MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
699
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARINING IJODIY
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Andijon davlat pedagogika institute
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
1-bosqich 101-guruh talabasi
Fozilova Masturaxon Ravshanbek qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258469
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarning
ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish va universal faoliyati uchun
zarur muhitni yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishdagi zamonaviy talablar haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Idrok, ijodiy faoliyat, qadriyat, intellektual, tashabbuskorlik, erkinlik, shaxs,
mahorat, muqobil, steam.
Kirish.
Hayotimizni hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi
haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi
sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir
o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
5
Hozirgi kunda Respublikamizda uzluksiz ta’limning ilk bosqichi bo‘lib hisoblangan
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maktabga
tayyorgarlik darajalariga qo‘yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy nazariy hamda amaliy
chora-tadbirlarni olib bormoqda. Bundan asosiy maqsad odatiy harakatlar emas, balki
harakatchanlikni, fikrlashni moslashuvchanligini, katta va kichik muammolarni hal qilishda ijodiy
yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy ta’lim sohasida insonning ijodiy qobiliyatlari idrok
etishning eng muhim qismi sifatida tan olinishi kerak. Insoniyat tomonidan to‘planib borilgan
madaniy qadriyatlar odamlarning ijodiy faoliyati natijasidir. Faoliyatga qatnashish maktabgacha
yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantiradi.
6
Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada
boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy
intilishlar bilan ma’lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo‘llangan bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta’lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim
sohasidagi asosiy natijalar bola tomonidan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirib olganligi uning
rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilgani bilan
belgilanadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning
shakllanishiga, muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka va mas’uliyatga,
o‘z faoliyatini boshqara olishga o‘rgatishi lozim. Barcha usullarni birlashtirgan holda bolada
intellektual qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan keng qamrovli rivojlanishga erishishimiz
mumkin. Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun birinchi navbatda erkinlikka
erishishimiz kerak. Buning uchun bolaning fikrini tinglashimiz, har qanday ijodiy faoliyatga
bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishimiz kerak. Bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllanishi ularda
majburiyat va javobgarlik hissini tarkib topishi bilan bog‘liq. Mahalliy va xorijiy fanda
5
Maktabgacha ta’lim tizimiga bag’ishlangan yig’ilish 20.10.2017
6
F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova; “Maktabgacha pedagogika”,T.: 2019.35b
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
700
“ijodkorlik” tushunchasiga ko‘plab ta’riflar mavjud. Nemis olimi Norbert Jores
shunday yozadi “ Ijodkorlik muammolarning yangi yechimlarini topish yoki ifoda etishning yangi
usullarini kashf etish qobiliyati. Shaxs uchun hayotga yangi narsalarni olib kelish”. Shu o‘rinda
aytib o‘tish kerakki, shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish erta bolalikdan, bola kattalar
rahbarligida turli xil faoliyat turlarini, shu jumladan, badiiy faoliyatni o‘zlashtira boshlagan
paytdan boshlab amalga oshirilishi kerak. Ijodkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar tasviriy
faoliyat va birinchi navbatda rasm chizishni o‘z ichiga oladi. Bolani hayotdagi va san’atdagi
go‘zallikni to‘g‘ri va yetarli darajada qadrlashga o‘rgatish, uni yaratish, uning dunyosini shunday
muhim fazilatlar bilan boyitish demakdir. Ularsiz barkamol shaxs mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish quyidagi asosiy
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- San’at va tasviriy faoliyat (Rasm chizish, bo‘yash, loy va plastilin haykalchalar yasash);
- musiqiy ijodkorlik (Ovoz chiqarish,kuylash, qo‘shiqlar o‘rganish);
- badiiy so‘z va hikoya qilish (Ertak, she’r va hikoyalarni ifodali yod olish va aytib berish,
hikoya to‘qish va davom ettirish, matn asosida sahnalashtirish);
- harakat va jimoniy ijodkorlik (Raqs va pantomima, rolli o‘yinlar va dramatizatsiya, o‘z-
o‘zini ifodalash harakatlari);
- konstruktiv va texnik ijodkorlik (Qurish va modellashtirish, oddiy mehanik qurilmalar
yaratish);
- o‘yin orqali ijodiy rivojlantirish (Rolli va syujetli o‘yinlar, muammo yechish bilan bog‘liq
topshiriqlar, fantaziya va tafakkurni rivojlantiruvchi o‘yinlar).
