MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
528
ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASIGA
QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 101-guruh talabasi
Fozilova Masturaxon Ravshanbek qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15237011
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim
siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga
qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta’lim, korreksion sharoit, yo‘l xaritasi, intellekt, ruhiy rivojlanish,
individual faoliyat, dunyoqarash.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizning
iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ona
vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning o‘quvi, salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga
bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega shaxslarni tarbiyalab
yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga ko‘tarildi. Jamiyatimizning
bir qismi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya
olishi uchun qulayliklar yaratish davlatimizning alohida e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997-yil 9-son 23-
moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni ta’lim olishi va
sog‘ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus ta’lim
muassasalari tashkil qilingan. Shu o‘rinda inklyuziv ta’lim tushunchasiga alohida to‘xtalib
o‘tadigan bo‘lsak, inklyuziv ta'lim ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inclusive”, “inclusion”-
“uyg‘unlashmoq”, “uyg‘unlashtirish”, “qamrab olmoq”, “qamrab olish” ma’nolarini bildiradi.
Ya’ni, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj
bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar
yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan
umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati esa,
turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llaydi va yutuqlarga erishishiga yordam beradi hamda
yaxshi hayot qurishiga yordam beradi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limning bir qancha maqsad
va vazifalari bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
·
ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari
uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitini yaratish, ularning imkoniyatlariga
yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va karreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy
rivojlanish, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik
huquqini kafolatlash;
·
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojini
qondirish;
·
ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
·
o‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni
rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:
·
2020
-
2025-yillari xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi
1-ilovaga muvofiq;
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
529
·
2020-2025-yillarda xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasini 2020- 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “ Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga
muvofiq;
·
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning
maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oxirgi paytda inkyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu
tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan birga maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida, bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos. “Aslida,
faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil bog‘cha muassasasida, bir xil maktab
va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola
sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi
kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabgacha ta’lim tashkilotiga yoki maktabga
borishi kerak emas,” – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov. Ushbu
o‘rinda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini eslab o‘tadigan bo‘lsak, “Qonun
bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan
qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. O‘zbekistonda oilaviy
sharoitidan qat’iy nazar, barcha bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hamda umumta’lim
maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan.
Bularning barchasi pedagogning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga
oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim
jarayonida pedagog ta’lim oluvchilarga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida
ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi, shu bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda
dunyoqarash va axloq normalarini shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. Yanada aniq
qilib aytadigan bo‘lsak, butun mashg‘ulot jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim
oluvchilar bilan birga yengib o‘tishda yordam beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda taraqqiyot, ta’lim juda tez rivojlanmoqda
va o‘zgarishlar yuz bermoqda. Deyarli har daqiqada mamlakatimizning turli burchaklarida
o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir bo‘lmoqda. Bunday
o‘zgarishlarni biz avvalo uzluksiz ta’limning eng quyi qismi hisoblangan maktabgacha ta’lim
tizimidan boshlashimiz kerak. Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktab ta’limi
vazirligi tomonidan aynan nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘zlari va ularning ota-onalarining
vaziyatlarini o‘rganish va ularning fikrlari, takliflarini o‘rganib chiqqan holda fikr mulohazalarini
qabul qilinishi kerak. Bunday bolalar ham sog‘lom bolalar kabi qiylanmasdan ta’lim-tarbiya
olishlari, kelajakda o‘z yo‘lini osonroq topishlari kerak. Shunda jamiyat ham imkoniyati
cheklangan shaxslarga begonadek ajablanib qaramaydi.
Bugungi kundagi muhtaram prezidentimiz tomonidan alohida yordamga muhtoj bolalarga
nisbatan qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda qonun va farmonlardan
oqilona foydalangan holda, ta’lim-tarbiya olishlari va o‘z bilimlari ustida izlanishlari kerak deb
o‘ylayman. Negaki, ular ham jamiyatimizning bir bo‘lagi, ular ham o‘zlarining yangi qirralarini
kashf etishlari kerak. Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlarni amalga oshirmoqliklari ulardan talab
qilinadigan jihatlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, bu inklyuziv holatdagi aholining
moddiy va ma’naviy holatlarini yaxshilashga hizmat qiladi desak, maqsadga muvofiq bo‘ladi deb
o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Esonova M.A. Maktabgacha ta’lim T.:2023. 5-bet
2. Egamberdiyeva F, Toshov M. Pedagogika nazariyasi va tarixi T.:2023 256-257-betlar
3. Mamedov K.K, Shoumarov G.B, Podobed V.P. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
haqida T.: 1999.
4. Qodirova Z. Inklyuziv ta’lim fan o‘quv dasturi. 2023-2024.
5. “Takomillashgan ilk qadam” o‘quv dasturi T.:2022. 13-14betlar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
530
6. Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 638-sonli qarori 26.01.2024
7. https://kun.uz/news/2021/03/18/inklyuziv-talim-uchun-5-yillik-reja-jamiyat-va-
maktablar-imkoniyati-cheklangan-bolalarni-qabul-qilishga-
tayyormi?ysclid=m815rr7m46282132666
