Авторы

  • Mehribon Normuhammedova
    Андижанский государственный педагогический институт
  • Surayyo Mamatisayeva
    Андижанский государственный педагогический институт

Биографии авторов

  • Mehribon Normuhammedova, Андижанский государственный педагогический институт

    Студентка 1 курса кафедры логопедии факультета дошкольного образования Андижанского государственного педагогического института

  • Surayyo Mamatisayeva, Андижанский государственный педагогический институт

    Научный руководитель: Преподаватель кафедры специальной педагогики

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86244

Ключевые слова:

Ранний детский аутизм подростковый аутизм

Аннотация

Основным симптомом аутизма является нарушение восприятия реальности. Ребенок, страдающий аутизмом, не хочет ни с кем общаться. Люди даже воображают, что ребенок не чувствует боли. Речь развивается медленно. Ребенок боится всего нового и совершает повторяющиеся действия. Если родители заметили у своего ребенка признаки аутизма, им следует немедленно обратиться к педиатру. В настоящее время создано множество центров развития детей, где помогают с диагностикой и эффективным лечением.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

483

AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Logopediya yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Normuhammedova Mehribon Solijon qizi

Ilmiy rahbar: Maxsus pedagogika kafedrasi

o‘qituvchisi Mamatisayeva Surayyo

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233845

Annotatsiya:

Autizmning asosiy belgisi reallikni qabul qilishning buzilishi. Autizmdan

qiynalayotgan bola hech kim bilan muloqotga kirishishni hoxlamaydi. Hatto, kishilarda bola
og‘riqni ham sezmaydigandek tasavvur paydo bo‘ladi. Nutqi sekin rivojlanadi. Bola har qanday
yangilikdan qo‘rqadi, takroriy harakatlarni bajaradi. Agar ota-ona bolada autizm alomatini
payqasa, zudlik bilan bolalar mutaxassisga murojaat etishlari zarur. Ayni vaqtda bolalarni
rivojlantiruvchi ko‘plab markazlar tashkil etilgan bo‘lib, u yerda tashxis qo‘yishga hamda samarali
davolanishga yordam berishadi.

Kalit so‘zlar:

Erta bolalar autizmi, o‘smirlar autizmi, kattalar autizmi, predmetoterapiya,

sensor integratsiya, peks terapiya.

Kirish:

Atrofimizda xatti-harakatlari real voqeylik bilan bog‘liq bo‘lmagan, yonidagilar

bilan muloqot qilishni xohlamaydigan, yolg‘izlikni yoqtiradigan, fikrlashi boshqalarga
o‘xshamaydigan insonlarga nisbatan “sal g‘alatiroq” degan iborani ishlatamiz. Bunday holatni
tibbiyotda “autizm” deb atashadi. Autizm (grekcha “autos”- “o‘zim” degan so‘z) - bu ruhiyatning
o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U
yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. kasallikka doir
“autizm” terminini fanga 1912 yilda E.Bleyler kiritgan. Uning fikricha, xasta odam o‘z olamida
yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqielik bilan
bog‘liq emas. Bu sindromli shaxslar harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu
kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Kasallikning ilk belgilari
uch yoshgacha kuzatiladi. Ba'zan klinik belgilar barvaqt aniqlanishi ham mumkin. Autizm
miyaning rivojlanishi yoki ishlashidagi buzilish natijasida yuzaga keladi. Odatda autizmning
dastlabki belgilari 2 yoshli bolalarda namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda, bu kasallik tug‘ma
hisoblanadi. Tibbiy tasnif autizmni asab tizimining kasalliklari deb tasniflaydi, ammo autizm
kasallik emas, balki rivojlanishdagi alohida holat degan fikr mavjud. Kasallik o‘g‘il bolalarda
qizlarga qaraganda 4 baravar ko‘proq aniqlanadi.

