World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
334
FISKAL SIYOSATNING TAMAL MEXANIZMLARI VA XUM-KO‘ZA
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич
Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси хузуридаги Фискал институти
“Солиқлар ва солиққа тортиш” кафедраси доценти (PhD)
ТЕЛ:90-644-74-77
Annotatsiya
Mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi masalasi har doim iqtisodiy
adabiyotlarda eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo'lib kelgan.
Iqtisodiy siyosat doirasida fiskal siyosatining tamal mexanizmlarining turlari va
ularning samaradorligi to'g'risida so’z yuritilgan ushbu ishda tegishli o'zgarishlardan
kelib chiqadigan iqtisodiy natijalarni asoslash asosiy maqsad qilib olingan.
Kalit so’zlar:
iqtisod, siyosat, fiscal, soliq, davlat, xarajat,shaxs.
Аннотация
Вопрос государственного вмешательства в экономику страны всегда был
одной из самых обсуждаемых тем в экономической литературе. Основной целью
данной работы, в которой рассматриваются виды основных механизмов
бюджетной политики и их эффективность в рамках экономической политики,
является обоснование экономических результатов, возникающих в результате
соответствующих изменений.
Ключевые слова:
экономика, политика, фискальная политика, налог,
государство, стоимость, человек.
Аnnotation
The issue of government intervention in the country's economy has always been
one of the most discussed topics in economic literature. The main goal of this work,
which examines the types of basic mechanisms of fiscal policy and their effectiveness
within the framework of economic policy, is to substantiate the economic results
arising from the corresponding changes.
Key words:
economics, politics, fiscal policy, tax, state, cost, person.
Kirish
Mamlakat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismlari ichida asosiy o’rinlarda
turuvchi fiskal siyosatning to’g’ri yo’lga qo’yilishi, iqtisodiyot rivojlanishida juda
katta ahamiyat kasb etadi. Fiskal siyosatning umumqabul qilingan qoidalarga ko’ra
to'rtta asosiy yo’nalishlari mavjud: 1
.
Soliq siyosati 2
.
Xarajatlar siyosati 3
.
Qarz olish
siyosati 4
.
Boshqa siyosat.
Soliq siyosati yordamida iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlarning borishiga
qarab, soliqlarni oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan kerakli yo’nalishdagi
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
335
tartiblashlar amalga oshiriladi. Oshirish yoki kamaytirish odatda ikki yo'l bilan sodir
bo'lishi mumkin: birinchisida soliq stavkalari o'zgartirilishi va ikkinchisida qamrovi
darajasini o'zgartirilishi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Agar soliq stavkalari
yoki soliq hajmi oshirilsa, kamroq miqdordagi daromadlar jismoniy shaxslar va
muassasalarga qoldiriladi va shu tarzda mamlakatdagi umumiy talab nazorat ostiga
olinadi. Agar buning teskarisi amalga oshirilsa va soliq stavkalari yoki soliq hajmi
kamaytirilsa, jismoniy shaxslar va muassasalar ko'proq ixtiyoriy daromadga ega
bo'ladilar, bu esa xarajatlarni va shu tariqa mamlakatdagi umumiy talabni oshiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining holatidan kelib chiqqan holda, birinchisi iqtisodiyotni
sovutish uchun, ikkinchisi esa uni rag'batlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
1
Endi yo’nalishlarning ikkinchisi hisoblangan xarajatlar siyosati haqida. Xarajatlar
siyosati - bu davlat xarajatlarini ko'paytirish yoki kamaytirishning iqtisodiyotga
ta'siriga asoslangan siyosat hisoblanadi. Alohida shaxslar va muassasalarning
xarajatlari yordamida, umumiy talab pasaygan sharoitda davlat xarajatlarini oshirish
orqali iqtisodiyotni kerakli yo’nalishda jonlantirish mumkin. Bunday holatda,
qo'shimcha kuchga ega bo'lganlar bu pulni sarflashlari mumkin, bu esa talabning
oshishiga va ishlab chiqarishning tiklanishiga ta'sir qilishi mumkin. Jami talab tez ortib
borayotgan sharoitda buning teskarisi amalga oshiriladi, davlat xarajatlari qisqaradi va
talab kamayadi, bu esa odamlar qo'lida kamroq ixtiyoriy sarflash mumkin bo’lgan
daromadnigina qoldiradi.
