Universal International Scientific Journal
143
Azimova Madina Narzulloevna., Temirova Gulnoz Ibodovna., Tashpulatov Salix Shukurovich
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
Uzbekistan
Annotatsiya:
Maqolada resurstejamkorlik asosida moʻynadan tikuv buyumlarini ishlab
chiqarishdagi asosiy usullar va texnologiyalar keltirilgan.Tikuv buyumlarini tayyorlash jarayonida
resurslarni tejash, mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish va
ekologik samaradorlikni ta'minlash haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
moʻyna, resurstejamkorlik, avtomatlashtirish, robotlashtirish, dizayn, lazerli kesish,
ekologik standartlar, ekologik samaradorlik.
Аннотация:
В стате рассмотрени основние методи и технологичэские возможности
производства изделий рукоделия на основе ресурсоеффективности. В просессе изготовления
швейних изделий рассказиваеця об економии ресурсов, повишении еффективности производства
продуксии, снижении затрат и обеспечении екологической еффективности.
Ключевые слова:
мех, ресурсоеффективност, автоматизасия, роботизасия, дизайн, лазерная
резка, екологичэские стандарти, екологическая еффективност.
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
RESURSTEJAMKORLIK ASOSIDA MOʻYNADAN TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB
CHIQARISHNI YARATISH USULLARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2
Published: 27.02.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
144
Abstract:
The article discusses the main methods and technological possibilities for the production
of handicrafts based on resource efficiency. The garment manufacturing process talks about saving
resources, increasing product efficiency, reducing costs and being environmentally efficient.
Keywords:
fur, resource efficiency, automation, robotization, design, laser cutting, environmental
standards, environmental efficiency.
Language:
Uzbek
Citation:
Azimova , S., Temirova , G., & Tashpulatov , S. (2025). METHODS FOR CREATING
RESOURCE-EFFECTIVE FUR SEWING PRODUCTS. Universal International Scientific Journal, 2(2),
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1457
https://doi.org/10.5281/zenodo.14960540
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
qorakoʻlchilik
tarmogʻi
korxonalarini
modernizasiya
qilish,
ishlab
chiqarish
quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan
yangilash, oʻzbek qorakoʻli brendini yaratish
va dunyo miqyosida targʻib qilish, sohaning
investisiyaviy
jozibadorligini
oshirish
borasida keng qamrovli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Resurstejamkorlik
asosida
moʻynadan tikuv buyumlarini tayyorlash
zamon talablariga javob beradigan, ishlab
chiqarish jarayonini samarali tashkil etish va
ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy koʻrsatkichlar
boʻyicha ustunliklarni ta'minlashga qaratilgan
muhim yoʻnalish hisoblanadi. Bu faoliyat turi
nafaqat mamlakatning sanoat salohiyatini
oshirish, balki milliy xom ashyo resurslaridan
samarali foydalanish, ish oʻrinlari yaratish va
ekologik jihatdan barqaror ishlab chiqarishni
ta'minlashga xizmat qiladi. Moʻynali kiyimlar
doimo diqqat markazida boʻlishini ta'minlash
uchun doimo zamonaviy texnolgiyalarni
oʻzlashtirish, yangi gʻoyalarni taklif qilish va
ularni hayotda tadbiq qilish kerak boʻladi.
Moʻynadan tikuv buyumlarini tayyorlash
– bu koʻp asrlar davomida an'anaviy hunar
boʻlib kelgan, unda tirikchilikning turli
jihatlari, shu jumladan kiyim-kechak va uy-
jihoz buyumlari tayyorlanadi. Moʻynadan
tikish ishi yoki "moʻynachilik" deb ataladigan
jarayonda har xil qoʻl ishi va texnikalar
qoʻllaniladi.
