Mualliflar

  • Zubaydabonu Sakhobiddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Surayyo Mamatisayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Zubaydabonu Sakhobiddinova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika Olegofrenopedagogika yo’nalishi 1bosqich talabasi

  • Surayyo Mamatisayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Ilmiy raxbar: Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86243

Kalit so‘zlar:

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar xarakter

Annotasiya

Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (diqqat, xotira, xayol, tafakkur, tasavvur) o‘z aksini topgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

487

ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika Olegofrenopedagogika yo’nalishi 1-

bosqich talabasi Sakhobiddinova Zubaydabonu

Ilmiy raxbar: Maxsus pedagogika

kafedrasi o’qituvchisi; Mamatisayeva Surayyo

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233854

Annotatsiya:

Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologiyasining

o‘ziga xos xususiyatlari (diqqat, xotira, xayol, tafakkur, tasavvur) o‘z aksini topgan.

Kalit so’zlar va iboralar:

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar, xarakter, surdopedagogika,

diqqat. tafakkur. xayol.

Kirish

. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar-bu o’zlariga xos ehtiyojlarga ega, maxsus

yordam va qo’llab-quvatlashga muhtoj bo’lgan guruhni tashkil etadi. Ularning rivojlanishida
eshitish qobiliyatining cheklanganligi turli ijtimoiy, emosional va kognitiv jihatlarda
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya
berish qonuniyatlarini o’rganish, eshitish idrokini takomillashtirish, kasb yo’nalishlari bo’yicha
mehnat qilishlariga erishish, o’qitishning texnik vositalarini takomillashtirish, bog’cha va maktab
ta’limining uzluksizligini ta’minlash, Respublika bo’yicha sog’liqni saqlash hamda xalq ta’limi
tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis diagnozi muammolarini hal etishdan iboratdir.

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning tekshiruv usullari N.A.Rau tomonidan ishlab

chiqilgan.Rau bolalarni eshituv holatiga ko’ra ikkita toifaga bo’ladi:kar saqov va zaif eshituvchi
bolalar. Rau kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ular nutqini saqlab qolish niyatida labdan o’qishga
o’rgatish va savodini chiqarish uchun ma’lum korreksiyalar kerakligini ta’kidlaydi. Eshitish
qobiliyati pasayishining ikki turi farqlanadi, ya’ni kar-soqovlik va zaif eshituvchilik. Zaif
eshituvchi bolalarda nutqni idrok qilish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ammo,
eshitishdan foydalanib cheklangan miqdorda bo’lsa ham so’z zahirasini to’plash mumkin. Eshitish
holatining pasayishi karlik darajasida bo’lsa, nutqni tabiiy o’rganishning imkoniyati bo’lmaydi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk
davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko’rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda
belgilanadi. Kar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik yangi holatlar kuzatilishini
asoslashini e’tirof etadi. L. Vigotskiyning fikr-mulohazalari maxsus pedagogikaning rivojiga katta
hissa qo‘shdi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab o‘qitish muammolariga o'zgacha
qarash imkonini beradi. Uning nazariy ta’limoti eshitishida nuqsoni bolgan bolalarni kompensator
imkoniyatlarini tadqiq etuvchi eksperimental psixologik tadqiqotlarga stimus sharoitida ta’sir
etgan. L.S. Vigotskiy safdoshlari L.K. Zankov va Sh.M. Solovyov rivojlanishida nuqsoni mavjud
xususan eshitishida nuqsoni bor bolalar idrokining xotirasi va nutqi rivojlanish xususiyatlarini
o‘rganuvchi psixologik tadqiqotlar o'tkazdilar. Xususan, K.I. Veresotskaya eshitishida nuqsoni
bolgan bolalarni predmetlarni idrok etish, L.V. Zankov va D.R.Mayns ko‘rgazmali materialni
eslab qolish malakasini, M .M.Nudelman kar o'quvchilar tasavvurlarini, Z.S.Beyn ko‘ruv
idrokining konstantligini, N .I.Shif eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ranglarni idrok etish
xususiyatlari, M.Y.Votsev kar o‘quvchiIarning yozma nutqi va o'qish malakalarini tadqiq etganlar.
Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi nutqining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o’rgatib
borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomulada esa chegaralangan miqdordagi imo-
ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy
faoliyat turlarini bajara oladilar,turli buyumlarning funksional vazifalarini o’zlashtiradilar va
ulardan to’g’ri foydalanadilar, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday
bolalarga maxsus ta’lim berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o’zgalar nutqini idrok eta


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

488

olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so’zlashuv nutqining ta’sirisiz

kechadi. Shunday qilib eshitish qobiliyatining pasayishi va nuqiy rivojlanishining buzilishi
oqibatida bolaning rivojlanishi to’xtamasada, ancha cheklanib qoladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalar uzoq muddat davomida ko’rgazmali-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan,
T.V.Rozonova tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ko’rgazmali-obrazli
tafakkurining rivojlanishidagi farq maktabgacha ta’limining boshida kuzatilishini isbotlaydi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkurni shakllantirish so’zlash nutqining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib,
ko’rgazmali-obrazli tafakkurni so’zlash-mantiq tafakkuri bosqichiga o’tish sog’lom bolalarga
nisbatan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash
operatsiyalarini rivojlanishida namoyon bo’ladi.