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularga erkinlik berish, ularning
qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy muhit yaratish muhim. Maktabgacha ta’lim tashkilotida
rivojlantiruvchi muhit haqida ham so ‘z yuritadigan bo‘lsak, rivojlantiruvchi muhitni tashkil
etishda bolalarning yoshi, individual xususiyatlari va ehtiyojlarini, shuningdek, mintaqaning
madaniy va tarixiy xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi
muhit
mazmuniga
quyidagilar
kiradi:
mazmunan
boy
bo‘lishi,
o‘zgaruvchan bo‘lishi, ta’lim va tarbiya jarayoni vaziyatiga, shuningdek, bolalarning qiziqishlari
va imkoniyatlarining o‘zgarishiga qarab rivojlantiruvchi muhitda o‘zgarishlar bo‘lishi,
polifunksional, rivojlantiruvchi muhitning turli tarkibiy qismlaridan xilma-xil foydalanish
imkoniyati, muqobil, hammabop, xavfsiz, oqilona, mahalliy sharoitga moslashtirilgan, shaxsga
yo‘naltirilganligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mashg‘ulotlarida pedagog ya’ni
tarbiyachi “Steam” uslubida ham foydalanib boradi. Steam ya’ni, S-fan, T-texnologiya, E-
muhandislik, A-san’at, M-matematika. Ya’ni, ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematikani
birlashtiruvchi
zamonaviy
yondashuv.
Steam
uslubi
–
ixtirochilar,
kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani
shakllantirish, muhandis, loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr
yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Steam uslubi yana boalalarda bir qancha muhim
xususiyatlarni rivojlantirishga yordam beradi ya’ni, muammolani keng qamrovli tushunish, ijodiy
fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy me’todlarni tushunish va qo‘llash hamda
dizayn asoslarini tushunishlarni o’z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan
mashg‘ulotlar jarayonida bolalar mahoratlari bilan ajralib turadilar. Bolalar ijodlarini kuzatib
borar ekanmiz, ularning turli-tuman ishlarni o‘rganish hamda tahlil qilish tushunchalarga ega
bo‘lganliklarining guvohi bo‘lib boramiz.
Xulosa.
Ushbu maqola yuzasidan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bolalarning jismoniy,
aqliy, ijtimoiy va psixologik rivojlanishini ta’minlash, ularning bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini
rivojlantirish, mustaqil fikrlash, muloqot qilish, ijodkorlik va o‘z-o‘zini tarbiyalash ko‘nikmalarini
shakllantirish bu maktabgacha ta’lim tashkiloti va nafaqat pedagog hodimlarning balki, bugungi
yangi O‘zbekistonning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri desak notog‘ri bo‘lmaydi. Zero,
insoniyat jamiyatining kelajakda qay darajada taraqqiy etishi yosh avlodning ijodiy salohiyatini
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
701
belgilab beradi. Shunday ekan, oldimizga bosh maqsad qo‘ygan holda maktabgacha
ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarda komillik sifatlarini takomillashtirish, zamonaviy,
axloqiy-amaliy o‘quv, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda esa har bir
rivojlantiruvchi sohaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil qilgan holda zamonaviy fan asoslarini
amaliyotda qo‘llashimiz zarur deb hisoblayman. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, birinchidan, bolalarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oson va qiziqib
o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, ularni har tomonlama mukammal kamol
topishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga bolaning ijodiy tafakkurini
hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv-uslubiy majmua
Abdullajonova D. Andijon, 2024;
2.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi Berdiyeva M.M, G‘afforova X.N,
Choriyeva S.CH T.: 2023
3.
Pedagogika nazariyasi va tarixi Egamberdiyeva F, Toshov M. Toshkent 2023 yil;
4.
Maktabgacha pedagogika Esonova M.A. Toshkent 2023 yil;
5.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish. Oxunov I.A. Andijon 2024 yil;
6.
Maktabgacha pedagogika Qodirova F.R, Toshpo‘latova SH.Q, Kayumova N.M,
A’zamova M.N. Toshkent-2019;
7.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 2022 yil;
8.
Sodiqova Sh.A. “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013
y.- 288 bet.
9.
Xoliqov. A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. –
T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.
Internet saytlari:
10.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/2002/1533;
11.
https://intereuroconf.com/index.php/APSEFMCH/article/view/5620/4110
.
12.
https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-ta-lim-yoshdagi-bolalarning-ijodiy-
qobiliyatlarini-rivojlantirishda-ta-limiy-muhitni-tashkil-etishning-o-ziga-xosligi/viewer
