Mualliflar

  • Madina Kamoliddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Surayyo Mamatisayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Madina Kamoliddinova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat Pedagogika Instituti  Maxsus pedagogika(logopediya) 201-guruh talabasi

  • Surayyo Mamatisayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Ilmiy raxbar: Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86245

Kalit so‘zlar:

dizartriya korreksiya didaktik o‘yinlar

Annotasiya

Ushbu maqolada dizartrik bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. Dizartriyaning asosiy turlari kelib chiqish sabablari va uning pedagogik korreksiya jarayoniga ta'siri yoritiladi. Shuningdek, logopedik mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar, vizual yondashuvlar, nutq terapiya asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarning dizartrik bolalar nutqini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

480

DIZARTRIK BOLALARDA KORREKSION DIDAKTIK YONDASHUV

USULLARI

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maxsus pedagogika(logopediya) 201-guruh talabasi

Kamoliddinova Madina Davronbek qizi

Ilmiy raxbar: Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi;

Mamatisayeva Surayyo Axmadjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233833

Annotatsiya:

Ushbu maqolada dizartrik bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos

xususiyatlari va ularni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Dizartriyaning asosiy turlari kelib chiqish sabablari va uning pedagogik korreksiya jarayoniga
ta'siri yoritiladi. Shuningdek, logopedik mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar, vizual yondashuvlar,
nutq terapiya asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarning dizartrik bolalar nutqini rivojlantirishdagi
o‘rni haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

dizartriya, korreksiya, didaktik o‘yinlar, nutq buzilishi, pedagogik yondashuv,

logopedik mashg‘ulotlar, talaffuz buzilishi, nutqiy muloqot, nutq terapiyasi, ijtimoiylashuv

Dizartriya nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz

tomonidan buzilishi dizartriya deb yuritiladi. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib,
dis-bo‘lak, arthon-biriktirish degan ma'noni bildiradi. Dizartriya - bu markaziy harakterdagi
organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a'zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar)
kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulatsiyasi qiyinlashadi. Shu bilan birgalikda
ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur'ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Dizartriya bolalarning nutq faoliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Dizartriyada markaziy va periferik
asab tizimi shikastlanadi va natijada nutq buzilishi yuzaga keladi.

Dizartrik bolalar bilan mashg‘ulot tizimli va individual yondashuv asosida olib borilishi

lozim. Mashg‘ulot davomida oilaviy muhit muhim rol o‘ynaydi. Bunda ota-onalar logopedning
tavsiyalariga amal qilishi kerak. Dizartrik bolalarda talaffuz buzilish, nafas olish va artikulatsiya
muammolari kuzatiladi. Bolaning talaffuz buzilishida:

- tovushlarni aniq talaffuz qila olmaydi
- ba'zi harflarni aytmaydi yoki notog‘ri talaffuz qiladi
- nutqi sust, tushunarsiz bo‘ladi
Dizartrik bolalar yuzaki nafas oladilar. Bu uzun va murakkab gaplarni talaffuz qilishda

qiyinchilik tug‘diradi. Bunday bolalarda til, lab, yumshoq tanglay harakatlari sust yoki cheklangan
bo‘ladi. Bu tovushlarni to‘g‘ri shakllantirishga halaqit beradi.

Dizartik bolalarda nutq buzilishlarini tuzatish va rivojlantirish uchun korreksion didaktik

yondashuvlar, korreksion-pedagogik hamda logopedik mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega
korreksion yondashuvlar bolalarning nutq qobilyatlarini yaxshilash, kommunikativ ko‘nikmalarini
rivojlantirish va ijtimoiy moslashuvini ta'minlashga yordam beradi. Korreksion didaktik
yondashuvning maqsadi:

- dizartrik bolalarning nutq buzilishlarini tuzatish
- talaffuz va artikulatsiyasini yaxshilash
- motor va sensor qobilyatlarini rivojlantirish
- so‘z boyligini oshirish va grammatik to‘g‘ri gapirishni shakllantirish
- nutqiy muloqotga o‘rgatish
- o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish
- psixologik va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash iborat.
Dizartriya bilan og‘rigan bolalar uchun psixik yordam muhim rol o‘ynaydi. Bu bolalarning

psixologik holatini yaxshilashga, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishda va ijtimoiy
muloqotda qulaylik yaratishda yordam beradi. Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