2
Tahlillar
Fiskal siyosat yo’nalishlarining uchinchisi haqida qisqacha shularni ta’kidlab
o’tish mumkin. Qarz olish siyosati - bu iqtisodiyotdagi talabning ekstremal holatda
ortishi tufayli o'ta zaruriy ehtiyoj yuzaga kelgan hollarda, boshqacha aytganda,
iqtisodiyot haddan tashqari qizib ketishi yoki isishi paytida davlat qarzlarini
ko'paytirish orqali sarflanadigan daromadlarni kamaytirishga qaratilgan siyosat
hisoblanadi. Agar buning aksi yuz bersa va iqtisodiyot sovish arafasida bo'lsa, qarzlarni
muddatidan oldin to'lash orqali pul bozorga chiqariladi va umumiy talab ijobiy
tomonga qarab rag'batlantiriladi.
3
Ushbu uchta asosiy tamal fiscal siyosat vositalariga qo'shimcha ravishda,
rag'batlantirish siyosatidan tortib tashqi savdo siyosatigacha bo'lgan turli kichik
1
Pardaev Fayzulla Gaffarovich, & Muxiddin Abdullaevich Qurbonov. (2023). istiqbolda qo'shilgan qiymat solig'i
xisobini yuritishda avtomatlashtirilgan dashbordlardan samarali foydalanish. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali , 21 (1), 189–
196. ttp://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2877 dan olindi
2
Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). davlat xaridlari jarayonlarini tashkil etishi va boshqarishda axborot
kommunikatsiya
texnologiyalarni
takomillashtirish.
Jahon
ilmiy
tadqiqot
jurnali,
16(1),
170–177.
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2715 dan olindi
3
Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). xufiyona iktisodiyotda eksport-importni soliqqa tortish tartibi. Jahon ilmiy
tadqiqot jurnali , 21 (1), 176–181. http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2875 dan olindi
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
336
siyosatlar ham fiskal siyosatning o’ziga xos vositalari yoki qo’llanilishi mumkin
bo’lgan kichik yo’nalishlari qatoriga kiritilishi mumkin.
4
Ko'p yillar davomida boshqa mexanizmlardan foydalanilmasdan, yolg'iz
qo'llanilgan soliq-byudjet siyosati so'nggi yigirma yilda pul-kredit siyosatiga
almashtirilgan ko'rinadi. Chunki pul-kredit siyosati fiskal siyosatdan farqli ravishda
jamiyat a’zolari ya’ni omma tomonidan oson tushuniladigan siyosat emas. Mamlakat
iqtisodiyotida, zaxira talablarini oshirish bilan soliq stavkalarini oshirish o'rtasida katta
farq bor. Bu yerda qo’llanilgan jumlaning birinchisini tushunadiganlar soni
ikkinchisini tushunadiganlarning bir foizini ham tashkil qilmasligi ko’rinib turgan
holat. Shunday qilinsagina, mamlakat iqtisodiyotidagi har qanday keskinlashuvni
jamoatchilik ko'zidan yashirish ham osonroq bo'ladi. Bu vaziyat fiscal siyosatning
naqadar muhimligini ko’rsatuvchi navbatdagi isbot hisoblanadi.
5
Bularning barchasini tushundik, lekin sarlavhadagi xum-ko‘za nima haqida deb
so‘rasangiz, bu iqtisodiy siyosatning yana bir dastagidir deb qabul qilishimiz mumkin.
Xum-ko‘zalar haqidagi ma’lumotlar mamlakatimiz tarixidan bugungi kunigacha juda
boy ma’lumotlarga ega. Jumladan, mana bu 2023 yilda Toshkent viloyatining Bo‘ka
tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topilib unda yunon ma’budasi
tasviri tushirilganligi va ko‘zaning miloddan avvalgi III asrga tegishli ekani aytilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, topilmalar orasida sirtiga ayol qiyofasi bo‘rttirib
gavdalantirilgan toshbaqasimon ko‘za noyob hisoblanar ekan. Bu idish qadimgi yunon
an’anasiga mos ravishda ishlanganligi bilan ajralib turarkan. Idishga tushirilgan yunon
ma’budasining tasviri Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon
ibodatxonasida ham bor ekan.