Resurstejamkorlik asosida moʻynadan
tikuv buyumlarini tayyorlash – bu zamonaviy
ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega
boʻlgan jarayonlardan biri boʻlib, oʻzida
materiallarning samarali foydalanishini, ishlab
chiqarishni
optimallashtirishni
va
mahsulotlarning sifatini ta'minlashni nazarda
tutadi.
Bu
jarayonning
asosiy
maqsadi,
avvalambor, moʻyna (ya'ni, tirik hayvonlardan
olingan terini) resurslarini etarli darajada va
samarali ishlatishdir. Moʻynadan tikuv
buyumlarini tayyorlashda turli xil mashinalar,
texnologiyalar va usullardan foydalaniladi.
Moʻyna materiallarining koʻpincha yuqori
narxdagi
va
iste'molchilar
tomonidan
qadrlanadigan
xususiyatlarga
ega
boʻlganligini inobatga olgan holda, ishlab
chiqarish jarayonining har bir bosqichi diqqat
bilan rejalashtirilishi zarur.
Universal International Scientific Journal
145
Moʻynali
kiyimlardan
ishlab
chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari
zamonaviy dizaynning badiiy texnikasi,
moʻynali mahsulotlar toʻplami uchun majoziy
echim
yaratishda
fan
va
texnologiya
yutuqlarini oʻz ichiga oladi. Hozirgi vaqtda
dizaynerlar moʻynali kiyimlarni shakllantirish
boʻyicha oʻz ishlarida an'anaviy bajarish
texnikasi va yarim tayyor moʻynali
mahsulotlarni
loyihalashning
innovasion
usullarini birlashtirmoqda.
Moʻynadan tikuv buyumlarini tayyorlash
jarayonida har bir qadamda resurslarni tejash,
ulardan
samarali
foydalanish,
ishlab
chiqarishdagi barcha bosqichlarda qayta
ishlash va chiqindilarni minimallashtirish
muhim
ahamiyatga
ega.
Resurslarni
tejashning asosiy maqsadi - mahsulotlar
hajmini koʻpaytirish bilan birga, xomashyo va
energiyani kam sarflash, ishlab chiqarish
jarayonini optimizasiya qilish va ekologik
holatni yaxshilashdir. Moʻyna ishlab chiqarish
jarayonida ishlatilgan uskunalarni zamonaviy,
energiya tejovchi modellar bilan almashtirish.
Bu elektr energiyasini kam sarflashga yordam
beradi. Ishlab chiqarish uskunalari va
jabhalarining
samarali
ishlashi
uchun
muntazam
texnik
xizmat
koʻrsatish,
ishlayotgan apparatlarni tozalash va ularning
optimal ishlashini ta'minlash ham elektr
energiyani tejashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bu amallarni qoʻllash orqali moʻyna
ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini
kamaytirish
va
uskunalarning
samarali
ishlashi ta'minlanadi.
Bu mavzu boʻyicha amalga oshiriladigan
tadqiqotlar va ishlab chiqarish usullari,
resurslardan
samarali
foydalanishning
qoʻllanilishi, ekologik zarralar va ishlab
chiqarish
jarayonini
optimallashtirish
yoʻnalishlariga alohida e'tibor qaratilgan. Shu
bilan birga, tikuv buyumlarini tayyorlashda
zamonaviy texnologiyalar, yangi materiallar
va innovasion yoʻnalishlar kabi omillar ham
hisobga olinishi zarur.
Oʻzbekistonda
moʻynadan
tikuv
buyumlarini tayyorlash, ya'ni moʻynaga ishlov
berish va uning asosida turli xil mahsulotlar
(masalan, kurtka, palto, shapka, qoʻlqop)
yaratish, ahamiyatli sanoat tarmogʻidir. Bu ish
oʻziga xos koʻnikmalar va texnologiyalarni
talab etadi, shuningdek, yuqori sifatli
materiallar va dizaynerlik mahoratlari talab
etiladi.