481

ish dizartriyaning barcha shakllarida nutq buzilishi,umumiy va nutqiy motorika

buzilishlarining mexanizmlarini bilish va bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda
amalga oshiriladi. Logopedik ishlarning eng asosiylaridan biri - dizartrik bolalarda tovushlar
talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatishdir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarining
asosiy sababi nutq apparati a'zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning
uchun logoped asosiy diqqatini artikulatsiyon apparati harakatchanligiga qaratishi kerak bo‘ladi.
Logopedik mashg‘ulotlar individual ravishda har kuni olib boriladi va mashg‘ulotning vaqti 20
daqiqadan oshmasligi kerak.Har bir mashg‘ulot onalar ishtirokida o‘kazilishi kerak. Chunki ona
ish usullarini ko‘rishi,o‘rganishi va mustahkamlash maqsadida o‘zi o‘tkazishi lozim. Dizartrik
bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilar:

-tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish
-nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushlarni nutqqa qo‘yish va mustahkamlash
-fonematik idrokni rivojlantirish
-nutqning ritm,ohangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish
-paydo bo‘lgan umumiy nutqning rivojlanmaganligini to‘g‘irlash
Nutqqacha bo‘lgan davrda olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi

bola nutqini va shaxsini o‘z vaqtida shakllantirishni ta'minlovchi rivojlantirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik mashg‘ulot har kuni individual ravishda va maxsus jihozlangan xonada olib
borilishi lozim. Korreksion-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari:

- artikulyatsion apparat muskullar tonusi va harakatini normal darajasiga keltirish
- nafas chiqarish hajmini va kuchini kengaytirish
- kuzatish ko‘nikmasini turg‘unligini rivojlantirish
- atrofdan kelayotgan ovozni qaysi tomondan kelayotganini topish va ko‘nikmalarni

shakllantirish

- artikulatsion mashqlar orqali artikulatsion organlarning funksiyasini normal holatga

keltirishdan iborat.

Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan korreksion mashg‘ulotlardan biri ovozni

rivojlantirish. Dizartrik bolalarda ovozni rivojlantirish va korreksiyalash uchun turli xil ortofonik
mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar nafas faoliyati va artikulatsiyani rivojlantirishga
qaratilgan bo‘ladi.Ovoz ustida ishlash artikulatsion gimnastika va massajdan keyin olib boriladi.

Dizartriklar bilan maxsus logopedik va korreksion ishlar og‘ir nutq kamchiliklari bor

maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan nutqiy bog‘chalarda, nutqiy maktablarda yoki
umumiy ta'lim qoshidagi nutqiy sinflarda, psixonevrologik shifoxonaning nutqiy bo‘limlarida oib
boriladi. Dizartriya qancha erta aniqlansa korreksiyasi ham shuncha samarali bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, dizartrik bolalar bilan olib boriladigan korreksion

ishlarning samaradorligi avvalo, individual yondashuvga bog‘liq. Bunday bolalarning nutq
buzilishlarini bartaraf etishda logopedik mashg‘ulotlar, artikulatsion gimnastika va nafas
mashqlari ijobiy natijalarga olib keladi. Birinchi navbatda bunday bolalarning oilasi, ota-onasi
muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar va defektologlar hamkorligidagi sa'y harakatlar bolada nutq
rivojlanishini tezlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ayupova M.Y.Logopediya.Darslik T:O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati,2007.
2.Ayupova.M.YU Korreksion ishlar metodikasi Ma'ruza matni T:2001
3.Raxmanova V.S Defektologiya asoslari(korreksion pedagogika) Kasb-hunar kollejlari

uchun qo‘llanma T:"Niso Poligraf" 2017.

4.B.V.Belyakova Dizartriyani tashxislash va korreksiya qilish metodikasi
5.A.V.Kolb. Dizartriya va uning korreksiyasi.

6.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo‘llanma.

7.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova,

Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston Toshkent -
2013


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

482

8. X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.

















































Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Ayupova M.Y.Logopediya.Darslik T:O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati,2007.

Ayupova.M.YU Korreksion ishlar metodikasi Ma'ruza matni T:2001

Raxmanova V.S Defektologiya asoslari(korreksion pedagogika) Kasb-hunar kollejlari uchun qo‘llanma T:"Niso Poligraf" 2017.

B.V.Belyakova Dizartriyani tashxislash va korreksiya qilish metodikasi 5.A.V.Kolb. Dizartriya va uning korreksiyasi.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo‘llanma.

Maxsus psixologiya Z.N.Mamarajabova, L.R.Mo‘minova, M.U.Xamidova,

Sh.M.Amirsaidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston Toshkent 2013

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Surayyo Mamatisayeva, KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG‘ZAKI NUTQNI IDROK ETISHNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK USULLAR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muslimaxon Adhamjonova, Surayyo Mamatisayeva, NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Zubaydabonu Sakhobiddinova, Surayyo Mamatisayeva, ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Muxlisa Olimjonova, Surayyo Mamatisayeva, RINOLALIYADA TOVUSH TALAFFUZ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mehribon Normuhammedova, Surayyo Mamatisayeva, AUTIZM SINDROMLI BOLALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

1 2 > >>