76
ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNALOGIYALARNI
O’RNI
Qodirov Farrux Ergash o’g’li
Shahrisabz davlat pedagogika institute
“Informatika va uni o’qitish metodikasi” mudiri, ilmiy rahbar
To’ymurodova Sevinchxon Ergash qizi
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti “Pedagogika” fakulteti Matematika va
Informatika yunalishi 1-23 guruh 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504251
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqola axbоrоt texnologiyalarining rivоjlаnishi bugungi kunda
butun dunyo bo'ylab yuridik va jismoniy shaxslarning o'zaro elektron kanallar orqali
savdolarni amalga oshirishga keng yo'l ochmoqda. Internet yagona axborot tizimi sifatida
biznesni yagona rivojlanish bosqichga o'tishiga imkon berdi. Natijada, elektron biznes va
elektron tijorat yirik va kichik firma va kompaniyalar, jismoniy shaxslar hayotiga kirib keldi.
Kalit so'zlar
: axborot texnologiyalari, Internet, yuqori texnologiyali xizmatlar, elektron
tijorat, elektron ommaviy axborot vositalari.
ABSTRACT.
This article describes the development of information technology today,
which opens a wide way for legal entities and individuals around the world to conduct trade
through electronic channels. The Internet as a single information system allowed business to
move to a single stage of development. As a result, e-business and e-commerce have entered
the lives of large and small firms and companies, as well as iindividuals.
Key words:
information technology, Internet, high-tech services, e-commerce,
electronic media.
Kirish.
Аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаrining rivоjlаnishi bugungi kundа butun dunyо bо‘ylаb
yuridik vа jismоniy shаxslаrning о‘zаrо еlеktrоn kаnаllаr оrqаli sаvdоlаrni аmаlgа оshirishgа
kеng yо‘l оchmоqdа. Intеrnеt yаgоnа аxbоrоt tizimi sifаtidа biznеsni yаgоnа rivоjlаnish
bоsqichgа о‘tishigа imkоn bеrdi. Nаtijаdа, еlеktrоn biznеs vа еlеktrоn tijоrаt yirik vа kichik
firmа vа kоmpаniyаlаr, jismоniy shаxslаr hаyоtigа kirib kеldi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda
ishlab chiqarilgan tovarlarning ham elektron tijorat yo‘li bilan boshqa davlatlarga jo‘natish
mexanizmlarini ham ishlab chiqish lozim. Albatta, bu masalalarni mutaxassislar ishtirokida
sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va, lozim bo‘lganda, mavjud normativ hujjatlarga tuzatishlar
kiritish orqali amalga oshirish zarur. Rivojlangan davlatlar tomonidan elektron tijoratga katta
e’tibor qaratilayotgani, bunday savdolar hajmi hozirgi kunda 6,5 trillion dollargacha o‘sgani
O‘zbekistonda ham ushbu sohani yanada taraqqiy ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa,
O‘zbekistonda tayyorlangan iste’mol mollari va tovarlarini elektron tijorat tizimi orqali
boshqa mamlakatlarga tez, oson va qulay sotish juda katta yutuqlarga erishishga, mamlakat
iqtisodiyotining o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Buning uchun, albatta, mutaxassislar tayyorlash, aholi va tadbirkorlarni elektron
tijoratdan keng foydalanish bo‘yicha o‘qitish, sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan
tizimlarni ishlab chiqish zarur. Jahon savdo aylanmasi yaqin kelajakda tez, qulay va arzon
elektron tijorat tizimiga to‘liq o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Uni o‘ziga to‘liq moslashtirgan,
uning qulaylik va afzalliklaridan foydalangan mamlakatlar katta yutuqlarga ega bo‘lishi, juda
ko‘p aholini ish bilan ta’minlashi mumkin. Elektron tijorat bozorining mahsuli —
chegarabilmas turli posilkalar va mayda paketlar almashinuvining kundan-kun o‘sib borishi
turli mamlakatlar pochta va bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni har qachongidan ham
77
mukammal qilishni talab qilmoqda. Bojxona tartibi va tartibga solish mexanizmlari elektron
tijoratning jadal o‘sishiga mos kelmay qolmoqda. Yangi bozor global logistika tarmog‘ining
uzluksiz, muvofiqlashtirilgan va ishonchli ishlashini ta’minlash masalasida Jahon pochta
ittifoqi (JPI)ning Xalqaro bojxona va transport idoralari — Jahon bojxona tashkiloti (JBT),
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi
(IKAO) bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda. Biroq Yevroosiyo Iqtisodiy
komissiyasi hozirgi vaqtda YeOII mamlakatlari uchun onlayn-xaridlarni amalga oshirishda
bojsiz olib kirish me’yorini tushirishni maqbul deb hisoblamaydi. Yevroosiyo Iqtisodiy
komissiyasi may oyida, pandemiya avjiga chiqqan paytda bu mavzu muhokamasini to‘xtatdi.
