Mualliflar

  • Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li
  • Mamatqo‘ziyeva Shahriniso Xudoyberdiyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113814

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim ingliz tili erta til o‘rganish o‘yin metodikasi chet tili muhiti

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishning dolzarbligi, yosh xususiyatlari asosida til o‘rganish afzalliklari hamda samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar va inglizcha muhit yaratish orqali bolalarda chet tiliga bo‘lgan qiziqish va nutq faolligi oshishi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Shuningdek, davlat dasturlari va pedagogik yangiliklar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 203

BOLALAR SONI KO‘P GURUHLARDA CHET TILINI O‘QITIHNING

AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li

Namangan davlat pedagogika instituti

Yevropa tillar kafedrasi o‘qtuvchis

Mamatqo‘ziyeva Shahriniso Xudoyberdiyevna

Namangan davlat pedagogika instituti

Maktabgacha talim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini

o‘qitishning dolzarbligi, yosh xususiyatlari asosida til o‘rganish afzalliklari hamda
samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar va inglizcha
muhit yaratish orqali bolalarda chet tiliga bo‘lgan qiziqish va nutq faolligi oshishi ilmiy
asoslangan holda yoritilgan. Shuningdek, davlat dasturlari va pedagogik yangiliklar
asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, ingliz tili, erta til o‘rganish, o‘yin metodikasi, chet

tili muhiti

Аннотация:

В статье рассматривается актуальность преподавания английского

языка в дошкольных образовательных учреждениях, а также преимущества раннего
изучения языка с учетом возрастных особенностей детей. Анализируются
эффективные методические подходы, такие как использование игр, наглядных
пособий и создание англоязычной среды. Отражены пути совершенствования
учебного процесса на основе государственных программ и педагогических
инноваций.

Ключевые слова:

дошкольное образование, английский язык, раннее изучение

языка, игровая методика, англоязычная среда

Abstract:

This article discusses the importance of teaching English in preschool

education, highlighting the benefits of early language acquisition based on children's age-
related characteristics. It analyzes effective methodological approaches, such as the use
of games, visual aids, and the creation of an English-speaking environment. The article
also outlines strategies for improving the educational process based on national programs
and pedagogical innovations.

Keywords:

preschool education, English language, early language learning, game-

based methodology, English-speaking environment


So‘nggi yillarda ingliz tilini o‘rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda

ko‘paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib
bormoqda. Ammo til o‘rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 204

kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o‘rganishga
bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda
bolalar vaqtining ko‘pligi va o‘rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy
sabablaridandir. Mamlakatimizda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi xorijiy tillarni
boshlang‘ich sinflarda va kommunikativ maqsadlarda o‘qitilishiga bo‘lgan ehtiyojni
yanada kuchaytirdi. Ingliz tili boshlang‘ich ta’limga o‘quv predmeti sifatida kiritildi,
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi
ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha olishi barchaga ma’lum. Jahonda pedagoglar.org
60-son 2–to‘plam Avgust 2024 Sahifa: 8 globallashuv jarayonlarini tezlashtirish, erkin
bozor munosabatlariga o‘tish va ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning
rag‘batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya’ni chet tillarni (ayniqsa, ingliz tilini)
mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Boshlang'ich sinflarda
chet tili fanlarini o‘qitilishining afzalliklari quyidagilar:

1. Kognitiv rivojlanish:
2. Madaniy rivojlanish:
3. Shaxsiy rivojlanish:
4. Kelajakdagi imkoniyatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-

