Mualliflar

  • Xumora Tohirjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86207

Kalit so‘zlar:

boshlangʻich sinf ona tili interfaol metodlar pedagogik texnologiyalar kreativ fikrlash kommunikativ kompetensiya

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitishda interfaol metodlardan foydalanishning samarali usullari va ularga xos xususiyatlar tahlil etilgan. Maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatlari va ona tili fanining oʻziga xos tomonlari hisobga olingan holda, interfaol metodlarning qoʻllanilishi, afzalliklari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

257

Universaljurnal.uz

Tohirjonova Xumora Azizbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Pedogogika fakulteti Pedagogika yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitishda interfaol metodlardan

foydalanishning samarali usullari va ularga xos xususiyatlar tahlil etilgan. Maqolada boshlangʻich sinf

oʻquvchilarining yosh xususiyatlari va ona tili fanining oʻziga xos tomonlari hisobga olingan holda,

interfaol metodlarning qoʻllanilishi, afzalliklari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlangʻich sinf, ona tili, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, kreativ

fikrlash, kommunikativ kompetensiya.

Аннотация:

В статье анализируются эффективные методы и их особенности использования

интерактивных методов обучения родному языку в начальных классах. В статье рассматриваются

вопросы использования, преимуществ и практической значимости интерактивных методов с учетом

возрастных особенностей учащихся младших классов и специфики предмета родной язык..

Ключевые слова:

начальная школа, родной язык, интерактивные методы, педагогические

технологии, творческое мышление, коммуникативная компетентность.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI OʻQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISHNING OʻZIGA XOSLIGI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

25

8

Abstract:

This article analyzes effective methods and their specific features of using interactive

methods in teaching the mother tongue in primary grades. The article highlights the application, advantages

and practical significance of interactive methods, taking into account the age characteristics of primary

school students and the specifics of the subject of the mother tongue..

Keywords:

dramatic expression in dances, Khorezm folklore, Khorezm rhythms, intangible cultural

heritage, dynamics, rhythms of movement, composition, Hafizs, Tupukqala, maqom, improvisation.

Language:

Uzbek

Citation:

Tohirjonova , K. (2025). CHARACTERISTICS OF USING INTERACTIVE METHODS

IN TEACHING THE MOTHER LANGUAGE IN PRIMARY GRADES. Universal International Scientific

Journal, 2(4), 257–262. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1734

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15344777

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Zamonaviy taʼlim tizimida oʻquvchilarni

faollashtirish, ularning bilim olishga boʻlgan
qiziqishlarini oshirish, mustaqil fikrlash va
ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa,
boshlangʻich sinflarda ona tili taʼlimi
oʻquvchilarning kelgusidagi taʼlim olish
jarayonining poydevori boʻlib xizmat qiladi.
Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitishda
interfaol

metodlarning

qoʻllanilishi

oʻquvchilarning nutq madaniyatini oshirish,
savodxonligini taʼminlash va kommunikativ
koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim ro‘l
oʻynaydi.

Boshlangʻich sinflarda ona tili

oʻqitishning oʻziga xos jihatlari.

Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish

jarayoni quyidagi oʻziga xos jihatlarga ega:

• Yosh xususiyatlari: 6-10 yoshli bolalar

diqqati beqaror, xotirasi koʻproq obrazli
boʻlib, oʻyin faoliyati orqali oʻrganish samarali
hisoblanadi.

• Nutq

rivojlanishi:

Bu

davrda

bolalarning

lugʻat

boyligi tez oʻsadi,

grammatik tuzilmalarni oʻzlashtirish jarayoni
faol kechadi.

• Savodxonlik asoslarini shakllantirish:

Oʻqish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirish
boshlangʻich sinf ona tili oʻqitishning asosiy
vazifalaridan biridir.

• Ijtimoiylashuv: Oʻquvchilar guruhda

ishlash, tengdoshlari bilan muloqot qilish
orqali ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantiradi.

Bu xususiyatlarni hisobga olgan holda,

interfaol metodlarni tanlash va qoʻllash muhim
ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi

kunda

ta’lim

jarayonida

interaktiv

metodlar,

innovatsion

texnologiyalar,

pedagogik

va

axborot-

kommunikatsiya

texnologiyalarining

qo‘llanilishiga bo‘lgan qiziqish va e’tibor
tobora ortib bormoqda. Bu holatning asosiy
sabablaridan biri – an’anaviy ta’lim tizimida
o‘quvchi va talabalar, asosan, tayyor
bilimlarni yod olishga o‘rgatilgan bo‘lsa,
zamonaviy yondashuvlar esa ularni mustaqil
izlanishga, tahlil qilishga, o‘z fikrlarini erkin
ifoda etishga, hatto ilmiy xulosalar chiqarishga
undaydi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

