Mualliflar

  • Masturaxon Fozilova
    Andijon davlat pedagogika institute

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86132

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim korreksion yo‘l xaritasi intellekt ruhiy rivojlanish individual dunyoqarash.

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazalar yuritilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

67

ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASIGA

QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Andijon davlat pedagogika institute

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

101-guruh talabasi Fozilova

Masturaxon Ravshanbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226615

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim

siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga
qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Inklyuziv ta’lim, korreksion, yo‘l xaritasi, intellekt, ruhiy rivojlanish,

individual, dunyoqarash.

Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning
sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga
erishish, ularning o‘z qobiliyatini va iste’dodini
ro‘yobga chiqarishi uchun barcha
zarur sharoitlar yaratib berishdan iborat.

Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizning iqtisodiy,

ijtimoiy, manaviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ona
vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning o‘quvi, salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga
bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega shaxslarni tarbiyalab
yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga ko‘tarildi. Jamiyatimizning
bir qismi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya
olishi uchun qulayliklar yaratish davlatimizning alohida e’tiborida bo‘lib kelmoqda. “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bo‘lgan bolalar
va o‘smirlarni ta’lim olishi va sog‘ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
maqsadida maxsus ta’lim muassasalari tashkil qilingan. Shu o‘rinda inklyuziv ta’lim
tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, inklyuziv ta'lim ingliz tilidan olingan bo‘lib,
“inclusive”, “inclusion”- “uyg‘unlashmoq”, “uyg‘unlashtirish”, “qamrab olmoq”, “qamrab olish”
ma’nolarini bildiradi. Ya’ni, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish,
maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida
uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning siyosati esa, turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llaydi va yutuqlarga
erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga yordam beradi. Bundan tashqari
inklyuziv ta’limning bir qancha maqsad va vazifalari bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun

zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitini yaratish, ularning imkoniyatlariga
yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va karreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy
rivojlanish, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini
kafolatlash;

jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojini

qondirish;

ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;

o‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning

maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

68

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning 2019-yil 29-

apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda
inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash
maqsadida:

2020

-

2025-yillari xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi

1-ilovaga muvofiq;

2020-2025-yillarda xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish

konsepsiyasini 2020- 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “ Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga
muvofiq;

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning

maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ohirgi paytda inkyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu

tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan birga maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida, bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos. “Aslida,
faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil bog‘cha muassasasida, bir xil maktab
va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola
sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi
kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabgacha ta’lim tashkilotiga yoki maktabga
borishi kerak emas,” – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov. Ushbu
o‘rinda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini eslab o‘tadigan bo‘lsak, “Qonun
bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan
qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. O‘zbekistonda oilaviy
sharoitidan qat’iy nazar, barcha bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hamda umumta’lim
maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan.

Alohida yordamga muhtoj bolalar sinfiga biz ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ham

kiritishimiz mumkin, ya’ni, ularning bilish faoliyati – intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi,
ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining
kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi
kamchiliklari birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan ikki guruhga bo‘linadi:

1.

Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta’lim-tarbiya

olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning tegishli sinfida davom ettirishi mumkin.

2.

Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bog‘cha yoshidan

boshlab to maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya

muassasalari internatlari, kuni uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.
Ushbu masalalarda ta’lim, umumta’lim oddiy bog‘cha yoki maktab dasturi darsliklari asosida olib
boriladi, himoyalaydigan davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar
bolalarning fikrlash qobiliyati, xotirasi, diqqati, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf
etishga qaratilgan bo‘lib, bunday bolaga bilim berishda tarbiyachi uning o‘ziga xos individual
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli
yordam tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
12-oktabrdagi 638-son qarori 2-ilovasining 5-bobiga muvofiq ixtisostirilgan ta’lim muasasalarida
o‘quv-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga muvofiq, vazirlik tomonidan belgilangan
tartibda, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan
holda olib boriladi deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan
“Takomillashgan ilk qadam” o‘quv dasturi tasdiqlandi va nashr uchun tavsiya etildi. Ushbu o‘quv


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

69

dasturining 2-bobida ta’lim olishda alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim

jarayoni (inklyuziv ta’lim) haqida quyidagicha keltirilgan:

Davlat o‘quv dasturi har bir bolaning ta’lim, tarbiya, rivojlanish, himoya va faol ishtirok

etishdan teng foydalanish huquqlarini tan oladigan inklyuziv o‘quv dasturi hisoblanadi.