2707 sonli “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g’risida” gi qarorga imzo chekishlari ham JOURNAL OF NEW
CENTURY INNOVATIONS WSRJournal.com Volume 2 April_2022 521 bolalarga
berilayotgan imkoniyatlar eshigini yanada keng ochmoqda.Ayniqsa, maktabgacha ta’lim
sohasida bolalarni tarbiya qilish bilan bir qatorda chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan
layoqatlarini oshirishga ham alohida urg’u berilayotgani bejiz emas. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlariday: “Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga
olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya
berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va
ongiga milliylik va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona
Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim,
eng dolzarb masalalardan biridir. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o‘qishi,
qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko‘p jihatdan ularning maktabgacha ta’lim
muassasasida oladigan tarbiyasiga bog‘liqdir”. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal
rivojlanishi,global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu
jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intelektual rivoji hamda ularning iste’dodi va
qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq bo‘ladi. Darvoqe,
davrtaraqqiyoti, globallashuv jarayoni yoshlardan bir necha xorijiy tillarni bilishlarini talab
etmoqda. Bugungi kunda, ilmiy texniktaraqqiyot har sohada shuningdek, ta’lim-tarbiya
sohasiga ham yangi-yangizamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Chet


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 205

tilini pedagogik texnologiya asosida o‘rgatishning avvalgimetodlardan afzalligi,
birinchidan, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘ribta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim
berish usullari va vositalari ta’limbosqichlarini loyihalab, ta’lim jarayonini nazorat qilish
va ta’lim natijalarinibaholash kabi qismlarini o‘zaro uzviy bog’liq tizimga keltirib turib,
uningloyihasini tuzishidadir. Til o‘rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Psixologlarning
fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtiradilar. Bolalarda til
o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli
ekanligi,kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir.
Shuni e'tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni
mexanik tarzda yodlaydi. Albatta, o‘qitish mobaynida buyumlardan foydalanishda
tarbiyachilarning metodikasi katta rol o‘ynaydi. Misol uchun, tegishli so‘zlarni
o‘rgatayotganda, siz avvalo buyumni bolaga ko‘rsatib uni gapirishga undaysiz, bolalar
so‘zlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan so‘zni mustahkamlash uchun
kartochkalardagi rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi so‘zni takror talaffuz
qildiriladi. So‘zlarni o‘qitishda o‘qituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va
o‘quvchilar e'tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so‘zlarni talaffuz
qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin bo‘ladi. Shuning
uchun hozirda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega bo‘lish talab qilinadi.Bu nafaqat
o‘qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay, balki tarbiyalanuvchilarni o‘rgangan
bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi.Bolalar ingliz tilini o‘rganish
jarayonida o‘zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o‘quv mashg'ulotiga
mukammal yondashish kerak.Ana shundagina bolalarda o‘rganishga motivatsiya
uyg’onadi. Bolalar uchun ingliz tili qo‘shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar
orqali o‘rgatib kelinmoqda. Bu zerikarli til darslarini qiziqarli kunlik o‘yinga
aylantiradi.Tarbiyachi muntazam har bir bolani pisixologiyasidan kelib chiqqan holda
ularga tarbiya usulini qo‘llashi zarur. Bu tarbiyachidan faqatgina tarbiyachi bo‘lib qolishni
emas bir vaqtning o‘zida rassom, musiqachi, chet tili o‘qtuvchisi, va yaxshigina psixolog
ona bo‘lishni ham talab qiladi. Talim darajasini oshirishda imo-ishorani yuz ifodasining
o‘rni. Imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali: Tarbiyachi bolalarga biror gapni gapirganda yoki
buyruq berganda, masalan, turing, daftarni och,bo‘yang, doskaga qarang, kabi gaplarni
ishlatganda imo-ishoralardan foydalansa bolaga bu gaplar tushunarli bo‘ladi. Imo-ishora
ingliz tilining eng muhim o‘rgatish usulidir.Bog’cha bolalariga inglizcha biror narsaning
osongina o‘zbekcha nomini topishga yordam beradi.Deyarli barcha tarbiyachi tayyorlov
jarayonida hayvon ishoralari eng oson usul ekanligini biladi. (cat) mushukcha-tarbiyachi
miyovlab bolalarga mushuk (dog) kuchukcha – tarbiyachi egilgan holatda, kerak bo‘lsa
tilini chiqarib bolalarga it qiyofasini shakllantirib beradi;(rabbit) quyoncha-qo‘lchasini
ko‘ksiga egik qo‘ygan holatda sakrab ifoda etadi;(monkey)maymuncha-bir oz egilib
yurgan holatda o‘z qiyofasini namoyish etadi. Taqlid qilish xislati bo‘lgan bolalar uchun
bu judayam qiziq tuyulib, shu zahoti ifoda etilgan hayvon nomini aytishga harakat


