Авторы

  • Farrux Qodirov
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar
  • Sevinch Neʼmatova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.75625

Ключевые слова:

Wi-Fi simsiz aloqa router 802.11 standarti Wi-Fi 4 Wi-Fi 5 Wi-Fi 6 Wi-Fi 6E Wi-Fi 7 internet texnologiyalari simsiz tarmoq IoT chastota diapazoni ma’lumot uzatish tezligi xavfsizlik tarmoq samaradorligi kelajak texnologiyalari.

Аннотация

Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari, jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat  tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar keltiriladi.


background image


116

WIRELESS (WI-FI) TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISHI VA TURLARI

Qodirov Farrux Ergash o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi

kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar

Neʼmatova Sevinch Azamatovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117496

Annotatsiya.

Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish

tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi
texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa
texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish
imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5
(802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va
samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari
ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida
fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari,
jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat
joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish
usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik
hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar
keltiriladi.

Kalit soʻzlar:

Wi-Fi, simsiz aloqa, router, 802.11 standarti, Wi-Fi 4, Wi-Fi 5, Wi-Fi 6, Wi-

Fi 6E, Wi-Fi 7, internet texnologiyalari, simsiz tarmoq, IoT, chastota diapazoni, ma’lumot
uzatish tezligi, xavfsizlik, tarmoq samaradorligi, kelajak texnologiyalari.

Kirish.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga insonlarning kundalik hayoti

va ish faoliyatida simsiz aloqa tizimlarining ahamiyati ortib bormoqda. Biz hozirgi kunda
ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Wi-Fi texnologiyasi ushbu jarayonda asosiy o‘rin
tutadi. Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo'ldi va
bo'lmoqda. Ba'zilar bu terminni noto'g'ri tushunishi yoki noto'g'ri joyda ishlatishini siz ham
sezgan bo'lsangiz kerak. Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo'la olmaydi. Bu
bir texnologiya, ya'ni simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, internet, tarmoq qurish
uchun vosita hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi 1990-yillarga borib
taqaladi. WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya'ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu
termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan. Dastlabki yillarda ushbu
texnologiya cheklangan tezlik va qamrov maydoni bilan ajralib turgan bo‘lsa, bugungi kunga
kelib yuqori tezlik, barqarorlik va keng ko‘lamli qo‘llanilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Wi-Fi
tarmog‘ining rivojlanishi 802.11 standartlariga asoslangan bo‘lib, har bir yangi avlod
avvalgisiga nisbatan yaxshiroq natijalarni ta’minlashga qaratilgan. Wi-Fi simsiz aloqa
texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi
chastota deb yuritiladi. Chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi.
Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi
signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi ishlatish
uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi
signallarni qabul qiladi va uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo


background image


117

bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi, yaʼni bluetooth. Demak bir-
biriga biroz halaqit berishi mumkin. 2000-yillar boshida 802.11b va 802.11a standartlari joriy
qilindi. 802.11b 11 Mbps tezlikni qo‘llab-quvvatlasa, 802.11a esa 5 GHz chastota diapazonida
54 Mbps tezlikni ta’minladi. 2003-yilda esa 802.11g standarti taqdim etildi va u 54 Mbps
tezlikda ishlash imkoniyatini berdi.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.

Wi-Fi texnologiyasining rivojlanishi va uning turli

avlodlari haqida ilmiy maqolalar, texnik hujjatlar va amaliy qo‘llanmalar ko‘plab tadqiqot
institutlari, IT kompaniyalari hamda xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan chop
etilgan. Quyida ushbu sohadagi muhim adabiyotlar tahlil qilinadi.Quyida "Wireless (Wi-Fi)
texnologiyasining rivojlanishi va turlari" mavzusiga oid asosiy adabiyotlar keltirilgan. Ushbu
manbalar Wi-Fi texnologiyasining tarixi, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy standartlari va
qo‘llanilish sohalarini o‘rganishda foydali bo‘ladi, albatta.

Kurose J., Ross K. "Computer Networking: A Top-Down Approach" – Pearson Education,

2021. Ushbu kitob kompyuter tarmoqlari bo‘yicha eng mashhur darsliklardan biri bo‘lib, top-
down (yuqoridan pastga) yondashuv asosida tarmoqlarni tushuntiradi. Ya’ni, dasturiy ilovalar
va yuqori darajadagi protokollardan boshlab, pastroq darajadagi tarmoq va jismoniy
darajagacha tushuntiriladi.

