MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
500
RUXIY HAMDA JISMONIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR
BILAN OLIB BORILADIGAN TALIMIY VA TARBIYAVIY JARAYONLAR
Andijon davlat pedogogika instituti
Maktabgacha ta’lim fakulteti 1-bosqich talabasi,
Ikramova Shukronabonu Shukurilla qizi
Ilmiy raxbar:Iminova Dilnoza Nasirovna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233937
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ruxiy hamda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
bolalar bilan olib boriladigan talimiy va tarbiyaviy jarayonlar yoritilgan.Maxsus talim
muassasalari,Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda inkuluziv ta’lim tizimida bunday bolalar
bilan ishlashning asosiy usullari, pedogogik yondoshuvlar va psixologik qo‘llab quvatlash
masalalari taxlil qilinadi. Bolalarning individual extiyojlariga mos metodlar, texnologiyalar va
inovatsion pedogogik yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek Ota-onalar
hamda jamiyatning bunday bolalarni qo‘llab quvatlashdagi o‘rni haqida ham muxokama
qilingan.Ruxiy hamda jismoniy cheklovlari bor bolalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar
taqdim etilgan.
Kalit so‘zlar:
rivojlanish, ruhiy, ijtimoiy, pedogog, jismoniy, individual, texnologiyalar,
metodlar.
Bugungi kunda yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom hamda aqlan barkamol qilib
tarbiyalash davlatimizning oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalardan biri desak adashmagan bo‘lamiz.
Davlatimiz bu o‘rinda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarga ham judda katta etibor
qaratmoqda. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar dastavval o‘z oilasida ota-onasining bag’rida
ma’nan, ruhan, jismonan va aqlan rivojlana olishlari uchun ham moddiy ham ma’naviy shart
sharotlarni yaratmoqda.Farzandlar tarbiyasi ko‘p jihatdan oiladagi muhit, ota-onalarning bola
tarbiyasidagi munosabatlariga bog‘liqligini hisobga olgan holatda qator qonunlarni ham joriy
qilgan.
Ruhiy hamda jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalar, jamiyatimizning o‘ziga xos,ajralmas, va
muxim qisimlaridan biridir. Shu sababli ularga ta’lim tarbiya berish jarayoni ham o‘ziga hos
yondashuvlarni talab etadi. Jamiyatning bunday qatlami bilan olib boriladigan har qanday talimiy
va tarbiyaviy jarayonlar, ularning extiyojlari va muammolaridan kelib chiqib tuziladi va amalga
oshiriladi.Ularning ta’lim tarbiya jarayoniga masuliyat bilan yondashish talab etiladi chunki har
bir bola o‘ziga xos xusususiyatlarga egadir. Ruxiy hamda jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalarni
o‘qitish sog’lom bolalarni o‘qitishdan ko‘ra ulardagi nuqson darajalariga qarab,odatiy talim
usullaridan o‘zining tarkibiy tuzilmasi, maqsad hamda vazifalariga qarab farqlanadi.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga samarali talim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvni yaratish
uchun rivojlanish imkoniyat va uning hususiyatlarini to‘g’ri baholay olish bilan bog’liqdir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bunday bolalarga ta’lim-tarbiya berishda eng avvalo ulardagi
imkoniyatlarni to‘g’ri baholay olish, va nuqsonlarni qay darajada jiddiy ekanligini chuqur
o‘rganish va taxlil qilish muhim hisoblanadi. So‘ngra pedogog taxlil natijalariga tayangan holatda
bolaga to‘g‘ri metodikalardan foydalangan holatda samarali ta‘lim beradi. Tahlillarga tayangan
holatda olib borilgan ta’lim va tarbiya jarayonlarida esa sifat va samaradorlilik darajasi bir muncha
yuqori bo‘lishi muqarardir.
Bunday bolalar bilan ishlashda yana bir muhim jihatlardan biri bu individual yondashuvdir.
Sababi har bir bola o‘ziga hos xususiyatlarga ega va ulardagi nuqsonlar ham turlicha. Pedogoglar
har bir bolaning rivojlanish darajalarini aniqlashlari va shunga muvofiq holda o‘quv faoliyatlarini
rejalashtirishlari kerak bo‘ladi. O‘qitish usullarining ham turlicha bo‘lishi samaradorlikni yuqori
bo‘lishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biridir, masalan;eshitish, amaliy faoliyatlar, visual
yoki o‘yindan foydalanish mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
501
“O‘yin”-bolalarga ta’lim-tarbiya berishning eng oson va eng samarali va asosiy
usullaridan biridir. Jumladan, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolarga ham samarali foyda beradi.
Misol qilib oladigan bo‘lsak, matorikani rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanish jismoniy
nusonlardan halos bo‘lishga yoki diqqatni jamlovchi o‘yinlar ruhiy nuqsonlarni bartaraf etishga
yordam berishi mumkin.
Bu holatda asosiy urg’u pedogogning mahoratiga bog’liq bo‘ladi, bolalar uchun to‘g‘ri
metodikalarni qo‘llash eng muhumidir. Agar bola ta’lim tarbiyasida zarracha hatolikga yo‘l
qo‘yilsa bu katta muammolarga va katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Ota-onalar bilan hamkorlik;
Nuqsonli bolalarning tug’ilishi oila taqdirini tubdan o‘zgartiradi. Farzand tarbiyasida ota-
onalar zimmasida juddayam ko‘p masulyatli vazifalar mavjud, nuqsoni bor bolalarni tarbiyalashda
esa ko‘plab qiyinchiliklarga uchrashlari tabiiy holatdir. Bu borada ota-onalar, pedogoglar va
boshqa mutahasislarning birgalikda ish olib borishlari eng to‘g’ri yo‘ldir, ushbu hamkorlik
bolalarning muvafaqqiyatli rivojlanishi va jamiyatga integratsiyalashuv jarayonini
osonlashtirishda yordam beradi. Agar bu zanjir uzulsa va ular o‘zaro hamkorlikda ish olib
bormasalar nuqsonlarni bartaraf etilishi birmuncha uzoq vaqt talab etishi yoki, umuman samara
bermaslik holatlariga olib kelishi mumkin.
Xulosa
qilib aytganda, ruhiy hamda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan olib
boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlar ko‘p jihatdan murakkabligi bilan ajralib turadi.
Ushbu jarayonda individual yondashuvlar, o‘yinlar va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish
muhim ahamiyatga ega, bir biriga chambarchas bog’langan muhum jarayondir. Faqatgina
shunday yondashuv orqaligina biz bu bolalarni to‘laqonli rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘sha
olgan bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Universal xalqaro ilmiy jurnali maxsus soni 2024-yil,iyul ,
2. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov; Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish va
tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirish. Academic research in educational science
Volume 4, 2023
3. D.T.Yuldosheva Z.X.Xasanboyeva; Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor
bolalar bilan ishlashda yangicha yondashuv. Innovative Academy RSC.
4. Mo‘minova, G. (2023). Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyachilarining umummadaniy
kompotensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Science and innovation in the education system,
2(2), 122-126.
5. Gulhayo, M. (2023). Technologies for development of general competences of preschool
teachers. Science and Innovation, 2(4), 632-634.
6. Iminova D. (2024). Innovativ loyihalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish
motivatsiyasini rivojlantirishning mazmuni. Экономика и социум, (5-2 (120)), 266-274.
7. Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi
hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303.