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 206

qilishadi.Biz bu orqali chet tili o‘rganish qiziqarli atmosferasini yaratamiz. (JOURNAL
OF NEW CENTURY INNOVATIONS WSRJournal.com Volume – 2_ April_2022 524)
Olingan ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun jumboq o‘yinlardan foydalanish. Bolani
yoshlik chog’idan boshlab ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borish kerak, uni xato
bo‘lsada gapirishga majbur qilish kerak, ana shundagina tarbiyalanayotgan bola o‘z
oldidagi to‘siqlarni yengib o‘tib, qo‘rqmasdan gapira oladi.Agarda biz chet tili darsini dars
emas, balki o‘yin shakliga keltirsak kichik yoshdagi bolalarni qiziqishini yanada
oshiradi.Shu bilan birgalikda ularning faollik darajasi ham o‘sib boradi.O‘yining turlari
juda ko‘p misol uchun tarbiyachi “qopda nima bor degan” o‘yini bolalar bilan o‘ynashi
mumkin. Xonadagi kichik buyumlarni xaltachaga solib, bolalarga birma-bir olishiga ruxsat
beradi va bolalar bu buyumlar nomini ingliz tilida aytib berishadi. “Is it a watermelon(a
pear, a grapes)?” tarbiyachi baholashga kirishadi, va eng ko‘p ball to‘plagan guruhni
taqdirlaydi. Shu bilan bolalar yanada chet tiliga bo‘lgan qiziqishlari o‘sib boradi. Bolalar
o‘rtasida musobaqalar judayam muhim, sababi bolalarda yoshligidan raqobat tuyg’usini
shakllantirib borish kerak bo‘ladi.Ana shundagina har bir bolada motivatsiya tilga bo‘lgan
qiziqish uyg’onadi.Insoning barcha qiziqishlari raqobat orqali keladi.Buni bolalar
timsolida ham ko‘rishimiz mumkin, ularda bu yo‘l orqali jamlikni, raqobat orqali raqibini
bilishni atrofni o‘rganishni o‘rgatadi. O‘qitish samaradorligini oshirish uchun
multimediadan foydalanish. Multimedia orqali o‘qitish tarbiyachiga katta imkoniyatlarni
beradi. Bunda bolalarning qiziqishini yuqori darajagacha ko‘tarish va ularning e’tiborini
uzoq vaqt jalb qilib turish mumkin. Bu orqali bolalarning tilga bo‘lgan ko‘nikmalarini
yanayam ortganini ko‘rishimiz mumkin. Agarda mavzuimiz “Animals” bo‘lsa biz har xil
hayvonlarni nomlarini o‘qitishda avval ularning tovushlaridan foydalanamiz bolalar bunga
qattiq e’tibor qaratishadi, va shu zahotiyoq carrot,bear….deb hayvonlar nomlarini ayta
boshlashadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini

o‘qitishda asosan o‘ yin,rasmlar,qo‘shiq va she’rlardan,multfilmlardan foydalanish
samarali hisoblanadi chet tilini o‘rganish o‘zga dunyo bilan tanishish imkoniyatini tuhfa
etar ekan, bu imkoniyatdan o‘z vaqtida oqilona foydalanishning eng samarali uslublarini
qo‘llash hamda ulardan maqsadimiz yo‘lida oqilona foydalana olishning ahamiyati
nihoyatda kattadir. Didaktik o‘yinlardan foydalanish: chet tili o‘qitishning amaliy
tarbiyaviy vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Talabalarning chet tilida muloqot
qilishiga nisbatan psixologik salbiy kechinmalari, his-hayajonlarini yo‘qotishga imkon
beradi va mustaqil fikrlashga, nutq faoliyatlarini tezlashtirishga undaydi. Umuman olganda
chet tilini intinsiv o‘qitish tilni tezroq o‘rganishiga imkon beradi va dars samaradorligini
oshirishga yordam beradi. Bolalarga chet tilini erta yoshdan o‘rgatishning ko‘plab
afzalliklari bor. Bunda kognitiv rivojlanish, yaxshi talaffuz, akademik muvaffaqiyat va
kasbiy imkoniyatlar muhim omillardan hisoblanadi. Shu bilan birga, jarayonning ona tiliga
ta’siri, stress keltirib chiqarishi va resurs talab qilishi kabi kamchiliklari ham mavjud. Eng