Stallings W. "Wireless Communications & Networks" – Pearson, 2005. Bu kitob simsiz

aloqa va tarmoqlarning asosiy tushunchalarini, texnologiyalarini hamda standartlarini
o‘rgatuvchi muhim manbalardan biridir. Kitobda asosan simsiz aloqa asoslari, mobil aloqa
tizimlari, Wi-Fi va WLAN texnologiyalari, Bluetooth va boshqa qisqa masofali simsiz
texnologiyalar, uyali aloqa tarmoqlari va mobil IP, simsiz xavfsizlik, shifrlash usullari va
xavfsizlik protokollari mavzularida fikr yuritiladi. Kitob telekommunikatsiya va kompyuter
tarmoqlari sohasida ishlaydigan mutaxassislar, talabalar hamda simsiz texnologiyalarni
o‘rganayotganlar uchun foydali manba hisoblanadi.

Andrea Goldsmithning "Wireless Communications" (2005) kitobi ham simsiz aloqa

tizimlari haqida fundamental bilimlarni taqdim etuvchi muhim akademik manbadir. Kitob
texnik tafsilotlarga boy bo‘lib, simsiz aloqa tizimlarining nazariyasi, texnologiyalari va
algoritmlarini tushuntiradi. Kitobda modulyatsiya va kodlash texnikalari, digital modulyatsiya
usullari, kanal kodlash va xatolikni tuzatish, ko‘p foydalanuvchili tizimlar, tarmoq protokollari
va resurslarni taqsimlash, simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi, 3G, 4G va 5G
texnologiyalariga kirish masalalari yozilgan.

Ushbu adabiyotlar va manbalar mavzu bo‘yicha chuqur tahlil qilish va ilmiy izlanishlar

olib borishda yordam beradi.

Natija muhokama.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Wi-Fi texnologiyasi so‘nggi

yillarda jadal rivojlanib, ma’lumot uzatish tezligi, tarmoq samaradorligi va xavfsizlik jihatidan
sezilarli yutuqlarga erishdi. 802.11 standartlarining rivojlanish tarixi Wi-Fi tarmoqlarining
dastlabki bosqichlardan boshlab hozirgi zamonaviy texnologiyalargacha qanday o‘zgarib
borganini ko‘rsatadi. Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac) va Wi-Fi 6 (802.11ax)
texnologiyalari asta-sekinlik bilan yaxshilangan bo‘lib, har bir yangi avlod tarmoq sig‘imi va
tezligini oshirishga yo‘naltirilgan. Wi-Fi 6 va Wi-Fi 6E texnologiyalari tarmoq samaradorligini
oshirish va zich joylashgan tarmoqlarda optimal ishlash imkonini beruvchi OFDMA va MU-
MIMO kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Wi-Fi 7 esa yaqin kelajakda gigabit
tezlikdagi internet xizmatlarini ta’minlash va ortib borayotgan tarmoq yuklamalarini samarali


background image


118

boshqarish imkonini beradi.Shifrlash protokollari va autentifikatsiya tizimlari takomillashgan
bo‘lsa-da, Wi-Fi tarmoqlari hali ham kiberxavfsizlik tahdidlariga uchrashi mumkin. Umuman
olganda, Wi-Fi texnologiyasining rivojlanishi internetdan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli
darajada yaxshiladi va uning kelajakdagi istiqbollari yanada yuqori tezlik, barqarorlik va
xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Texnologiyaning har tomonlama takomillashuvi nafaqat
foydalanuvchilar, balki biznes va sanoat sohalari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Wi-Fi texnologiyasining rivojlanishi davomida bir nechta standartlar ishlab chiqilgan

bo‘lib, ularning har biri oldingisidan ajralib turadi.

Wi-Fi 4 (802.11n) – 2009-yilda tasdiqlangan ushbu standart 2,4 GHz va 5 GHz chastota

diapazonlarida ishlaydi hamda maksimal 600 Mbps tezlikni ta’minlaydi. U birinchi bo‘lib
MIMO (Multiple Input Multiple Output) texnologiyasini joriy qilgan.

Wi-Fi 5 (802.11ac) – 2014-yilda paydo bo‘lgan va faqat 5 GHz chastotasida ishlaydigan

ushbu standart 1 Gbps va undan yuqori tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi. U beamforming
(yo‘naltirilgan signal uzatish) texnologiyasidan foydalanadi.

Wi-Fi 6 (802.11ax) – 2019-yilda tasdiqlangan ushbu standart 2,4 GHz va 5 GHz

chastotalarida ishlaydi va 9.6 Gbps gacha tezlikni ta’minlaydi. U OFDMA (Orthogonal
Frequency Division Multiple Access) texnologiyasi orqali tarmoq samaradorligini oshiradi.

