281
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
ANIQ FANLARNI O’QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL
ETISH
Namangan davlat pedagogika instituti “Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Maxsudova Shohsanam Muzaffarxo’jayevna
E-mail. shohsanammaxsudova@gmail.com
А
nnotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta
ʼ
limda aniq fanlarni o
ʼ
qitishda
mustaqil ta’limni tashkil etish muammosining nazariy tahlili bayon qilingan. Unda
ilmiy-metodik manbalarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida muammo
tahlil qilingan va aniq fanlarni o
ʼ
qitishda mustaqil ta’limni rivojlantirishning
bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, zarur xulosalar chiqarilgan.
Kalit so
ʼ
zlar:
mustaqil ta’lim, mantiqiy fikrlash, metodlar va yechimlar
Аннотация
:
В
данной
статье
описан
теоретический
анализ
проблемы
организации
самостоятельного
образования
при
преподавании
конкретных
предметов
в
высшей
школе
.
Проанализирована
проблема
на
основе
научно
-
методических
источников
,
на
основе
существующей
научной
литературы
,
а
также
исходя
из
современного
состояния
развития
самостоятельного
образования
в
преподавании
конкретных
предметов
,
сделаны
необходимые
выводы
.
Ключевые
слова
:
самостоятельное
обучение
,
логическое
мышление
,
методы
и
решения
Annotation:
This article describes a theoretical analysis of the problem of
organizing self-education when teaching specific subjects in secondary school.
The problem is analyzed based on the main scientific and methodological sources,
the main existing scientific literature, as well as the outcome of the current state
of development of independent education in the teaching of specific objects, and
the necessary conclusions are drawn.
Keywords:
independent learning, logical thinking, methods and solutions
Kirish.
Aniq fanlar ta’lim jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlashini
rivojlantirish, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliy
tajribalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Biroq, aniq fanlarni o‘qitishda mustaqil
ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Mustaqil ta’lim,
talabalarga o‘z bilimlarini mustahkamlash, yangi ma'lumotlarni o‘zlashtirish va
ularni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Ushbu maqolada aniq fanlarni
o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonida mavjud muammolar, ularni hal qilish
yechimlari va takliflar ko‘rib chiqiladi.
Muammolar.
Aniq fanlarni o‘qitishda talabalarning aniq fanlarni o’zlari
mustaqil o’rganishlari biroz qiyin bo’lishini hisobga olsak, ularning mustaqil
ta’limga bo‘lgan qiziqishini kamaytiradi. Aniq fanlarni talabalar o’zlari mustaqil
o’rganishlarini oshirish uchun ko‘proq interaktiv va qiziqarli metodlarni qo‘llash
zarur.
282
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Resurslar va materiallarning yetishmasligi. Mustaqil ta’limni amalga oshirish
uchun yetarli resurslar va materiallar mavjud emas. Talabalar uchun kerakli
kitoblar, ma’lumotlar va boshqa yordamchi materiallar ko‘pincha ta’lim
muassasalarida mavjud emas. Bu o‘z navbatida talabalarning bilim olish
jarayonini cheklaydi.
Ta’lim metodlarining yetarlicha samarali bo‘lmasligi. Aniq fanlarni o‘qitishda
foydalaniladigan metodlar ko‘pincha talabalarning ehtiyojlariga mos kelmaydi.
Tranditsion usullar bilan o‘qitish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlamaydi. Yangi
va interaktiv o‘qitish metodlarini joriy etish talabalarni yanada faol va mustaqil
o‘rganishga undaydi.[1]
O‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi. O‘qituvchilarning malakasi va
tajribasi mustaqil ta’limni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiladi. Ba’zi
o‘qituvchilar mustaqil ta’lim jarayonini boshqarish uchun zarur bilim va
ko‘nikmalarga ega emaslar. O‘qituvchilarning o‘z bilimlarini yangilash va
zamonaviy metodlarni o‘rganishlari muhimdir.
Mustaqil ta’limni baholashdagi muammolar.
Mustaqil ta’lim jarayonini
baholash murakkabligi, talabalarning real bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda
muammolar keltirib chiqaradi. Odatda, baholash an’anaviy usullar bilan amalga
oshiriladi, bu esa talabalarning individual yondashuvini hisobga olmaydi.
Yechimlar.