Asosiy qism: Bolalarda autizm sirli kasallik hisoblanib, har bir autizm sindromli shaxslar

o‘z alomatlariga ega bo‘ladi. Biroq har bir autizm bemoriga umumiy belgilar xosdir va ular ushbu
xastalikning borligiga asos bo‘la oladi. Bolalar autizmi alomatlari yoshga bog‘liqdir. Shuning
uchun 4 ta asosiy alomatlar guruhi ajratib ko‘rsatiladi: erta bolalik autizmi (2 yoshgacha
bolalarda), bolalar autizmi (2-11 yoshgacha bolalarda), o‘smirlar autizmi (11 -18 yoshgacha
bo‘lgan o‘spirinlarda) va kattalar autizmi (18 yoshdan keyin). Erta bolalar autizmi etiologiyasi
haligacha aniq emas. Autizm asosan o‘gil bolalarda kuzatiladi va ijtimoiy adaptasiya buzilishi,
muloqot rivojlanishi va psixika buzilishi bilan ifodalanadi. Jumladan:

Tez ta’sirlanishadi (masalan, chiroq yoki arzimagan shovqin ham ularni

chuchitib yuboradi);

Go‘dakda nutq rivojlanishi sust kechadi;

Bola ota-onasining ham ko‘ziga karamaydi, nigohi boshqa tomonda bo‘ladi

Go‘dak onasiga og‘lanib qolmaydi (u ketganda yig‘lamaydi va kelganda

kulmaydi);


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

484

Bola boshqa bolalar bilan tajovuzkorona munosabatda bo‘ladi, ular bilan

Oynashni va gaplashishni xoxlamaydi;

Go‘dak yangi o‘yinchoqlarga qiziqish bildirmaydi, faqat bittasi bilan

o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Erta bolalik autizmni 4 guruhga bo‘lib tasniflash mumkin:

Birinchi guruh. Sodir bo‘layotgan hodisalarga umuman e’tibor bermasligi bilan ajralib

turadi. Muloqot qilganda go‘dak noqulaylikni his etadi, hatto, ota-onasi ham farzandini o‘ziga
qaratishga yoki kulishga ko‘ndirolmaydi. Nigohlarning to‘qnashishi va jismoniy teginishlardan
olamdan ajralib qolganligi bilan ifodalanadi. Bola tashqi dunyo bilan munosabatlarda o‘ta
talabchan bo‘ladi, faqat ota-onasi va yaqin kishilari bilan muloqotda bo‘ladi. Bitta kiyim, muayyan
sharoit va taomga bog‘lanib qoladi. Odatdagi holatdan har qanday chetga chiqish asabiy portlashga
olib keladi. Bu guruhdagi bolalar qo‘rquvhissini qattiqroq tuyishadi, undan o‘ta ta’sirlanishadi.

Uchinchi guruh. Autistik qiziqishlariga o‘ralib olganligi bilan ajralib turadi. Bola o‘z

qiziqishlarini atrofdagi olamdan yashirishga urinadi. Bu qiziqishlar bilim olishga bog‘liq
bo‘lmaydi, ular qayg‘uli, daxshatli, tajovuzkorona xususiyatga ega bo‘ladi.

To‘rtinchi guruh. Atrof-muhit bilan munosabatga kirishishi haddan tashqari qiyinligi bilan

ifodalanadi, mazkur guruhga mansub bolalar ko‘ngli nozikligi va gap Ko‘tarolmasligi bilan ajralib
turishadi. Qandaydir to‘siqqa duch kelsa yoki yoqmaydigan gapni eshitib qolsa, munosabatlardan
qochishadi.

Erta bolalar autizmi sindromi bu nafaqat bola yoshidagilar balki kattalarining ham

muammosi, negaki autizm bir necha yillardan so‘ng p ham yo‘qolib ketmaydi.

