BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Аннотация

Bugungi kunda bolalar bilan shugʻullanish, juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ularga, oila ham-da maktab muhitda olgan tarbiyasi va ta'limi ularning ongiga juda katta taʼsir ko'rsatadi. Ularning fikrlarini mustaqil o'ylashini oshirish haqida, yosh avlodlarning qalbiga, Vatan tuyg'usini singdirish yo'llari va to'g'ri tarbiya orqali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
97-98
32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kakabayeva , G. (2025). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI. Молодые ученые, 3(5), 97–98. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/69746
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda bolalar bilan shugʻullanish, juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ularga, oila ham-da maktab muhitda olgan tarbiyasi va ta'limi ularning ongiga juda katta taʼsir ko'rsatadi. Ularning fikrlarini mustaqil o'ylashini oshirish haqida, yosh avlodlarning qalbiga, Vatan tuyg'usini singdirish yo'llari va to'g'ri tarbiya orqali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

97

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYALASHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Kakabayeva Gurbanjemal

NDPI. Boshlangʻich taʼlim fakulteting 1- kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14942685

Anotasiya:

Bugungi kunda bolalar bilan shugʻullanish, juda muhim masalalardan biri

hisoblanadi. Shu bois ularga, oila ham-da maktab muhitda olgan tarbiyasi va ta'limi ularning
ongiga juda katta taʼsir ko'rsatadi. Ularning fikrlarini mustaqil o'ylashini oshirish haqida, yosh
avlodlarning qalbiga, Vatan tuyg'usini singdirish yo'llari va to'g'ri tarbiya orqali, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida.

Kalit soʻzlar:

Vatan, vatan tuygʻusi, vatanparvarlik, oila, tarbiya, ajdodlarimiz hissalari.


Har bir insonning tug'lib o'sgan yeri uning Vatani hisoblanadi. Vatan ostonadan o'zi

tug'ilib oʻsgan yeridan boshlanadi. Insondagi eng oliy tuygʻu Vatan tuyg'usidir. Oʻzi tugʻilib
o'sgan ona yurtini joni qadar sevib, o'zga yurt tabiatni o'z yurti tabiatichalik koʻrib zavq
ololmaydigan muqaddas maskanidir. Shuning uchun bola o'zi yashab nafas olib turgan
xonadonida ulg'ayib voyaga yetishishda, muhtasham va qudratli makon boʻlgan zaminiga,
mehr-muhabbati va sadoqati abadiy boʻlmogʻi zarur. Har bir insonning vatanga bo'lgan
muhabbati onasining allasi va ota ibrati bilan uning vujudiga singib boradi. Ota-onasini avlod-
ajdodlarini ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san'ati, dini va madaniyatidan g'ururlanib o'zi
oʻsgan yurti tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprogʻi qadrini anglaydi.

Yosh avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, juda muhim ahamiyatni kasb etadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarga vatanparvarlik tushunchasini ongina singdirishda maktabdagi
o'qituvchilarning yoki oila a'zolarining o'rni hamda hissasi juda katta hisoblanadi. Chunki bola
boshdan tarbiyani oiladan oʻladi. Ularni boshdan vatanparvar qilib tarbiyalash, bilmagan
narsasini tushuntirish biron-bir narsaga qiziqtirish juda ahamiyatlidir. Bunda ayniqsa oilaning
o'rni kattadir. Har bir inson uchun uning oilasi kichik vatani hisoblanadi. Shu sababli ham oila-
muqaddasdir deb, bejizga aytishmaganlar. Oila jamiyatning bir boʻlagi. Shunday ekan, inson
shaxsini shakllantirish, oiladan boshlandi. Shu sababli ham jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga
ta'sirini ko'rsatganidek, oiladagi oʻzgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu jarayon,
oiladagi sog'lom muhitda ota-bobolar ibrati, ona mehri, opa-singillarning mehr-oqibati, orqali
amalga oshib boradi. Vatan tuygʻusi avollo oilada shakllanadi.

Bizning birinchi prezidentimiz I.A.Karimov sog'lom avlod uchun ordenini topshirish

marosimida farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash milliy gʻoya tushunchalarini
singdirish uchun ular ma'naviy jihatdan sog'lom bo'lishlari zarur. Ma'naviy sog'lomlik esa
jismoniy va ruhiy sog'lomlik bilan chambarchasi bog'liq hisoblanadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov barcha asarlarda yoshlar tarbiyasiga katta e'tibor qaratganlar.

Ayniqsa yoshlar tarbiyasi jiddiy yondashish va ularni yod gʻoyalardan muhofaza qilish
lozimligini taqiqlaydilar. Ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni
yo'qotmasligimiz yoshlar tarbiyasida aslo befarq bo'lmasligi zarur.