Talabalarni mustaqil ta’limga jalb qilish uchun ularni fanga
bo’lgan qiziqishini oshiruvchi metodlar va usullar qo‘llanilishi zarur. Talabalarga
loyihalar berish, ularning ijodkorligini rag‘batlantiradi. Shuningdek, talabalarni
o‘zaro hamkorlikka jalb qilish muhimdir.
Zamonaviy
ta’lim
resurslarini
joriy
etish.
Ta’limda
zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish talabalarning mustaqil ta’limini yanada samarali
qilish imkonini beradi. Onlayn resurslar, videodarslar va interaktiv materiallar
mustaqil o‘rganishga yordam beradi. Ta’lim muassasalari onlayn platformalar
orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlashi zarur.[3]
Ta’lim metodologiyasini takomillashtirish.
Aniq fanlarni o‘qitishda
o‘qituvchilar yangi ta’lim metodlarini joriy etishlari lozim. Muammoni ularga
berib, muammo asosida o‘qitish, loyiha asosida o‘rganish va interaktiv darslar
samarali bo‘lishi mumkin. Bu metodlar Talabalarning bilimlarini mustahkamlash
va ularni amaliyotda qo‘llashga yordam beradi.
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash. O‘qituvchilarni mustaqil ta’limni tashkil
etish bo‘yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash dasturlarini o‘tkazish zarur.
Bu ularning malakasini oshiradi va ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni
qo‘llashga yordam beradi.
283
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Mustaqil ta’lim jarayonini baholash tizimi.
Mustaqil ta’lim jarayonini
baholash tizimini joriy etish zarur. Bu tizim talabalarning o‘z bilimlarini
baholashga, ularning qiyinchiliklarga duch kelganda yordam berishga va mustaqil
ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Takliflar. Mustaqil ta’lim dasturlari yaratish.
Oliy ta’lim muassasalari
talabalarga mustaqil ta’lim uchun dasturlar va loyihalar ishlab chiqishlari lozim.
Bu dasturlar talabalarga o‘zlarini rivojlantirish va mustaqil ishlash imkonini
beradi. Shuningdek, dasturlarni o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqish
muhimdir.
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari. Talabalar uchun mentorlik dasturlari
yoki yordamchi guruhlar tashkil etish muhimdir. Bunday tizimlar talabalarga o‘z
bilimlarini mustahkamlash va qiyinchiliklarga duch kelganda yordam beradi.
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash muassasalari o‘rtasida hamkorlikni talab etadi.
Onlayn va offlayn resurslar integratsiyasi. O‘qituvchilar onlayn va offlayn
ta’lim resurslarini birlashtirish orqali talabalarning o‘rganish jarayonini yanada
samarali qilishlari mumkin. Bunday integratsiya talabalarga kerakli materiallarni
topishga va mustaqil o‘rganishga yordam beradi.[2]
O‘quv muhitini yaxshilash. O‘quv muhitini yaxshilash uchun talabalarning
ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini inobatga olish zarur. Sog‘lom va qulay o‘quv
muhiti mustaqil ta’lim jarayonlari uchun yaratishimiz kerak.
Xulosa.
Aniq fanlarda mustaqil ta’limni tashkil etish o‘quvchilarning
kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim omil bo‘lib, bu jarayonda
o‘qituvchilar o‘quvchilarga ko‘mak berishlari zarur. Mustaqil ta’limning kelajagi
nafaqat shaxsiy rivojlanish va ta’lim olish uchun, balki jamiyatning intellektual va
ijtimoiy o‘sishiga ham katta hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Muzaffarxo
ʼ
jaevna, M. S. (2023). DIFFERENSI
А
L TENGL
А
M
А
L
А
R
F
А
NINI O
ʼ
QITISHD
А
PED
А
GOGNING K
А
SBIY KOMPETENTSIYASINI
RIVOJL
А
NTIRISH MU
А
MMOSINING N
А
Z
А
RIY T
А
HLILI. JOURNAL OF
INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(12), 74-
78.
2.
Turdaliyeva, N. A., & Eshnazarova, M. Y. (2024). ZAMONAVIY
ELEKTRON
TA’LIM:
INTERAKTIV
PLATFORMALAR
VA
MOSLASHUVCHAN
YONDASHUVLAR.
SUSTAINABILITY
OF
EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY, 2(23), 36-38.
3.
Muzaffarkhujayevna, M. S. (2021, December). ISSUES OF TEACHING
MATHEMATICS IN SECONDARY SCHOOLS. In Archive of Conferences (pp.
69-70).