Bungacha Rossiya tomoni 2021-yilning o‘rtalariga qadar cheklovni 200 yevrodan 100 yevroga
tushirish muddatini kechiktirish ilgari surgan edi.
O‘zbekiston fuqarolari — jismoniy shaxslar ham shaxsiy foydalanishlari uchun chet
eldan tovarlarga buyurtmalar berishlari mumkin. Internet va mobil ilovalarning rivojlanishi
bu imkoniyatlarni osonlashtiradi (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan
foydalanuvchilarning soni 23,9 million, foydalanuvdagi smartfonlarning soni esa 19
milliondan ortiq). JBT—JPIning pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha
qo‘shma qo‘llanmasiga binoan, bojxona ma’muriyati tayinlangan operator bilan hamkorlikda
bojxona orqali o‘tadigan pochta jo‘natmalarini chiqarish tartib-qoidalarini soddalashtirish,
amalda standartlar/protseduralarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilishida amaliy
yordam berishi kerak. Masalan, Bojxona hamkorlik kengashi qiymati 30 SPZ (41 AQSh
dollari)dan oshmaydigan sovg‘alarni Bojsiz qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilgan tovarlar
ro‘yxatiga kiritgan. Bundan tashqari, ushbu tavsiyaviy ro‘yxatda qaysi tovarlar sovg‘alar
toifasiga kirishi mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Elektron tijoratni rivojlantirishga bizning
mamlakatimizda ham keng e'tibor berilayapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-
yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2014-yilning 17
yanvardagi yig'ilishida «Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni joriy etish
muhim ushbu sohani rivojlanishiga qonuiy asos bo'lib xizmat qila boshlagan. O'zbekiston
Respublikasining 29.09.2022-yildagi "Elektron tijorat to'g'risida"gi O'RQ-792-son qonuni 20-
moddasida aynan ellektron tijoratni tartibga soluvchi ayrim parametrlar belgilangan.
Muhokama va natijalar.
Hozirgi paytda mamlakatimizda 40 milliondan ziyod plastik
kartochka muomalaga chiqarilgan bo'lib, ularning qariyb 10 million 500 mingtasi onlayn
kartochkalardir. Bugungi kunda telekommunikatsiya va kommunal xizmatlar uchun
to'lovlarni Internet orqali to'lash mumkin. Eng qisqa muddatlarda bu boradagi g'ov va
to'siqlarni bartaraf etish, ushbu qohani yanada rivojlantirish kerak», — deb ko'rsatgani
mazkur sohaning dolzarb ahamiyatliligini va uni rivojlantirish hamda huquqiy tartibga
solinishini takomillashtirish zaruratini namoyon qiladi. Mamlakatimizda o'tkazilayotgan
iqtisodiy islohotlar xalq xo'jaligining yetakchi sohalarini liberallashtirishga qaratilgan bo'lib,
elektron tijorat sohasi ham bundan mustasno emas va aynan shu dissertatsiya ishining
dolzarbligini belgilab beradi. Elektron savdo yordamida qo'shimcha buyurtmachilarni jalb
qilish hisobiga daromadlarni oshirish, tannarxni kamaytirish, tovar harakati jarayonini
qisqartirish, xizmatlar sifatini yaxshilashga erishish mumkin. Elektron to'lovlarni qayta
ishlash, tijorat ma'lumotlarini uzatishning xavfsizligi va maxfiylik kabi ma'lumotlar esa ko'p
miqdorda dastur ta'minoti yordamida yechilishi mumkin.Mamlakatimizda o'tkazilayotgan
78
iqtisodiy islohotlar xalq xo'jaligining yetakchi sohalarini liberallashtirishga qaratilgan bo'lib,
elektron tijorat sohasi ham bundan mustasno emas va aynan shu mavzuning dolzarbligini
belgilab beradi.
Axborot texnologiyalari
Information Technology(IT)
) — bu kompyuter
tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va
saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. AT tizimi — odatda,
axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat,
dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va AT
loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda AT tizimini ishga tushirish va joriy
etishni nazarda tutadi. Garchi odamlar eng qadimgi yozuv tizimlari yaratilganidan beri
maʼlumotlarni saqlash, olish, manipulyatsiya qilish va muloqot qilish bilan shugʻullangan
boʻlsalar-da, zamonaviy maʼnoda axborot texnologiyasi atamasi birinchi marta 1958-yilda
Garvard Business Review jurnalida chop etilgan maqolada paydo boʻlgan; mualliflar Garold J.