Eshitishning buzilishi eshitish nuqsoni bo’lgan bolalarda tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’sir

ko’rsatadi, ammo intellekti saqlanib qoladi. Demak, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning potensial
imkoniyatlari eshitishi me’yorida bo’lgan bola bilan bir xil. Bu imkoniyatlarni amalga oshirishga
faqat bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan cheklanib qolmasdan,nafaqat eshitish
va nutqni rivojlantirishga, balki umuman bilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan maxsus
tashkil etilgan o’quv jarayonida erishiladi. L.S.Vigotskiyning fikricha-“jamiyatdagi karlik
muammosi-ijtimoiy muammo”dir. O’ziga xos kommunikativ xususiyatlarga ega bo’lgan kar va
zaif eshituvchi bolalarning ta’limi va ijtimoiy reablitatsiya jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan(AKT)foydalanish alohida ahamiyatga ega. Eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalarda saqlanib qolgan sezgi a’zolarining kompensator faollashuvi munosabati bilan axborotni
visual idrok etish yetakchi o’rinni egallashi ham bu omilni kuchaytiradi. Diqqat asosan o‘quv
faoliyat asosida amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxslarda ham, eshitish qobiliyati
buzilgan shaxslarda ham ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi diqqatni tarbiyalashdir. Nuqsonli
bolalar diqqati qator bolalarda, bolalar diqqatini o‘qituvchi, tarbiyachining og‘zaki nutqi boshqarib
borsa, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar diqqatida ko‘rish taassurotlari yetakchilik qiladi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqatini tekshirishda bolalarning yosh hamda nutqi
rivojlanganlik holatiga muvofiq metodikalar tanlab olinadi. Maktabgacha yoshdagi va maktab
yoshidagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning turg'un diqqatini tekshirishda Landolt
namunalaridan (shaklli, raqamli, harfli jadval) foydalaniladilimga bo’lgan qiziqishni oshirishda,
faqat o’rganilayotgan materialning mazmuniga tayanib bo’lmaydi,o’quv jarayoniga bolalarni jalb
qilish usullari hamda mashg’ulot texnologiyalari muhim ahamiyatga ega. A.R.Luriya va
F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sog'lom egizak bolalar tafakkurining o'ziga xos
xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so'zdan ajratish, rejalashtirish, elementar tasniflash
malakasiga ega bo'lmaganlar. Predmet ifodasi, belgi, munosabatlarini anglab bola predmet
obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga oshiradilar. Ta’lim jarayonida eshitish qobiliyati
cheklangan bolaga har qanday o’quv materialini so’z bilan tushuntirish ba’zan qiyin kechadi.
Ijodiy tasavvur tasavvurning oldindan namoyon bolishi va mustaqil ravishda yangi obrazlar,
taassurotlar yaratish bilan belgilanadi. Ijodiy tasavvur va tafakkurning o‘zaro munosabatini tadqiq
etib, A.V. Petroyevskiy va M.B. Verbenskiy bu ikki ruhiy jarayonda intellektual faoliyatning turli
aspektlarini ko‘radilar. Ular tasavvur va tafakkurning bir necha shakli mavjud deb e’tirof etadilar

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik

rivojlanishini yaxshilash uchun erta tashxis qo’yish, individual yondashuvlar va mutaxassislarning
yordamiga tayanish,eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning intellektual rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi, ularga jamiyatga moslashishda katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.Mamirova Feruza Sulaymonovna (2023). STUDY AND SIGNIFICANCE OF YOUTH

DEPENDENCE

ON

SOCIAL

NETWORKS.Talqin

va

tadqiqotlar

ilmiy-uslubiy

jurnali,1(17),205-212

2. Речинская.Е.Г.ДОШКОЛЬНАЯ сурдопедагогика M.,2018.
3. Murodjon,Xovodillayev

. ”

METHODS FOR THE FORMATION OF SPEECH IN

MENTALLY

RETARDED

CHILDREN.”Academia

Repository

4.10(2023):332-335.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

489

L.R.Mo’minova

.SH.M.Amirsaidova

va

boshqalar.Maxsus

psixologiya.T.:O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati,2013.

5.Aкрамова Х. (2020). формирование навыков здорового образа жизни у детей с

умственной осталость. педагогические-коррекцианно обобенности в семейных условиях.















































Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

Mamirova Feruza Sulaymonovna (2023). STUDY AND SIGNIFICANCE OF YOUTH DEPENDENCE ON SOCIAL NETWORKS.Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,1(17),205-212

Речинская.Е.Г.ДОШКОЛЬНАЯ сурдопедагогика M.,2018.

Murodjon,Xovodillayev. ”METHODS FOR THE FORMATION OF SPEECH IN MENTALLY RETARDED CHILDREN.”Academia Repository 4.10(2023):332-335.

L.R.Mo’minova .SH.M.Amirsaidova va boshqalar.Maxsus

psixologiya.T.:O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati,2013.

Aкрамова Х. (2020). формирование навыков здорового образа жизни у детей с умственной осталость. педагогические-коррекцианно обобенности в семейных условиях.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Surayyo Mamatisayeva, KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG‘ZAKI NUTQNI IDROK ETISHNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK USULLAR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Madina Kamoliddinova, Surayyo Mamatisayeva, DIZARTRIK BOLALARDA KORREKSION DIDAKTIK YONDASHUV USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

1 2 > >>