Autizmning turlari
Autizm belgilarini namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratishdan tashqari, yana

bir tasnif mavjud. Rossiyada 1987 - yilda autizmning barcha ko‘rinishlarini paydo bo‘lishi sababli
7 turga ajratadigan sxema ishlab chiqilgan:

Asperger sindromi;
Kannerning erta klassik infantil autizm sindromi;
Xromosoma aberratsiyasidan kelib chiqqan autizm;
Rett sindromi mavjudligidan kelib chiqqan autizm;
Shizofreniya tufayli kelib chiqqan endogen va xurujsimon autizm;
Kelib chiqishi noma’lum autizm.
Keyinchalik ushbu tizim autizmning ma’lum sabablarini va uning turlarini ASB (autizm

spektrining buzilishi) umumiy qisqartmasi ostida birlashtirishga imkon berdi.

Autizm turlari va tasnifi
Autizmli bemorlarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
Birinchisi - bemorlar tashqi dunyo bilan aloqa qilishdan bosh tortishadi, aloqalar deyarli

nolga tushiriladi;

Ikkinchisi - odamlar o‘zlarini tortib olishadi, butun vaqtlarini bir xil faoliyatga

bag‘ishlashlari mumkin. Ular uxlash yoki dam olish zarurligini unutishadi va uzoq vaqt uyg‘oq
yurish bilan ham uxlash istagini his qilishmaydi;

Uchinchisi - jamiyatning ijtimoiy tartiblari va me’yorlarini e’tiborsiz qoldiradigan odamlar

(chunki ularni idrok eta olmaydilar);

To‘rtinchisi - kundalik muammolarini hal qila olmaydigan kattalar. Ularda boshqalarga

nisbatan xafagarchilik hissi paydo bo‘ladi;

Beshinchisi - yuqori darajadagi intellektga ega bo‘lgan kattalar, ular ijtimoiylashishga

muvaffaqiyatli urinishadi va jamiyatga moslashadilar. Ular boshqalar bilan deyarli teng
sharoitlarda o‘zaro aloqada bo‘lishlari, o‘qish, kasblarni o‘rganish va aqliy mehnat bilan bog‘liq
sohalarda ishlashlari mumkin.

Autistlarning so‘nggi guruhida vaqti-vaqti bilan “daho geni” namoyon bo‘lgan odamlar bor.

Uning faollashishi autizmga chalingan odamning miyasida sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan
bog‘liq. Bunday odamlar ilm-fan va kasbiy sohalarning turli sohalarida juda katta yutuqlarga


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

485

erishishlari mumkin. Ammo ularning dunyo bilan o‘zaro munosabatlari ko‘pincha

yaqinlarining tushunmovchiligi bilan murakkablashadi. Bemorlarning qarindoshlari va atrof-
muhit ko‘pincha bemorning ahvolini yomonlashtiradi, u bilan noto‘g‘ri muloqot qiladi va
kamsitadi. Qarindoshlar va autist o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun maxsus kurslar tashkil etiladi,
unda siz nafaqat bemor bilan muloqot qilish usulini topishingiz, balki unga kerakli o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘rgatishingiz mumkin. Bunday kurslarning samaradorligi ko‘p
jihatdan bemorning ahvoliga va kasallikning namoyon bo‘lish shakliga bog‘liq.

Kattalarda autizm belgilari
Kattalardagi autizm belgilari kasallikning shakliga va uning kechishiga qarab farq qilishi

mumkin. Bunga xos alomatlar quyidagilar hisoblanadi:

Yuz ifodalarining kamligi va imo-ishoralarning yetarli emasligi; Jamiyatda qabul qilingan

aloqa qoidalarini tushunmaslik;

-

Atrofdagi odamlarning his - tuyg‘ulari, motivlarini tushunmaslik; O‘z xatti-

harakatlarini tushunmaslik;

-

Atrofdagi odamlar bilan do‘stona yoki boshqa yaqin munosabatlarni o‘rnatish

imkoniyatining yo‘qligi;

-

Biror kishiga murojaat qilish qiyinligi;

-

So‘z boyligi yetarli emas, bir xil iboralarni muntazam takrorlash;

-

Tanish muhitda xotirjamlikni saqlash qobiliyati va unda biroz o‘zgarishlar bo‘lsa

bezovtalanish;

-

Joylar va narsalarga bog‘lanish va ularda o‘zgarish sodir bo‘lsa bezovtalanish;.

