Mualliflar

  • Muslimaxon Adhamjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Surayyo Mamatisayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Muslimaxon Adhamjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Logopediya yo‘nalishi 1-bosqich 

  • Surayyo Mamatisayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Ilmiy raxbar; Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86246

Kalit so‘zlar:

Nutq diagnostika sezgi aloqa

Annotasiya

Ushbu maqolda bolalarning rivojlanishidagi nutq nuqsonlarini erta aniqlash, boshqa unga o‘xshash holatlardan farqlash, tashxisini ta’limdagi imkoniyatlarini aniqlash haqida so‘z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

478

NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH

USULLARI

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Logopediya yo‘nalishi 1-bosqich

Adhamjonova Muslimaxon Xayrullo qizi.

Ilmiy raxbar; Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi:

Mamatisayeva Surayyo Axmadjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233814

Annotatsiya:

Ushbu maqolda bolalarning rivojlanishidagi nutq nuqsonlarini erta aniqlash,

boshqa unga o‘xshash holatlardan farqlash, tashxisini ta’limdagi imkoniyatlarini aniqlash haqida
so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Nutq, diagnostika, sezgi, aloqa, cheklanish, nuqson, korreksiya, tashxis, xulq-

atvor, kamchilik.

Kirish.

Nutq bolaning atrof-muhit bilan muloqot qilishida muhim vosita hisoblanadi. Bola

nutq orqali o‘z fikrlarini ifodalaydi, o‘qish va yozishni o‘rganadi hamda jamiyatga moslashadi.
Biroq ba’zi bolalarda turli sabablarga ko‘ra nutq rivojlanishida kechikish yoki kamchiliklar
kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish muammolarni
bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nutq kanchiligiga ega bo‘lgan bolani har tomonlama tekshirish (tug‘ruqqacha, tug‘ruq

vaqtidagi va tug‘ruqdan keyingi davri) to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni bilish zarur. Shuning
uchun nutqiy faoliyat bilan birga ruhiy faoliyatning nutqiy bo‘lmagan faoliyat (umumiy va nutqiy
motorika) xulq, hissiyot-iroda qatlamining o‘ziga xos xususiyatlari va ichki va tashqi nutqning
shakllanishi hamda holati, fonematik tahlil va sintez, fonematik tasavvurlar, leksika va nutqning
grammatik tuzilishi holati bog‘langan nutq, nutq ohangi va surati buzilishlarining xususiyatlari
ham o‘rganiladi. Bolalarning nutqiy va nutqiy bo‘lmagan motorikasini, ular xulqining o‘ziga xos
tomonlarini, ichki va tashqi nutqini o‘rganish bo‘yicha materiallar, shuningdek, nutqi umumiy
rivojlanmagan bolalarni tekshirishga oid vazifalar o‘zimiz olib borgan nutqi umumiy
rivojlanmagan bolalarni tekshirish ishlarimizdan olingan ma’lumotlar va boshqa mualliflarning
tekshirish natijalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash

maqsadida ota-onalar bilan suhbat o‘tkazadi. Ota-onalar bilan suhbatda logoped oilada bo‘lib
o‘tgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog‘liq holda bolalarning umumiy nutq
taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini aniqlaydi. Bolaning tug‘ruqqacha, tug‘ruq vaqti va
tug‘ruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari aniqlanadi.

Tug‘ruqqacha bo‘lgan davrn

ing ichida ona bilan suhbatda logoped ba’zi nasliy omillarni

belgilaydi: ota-onalarning bola tug‘ilguniga qadar salomatligining ahvoli, ularda asab-ruhiy, teri-
tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo‘lganmi, ota-onalardan biri spirtli ichimliklar yoki
giyohvand moddalarni iste’mol qilmaydimi, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi?
Shuningdek, bolaning tug‘ruqqacha bo‘lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi:
Ona bolaning tug‘ilayotgan vaqtidagi yoshi, onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi
yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (qizilcha, gripp, toksoplazmoz, qandli diabet, jigar, buyrak
kasalliklari, angina, anemiya). Homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida shikastlanishlar,
qorin yuzasida lat yeyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi
bo‘lganmi, homiladorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o‘tganmi yoki qandaydir radioaktiv
nurlanish bo‘lganmi yoki bo‘lmaganligini aniqlash.

Homiladorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni bolaning

keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta’sirini aniqlashda yordam beradi.