25

9

Interaktiv (lotincha “inter” – o‘zaro,

“actio” – harakat) metodlar o‘qitish
jarayonining faol va o‘zaro hamkorlikka
asoslangan shaklidir. Bu metodlar asosida
bilim olish jarayoni – faqat bilim beruvchi va
qabul qiluvchi o‘rtasidagi bir tomonlama aloqa
emas, balki ikki tomonlama muloqot, fikr
almashish, bahs-munozaralar, ijodiy izlanish
va hamkorlikka asoslanadi. O‘quvchi faqat
tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida
ta’lim jarayoniga jalb qilinadi. Bu esa
o‘quvchilarni

bilimlarni

chuqurroq

o‘zlashtirish, ulardan mustaqil foydalanish,
tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish
ko‘nikmalarini

shakllantirishga

yordam

beradi.

Amerikalik

psixolog

olimlar

R.Karnikau va F.Makelrou tomonidan olib
borilgan tadqiqotlar natijasida shuni ko‘rish
mumkunki,

shaxsning

o‘zlashtirgan

bilimlarini saqlab qolish darajasi ularni qanday
usulda

egallaganiga

bog‘liq.

Ularning

aniqlashicha:

• Agar inson axborotni o‘zi o‘qisa – 10

%;

• Faqat eshitganida – 20 %;
• Faqat ko‘rganida – 30 %;
• Ko‘rib, bir vaqtning o‘zida eshitganida

– 50 %;

• O‘zi boshqalarga tushuntirganida – 80

%;

• Egallangan

bilimlarni

amalda

qo‘llaganida esa – 90 % gacha axborotni yodda
saqlab qolish imkoniyati mavjud ekan.

Bu esa o‘z navbatida interaktiv

metodlarning ta’lim samaradorligini keskin
oshirishini

ko‘rsatadi.

An’anaviy

yondashuvdan farqli o‘laroq, interfaol ta’lim –
“o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi”
o‘rtasida yuzaga keladigan jonli muloqot,
o‘zaro hamkorlik, erkin fikr almashish,
birgalikda muammolarni tahlil qilish va
yechim topish orqali tashkil etiladi. Ushbu

metodlar o‘quvchilar orasida o‘zaro ishonch,
hurmat, ijobiy muhit, psixologik birlik,
samarali fikr almashish va shaxsiy yondashuv
asoslarini shakllantiradi. Aynan shunday
ta’lim muhiti o‘quvchilarning tanqidiy
fikrlash, kreativ yondashuv, mas’uliyatli qaror
qabul qilish va jamoadagi faollik kabi
zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

“Assessment” metodi haqida qisqacha

ma’lumot berib o‘tishni joiz drb topdik.
Metodning maqsadi:

“Assessment” (baholash) metodi – ta’lim

oluvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari va amaliy ko‘nikmalarini
nazorat qilish hamda tahlil qilishga xizmat
qiluvchi muhim vositadir. Ushbu metod
yordamida o‘quvchilar va talabalar bilim olish
faoliyatining turli jihatlari (test sinovlari,
amaliy topshiriqlar, muammoli vaziyatlarni
hal qilish, qiyosiy tahlil, holat tahlili va
simptomlarni

aniqlash

kabilar)

asosida

baholanadi. Bu esa ta’lim jarayonini chuqur
tahlil qilish va samaradorligini oshirish
imkonini beradi.

Metodni qo‘llash tartibi:
“Assessment” texnikasi darsning barcha

bosqichlarida, ya’ni:

• Ma’ruza

mashg‘ulotlarida

tinglovchilarning mavjud bilim darajasini
aniqlash,

yangi

bilimlarni

egallashga

tayyorgarlik holatini baholash;

• Seminar va amaliy mashg‘ulotlarda –

mavzularni chuqur o‘zlashtirish darajasi,
mustaqil fikrlash va qo‘llay olish salohiyatini
aniqlash;

• Individual baholashda – o‘z-o‘zini

tekshirish, mustaqil bilim va ko‘nikmalarni
baholash maqsadida qo‘llanilishi tavsiya
etiladi.

Shuningdek,

o‘qituvchi

o‘zining

pedagogik mahoratidan kelib chiqib, baholash
shakllarini ijodiy tarzda boyitishi, topshiriqlar


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

2

60

mazmunini o‘quv maqsadlariga mos ravishda
kengaytirishi mumkin.