Agar autizm yengil shaklda bo‘lsa, unda 20-25 yoshga kelib, odam allaqachon qarindoshlari

yoki vasiylaridan alohida yashashi va o‘z muammolarini mustaqil ravishda hal qilishi mumkin.
Agar bu shakl autistga bunday turmush tarzini olib borishga imkon bermasa, u odatda butun umri
davomida qarindoshlarining qaramog‘ida qoladi.

Bolalarda autizm belgilari
Erta bolalik autizmi quyidagicha namoyon bo‘ladi

1.

Ijtimoiy ko‘nikmalar buzilishining belgilari:

Muloqot qilish istagi va tengdoshlariga qiziqish yo‘qligi;
Atrofdagi odamlarning borligi va hissiyotlariga e’tibor bermaslik;
Rivojlanishning dastlabki bosqichi uchun normal bo‘lgan taqlid funktsiyasining yo‘qligi.

Bolalar ota-onalarining yuz ifodalarini takrorlashmaydi, javoban tabassum qilmaydi, kattalarning
imo-ishoralarini takrorlamaydi yoki ongli ravishda qilmaydi;

bolalar o‘zlarining muammolari va fikrlarini ota-onalari bilan bo‘lishmaydilar.;

2.

Nutq va nutq bo‘lmagan aloqa rivojlanishidagi muammolar:

Nutqning yetishmasligi;yuz ifodalari va imo-ishoralarning yetishmasligi;;
Bola ko‘z bilan aloqa qilishdan qochadi, suhbatdoshga tabassum qilmaydi;;
Nutq rivojlangan, ammo bola boshqalar bilan aloqa qilmaydi, ularga javob bermaydi;;
Bola iboralarni yoki individual so‘zlarni takrorlaydi (Kanner tasnifiga ko‘ra “gramofon”

yoki “ to‘tiqush” nutqi);;

Nutqdagi fonetik buzilishlar. Autistlar intonatsiya bilan bog‘liq muammolarga duch

kelishadi, nutq monoton yoki ritmik jihatdan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.;

3.

Stereotipik xatti-harakatlarning sababi bo‘lgan tasavvur rivojlanishidagi

muammolar:

Asabiy xatti-harakatlar; Begonalashish; Bola yolg‘iz o‘ynashni yaxshi ko‘rishi; O‘yinlarni,

xayoliy voqealarni ixtiro qilishga qiziqish yo‘qligi; Bola bitta o‘yinchoq yoki narsaga bog‘lanib
qoladi va u bilan ajralmaydi, doimo qo‘lida ushlab turishga intiladi; Bola diqqatini faqat bir
narsaga qaratadi.

Autizm 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va hayotning keyingi ikki-uch yilida shunday

namoyon bo‘ladi.

Bolalarda autizm diagnostikasi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

486

Autizmning yuqoridagi belgilari shifokorlarga rivojlanish, ijtimoiy xulq-atvor

va boshqa ko‘nikmalardagi muammolar bo‘yicha tashxis qo‘yish va turli xil aqliy og‘ishlarni
xatosiz aniqlashga imkon beradi. Ammo autizmni tegishli mezonlarga muvofiq tashxislashda
quyidagilar muhimdir:

Tashxisni biron bir alomatning rasmiy mavjudligida emas, balki sindromologik darajada

o‘tkazish;

Aniqlangan alomatlarda protsessual dinamikaning mavjudligini hisobga olish; Shuni esda

tutish kerakki, atrofdagi odamlar bilan aloqa qilmaslik ijtimoiy deprivatsiyaga olib keladi, bu esa
o‘z navbatida rivojlanishning kechikishining ikkilamchi alomatlarini keltirib chiqaradi.