Moʻynali
kiyimlar
doimo
diqqat
markazida boʻlishini ta'minlash uchun doimo
zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish,
yangi gʻoyalarni taklif qilish va ularni hayotga
tadbiq etish kerak. Moʻynali kiyimlarni ishlab
chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari
zamonaviy
dizaynning
badiiy
texnikasi
moʻynali mahsulotlar toʻplami uchun majoziy
echim
yaratishda
fan
va
texnologiya
yutuqlarini uygʻunlashtirishni oʻz ichiga oladi.
Bugungi kunda moʻynadan tikuv
buyumlarini tayyorlash an'anaviy usullar bilan
zamonaviy texnologiyalarning qoʻshilishi
orqali yangi bosqichga koʻtarilgan.
Moʻynadan tikuv buyumlarini ishlab
chiqarishda resurstejamkorlik (resurslarni
samarali ishlatish) asosida turli usullar va
texnologiyalar qoʻllaniladi. Bu usullar
mahsulotlarning
ishlab
chiqarishdagi
samaradorlikni
oshirish,
xarajatlarni
qisqartirish
va
ekologik
samaradorlikni
ta'minlash maqsadida joriy etiladi. Quyida
moʻynadan
tikuv
buyumlarini
ishlab
chiqarishdagi asosiy usullar va texnologiyalar
koʻrib chiqiladi:
Universal International Scientific Journal
14
6
Moʻynadan tikuv buyumlarini ishlab
chiqarishdagi asosiy usullar va texnologiyalar
1. Resurslardan samarali foydalanish:
Moʻynadan optimal qoliplar bilan
foydalanish: Moʻyna uchun maxsus ishlab
chiqarilgan texnologiyalar, masalan, lazerli
kesish
usullari
yoki
avtomatlashtirilgan
sistema orqali, moʻynadan hech qanday
isrofsiz samarali foydalanish. Qoldiqlarni
qayta ishlash: Moʻyna ishlab chiqarish
jarayonida paydo boʻlgan qoldiqlar qayta
ishlanib, yangi buyumlarga aylantiriladi.
Moʻyna
juda
qiyin
bichiladigan
materialdir, ayniqsa uning detallarni bichish
murakkab
jarayondir.Shuning
uchun
moʻynalarni
bichishda
lazerli
kesish
uskunalaridan foydalaniladi.
1-rasm. Lazer yordamida kesilgan moʻynalar
2. Avtomatlashtirilgan va
robotlashtirilgan tizimlar:
Avtomatlashtirilgan tikuv mashinalari:
Bu
mashinalar
belgilangan
shablonlar
boʻyicha tez va aniq tikuvlar yasashga
imkoniyat beradi. Ular mahsulotning sifatini
oshirishga yordam beradi va ishlab chiqarish
sur'atini tezlashtiradi.
Robotlar
va
sun'iy
intellektdan
foydalanish: Robotlar moʻynadan tikuv
Moʻynadan tikuv buyumlarini ishlab
chiqarishdagi asosiy usullar va
texnologiyalar
Ekologik va energetik
samaradorlik
Avtomatlashtirilgan va
robotlashtirilgan
tizimlar
Ресурслардан
самарали фойдаланиш
Texnologik jarayonlarni
yaxshilash
Moʻynadan tikuv
buyumlarining dizayn va
shaklini yaxshilash
Universal International Scientific Journal
14
7
buyumlarini ishlab chiqarish jarayonida
insonning oʻrnini bosib, ishlab chiqarish
samaradorligini oshiradi. Masalan, robotlar
soʻngi tekshiruv va burishni samarali amalga
oshiradi. Moʻyna ishlovi: Texnologiyaning
rivojlanishi
bilan
moʻyna
ishlovi
avtomatlashtirilgan.
Moʻyna
tayyorlash
jarayonida yangi mashinalar va usullar
qoʻllaniladi, bu moʻynani tez va samarali
ishlov berishni ta'minlaydi.