Leavitt va Tomas L. Uisler “yangi texnologiyaning hali bitta aniq nomi yoʻq. Biz uni axborot
texnologiyalari (AT) deb ataymiz”, deb sharhladilar. Ularning taʼrifi uchta toifadan iborat:
ishlov berish texnikasi, qaror qabul qilishda statistik va matematik usullarni qoʻllash
va kompyuter dasturlari orqali yuqori darajadagi fikrlashni simulyatsiya qilish.
1
AT atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida
ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini ham
qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot
texnologiyalari, jumladan, kompyuter texnikasi, dasturiy, taʼminot, elektronika,
yarimoʻtkazgichlar,
tijorat bilan
bogʻliq.Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalariga asoslanib, AT rivojlanishining
toʻrtta fazasini ajratish mumkin: mexanikgacha (miloddan avvalgi 3000-yildan miloddan
avvalgi 1450-yilgacha), mexanik (milodiy 1450-yildan milodiy 1840-yilgacha),
elektromexanik (milodiy 1840-yildan milodiy 1940-yilgacha) va elektron (1940-yildan
hozirgi kungacha). Axborot texnologiyalari, shuningdek, informatikaning bir tarmogʻi boʻlib,
uni protsedura, tuzilma va har xil turdagi maʼlumotlarni qayta ishlashni umumiy oʻrganish
sifatida aniqlash mumkin. Ushbu soha butun dunyo boʻylab rivojlanishda davom etar ekan,
uning umumiy ustuvorligi va ahamiyati ham oshib bordi, bu davrda biz K-12 taʼlimida
kompyuter fanlari bilan bogʻliq kurslarni joriy qilishni boshlaymiz.Kompyuter fanlari gʻoyalari
birinchi marta 1950-yillardan oldin Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) va Garvard
universitetida tilga olingan, ular kompyuter sxemalari va raqamli hisoblarni muhokama
qilishgan va oʻylashni boshlaganlar. Vaqt oʻtishi bilan AT va informatika sohasi
murakkablashdi va koʻproq maʼlumotlarni qayta ishlashga qodir boʻldi. Turli tashkilotlardan
ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
7-modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijorat sohasidagi vakolatlar
1
Abdulaxadov, N., Saminjonov, S., & Tojimamatov, I. (2023).
Ma’lumotlar va axborotlarni vizualizatsiya qilish
Muxitdinov X.A. O'zbekistonda infokommunikatsiya xizmatlari moliyaviy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari.
Toshkent 2008. 214 b.
79
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli
davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi: elektron tijorat sohasini tartibga solishni amalga oshiradi va
mazkur sohadagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi;
Elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda
ishtirok etadi;boshqa manfaatdor davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan birgalikda
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab
chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqadi; elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
chora-tadbirlarini ko‘radi; elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishda va
uning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;
Elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va mazkur sohadagi normativ-huquqiy
hujjatlarning bajarilishi monitoringini tashkil etadi; elektron tijorat sohasiga axborot
tizimlarini va axborot resurslarini joriy etishga ko‘maklashadi; elektron tijorat subyektlariga
xizmat qiladigan logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi; elektron tijorat
sohasiga elektron to‘lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor
tashkilotlar bilan birgalikda ishtirok etadi; aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida elektron
tijoratni targ‘ib qilishni hamda ommalashtirishni tashkil etadi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
Xulоsа
Maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratning roli va ahamiyati,
elektron tijoratni iqtisodiy rivojlantirishda internet xizmatlar tizimi o'rni, elektron tijoratni
rivojlantirish samaradorligining uslubiy asoslari keltirilgan. Shu o'rinda elektron tijorat
tushunchasini mohiyati yoritib berilib, elektron tijoratni amalga oshirish uchun zaruriy
shartlar nimalardan iborat ekanligi, elektron to'lov tizimlari va ulardan foydalanish, elektron
tijoratni an'anaviy savdo turidan farqi to'g'risida faktlar keltirilgan.
References:
1.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
4.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
80
5.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
6.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA
TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."
Science and innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
7.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
10.
Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси
ҳолатини башоратлаш."
Сервис” илмий-амалий журнал
(2022): 56-59.
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
12.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
13.
Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА
ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.
Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic
papers collection (2019).
15.
Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX
STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.
Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).