Vatan tuygʻusini chin dildan his etish va shu tuyg'u bilan yashash, inson hayotiga maʼno-

mazmun bagʻishlaydi, va uni kamolot sari yetaklaydi. Bunday odam hayotining murakkab
saqmoqlarda adashmaydi. Oʻz xalqining fidoiy farzandi boʻlib, voyaga yetadi. Eng muhimi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

98

bunday insondan uning o'zi ham el-yurti ham naf ko'radi, ota-onasi ham rozi bo'ladi. Shu
sababli ham boshlang'ich sinf o'quvchilariga boshdan ularning ongina boshlangʻich
tushunchalar, oilasi va ustozlar orqali singdiriladi. Masalan, bobolarimizning qilgan ishlari,
sportchilarimizning yutuqlari rassomlarimizning, shoir va shoiralarimizning, qisqa qilib
aytganda, har bir sohada boʻlgan yutuqlar va yangiliklar bilan tanishtirish joiz. Shu sababli
ularning qiziqishlari orta boshlaydi. Ularda ham istak paydo boʻladi. Oʻquvchilar oʻz qiziqishlari
uchun harakat va mehnat qiladilar. Bu esa ularga kuch boʻladi.

Mamlakatimizda hozirda duch kelgan muammolar juda jiddiy boʻlib, ularga javob

berishda, yoshlarning o'rni global va inkor etib bo'lmaydi. Har qanday davlatni gullab-
yashnashi, yoki yo'q bo'lib ketishga aynan yosh avlodning qolidadir.

Vatanparvarlik yuksak e'tiqodi, Vatan va millat oldidagi masʼuliyatini, yuksak burchini

anglashdir. Ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan, Vatanni sevmoq iymondandir! -degan,
hadis zaminida ham huddi shunday mazmun mujassamdir. Agar uzoq tariximizga nazar
tashlaydigan bo'lsak, Vatanga e'tiqod tuyg'usi xalqimiz tomonidan qadimdan e'zozlanib kelgan.
Ajdodlarimiz, va buyuk allomalarimizning Vatan ravnaqi yo'lida qilgan ishlarini, ularning
yozgan asarlari orqali va xalq og'zaki ijodi hamda ajdodlarimizning Vatanimiz tinchligi,
osoyishtaligi, gullab-yashnashi uchun chekkan zahmatlari orqali, bilib olishimiz mumkin.

Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Ahmad Yassaviy, Imon Buxoriy,

Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Ulugʻbek, Navoiy, Bobur, Nodirabegim, Abdulla Avloniy,
Abduraif Fitrat, Choʻlpon kabilarning hayoti va ijodiy faoliyati va Vatanimiz ravnaqi yo'lida
qoshgan hissalari, ayniqsa bugungi jamiyatimiz uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblanadi.

Xulosa oʻrinda shuni aytishim joizki, Vatan tushunchasi har bir inson uchun tushunarli

hisoblanadi. Vatan degan soʻzni eshitganda, oilamiz, mahallamiz, jamiyatimiz, yurtimiz ko'z
oldimizga keladi. Vatanga boʻlgan tuygʻu insonda avvalo oila muhitida ham-da maktabda
shakllanadi. Bunda ayniqsa oilaning oʻrni kattadir. "Qush uyasida ko'rgani qiladi" - deb, bejizga
aytishmagan. Oilada berilgan tarbiya maktab muhitga ham jamiyatga ham taʼsir koʻrsatadi. Shu
sababli bolalarni har tomonlama shakllantirish, yuksaltirish, vatanparvar qilib tarbiyalash
kattalarning qoʻlidadir. Biz ularni buning uchun hozirdan ularning ongiga vatanparvarlik
tushunchasini singdirish va shakllantirish lozim. Albatta uning uchun ularni o'qish jarayonida
ta'lim bilan bir qatorda, tarbiyasiga ham ahamiyat berish kerak. Ularni vatanparvar qilib
tarbiyalashda madaniy va ma'naviy tomondan rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

I.Karimov " Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" Toshkent -2013.

2.

R.A.Mavlonova, N.H.Rahmanqulova, K.O.Matnazarova M.K.Shirinov, S.Hafizov. Umumiy

pedagogika. Toshkent -2018.
3.

E.S. Yuldashev " Yunogogika" Qoʻqon -2024.

4.

X.Sultanov, M.Qarshiboyev. " Vatan tuygʻusi" Toshkent -2015.

5.

Docx.uz

Библиографические ссылки

I.Karimov " Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" Toshkent -2013.

R.A.Mavlonova, N.H.Rahmanqulova, K.O.Matnazarova M.K.Shirinov, S.Hafizov. Umumiy pedagogika. Toshkent -2018.

E.S. Yuldashev " Yunogogika" Qoʻqon -2024.

X.Sultanov, M.Qarshiboyev. " Vatan tuygʻusi" Toshkent -2015.

Docx.uz