Baholash shakllari:
“Assessment” metodi doirasida quyidagi

shakllardan foydalanish mumkin:

• Yopiq va ochiq testlar;
• Klaster tuzish;
• Jadval asosida qiyosiy tahlil;
• “Holatni tahlil qil” (Case Study);
• “Tahlil – xulosa” mashqlari;
• “O‘z fikringni bildir” kabi yozma

topshiriqlar;

• Amaliy misollar orqali bilimni qo‘llash.
Namuna (mavzu: “Ot so‘z turkumi”)
Baholash jadvali quyidagicha tuziladi:

har bir topshiriq uchun alohida kataklar
ajratiladi, ularning har biri 1 dan 5 ballgacha
baholanishi yoki to‘g‘ri javob uchun
belgilangan (masalan, 5 ball) ko‘rsatkich
asosida

hisoblanadi.

Bu

usul

nafaqat

o‘quvchining bilim darajasini aniqlash, balki
ularning tahliliy fikrlash qobiliyatini ham
baholashga xizmat qiladi.

Interfaol

metodlarni

qoʻllashning

pedagogik-psixologik asoslari

Interfaol metodlar oʻquvchilarni faol

bilim olishga, mustaqil fikrlashga va amaliy
koʻnikmalarni

oʻzlashtirishga

undaydi.

Boshlangʻich sinflarda quyidagi pedagogik-
psixologik

tamoyillar

asosida

interfaol

metodlarni qoʻllash maqsadga muvofiq:

• Faollik tamoyili: Oʻquvchi bilim olish

jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi.

• Hamkorlik tamoyili: Oʻquvchilar bir-

birlari bilan va oʻqituvchi bilan hamkorlikda
ishlashi.

• Amaliyot bilan bogʻliqlik: Nazariy

bilimlarni kundalik hayot bilan bogʻlab
oʻrgatish.Qiziqarlilik: Oʻyinlar, musobaqalar
va qiziqarli topshiriqlar orqali oʻquvchilarning
qiziqishini oshirish.

• Individuallashtirish:

Har

bir

oʻquvchining

individual

xususiyatlarini

hisobga olish.

• Boshlangʻich

sinflarda

ona

tili

darslarida qoʻllaniladigan samarali interfaol
metodlar

1. Didaktik oʻyinlar
Didaktik oʻyinlar boshlangʻich sinf

oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga mos
boʻlib, ular orqali grammatik qoidalarni
oʻzlashtirish

va

nutq

koʻnikmalarini

rivojlantirish mumkin.

Misol: "Soʻz zanjiri" oʻyini. Bunda

oʻquvchilar doira shaklida turib, har bir
oʻquvchi avvalgi soʻzning oxirgi harfi bilan
boshlanadigan yangi soʻz aytishi kerak. Bu
oʻyin soʻz boyligini oshirish va tovushlarni
toʻgʻri talaffuz qilishga yordam beradi.

2. "Aqliy hujum" metodi
Bu metod oʻquvchilarning ijodiy

fikrlashini rivojlantiradi va ularni erkin fikr
bildirshga undaydi.

Misol: "Bahor" mavzusida aqliy hujum

oʻtkazilganda, oʻquvchilar bahor faslini
tavsiflovchi soʻzlarni aytadilar: gullar, qushlar,
yomgʻir, koʻkatlar, quyosh, iliq havo va h.k.
Bu orqali lugʻat boyligi oshadi va mavsumiy
tushunchalar mustahkamlanadi.

3. "Kichik guruhlarda ishlash" metodi
Oʻquvchilarni 3-4 kishilik guruhlarga

boʻlib, birgalikda topshiriqlarni bajarish orqali
hamkorlik ruhini rivojlantirish mumkin.

Misol: Har bir guruhga bir hikoyaning

boshlanishi beriladi va ular hikoyani davom
ettirishi kerak. Bu vazifa oʻquvchilarning nutq
koʻnikmalarini

va

ijodiy

fikrlashini

rivojlantiradi.

4. "Ro‘lli oʻyinlar" metodi
Oʻquvchilar turli ro‘llarni ijro etish orqali

nutq madaniyatini va muloqot koʻnikmalarini
rivojlantiradilar.

Misol: "Doʻkonda", "Shifoxonada",

"Kutubxonada" kabi mavzularda ro‘lli oʻyinlar


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

2

61

tashkil etish mumkin. Bunda oʻquvchilar
muloqot

jarayonida

soʻz

boyliklarini

qoʻllashni oʻrganadilar.


5. "Zinama-zina" metodi
Bu metod yangi mavzuni bosqichma-

bosqich oʻzlashtirishga yordam beradi.