Yana bir qiziqarli holat, o‘tgan asrning 1989 yilida mamlakatimizning
Qashqadaryo viloyati Yakkabog’idan bo’lgan mexanizator Mo‘minov Abduolim va
Kenjayevlar Abdurashidlar Terak qishlog‘i hududida yer tekislashayotganda tanga
bilan to’ldirilgan ikkita xum topib oladilar. Bu xazina 3850 dona kumush tangadan
iborat bo’lgan. Bu topilma sohibqiron Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda Osiyo,
Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli shaharlarda zarb qilingan tanga-pullar bo’ladi.
O‘rganuvchilarning qayd etishlaricha, bu xazinani buldozerchilar o‘z ixtiyorlari bilan
tuman militsiyasi vositachiligida Yakkabog‘ tuman moliya bo‘limiga topshirishgan.
Moliya bo‘limi rahbari bu qimmatli xazinani o‘lka muzeyiga topshirmay, uning asosiy
qismini Moskvadagi qimmatbaho buyumlarni saqlash xazinasiga jo‘natib yuborgan.
6
4
Muxiddin Abdullaevich Qurbonov, & Ergashev Uyg'un Jabborovich. (2023). kameral soliq tekshiruvida inson omilini
kamaytirishda smart texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali , 21 (1), 260–268.
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2883 dan olindi
5
Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). xufiyona iktisodiyot sharoitida davlat moliyaviy nazorati va uni
takomilashtirish
yo'nalishlari.
Jahon
ilmiy
tadqiqot
jurnali
,
21
(1),
248–259.
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2882 dan olindi
6
Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). xufiyona iqtisodiyot sharoitida nazorat o'rganlari faolyatini yana
takomilashtirish. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali , 21 (1), 221–231. http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2880
dan olindi
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
337
Keyinchalik 1129 dona kumush tangalar shu atrofda yashovchi aholidan ham
yig‘ib olinib, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining numizmatika fondiga topshirilgan.
Bu dafina ikki nominal (qimmat)dagi tangalardan iborat bo‘lib, mirilar 575 donani,
tangalar esa 554 donani tashkil etgan. Mirilar, asosan, Samarqandda 1380 va 1405-
yillari zarb qilingan bo‘lib, ular 562 donani, Xorazmda 1388 va 1404-yillari zarb
etilgan mirilar 11 donani va Mordin shahrida zarb qilingani 2 donani tashkil qilgan,
ushbu ikki mirining yil sanalari o‘chib ketgan.
7
Xumlarda go‘sht bir yilgacha, asal yillar davomida buzilmasdan saqlanishi bilan
birga, pomidor yoki boshqa tuzlamalar yopilsa 2 yilgacha sifati saqlanishi xalqimizga
qadimdan ma’lum va mashhur. Chunki xumlar mahsulotlarni muzdek saqlab o‘ziga
xos muzlatkich vazifasini ham o‘tay olishar ekan. Hajmi va shakliga qarab xumlar har
xil mahsulotlar uchun mo‘ljallangan. Lekin biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan mazu
doirasida Fiskal siyosatning umumqabul qilingan qoidalarga ko’ra to'rtta asosiy
yo’nalishlaridan to’rtinchisi deb sanab o’tganimiz boshqa siyosatni majoziy o’xshatish
ma’nosida xum-ko’zalar deb nomlab, xum-ko’zalardan moliyaviy dastaklarning fiscal
vositasi sifatidagi ko’rinishidan bahs yuritamiz.
Aytaylik, siz byudjet taqchilligini kamaytirmoqchi bo'lsangiz, soliqlarni qancha
ko'paytirmang, ular bunga xizmat qilmaydi va siz maqsad qilgan yo’nalishingizdagi
samarani bermaydi. Shunda biz xum-ko’zani qopdan chiqarib ishga solamiz.
O’zbekistonda qopdan chiqarilgan xum-ko’zalar orasida xususiylashtirish, pullik
harbiy xizmat, soliq imtiyozlari, xorijdan daromad sifatida olib kelingan pullarning
soliqqa tortilmasligi kabi holatlar birinchi o'rinda turadi.
