YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
135
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI DIKTANT TURLARI VA METODIKASI
BILAN TANISHTIRISH
Kakabayeva Gurbanjemal
NDPI Boshlangʻich taʼlim fakultetining 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421173
Annotatsiya:
Asosan boshlang'ich sinflarga diktant yoki yozma ish yozdirish juda qiyin
masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham ularga diktant yozdirishda yozuvga ham imlo
qoidalariga, grammatik xatolarga yol qoymaslikni o'rgatish haqida. Boshlang'ich sinf
o'quvchilarga diktant turlari va diktant metodikasi bilan tanishtirish haqida ushbu maqolada
soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
diktant, diktant turlari, tekshirish, tahlil qilish, baholash, ahamiyati.
Diktant ( lot.dicto - aytib turib yozdiraman) - o'quvchilarga imlo va tinish belgilariga doir
qoidalarni o'rgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan bilimini tekshirishda
qo'llaniladigan yozma ish. Diktant asosan o'quvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta
talimiy ahamiyatga ega chunki bunda o'quvchilar mavjud bilim va ko'nikmalarni ishga
soladilar.
Asosan o'quvchilar bilimini shakllantirishda rivojlantirishda diktantning o'rnini juda
katta hisoblanadi. Sababi bunda ular eshtib yozish orqali o'quvchilar oʻzlarining mustaqil
bilimlarni yuzaga chiqaradilar. Diktantning ahamiyati juda katta chunki ular o'z eshitgan
narsasini oʻzlari mustaqil yoza olishlari juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ular yozish
bilan bir qatorda asosan eslab qolishlari ham mumkin. Eslab qolish orqali tushunib va eʼtibor
berib yozishadilar. Diktat yozdirishda asosan ular eshitgan narsasini uzning ongida
shakllantirib keyin yozma ravishda yuzaga chiqaradilar. Bu bolsa ularning bilimini yanada
chuqurlashtiradi.
Diktant yozishga tayyorgarlik ko'rish o'quvchilarida ma'lum psixologik holatni yuzaga
keltiradi ular oʻzlarida bu ishga kirishish ruhi yati paydo qilib daftar sahifasiga doskadan sana
va matn sarlavhasini ko'chirib yozadilar. So'ngra diqqat e'tibor bilan matnni tinglaydilar va
yozadilar, yozishdan oldin o'quvchilarni ruhlantirish lozim.Kim chiroyli xatosiz yozadi deb.
Oʻquvchilarga diktant yozdirishda har birga e'tibor berishi kerak. Ayniqsa boshlang'ich sinf
o'quvchilariga chunki ular qoidalarini va matn soʻzlarni qanday qilib yozishni yoki bog'inga
to'g'ri bo'lishni bilmaydilar. Diktant yozdirishdan maqsad ularning bilimlarni tekshirish va
tahlil qilishdan iboratdir. Bolalar har yozishga kirishishda ko'tarinki ruhda bo'lishlarni
ta'minlash uchun ulardagi ruhiy holatini hamisha hisobga olib ish yuritish lozim.
Dikdan turlari juda ko'p bo'lib ular turlicha hisoblanadi.Ular quyidagilardan iborat.
1. Lugʻat diktanti
2. Saylanma diktant
3. Koʻrsatuv diktandi
4. Yoddan yozuv diktanti
5. Taʼkidiy diktant
6. Izohli diktant
7. Ijodiy diktant
8. Erkin diktant.
Har bir diktant turining o'zining katta ahamiyati bor.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
136
O'quvchilarga diktantni yozilgandan keyin uni tekshirish, baholash orqali o'quvchilar
bilimini aniqlanadi va baholanadi. Bu jarayonda har bir xatoga e'tibor berishi kerak. Masalan
harflarning to'g'ri yozilishiga, chiroyli va xatosiz bo'lishga bu jarayon ta'lim va tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. Chunki o'quvchilar diktant yozgandan keyin yo'l qoʻygan kamchiliklariga
va oʻlgan baholarni bilishga juda ham qiziqadilar. Oʻqituvchilar har bir xato yozgan
o'quvchining ustida ishlashi kerak, qyo'l qo'ygan xatolarni qaytadan to'g'irlab o'rgatish
kerakdir. O'qituvchilar o'z o'quvchilarining xato va kamchiliklarini aytish orqali ularga
tushuntirish berishi lozim. Xato ishlagan yoki yozgan narsasini o'rgatish hamda to'g'ri
yozishga undashi orqali ularni ruhlantirish hamda rivojlantirish kerak.
O'quvchilarga diktant yozdirilgandan keyin o'qituvchilar tomonidan tekshiriladi.
Tekshirish jarayonida har bir o'quvchining xatolarini tekshirib baholab tahlil qilish lozim. Har
bir o'quvchining yozgan diktanti yig'ib olib tekshiriladi. Asosan tekshirish quyidagilar asosida
amalga oshiriladi.
Tekshirish lozim bo'lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Katta boshqarb bilan yoziladigan soʻzlarni aniqlash
2. Xat boshidan yozish
3. Atoqli otlarni aniqlab olish va ularning imlosi
4. Ko'plik qoʻshimchalarni to'g'ri yozish
5. Ketma - ketlik bilan kelgan bir xil undoshlarni yozish
6. Chiroyli yozuv.
Diktant o'quvchilarning yozma nutqini oshirishda katta ahamiyatga ega. Diktant uchun
matn tanlash muhim hisoblanadi. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. Diktant uchun talanadigan
matnlar mazmun jihatdan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Asosan dikdan birinchi va
ikkinchi sinflarda to'rt besh gapli qisqa matn bo'ladi. 3-4 - sinflarda bo'lsa murakkablashtirib
boriladi.
Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, diktant yozdirish orqali o'quvchilarning yozma
nutqi shakllanadi va mustaqil ishlash qobiliyati oshadi. Asosan boshlang'ich sinf o'quvchilarga
diktant yozdirish juda murakkab hisoblanadi. Bu jarayonda ular biroz qiyinchiliklarga
uchraydi. O'quvchilar tomonidan diktant to'g'ri tushuntirilib yozdirilish va o`rgatilishi ularga
ko'mak bo'ladi. Ularga diktant yozdirishda asosan matnni to'g'ri tanlab olish lozim. Diktant
asosan o'quvchilarning yozma madaniyatini shakllantiradi va rivojlantiradi. Diktant
yozishtirishdan maqsad asosan o'quvchilarning yozma qobiliyati va eshitib eslab qolish
qobiliyati oshishiga sabab bo'ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A. Gʻulomov, M. Qodirov, M. Ernazarova, A.Bobamuradova, N.Alavutdinova , V.
Karimjonova " Ona tili oʻqitish metodikasi" Toshkent - 2012.
2.
A. Mirzayev " Diktant metodikasi " Toshkent - 1979.
3.
Q. Abdullayeva, S. Rahmanbekova. " Diktantlar toʻplami " Toshkent - 2011.
4.
Arxiv.uz