Misol: Ot soʻz turkumini oʻrganishda

birinchi bosqichda otning maʼnosini, ikkinchi
bosqichda

turlarini,

uchinchi

bosqichda

grammatik belgilarini oʻrganish mumkin.

Interfaol

metodlarni

qoʻllashda

oʻqituvchining ro‘li

Interfaol metodlarni samarali qoʻllashda

oʻqituvchining ro‘li quyidagilarda namoyon
boʻladi:

Tashkilotchilik:

Oʻqituvchi

oʻquv

jarayonini toʻgʻri tashkil etishi va boshqarishi
lozim.

Motivatsiya: Oʻquvchilarni faol ishtirok

etishga undash, ularning qiziqishlarini ushlab
turish.

Yoʻnaltiruvchilik:

Oʻquvchilarning

mustaqil izlanishlarini toʻgʻri yoʻnaltirib
turish.

Muhit yaratish: Ijodiy va erkin fikrlash

uchun qulay psixologik muhit yaratish.

Baholash: Oʻquvchilarning faoliyatini

adolatli baholash va ularni ragʻbatlantirish.

Interfaol metodlarning afzalliklari va

qiyinchiliklari

Afzalliklari:
Oʻquvchilarning faolligini oshiradi.
Mustaqil

va

tanqidiy

fikrlashni

rivojlantiradi.

Kommunikativ

koʻnikmalarni

shakllantiradi.

Bilimlarni

amaliyotda

qoʻllashga

oʻrgatadi.

Jamoa

bilan

ishlash

mahoratini

rivojlantiradi.

Qiyinchiliklari:
Koʻp vaqt talab qiladi.
Sinfdagi barcha oʻquvchilarni nazorat

qilish qiyin boʻlishi mumkin.

Oʻqituvchidan yuqori tayyorgarlik va

mahorat talab etiladi.

Barcha mavzularni interfaol metodlar

orqali oʻrgatish imkoniyati cheklangan.

Xulosa o‘rnida to‘xtalib o‘tadigan

bo‘lsak boshlangʻich sinflarda ona tili
oʻqitishda interfaol metodlardan foydalanish
oʻquvchilarning

bilim

olishga

boʻlgan

qiziqishlarini

oshiradi,

ularning

nutq

koʻnikmalarini rivojlantiradi va mustaqil
fikrlashga oʻrgatadi. Interfaol metodlarning
samaradorligi ularni oʻquvchilarning yosh
xususiyatlari, ona tili fanining oʻziga xos
jihatlari va zamonaviy taʼlim talablariga
moslab qoʻllashga bogʻliq. Oʻqituvchi
interfaol metodlarni qoʻllashda pedagogik
mahorat va ijodkorlik koʻrsatishi, darsning
maqsadi va vazifalariga muvofiq eng samarali
metodlarni

tanlashi

kerak.

Shundagina

boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ona tilini
oʻrganishga boʻlgan qiziqish va motivatsiya
yuqori darajada boʻladi, bu esa ularning
kelajakdagi bilim olish jarayoniga ham ijobiy
taʼsir koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ahmedova M. "Ona tili taʼlimida didaktik oʻyinlar". Toshkent, 2020.

2. Boʻronov B. "Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi". Toshkent, 2021.

3. Gʻoziyev E. "Oʻquvchi psixologiyasi". Toshkent, 2019.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

2

6

2

4. Hasanboyeva O. "Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish". Toshkent,

2021.

5. Matjonov S., Gʻulomova X. "Ona tili oʻqitishda interfaol usullar". Toshkent, 2018.

6. Qosimova K. "Ona tili oʻqitish metodikasi". Toshkent, 2019.

7. Umarova M., Hakimova X. "Boshlangʻich sinf ona tili darslarida interfaol metodlar". Toshkent,

2020.

8. Yunusova D. "Zamonaviy pedagogik texnologiyalar". Toshkent, 2020.

Bibliografik manbalar

Ahmedova M. "Ona tili taʼlimida didaktik oʻyinlar". Toshkent, 2020.

Boʻronov B. "Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi". Toshkent, 2021.

Gʻoziyev E. "Oʻquvchi psixologiyasi". Toshkent, 2019.

Hasanboyeva O. "Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish". Toshkent, 2021.

Matjonov S., Gʻulomova X. "Ona tili oʻqitishda interfaol usullar". Toshkent, 2018.

Qosimova K. "Ona tili oʻqitish metodikasi". Toshkent, 2019.

Umarova M., Hakimova X. "Boshlangʻich sinf ona tili darslarida interfaol metodlar". Toshkent, 2020.

Yunusova D. "Zamonaviy pedagogik texnologiyalar". Toshkent, 2020.