Autizmni davolash
Bolalarda autizm uchun zarur bo‘lgan davolanish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Xulq-atvor

terapiyasi dasturlari;

“rivojlanish modellari”dan foydalanish;
Logoped terapiyasi; Ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish; Mehnat terapiyasi; Antidepressantlar;

Antipsixotiklar; Talvasaga qarshi preparatlar.

Autizmdan to‘liq davolanish deyarli mumkin emas. Remissiya faqat 5% hollarda sodir

bo‘ladi.

Shuni xulosa qilish mumkinki, bolalar autizmini korreksiyalash bu uzoq mashaqqatli,

murakkab jarayon bo‘lib, odamning ruhan va jismonan tinka-madorini quritadi. Bunday
bolalarning ota-onasi shunga tayyor turishlari kerakki, kasallikka qarshi kurashish uzoq davom
etadi va muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi ham mumkin. Dori-darmonlar bilan davolash bolalar
autizmida juda samarali vosita hisoblanmaydi. Biroq ular qo‘shilib keluvchi boshqa alomatlarni
bartaraf etishi mumkin. Amaliyotda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga, ayniqsa autizm bilan
kasallangan bolalar uchun mo‘ljallangan korreksion metodikalar ko‘p emas.

ADABIYOTLAR:

1.

Yunusov, M. (2020). Theimportance ofmodern technica

2.

Ayupova M Logopediya: darslik/M.Y. Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — T.: O‘zbekiston faylasuflari milliyjamiyati
Nashriyoti, 2007. —560 b.

3.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo‘llanma.

4.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova,

Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston
Toshkent -2013

5.

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis”

2021.

6.

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berishga oid

normativ – huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 10

oktabrdagi 638

– son

qarori.Xalq ta’limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

7.

"The STEAM Makerspace Playbook: Inspiring Creativity, Innovation, and

Collaboration" (2017) – Makrs Anson.











Библиографические ссылки

ADABIYOTLAR:

Yunusov, M. (2020). Theimportance ofmodern technica

Ayupova M Logopediya: darslik/M.Y. Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — T.: O‘zbekiston faylasuflari milliyjamiyati Nashriyoti, 2007. —560 b.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo‘llanma.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova, Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston Toshkent -2013

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА ФУНКЦИИ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, РЕЧЕВОЕ ТЕСТИРОВАНИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ МЕТОДЫ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Surayyo Mamatisayeva, ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ВОСПРИЯТИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ С КОХЛЕАРНЫМИ ИМПЛАНТАМИ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, УСТРАНЕНИЕ ДЕФЕКТОВ ЗВУКОПРОИЗНОШЕНИЯ ПРИ РИНОЛАЛИИ СПОСОБЫ ИЗГОТОВЛЕНИЯ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Madina Kamoliddinova, Surayyo Mamatisayeva, КОРРЕКЦИОННО-ДИДАКТИЧЕСКИй ПОДХОД К ДЕТЯМ С ДИЗАРТИКОЙ МЕТОДЫ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА ФУНКЦИИ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, РЕЧЕВОЕ ТЕСТИРОВАНИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ МЕТОДЫ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, УСТРАНЕНИЕ ДЕФЕКТОВ ЗВУКОПРОИЗНОШЕНИЯ ПРИ РИНОЛАЛИИ СПОСОБЫ ИЗГОТОВЛЕНИЯ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, РЕЧЕВОЕ ТЕСТИРОВАНИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ МЕТОДЫ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

Madina Kamoliddinova, Surayyo Mamatisayeva, КОРРЕКЦИОННО-ДИДАКТИЧЕСКИй ПОДХОД К ДЕТЯМ С ДИЗАРТИКОЙ МЕТОДЫ , Универсал международный научный журнал: Том 2 № 4.1 (2025)

1 2 > >>