2-rasm. Avtomatlashtirilgan tikuv mashinalari
3. Ekologik va energetik samaradorlik:
Qayta tiklanadigan energiya manbalari:
Ishlab chiqarishda quyosh energiyasi yoki
havo bilan ishlaydigan quvvat manbalari kabi
qulay energiya manbalari ishlatilishi mumkin.
Ekologik ishlov: Eng yangi ekologik tizimlar
va tabiiy materiallar ishlatishga ahamiyat
berilmoqda. Moʻyna tayyorlashda kimyoviy
ishlovlardan koʻproq atrof-muhitga zararsiz
usullar qoʻllaniladi.
Energiyani
tejash
texnologiyalari:
Moʻyna ishlab chiqarishda energiya sarfini
kamaytirish uchun maxsus tizimlar va
energiyani qayta ishlash usullari joriy qilinadi.
4. Texnologik jarayonlarni yaxshilash:
Tikuvchilikda 3D loyihalash – bu kiyim
va tikuvchilik mahsulotlarini virtual muhitda
yaratish, tahrirlash va test qilish imkonini
beruvchi texnologiya. U an'anaviy chizmalar
va namunaviy tikish jarayonlariga qaraganda
tezroq va samaraliroq usul sanaladi. An'anaviy
qoʻl chizmalari oʻrniga raqamli shakllardan
foydalaniladi.
Matoning simulyasiyasi – Matoning
ogʻirligi, egilishi va teksturasi realistik tarzda
koʻrsatiladi. Bunday loyihalash usuli ekologik
jihatdan ham juda samarali – qogʻoz va mato
sarfini kamaytiradi, chiqindilarni qisqartiradi.
3D texnologiyalaridan foydalanish: 3D
modellash va chop etish usullari bilan
mahsulotning qurilishini aniq belgilash, ishlab
chiqarish
jarayonini
osonlashtiradi
va
moʻynadan mahsulot ishlab chiqarishning
samaradorligini oshiradi.
Kompyuterli
dizayn
(CAD):
3D
modellash va kompyuterli dizayn dasturlari
orqali moʻynadan tikuv buyumlarining yangi
va innovasion usullari ishlab chiqiladi. 3D
texnologiyalari:
3D
bosib
chiqarish
texnologiyalari moʻynadan yoki uning oʻrnini
bosadigan materiallardan koʻproq aniq va
murakkab
dizaynlar
yaratish
imkonini
bermoqda. Bu usullar bilan kiyimlar, moʻyna
aksessuarlari va boshqa mahsulotlar tez va
Universal International Scientific Journal
14
8
samarali ravishda ishlab chiqariladi. 3D
loyihalash modalar uylari, sport kiyimlari
ishlab chiqaruvchilari va elektron tijorat
kompaniyalari uchun katta imkoniyatlar
yaratadi.
3-rasm.Tikuv buyumlarini 3D modellash
5. Moʻynadan tikuv buyumlarining
dizayn va shaklini yaxshilash:
Moʻynadan olib ishlangan dizayni yuqori
sifatli va nafis boʻlishi uchun bir necha usullar
qoʻllaniladi, masalan, turli xil oʻzgarishlarni
oʻtkazish, tekstura va hajmni maksimal
darajada samarali qilish. Modul sistema yoki
konstruktorlar: Bu sistema mahsulotlarning
toʻliqlik va qoʻshimcha xususiyatlarini
osonlashtiradi,
resurslarni
samarali
foydalanishga yordam beradi. Moʻynadan
zamonaviy
kiyimlar:
Hozirgi
kunda
moʻynadan tayyorlangan kiyimlar, palto,
kurtkalar
va
aksessuarlar
zamonaviy
modalarga muvofiq boʻlib, yangi dizaynlar va
ajratilgan detallar bilan bezatiladi. Moʻynadan
ishlangan buyumlar maxsus dizaynlarni
yaratishda
texnik
va
ijodiy
jihatlarni
birlashtiradi.