Tug‘ruq davri;

Logoped ona bilan suhbatga tug‘ruq o‘tishning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi:
tug‘ruqning boshlanishi o‘z vaqtida homiladorlikning 8-oyida, 7-oyida suvning barvaqt ketishi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

479

bo‘lganmi, tug‘ruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo‘llanishi, vakuum

ekstraktorning qo‘llanishi, tug‘ruq faoliyatining muvofiq ta’minlovchi dorilar qo‘llash, homilani
qo‘l bilan yoki kessar operatsiyani qo‘llab ajratib olish. Bu suhbatda bolaning tug‘ilgan paytidagi
holati aniqlanishi zarur: darrov yig‘laganmi yoki yo‘qmi, ko‘k, oq, asfiksiya, og‘irligi (1500 kg
dan ko‘p yoki kam) bo‘yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug‘ruq shishi, boshqa jarohatlar
bo‘lganligini so‘rab bilish.

Tug‘ruqdan keyingi davr

; Bolaning tug‘ruqdan keyingi davridagi somatik rivojlanishi

haqidagi ma’lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi: Bolani
onaga tug‘ilganidan keyin necha soat o‘tgach olib kelingan, bola ko‘krakni qanday olgan va emgan
(faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);

Bola uyg‘oq vaqtida o‘zini qanday tutar edi:tinch yoki notinch, baqiroq, yig‘loq va

boshqalar; hayotining birinchi yilida 3 yoshgacha pnevmoniya: ko‘k yo‘tal, va bosh jarohatlanishi
bo‘lgan-bo‘lmagani aniqlanadi. Bola rivojlanishining tug‘ruqdan keyingi davridagi me’yordan
chetga chiqishlar, turli salbiy hodisalar aniqlangach, logoped tomonidan umumiy nutq
rivojlanmaganligining etiopatogenezini yanada to‘la o‘rganish maqsadida tahlil qilinadi.

Nutqning rivojlanmay qolishi uning sensor yoki motor tomonlarining buzilishlaridan kelib

chiqadi. Ko‘pincha ikkala funksiya ham buzilgan bo‘ladi. Nutqning rivojlanmay qolishi
sabablariga homiladorlik davridagi turli salbiy ta’sirlar, tug‘ilish jarohatlari va asfiksiya bola
tug‘ilgandan so‘ng nutq markazarining jarohatlanishlari kiradi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tekshirishda

ko‘rgazmali qurollar maksimal darajada foydalanish juda muhim. Ularga bajarishda boladan faol
nutq talab etilmaydigan topshiriqlarni tavsiya etish lozim. Shu tarzda bolada bilim, tasavvurlar,
o‘yinni mustaqil tashkil etish va hokazolar aniqlanadi. Motor alalik bolalarda nutq buzilishlarini
tashxis etish katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Alohida hollarda nutqning rivojlanmay qolishi aqliy
faoliyatning rivojlanmaganligi bilan birgalikda kelishi mumkin. Bu holatni bolani maxsus nutq
maktablarida uzoq vaqt olib borilgan ish natijasida aniqlash mumkin.

ADABIYOTLAR

1.

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar

diagnostikasi.

Toshkent-2016

L.R.Mo‘minova,

V.S.Alimova,

X.M.Po‘latova,

D.A.Nurkeldiyeva, D

2.

Kuzmicheva E.P. Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M.,

2003 yil.

3.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan,

zaif eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

4. Nazarova L.P. Metodika sluxovoy raboti v shkole slabosl bunashix. -M.:

«Prosvesheniye», 1981

5. Kukushkina O.I., Goncharova E.L. Koxlear implantatsiyali bolalarning dinamik

tasnifi - ovozni o‘qitish uchun yangi vosita Defektologiya.

6.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova,

Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston Toshkent -
2013

7.X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.








Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi. Toshkent-2016 L.R.Mo‘minova, V.S.Alimova, X.M.Po‘latova, D.A.Nurkeldiyeva, D

Kuzmicheva E.P. Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M., 2003 yil.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan, zaif eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

Nazarova L.P. Metodika sluxovoy raboti v shkole slabosl bunashix. -M.: «Prosvesheniye», 1981

Kukushkina O.I., Goncharova E.L. Koxlear implantatsiyali bolalarning dinamik tasnifi - ovozni o‘qitish uchun yangi vosita Defektologiya.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova,

Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston Toshkent 2013

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Surayyo Mamatisayeva, KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG‘ZAKI NUTQNI IDROK ETISHNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK USULLAR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Madina Kamoliddinova, Surayyo Mamatisayeva, DIZARTRIK BOLALARDA KORREKSION DIDAKTIK YONDASHUV USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

1 2 > >>