kreativlikni
qo‘llashning
samaradorligi
o‘rganilgan. Tadqiqotda, birinchi navbatda,
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va
3
Maxmudova R. (2015). Maktabgacha ta'limda kasbiy
kompetentlikni rivojlantirish. Toshkent: O‘qituvchi.
kreativ metodlarning maktabgacha ta'limda
qo‘llanishi haqidagi adabiyotlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tajriba va intervyu metodlari
orqali pedagoglarning kasbiy kompetentlik
darajasi
va
kreativlikni
rivojlantirishga
bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi. Bu metod orqali
tarbiyachilarning pedagogik yondashuvlari va
metodologik ko‘nikmalarini tahlil qilish
mumkin bo‘ldi. Bunda pedagoglarning
o‘qitish metodlari, bolalar bilan ishlash
4
Raximov T. (2019). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar:
maktabgacha ta'limda yangi yondashuvlar. Tashkent:
Ta'lim.
Universal International Scientific Journal
296
usullari, va o‘qituvchi sifatida o‘zlarini qanday
rivojlantirishlari haqida fikrlar yig‘ildi.
Qolaversa, tajriba o'tkazish orqali
pedagogik kreativlikni oshirishga qaratilgan
treninglar, seminarlar, va onlayn kurslar ta'siri
o‘rganildi.
Bu
metodlar
pedagogik
kompetentlikni oshirish va o‘quv jarayonining
sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Shu
bilan
birga,
metodologiyada
pedagogik amaliyotlar va o‘qituvchilarning
kasbiy
rivojlanishi
masalalariga
katta
ahamiyat
berilgan.
Tadqiqotning
asosiy
maqsadi – pedagogik kreativlik asosida
maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kasbiy
kompetentligini oshirishning amaliy usullarini
ishlab chiqishdir.
Maqolada maktabgacha ta'lim tizimida
pedagogik kreativlik asosida tarbiyachilarning
kasbiy kompetentligini oshirish zaruriyati
tahlil qilindi. Tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, pedagogik kreativlik
bolalar bilan ishlashda tarbiyachilarning
ijodkorlik va yangi yondashuvlarni qo‘llashga
bo‘lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Bu esa
nafaqat bolalar o‘rtasida kreativ fikrlashni
rag‘batlantiradi, balki ularning ijtimoiy va
emotsional rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi.
Maktabgacha
ta'lim
tarbiyachilari
kasbiy kompetentligini oshirishda kreativ
pedagogik metodlarning samarali qo‘llanilishi
katta ro‘l o‘ynaydi. Pedagogik kompetentlik
faqatgina bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki
pedagogning o‘z faoliyatini samara bilan
tashkil
etish,
bolalar
bilan
muloqotni
rivojlantirish va yangi ta'lim texnologiyalarini
o‘zlashtirish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy
pedagogik
metodlar
va
innovatsion yondashuvlar tarbiyachilarning
kasbiy
malakalarini
oshiradi,
ta'lim
jarayonining sifatini yaxshilashga imkon
beradi.
Shuningdek, pedagogik kreativlikni
rivojlantirish jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan, interaktiv metodlardan va
onlayn
resurslardan
foydalanish
tarbiyachilarning malakasini yanada oshiradi.
Pedagogik yondashuvlarni yangilash va
innovatsiyalarni joriy etish, maktabgacha
ta'lim tizimining sifatini yaxshilashga xizmat
qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, kreativ
pedagogik
metodlarni
qo‘llash,
tarbiyachilarning o‘z shaxsiy rivojlanishiga
hamda ularning pedagogik ko‘nikmalarini
yanada mustahkamlashga imkon yaratadi.
Shu bilan birga, pedagoglarning kasbiy
kompetentligini oshirishda doimiy ravishda
o‘quv seminarlari, treninglar va ilmiy
izlanishlarga e'tibor qaratish zarur. Bu
pedagoglarning
yangi
bilimlar
va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga yordam beradi,
ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yangi
talablarga tez moslashish imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha
ta'lim
tarbiyachilarining
kasbiy
kompetentligini
oshirishda
kreativlik
asosidagi pedagogik yondashuvlar muhim
ahamiyatga ega. Bu nafaqat pedagoglarning
o‘zini rivojlantirishiga, balki bolalar uchun
sifatli ta'lim muhitini yaratishga ham xizmat
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Mirziyoyev SH. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga
ko’taramiz – Toshkent: O’zbekiston, 2017.
2.
Ergashev A. Umumiy ekologiya. – Toshkent: O’zbekiston, 2003.
3.
To’xtaev A. S. Ekologiya. - Toshkent: O’qituvchi, 2001.
4.
To‘xtaev A. S., Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. Toshkent:
O‘qituvchi, 196