Moʻyna
bilan
kombinasiyalar:
Zamonaviy moʻyna buyumlarida moʻyna va
boshqa
materiallar,
masalan,
terining,
maqsadli mato yoki sintetik materiallar bilan
kombinasiyalari qoʻllaniladi. Bu modani yangi
qiyofadagi buyumlarni yaratishga imkon
beradi.
Ushbu usullar resurslardan samarali
foydalanish
va
ishlab
chiqarishdagi
qiyinchiliklarni engib oʻtishga koʻmak beradi.
Moʻynadan tayyorlangan buyumlar
yangi ishlab chiqarish metodlari, yaxshilangan
sifat nazorati va dizayn trendlari bilan oʻzgarib
bormoqda.
Ushbu
jarayondagi
asosiy
yoʻnalishlar va yangiliklar quyidagilarni oʻz
ichiga oladi:
Energiya samaradorligi: Moʻynadan
buyumlar
tayyorlashda
energiya
samaradorligiga ahamiyat berilmoqda. Buning
natijasida moʻyna ishlovi va tikish jarayonlari
koʻpincha ekologik va iqtisodiy jihatdan yangi
usullar bilan ta'minlanadi.
Qiymatlar:
Moʻynadan
tikuv
mahsulotlari narxi koʻpincha yuqori boʻladi,
shuning uchun yozgi va qishki moʻyna
buyumlari, aksessuarlar va maxsus buyumlar
Universal International Scientific Journal
14
9
bilan koʻproq xizmat koʻrsatiladi.
Barqarorlik: Hozirgi kunda modalar
sanoatida ekologik mas'uliyatga jiddiy e'tibor
qaratiladi. Moʻynadan tayyorlangan buyumlar
qoʻllashda tabiiy resurslarni tejash va
hayvonlar
huquqlariga
rioya
qilishga
qaratilgan choralar koʻrilmoqda.
Xulosa
Oʻzbekistonda bu sanoatning oʻsishi
bilan
birga,
mamlakatdagi
an'anaviy
xunarmandchilik
va
zamonaviy
ishlab
chiqarish texnologiyalari oʻzaro aralashib,
yuqori sifatli moʻynadan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
xalqaro
bozorlarda
raqobatbardosh boʻlmoqda. Bugungi kunda
moʻynadan tikuv buyumlarini tayyorlash
ustidagi ishlash texnologiyalari va ishlab
chiqarish jarayonlari yanada rivojlanmoqda.
Moʻyna ishlovi, dizayn va ekologik standartlar
oʻzgargani sari, moʻynadan boʻlgan buyumlar
sanoati turli xil talablarga javob beradi, shu
bilan
birga,
ekologik
va
iqtisodiy
samaradorlikni ta'minlaydi. Oʻzbekistonda
moʻynadan kiyimlar ishlab chiqarish sohasi,
zamonaviy
texnologiyalar
va
an'anaviy
usullarning muvaffaqiyatli birlashmasi orqali
rivojlanmoqda. Bozor talablari va eksport
imkoniyatlari hisobga olinganda, bu sohaning
kelajagi juda yorqin va iqtisodiy ahamiyatga
ega. Xulosa qilib aytganda, moʻyna ishlab
chiqarish sohasi Oʻzbekistonda iqtisodiy va
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tarmoqlardan
biridir. Prezident qarorlari va farmonlari orqali
ushbu sohani rivojlantirishga katta e'tibor
qaratiladi. Ushbu qarorlar, asosyan, mahalliy
ishlab
chiqarishni
qoʻllab-quvvatlash,
eksportni
oshirish
va
texnologik
modernizasiyani amalga oshirishga qaratilgan.