Davlat o‘quv dasturi barcha bolalar, shu jumladan, alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarning individual xususiyatlari, kuchli tomonlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini
hisobga olgan holda ta’lim olish, rivojlanish va muloqotda qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga
mo‘ljallangan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolani ta’lim olishi va

rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash – bu Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, pedagog va
mutaxassislari tomonidan tashkil etiladigan jamoaviy ish.

Zarur bo‘lganda, maktabgacha ta’lim tashkilotining jamoasi va rahbariyati tor

mutaxassislarni jalb qilgan holda, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan
holda, bolaning yakka tartibdagi rejasini yaratadi.

Inklyuziv yo‘nalishdagi ta’lim va tarbiya jarayoni davlat o‘quv dasturiga muvofiq amalga

oshiriladi, uning asosida individual-moslashtirilgan dastur ishlab chiqilishi mumkin. Bunday
individual inklyuziv dasturda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning ta’lim olishi,
rivojlanishi, ishtiroki va farovonligi uchun barcha mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etadigan
o‘quv muhiti va o‘qitish usullarini moslashtirish zarur.

Bularning barchasi pedagogning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga

oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim
jarayonida pedagog ta’lim oluvchilarga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida
ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi, shu bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda
dunyoqarash va axloq normalarini shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. Yanada aniq
qilib aytadigan bo‘lsak, butun mashg‘ulot jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim
oluvchilar bilan birga yengib o‘tishda yordam beradi.

Xulosa.

Bugungi kunda taraqqiyot, ta’lim juda tez rivojlanmoqda va o‘zgarishlar yuz

bermoqda. Deyarli har daqiqada mamlakatimizning turli burchaklarida o‘zgarishlar,
yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlarni biz avvalo
uzluksiz ta’limning eng quyi qismi hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz kerak.
Bu holatga esa birinchi navbatda pedagog hodimlarni ruhan tayyorlab olishimiz kerak. Pedagog
hodimlar ko‘pincha lider bolalar bilan ishlashga o‘rganganlar, bu esa o‘z navbatida bizning
og‘riqli nuqtalarimizdan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sog‘lom bolalar bilan bir xonada
o‘tirgan imkoniyati cheklangan bolalarning esa lider bo‘la olish imkoniyati juda kam. Shu o‘rinda
bir savol tug‘iladi, xo‘sh bunga sabab nima? Ularning ta’lim jarayonida orqa qatorda qolishlari
sababi shuki, ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi
kerak bo‘ladi. Shunday holatlarni bartaraf etish, ya’ni, imkoniyati cheklangan bolalar ham
sog‘lom bolalar qatori tilni tushunishlari uchun, o‘zlashtirishlari uchun tarbiyachi
pedagoglarimizni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatishimiz lozim deb
o‘ylayman. Zero, “Tabib tabib emas, boshidan o‘tgan tabib” deganlaridek, aynan nogironligi
bo‘lgan bolalarning o‘zlari va ularning ota-onalari o‘z vaziyatlarini yaxshi bilishadi. Shunday
ekan, Maktab ta’limi vazirligi tomonidan ularning fikrlari, takliflari qabul qilinishi kerak. Bunday
bolalar ham sog‘lom bolalar kabi qiylanmasdan ta’lim-tarbiya olishlari, kelajakda o‘z yo‘lini
osonroq topishlari kerak. Shunda jamiyat ham imkoniyati cheklangan shaxslarga begonadek
ajablanib qaramaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Maktabgacha ta’lim Esonova M.A. T.:2023. 5-bet

2.

Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 638-sonli qarori

26.01.2024


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

70

3.

https://kun.uz/news/2021/03/18/inklyuziv-talim-uchun-5-yillik-reja-

jamiyat-va-maktablar-imkoniyati-cheklangan-bolalarni-qabul-qilishga-
tayyormi?ysclid=m815rr7m46282132666

4.

Pedagogika nazariyasi va tarixi Egamberdiyeva F, Toshov M. T.:2023 256-257-

betlar

5.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida T.: 1999. Mamedov K.K,

Shoumarov G.B, Podobed V.P.

6.

“Takomillashgan ilk qadam” o‘quv dasturi T.:2022. 13-14betlar

7.

Inklyuziv ta’lim fan o‘quv dasturi. Qodirova Z. 2023-2024.









































Bibliografik manbalar

Maktabgacha ta’lim Esonova M.A. T.:2023. 5-bet

Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 638-sonli qarori 26.01.2024

Pedagogika nazariyasi va tarixi Egamberdiyeva F, Toshov M. T.:2023 256-257-betlar

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida T.: 1999. Mamedov K.K, Shoumarov G.B, Podobed V.P.

“Takomillashgan ilk qadam” o‘quv dasturi T.:2022. 13-14betlar

Inklyuziv ta’lim fan o‘quv dasturi. Qodirova Z. 2023-2024.