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 207

muhimi, ota-onalar va pedagoglar bolalarga chet tilini o‘rgatishda to‘g‘ri yondashuvni
tanlashlari kerak. To‘g‘ri yondashuv orqali bolalar ikki yoki undan ortiq tilni
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi va kelajakda muvaffaqiyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Ikanova, L. (2019). Learners’ digital literacy of students in language classrooms.

Trends in Teaching Foreign Languages: Achievements, Challenges and Solutions, 98-99.

2

Шамсематова, Б. (2022, March). МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИ

ИФОДАЛОВЧИ ТИЛ БИРЛИКЛАРИНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ АСПЕКТДА
ЎРГАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АҲАМИЯТИ. In International Congress on
Models and methods in modern investigations.

3 qizi Eshboeva, D. A. (2020). TEACHING ENGLISH AT PRE-SCHOOL

EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 399-403.

4 Qizi, Eshboeva Durdona Alisher. "TEACHING ENGLISH IN PRESCHOOL

EDUCATION." Наука и образование сегодн

5 . Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan

foydalanish" // Toshkent 2012.

6 Toliboboeva,S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION

IN ENGLISH. ScienceandEducation

Bibliografik manbalar

Ikanova, L. (2019). Learners’ digital literacy of students in language classrooms. Trends in Teaching Foreign Languages: Achievements, Challenges and Solutions, 98-99.

Шамсематова, Б. (2022, March). МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИ ИФОДАЛОВЧИ ТИЛ БИРЛИКЛАРИНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ АСПЕКТДА ЎРГАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АҲАМИЯТИ. In International Congress on Models and methods in modern investigations.

qizi Eshboeva, D. A. (2020). TEACHING ENGLISH AT PRE-SCHOOL EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 399-403.

Qizi, Eshboeva Durdona Alisher. "TEACHING ENGLISH IN PRESCHOOL EDUCATION." Наука и образование сегодн

. Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" // Toshkent 2012.

Toliboboeva,S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Zoyirova Nazokat Nodirovna, O‘YINLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISH , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Qadambayeva Sadoqat Diyorbek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O‘RGANILAYOTGAN TIL MAMLAKATI MADANIYATI, ADABIYOTI VA URF-ODATLARI BILAN TANISHTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Mohinur Gʻofurjonova, SPECIAL METHODOLOGY IN TEACHING PHONETICS TO YOUNG LEARNERS , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Bozarova Dildora Abdumajid qizi, MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARGA CHET TILINI O‘QITISHDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, To‘ychiboyeva Oydina, TALAFFUZNI TOʻGʻRILASH DA SAMARALI USULLAR VA ILGʻOR TEXNIKALAR , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Sheraliyeva Feruza Axmadali qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILINI O‘RGANISHDAGI YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Ubaydullayeva Gulnoza Akram qizi, THE EFFECTIVENESS OF EARLY FOREIGN LANGUAGE LEARNING IN PRESCHOOL CHILDREN , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Abdusalomova Hilola, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI TURLI O‘YINLAR ORQALI O‘RGATISH USULLARI , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)

Yuldashev Og‘abek Komiljon o‘g‘li, Ismoilova Dilso’z, SPECIAL METHODOLOGY IN TEACHING THROUGH GAMES: COGNITIVE AND LINGUISTIC BENEFITS , Ustozlar uchun: Jild 74 № 2 (2025)