8
Suzuvchi valyuta kursi rejimida banklarga to'g'ridan-to'g'ri intervensiya
boshlanishi bilanoq, xum-ko’zani qopdan chiqarib olish pul-kredit siyosatida ham
qo'llaniladi. O'sha bosqichda boshqa barcha siyosat vositalari darhol xum-ko’zani
qopdan chiqarib olish siyosati bilan almashtiriladi. Biroq, bu siyosat hamma davrlar
uchun ham barqaror siyosat bo’la olmaydi. Bu fiscal siyosatning boshqa dastaklarini
ishga tushirib olinguniga qadar shunchaki vaqtni tejab bera oladi xolos. Tarkibiy
islohotlar davrida shu tarzda olingan vaqtdan unumli foydalanilmasa, bosh qoplarda
xum – ko’zalar ham qolmasligi mumkin.
Fiskal siyosatning belgilangan maqsadlar yo’lida amalga oshirilishiga to’sqinlik
qiluvchi yana bir asosiy muammo bu norasmiy iqtisodiyotning mavjudligidir. Iqtisodiy
aktivlar va ushbu aktivlar bilan bog'liq harakat va voqeliklarni umuman hisobga
olmaslik yoki ularni to'liq bo'lmagan miqdorda hisobga olish hamda soliqlar va shunga
o'xshash barchaning bajarishi majburiy hisoblangan majburiyatlarga jalb qilmaslik tor
7
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). хуфиёна иқтисодиётга курашиш жараёнида бюджет интизомини
мустаҳкамлашнинг
зарурлигихуфиёна
иқтисодиётга
курашиш
жараёнида
бюджет
интизомини
мустаҳкамлашнинг зарурлиги. World Scientific Research Journal, 21(1), 153–165. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2873
8
Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). xufiyona iktisodiyotni kamaytirishda eksport-import opperatsiyalarini
takomillashtirish
yo'llari.
Jahon
ilmiy
tadqiqot
jurnali,
21
(1),
269–275.
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2884 dan olindi
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
338
ma'noda aytganimizda norasmiy iqtisodiyotni tashkil qiladi. Shu sababli norasmiy
iqtisodiyotni moliya sohasida izlanishlar olib boradigan dunyo olimlarining ayrimlari
“soliqsiz iqtisod” ham deb atashadi va bunga asosiy sabab qilib norasmiylikni
(ro’yxatdan o’tmasdan faoliyat yuritishni) ko’rsatishadi. Norasmiy iqtisodiyotga qarshi
kurashishda ham qopdan chiqariladigan xum-ko’zalarning ichidagi zamon talablaridan
kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan dastaklardan foydalanish mumkin.
9
Takliflar
Virtual tijoratni imkon darajasida nazoratga olish omillarini ishlab chiqish va
qonuniylashtirish, virtual darajada yaratiladigan qo’shilgan qiymatning chegaralarini
va belgilarini aniqlash, neyroiqtisodiyotning soliqqa tortish bilan bog’liq tomonlarini
o’rganish kabilar kiritishni ko’rsatib o’tgan bo’lardik.
Keying taklifimiz, O‘zbekistonda va butun dunyoda iqtisodiy faoliyatni qonuniy
ro'yxatdan o'tkazmaslik natijasida ko‘riladigan zararlar kattagina miqdorni tashkil
qilganligi sababli fiskal dastaklarni qisman va qisqa davrlarda qo’llash maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, norasmiy iqtisodiyotning oldini olish uchun
uning sabablarini chuqur o’rganish zarur.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o'sishi va barqarorlashuvi uchun fiskal siyosatning
tamal mexanizmlaridan oqilona va ko’zlangan maqsadlar yo’lida foydalanish
boshlang'ich nuqta bo'lishi kerak. Fiskal siyosat samaradorligi sabablarining biri
bo'lgan optimal soliq yukini uzoq muddat foydalana oladigan va ishonchli holga
keltirish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, soliq yukini kamaytirish ham xuddi
shunday darajada davlat xarajatlarining yetarli darajada moliyalashtirilmay qolishi
muammosini ham keltirib chiqarishi mumkin. Xulosa qiladigan bo’lsak, tadqiqotlar
ko’rsatishicha mamlakatimizdagi soliq to’lovchilar yetarli darajada to'lov qobiliyatiga
ega ekanliklarini his qilishganlaridagina, rasmiy iqtisodiyotda ishtirok etish istaklari
oshib, fiscal siyosatning soliqqa oid hisoblangan to’lovsizlik muammosiga qarshi
kurashda o’zlari ham faol ishtirok etishlari mumkin ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА БЮДЖЕТ НАЗОРАТИНИНГ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ. World
Scientific Research Journal, 21(1), 197–210. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2878
2.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА НАЗОРАТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ЯНАДА
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. World Scientific Research Journal, 21(1), 221–231.
Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2880
9
Курбонов, М. (2020). Зарубежный опыт эффективного использования финансовых ресурсов государственных
целевых
фондов.
Экономика
И
Образование,
1(5),
163–166.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4823
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
339
3.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА ДАВЛАТ МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТИ ВА УНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ. World Scientific Research
Journal, 21(1), 248–259. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2882
4.
Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов, & Эргашев Уйғун Жабборович. (2023).
КАМЕРАЛ СОЛИҚ ТЕКШИРУВИДА ИНСОН ОМИЛИНИ
КАМАЙТИРИШДА СМАРТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 260–268.
Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2883
5.
Курбонов, М. (2020). Зарубежный опыт эффективного использования
финансовых ресурсов государственных целевых фондов. Экономика И
Образование, 1(5), 163–166. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4823
6.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТДА
ЭКСПОРТ-ИМПОРТНИ СОЛИҚҚА ТОРТИШ ТАРТИБИ. World Scientific
Research Journal, 21(1), 176–181. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2875
7.
Пардаев Файзулла Ғаффарович, & Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов.
(2023). ИСТИҚБОЛДА ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТ СОЛИҒИ ХИСОБИНИ
ЮРИТИШДА АВТОМАТЛАШТИРИЛГАН ДАШБОРДЛАРДАН
САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ. World Scientific Research Journal, 21(1), 189–
196. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2877
8.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТНИ
КАМАЙТИРИШДА ЭКСПОРТ-ИМПОРТ ОПЕРАЦИЯЛАРИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ. World Scientific Research Journal,
21(1), 269–275. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2884
9.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТГА
КУРАШИШ ЖАРАЁНИДА БЮДЖЕТ ИНТИЗОМИНИ
МУСТАҲКАМЛАШНИНГ ЗАРУРЛИГИ. World Scientific Research
Journal, 21(1), 153–165. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2873
10.
Файзиев, Ф. А. (2023). ЎЗБЕКИСТОНДА ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛИШ:
РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА СОЛИҚ ТИЗИМИДАГИ
ЎРНИ. Gospodarka i Innowacje., 42, 426-434.
https://gospodarkainnowacje.pl/index.php/issue_view_32/article/view/2099
11.
Файзиев Фаррух Абдуллахожаевич. (2023). КЎЧМАС МУЛКНИ СОЛИҚҚА
ТОРТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. World Scientific Research
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
340
Journal, 21(1), 232–247. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2881
12.
Нурманов, У. А. (2022). ИҚТИСОДИЁТНИ ГЛОБАЛЛАШУ ШАРОИТИДА
ЖОРИЙ
АКТИВЛАР
ТАҲЛИЛИНИНГ
НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ
АСОСЛАРИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
"Экономика
и
туризм"
международный научно-инновационной журнал
,
4
(6). Retrieved from
http://interjournal.uz/index.php/journals/article/view/82
13.
Rahimov M.Yu. (2013). An analysis of the financial condition of economic entities.
Educational manual. -T .: Finance.
14.
Нурманов, У. А. (2022). ХЎЖАЛИК СУБЪЕКТЛАРИДА ЖОРИЙ
АКТИВЛАР ВА УЛАРНИНГ ТАҲЛИЛИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ.
Журнал
Инновации
в
Экономике
,
5
(2).
Retrieved
from
https://tadqiqot.uz/index.php/economy/article/view/4757
15.
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.
Ўқув қўлланма.-Т.;“Iqtisod-Moliya”, 2013. -390 б.
16.
Pardayevich, K. B. (2023). Analysis of the Maximum Volume of Production in
Cement Production Enterprises in Uzbekistan. International Journal on
Economics, Finance and Sustainable Development, 5(6), 1-8. Retrieved
from
https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD/article/view/4460
17.
Қличев, Б. (2021, сентябрь 30). Меҳнат мотивациясида моддий
рағбатлантириш таҳлили. Молия-банк тизимида илм-фан,таълимнинг
инновацион инфратузилмасини шакллантириш ва ривожлантиришда
тошкент молия институтининг ўрни. Конференция материаллари тўплами,
Тошкент, Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531256
18.