Bu bilan milliy iqtisodiyotda muvaffaqiyatli
rivojlanishga erishish, ish oʻrinlari yaratish va
xalq farovonligini oshirishga yoʻnaltirilgan
tadbirlar koʻriladi. Moʻyna ishlab chiqarishda
resurslarni
samarali
sarflash,
sifatli
mahsulotlar tayyorlash va bunyodkorlikni
ta'minlash uchun barcha sohalarda hamkorlik
va investisiyalarni ragʻbatlantirish muhim
ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Қоракўлчилик тармоғини янада ривожлантириш бўйича қўшимча чора тадбирлар
бўйича Ўзбекистон Кеспубликаси Президентининг қарори, 09.02.2021 йилдаги ПҚ-4989-
сон
1. М.Н.Азимова. Роль плёнкаобразователей в формировании качества натуральных кож
// Международная научная конференция, посвященная 135-летию со дня рождения
профессора В.Е.Зотикова. Сборник научных трудов Часть 1 Москва,2022.С.25-30
2. Ташпулатов С.Ш., Азимова М.Н., Субхонова И. Исследование адгезионных свойств
меховых пакетов с использованием коллагенсодержащих материалов // Scientific progress,
2022. № 3(2). - с.157-168.
3. Разработка способа изготовления меховых изделий на основе ресурсосбережения //
Universum: технические науки : электрон. научн. журн. Ташпулатов С.Ш. [и др.]. 2021.
11(92). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/12555 (дата обращения: 14.09.2023).
4. Азимова, М. Н., Темирова, Г. И., & Ташпулатов, С. Ш. (2023). ПУТИ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
МЕТОДОВ
ПРОЕКТИРОВАНИЯ
И
ТЕХНОЛОГИИ
Universal International Scientific Journal
150
ИЗГОТОВЛЕНИЯ МЕХОВЫХ ИЗДЕЛИЙ НА ОСНОВЕ РЕСУРСОЭФФЕКТИВНОСТИ.
Universum: технические науки, (9-3 (114)), 22-26.
5. Азимова, М. Н. (2022). ДИЗАЙН И ИСКУССТВО СОВРЕМЕННОГО
УЗБЕКИСТАНА. МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА Учредители: Общество с
ограниченной ответственностью" Моя профессиональная карьера", 1(33), 87-92.
6. Азимова, М. Н. (2022). ВЫШИТЫЕ УЗОРЫ И ЦВЕТЫ В УЗБЕКСКИХ
НАЦИОНАЛЬНЫХ КОСТЮМАХ СОСТАВ И ИСТОРИЯ. In Инновации и технологии к
развитию теории современной моды," Мода (Материалы. Одежда. Дизайн. Аксессуары)",
посвящённая Фёдору Максимовичу Пармону (pp. 176-179).
7. Темирова, Г. И. (2020). ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ СПОСОБОВ НАНЕСЕНИЯ И
УКРЕПЛЕНИЯ ДЕКОРАТИВНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ИЗ НАТУРАЛЬНОГО МЕХА. International
Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, 1(2), 52-58.
8. AZIMOVA M., ERGASHEVA M. COMPOSITION AND MODERN STYLE
//EURASIAN JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY. – 2019. – Т. 1. – №. 2.
9. Rajabova G. et al. Designing rational, multi-range flexible technological flows in the
sewing industry //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2022. – Т. 2467. – №. 1.
10. Гайбуллаева, Н. (2024). СПЕЦИАЛЬНАЯ ОДЕЖДА ДЛЯ РАБОТНИКОВ
АГРОСАНОАТА: ОБЕСПЕЧЕНИЕ БЕЗОПАСНОСТИ И КОМФОРТА. PROBLEMS AND
SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(6), 10-12.
11. Negmatovna, N. G., & Erkinovna, U. V. MEANING OF SPIRITUAL HERITAGE OF
KHODJA ALI ROMITANIY. International Journal of Early Childhood, 14(03), 2022.
12. Temirova, G. I., Tashpulatov, S. S., & Cherunova, I. V. (2018). PRODUCTION
TECHNOLOGY FROM NATURAL POWER ON THE FULL-TERMOLOGICAL
TECHNOLOGY. In The latest research in modern science: experience, traditions and innovations
(pp. 44-48).
