YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJTIMOIY MOTIVLARINI
SHAKLLANTIRISHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI VA ROLI
Kakabayeva Gurbanjemal
NDPI
Boshlangʻich taʼlim fakultetining 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15576323
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o'quvchilarining ijtimoiy motivlarini
shakllantirishda o'qituvchining roli kattaligi. Asosan, ijtimoiy motivlarni shakllantirishda
o'qituvchining ularga ta'sir koʻrsatishi va ularni har tomonlama rivojlantirishi haqida.
Kalit soʻzlar:
ijtimoiy motivlar, oʻquvchilarni oʻrganish, tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish,
kasbiy shakllanish, pedagogik qobiliyat.
Yoshlarni erkin fikrlovchi yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash
boshlang'ich sinflarda olib boriladi. Bu jarayon muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois
ham ta'lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada
mustaqil ta'lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda bilimlarni olish bilan
birgalikda qo'shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o'qishga qiziqishi va boshqa
biron narsaga qiziqishi bilan yuzaga keladi.
Motivlar maqsadga erishish uchun harakat qilishga yo'naltiriladi. Bunda faoliyat muhim
hisoblanadi. Faoliyat mazmuni pedagogik tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki
o'quvchining o'zi tomonidan mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish
hisoblanadi. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi topshiriqlar o`quvchilar bilimlarning
rivojlanishiga olib keladi. Oʻquvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat tarkibiga kiruvchi
harakatlarning ahamiyati katta. Harakatlar turlicha bo'lishi mumkin: oddiy harakatlar, ijodiy
harakatlar , amaliy va aqliy harakatlar.
Asosan ijtimoiy motivlarning shakllanishida faoliyat juda muhim rol oʻynaydi. Shuning
uchun faoliyat natijasi pedagogik tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi lozim. O'quvchi
o'z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklarini bilishi fikrimizcha nazorat va baholash yoʻllar
o'quvchilarning o'zlariga ham o`rgatib borilishi zarur. Har qanday sharoitda baho o'quvchining
kelgusidagi murakkab va qiziqarli faoliyatga undovchi turli vazifani otashi lozim. Chunki olgan
bahosi o'quvchining faoliyatga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Koʻrsatib oʻtilganlar kichik maktab
yoshidagi o'quvchilarning motivatsion sohasi o'zgarib ularni o'quvchi mavqein egallashga ya'ni
umumiy o'rta ta'lim maskaniga borishiga bo'lgan intilishi qondirilgandan so'ng yangi
munosabatlarning o`quv-motivlari va bir qancha murakkab shaklda bo'lgan ijtimoiy
motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Bunda asosan pedagogik tomonidan o'quvchini
o'rganish ham juda kerak bo'ladi. O'qituvchi tomondan asosan o'quvchilarning faoliyatini uning
qanday bilim o'zlashtirganligini uning qiziqishlarini bilish muhim sanaladi.
O'quvchilarni o'rganish rejali tarzda muntazam olib borilishi lozim. Oʻquvchi xulq-
atvoridagi yakka-yarim uchraydigan tasodifiy voqealarni emas, balki uning shaxsida juda ko'p
uchraydigan tipik xususiyatlarini o'rganmoq kerak. Shuni hisobga olish kerakki o'quvchilar har
doim o'sib, rivojlanib boradi va shu bilan birga ularning qiziqishlari ham doim o'zgarib turadi.
Shuning uchun o'quvchilarni faqat rivojlanishga o'rgatmoq zarur hisoblanadi. Asosan
o'quvchilarni organayotganda ularning ota-onalari bilan muloqotda bo'lish ham maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
Asosan o'qituvchining o'zi ham bolalarni tarbiyalar ekan o'zining xulq-atvori yurish-
turishi xullas butun pedagogik shaxsi bilan bolalariga o'rnak bo'lishi kerak. O'qituvchining
oʻzini olib borishi uning o'qivchilarga namuna bo'lishida katta ahamiyatga egadir. Sababi
o'quvchilar o'z o'qituvchisidan o'rnak oladilar, shuning o'rgatgan narsasini qiladilar. Ya'ni
bunda o'quvchi pedagogik qobiliyatga ega bo'lishi kerak. O'qituvchida umumiy qobiliyat
shakllanishi kerak. Umumiy qobiliyat deganda har qanday inson faoliyatda yuqori natijalarga
erishish mumkin boʻlgan maxsus qobiliyat esa bolalarga ta'lim va tarbiya berishda yutuqlarga
erishish mumkin boʻlgan pedagogik faoliyat davomidagi kerakli qobiliyat tushuniladi. Bu
masalaga jiddiy qarashimiz lozim. Boshlangʻich sinf o'quvchilari ayniqsa o'qituvchilari
tomonidan rivojlanib shakllanadi yaʼni ularning berayotgan bilim va tarbiyasi orqali
shakillanadilar.
"Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta'limi va tarbiyasini ko'rgan bilimli kadrlar
kerak" deb aytgan bizning birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Sababi o'quvchilarning
bugungi kunda olgan tarbiyasi ertangi kundagi kelajakka katta taʼsir ko'rsatadi. Bunda taʼlim va
tarbiyani qanday bo'lishi sinf o'qituvchisiga bog'liq hisoblanadi. O'qituvchidagi barcha ijobiy
fazilatlar umumiy inson axloq me'yorlarga mos keluvchi hislatlar o'quv-tarbiyaviy jarayonda
katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababli ham pedagog barcha qobiliyatlarga ega bo'lishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki o'qituvchining ijtimoiy motivlarini shakllantirishda
asosan o'qituvchining o'rni katta hisoblanadi. Bola ilk bora ijtimoiy motivlarning shakllanishini
oilada o'rganadi. Motivlarning shakllanishida oila juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi,
keyinchalik bo'lsa maktabda tengdoshlari va o'quvchilar orqali oʻrganilib boriladi.
Boshlang'ich sinflarda ijtimoiy motivlar oʻrtacha shakllanadi. Chunki bu davrda bolalar
hali hayotni o'rganish jarayonida bo'ladilar. Ulardan motivlar koʻproq emotsional o'yin va
tadqiq asosida rivojlandi. Bunda asosan oʻqituvchining o'rni juda muhimdir. Bu davrda bolalar
o'zidan kattalarga juda hurmat va havas bilan qarashadi. Oʻqituvchi bola uchun namuna o'rnak
yo'l ko'rsatuvchi va baholovchi shaxs bo'ladi. Bolalar o'qituvchining haddi harakatlarni,
muomalasini, tilini kuzatadi va unga taqlid qilibgina o'rganadilar. Bu orqali bolalarda muloqot
madaniyati, odob - axloq qoidalari, hurmat, intizom, halollik kabi ijtimoiy motivlar shakllanadi.
Beqiyos ijtimoiy motivlar shakllanishida o'qituvchining o'rni katta deb olsak adashmagan
bo'lamiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
B. Abdullayeva, M. Tursunova, M. Haydarova. "Boshlangʻich taʼlimda tarbiya fani"
Toshkent - 2022.
2.
G.B. Saidnazarova "Tarbiya fanini oʻqitish metodikasi" Buhoro - 2024.
3.
N. Hakimova " Boshlangʻich sinf o'quvchilari hayotida ijtimoiy - huquqiy meʼyorlarning
oʻrni.
4.
J. Hasanboyev, X.A. Toʻraqulov, I.Sh . Alqarov, N.Oʻ. Usmonov " Pedagogika" Toshkent -
2016.
5.
Arxiv.uz.