М.Ю.Рахимов. (2023). МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ ТАҲЛИЛИ: МУАММО ВА
ЕЧИМЛАР. World Scientific Research Journal, 21(1), 211–220. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2879
19.
Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ОПЕРАЦИОН ФАОЛИЯТ
НАТИЖАЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ КЎРСАТКИЧЛАР ТАҲЛИЛИ. World
Scientific Research Journal, 21(1), 182–188. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876
20.
Тулаев Мирзакул Саламович. (2023). КОРХОНАЛАРНИНГ МОЛИЯВИЙ
ФАОЛИЯТИНИ ТАШҚИ АУДИТОРЛАР ТОМОНИДАН ТЕКШИРИШ
МАСАЛАЛАРИ . World Scientific Research Journal, 16(1), 252–258. Retrieved
from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2724
21.
Қличев, Б. (2021). Хўжалик юритувчи субъектларда ишбилармонлик
фаоллиги таҳлили
.
Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 1 (3)-сон, 1-9.
https://finance.tsue.uz/wp-content/uploads/2021/06/4.-Қличев-
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
341
22.
Yakubov
U.
(2021).
IMPROVEMENT
OF
ACCOUNTING
AND
METHODOLOGY IN ORGANIZATION OF JOINT VENTURES. Эконмока и
бизнес: теория и практика.. 4-2 (74). ISSN 2411 0450.
23.
Асаналиевна,
С.
З.
(2022).
Факторы
Устойчивого
Развития
Предприятий.
Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and
Finance
,
3
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/QSMX8
24.
Yakubov U. (2022). MODELING THE ANALYSIS OF FOREIGN ECONOMIC
ACTIVITY. Web of scientist: Inernational scientific research journal ISSN:
2776-0979, Volume 3, Issue 2
25.
Қличев, Б. (2021, ноябрь 19). Ички аудит хизмати фаолиятида иқтисодий
таҳлилни такомиллаштириш масалалари. Рақамли иқтисодиёт шароитида
солиқ маъмуриятчилиги ва халқаро солиққа тортиш механизмини
такомиллаштириш. Халқаро конференция материаллари тўплами. Тошкент,
Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531234
26.
Ibragimov G. (2022).
Digitalization of the economy of Uzbekistan: experience
and prospects
.
International Journal of Research in Economics and Social
Sciences (IJRESS)
, 12(05), 102-109. Retrieved from
content/uploads/IJRESS10-May2022.pdf
27.
Tulaev, M. (2021). МҲХС БЎЙИЧА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ: ТАЙЁРЛАШ
ВА АВТОМАТЛАШТИРИШ.
Архив научных исследований
.
28.
Қличев, Б. (2021). Инновацион фаолиятда асосий воситалар таҳлилини
ташкил этиш масалалари. Инновацион иқтисодиёт: муаммолар, таҳлил ва
ривожланиш
истиқболлари.
Қарши,
Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531216
29.
Sultanov, M. (2023). Features of Dividend Allocation and Taxation in Investment
Funds of Uzbekistan.
Asian Journal of Technology & Management Research
(AJTMR) ISSN
,
2249
(0892).
30.
Klichev, B. (2014). Бошқарув ҳисобида баҳо шакллантиришни
такомиллаштириш
масалалари.
Молия,
2014(5),
10–15.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10522860
31.
Ibragimov, G., & Yakubov, U. (2015). Agricultural Development in
Uzbekistan.
SCIENTIFIC ENQUIRY IN THE CONTEMPORARY WORLD:
THEORETICAL BASIСS AND INNOVATIVE APPROACH
, 74.
Retrieved from
https://bmpublgroup.com/assets/l_26_4_1.pdf#page=75
32.
Gayratjon Ibragimov Artikovich
. (2022).
GLOBAL DIGITALIZATION AND
THE PLACE OF UZBEKISTAN
. IV ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В
МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» 2022 май КАЗАНЬ-ТАШКЕНТ), Казань-
Ташкент.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6627529
33.
Ibragimov G. (2023).
Problems of training financial analysts in the republic of
Uzbekistan
.
International Journal of Research in Economics and Social Sciences
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
342
(IJRESS)
, 13(06), 108-115. Retrieved from
content/uploads/IJRESS11June23-Uzb.pdf
34.
Sagdillayeva, Z. A. (2023). BUSINESS ANALYSIS IS A NEW DIRECTION OF
ANALYTICAL WORK.
Intent Research Scientific Journal
,
2
(6), 93-104.
35.
Asanalievna, S. Z. (2022). ASSESSMENT OF THE FINANCIAL STABILITY
OF THE ENTERPRISE.
湖南大学学
报
(
自然科学版
)
,
49
(10).
Retrieved from
https://johuns.net/index.php/publishing/454.pdf
36.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). TAX POTENTIAL AS AN
INDICATOR
OF
SUSTAINABLE
DEVELOPMENT
OF
THE
REGION.
European Journal of Emerging Technology and Discoveries
,
1
(8), 41–
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/305
37.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). THEORETICAL APPROACHES TO
THE CONCEPT OF "TAX POTENTIAL" AND METHODS OF ITS
ASSESSMENT.
European
Journal
of
Emerging
Technology
and
Discoveries
,
1
(8),
21–25.
Retrieved
from
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/302
38.
Tulaev, M. (2019). Финансовая отчетность: на пути соответствия
национальным
и
международным
стандартам.
Архив
научных
исследований
,
1
(1).
извлечено
от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/723
39.
Tulayev M., Axmedov A. (2023). Balansning tarkibiy tuzilishi va unga taʼsir
etuvchi omillar. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 8, 71-77
40.
Ибрагимов, Г. А. (2023). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ И ВОПРОСЫ
БЕЗОПАСНОСТИ.
Gospodarka i Innowacje.
, 68-73.
41.
Ibragimov, G. A. (2021). Business Analysis In The Digital Economy. Turkish
Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7), 4543–4549.
42.
Tulayev M. (2023). Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari bo‘yicha
moliyaviy hisobot: tayyorlash va avtomatlashtirish. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 6, 134 -138.
43.
Samadova Nargiza Rasulovna. (2022). ANALYSIS OF INDICATORS
REPRESENTING THE ECONOMIC POTENTIAL OF ECONOMIC ENTITIES
AND ITS DISTINCTIVE FEATURES.
European Journal of Research
Development
and
Sustainability
,
3
(11),
108-111.
Retrieved
from
https://www.scholarzest.com/index.php/ejrds/article/view/2960
44.
Султанов Махмуд Ахмедович. (2023). ИНВЕСТИЦИЯ ФОНДЛАРИДА
ДИВИДЕНД СИЁСАТИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ.
World Scientific Research Journal, 16(1), 163–169. Retrieved from
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
343
45.
Якубов,
У.
(2023).
КОРХОНАНИНГ
ТАШҚИ
ИҚТИСОДИЙ
ФАОЛИЯТИНИ КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ.
Евразийский журнал права,
финансов и прикладных наук
,
3
(4), 132–139. извлечено от
academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/12603
46.
Ibragimov G. (2022).
Introduction of digital solutions to the economy of
Uzbekistan: problems and solutions
.
International Journal of Research in IT and
Management (IJRIM)
, 12(9), 34-39. Retrieved from
content/uploads/IJRIM2Sep22-Uzb-1.pdf
47.
Қличев, Б. (2022). Истеъмолчи манфаатлари асосида маҳсулотга баҳо
шакллантириш масалалари таҳлили
.
Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar, 4 (20)-
сон, 170-175.
48.
Ibragimov G. (2022).
Keeping records of imported goods while improving customs
administration in Uzbekistan
.
International Journal of Research in Finance and
Marketing (IJRFM)
, 12(11), 30-34. Retrieved from
content/uploads/IJRFM3Nov22-Uzb.pdf
49.
Nargiza Samadova. (2023). INFORMATION SOURCES OF ECONOMIC
COMPETENCE ANALYSIS OF ECONOMIC SUBJECTS AND THEIR
CLASSIFICATION.
Academia Repository
,
4
(12), 278–283. Retrieved from
https://academiarepo.org/index.php/1/article/view/290
50.
Tulaev, M. (2020). Учет корпоративных облигаций.
Архив научных
исследований
,
1
(25). извлечено от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2783
51.
Yakubov Ulugbek. (2023). ISSUES OF ASSESSING THE JOINT ACTIVITY OF
BUSINESS ENTITIES.
American Journal of Interdisciplinary Research and
Development
,
14
,
57–61.
Retrieved
from
https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/557