Wi-Fi 6E – Wi-Fi 6 ning takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, u qo‘shimcha 6 GHz chastota

diapazonida ishlaydi va yanada yuqori tezlik va kam kechikish ta’minlaydi.

Wi-Fi 7 (802.11be) – kelajak texnologiyasi. Wi-Fi 7 hali to‘liq joriy qilinmagan bo‘lsa-da,

u 30 Gbps gacha tezlikni ta’minlashi kutilmoqda. Bu texnologiya katta ma’lumotlarni yuqori
tezlikda uzatishga imkon yaratadi va virtual haqiqat (VR) hamda sun’iy intellekt ilovalari
uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan

firmalar sifatida quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: TP-LINK, D-LINK, ASUS,
Linksys, ZyXEL. Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu
qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki
bo'lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich
qurilma bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu
muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi,
IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi. Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi
texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida
tasavvur qilish mumkin. Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani
internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi
texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat
internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga
oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.

Wi-Fi texnologiyasi kompyuterlar, smartfonlar va boshqa qurilmalarni internetga ulash

uchun ham foydalaniladi. Savdo markazlari, aeroportlar, restoranlar va kutubxonalarda bepul
yoki pullik Wi-Fi tarmoqlari mavjud. Aqlli uy tizimlari, xavfsizlik kameralari va sanoat
avtomatlashtirish tizimlari Wi-Fi orqali boshqariladi. Masofaviy ta’lim va tibbiyot xizmatlari
Wi-Fi yordamida amalga oshiriladi. Transport tizimlari, energiya boshqaruvi va monitoring
tizimlari Wi-Fi orqali ma’lumot uzatadi. Xuddi shu kabi bu sohalarning chegarasi yoʻq. Wi-fi
biz uchun har bir ishda muhim ahamiyat kasb etmoqda deyishimiz mumkin.


background image


119

Wi-Fi ning afzalliklari:

Har bir qurilma uchun kabel yotqizishning hojati yo'q.

Mobil qurilmalar uy internetiga ulanadi, bu eski simli tizim bilan mumkin emas edi.

Siz filmlarni onlayn tomosha qilishingiz va Skype orqali zalda, oshxonada, boshqa

xonada - wifi router radio to'lqini qamrov zonasining istalgan joyida gaplashishingiz mumkin.

Internet barcha uy xo'jaliklari uchun bir vaqtning o'zida mavjud. Hech kim bir-biriga

aralashmaydi.

Wi-Fi signalining qamrov maydonini tegishli xususiyatlarga ega qurilma sotib olish

orqali oshirish mumkin.

Turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bir vaqtni o'zida simsiz Internetga ulangan.

Wi-Fi ning kamchiliklari:

Signalga maishiy texnika xalaqit berishi mumkin. Routerni katta maishiy texnika

yaqiniga qo'ymaslikka harakat qilish lozim.

Signal yo'lda devor va mebel ko'rinishidagi to'siqlarga duch kelganida Wi-Fi tezligi

zaiflashadi. Muammoni hal qilish uchun marshrutizatorni katta ob'ektlar bilan bloklamaslikka
harakat qilib, iloji boricha balandroq o'rnatish zarur.

Ko'p kafe, restoran, katta binolar, do'konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini

ko'rishingiz mumkin.Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud
deganidir, ya'ni qabul qiluvchi router mavjud, qabul qilgich bo'lsa bas. Shuni ham hisobga
olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo'lishi ham mumkin, bu degani sizning
qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulana olmaydi agar parolni bilmasangiz.

Wi-Fi tarmog‘ining keng tarqalishi bilan birga, uning xavfsizligi ham dolzarb masalaga

aylandi. Wi-Fi tarmoqlari kiberhujumlar, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi va boshqa xavfsizlik
tahdidlari ostida bo‘lishi mumkin. Ushbu muammolarni oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik
choralariga rioya qilish lozim:

Shifrlash tizimlaridan foydalanish – WPA2 va WPA3 kabi ilg‘or shifrlash standartlari

tarmoq xavfsizligini ta’minlaydi.

Kuchli parol qo‘llash – Wi-Fi tarmog‘iga ruxsatsiz ulanishning oldini olish uchun

murakkab va uzun parollar ishlatish tavsiya etiladi.

MAC-manzil filtratsiyasi – Tarmoqqa faqat ruxsat etilgan qurilmalarni ulash orqali

xavfsizlikni ta’minlash mumkin.

Tarmoq monitoringi – Foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog‘idagi harakatlarni doimiy kuzatib

borishlari va shubhali faolliklarni aniqlashlari kerak.

Hozirgi kunda har bir uyda, ofisda, maktabda va korxonalarda Wi-Fi tarmogʻidan

foydalaniladi. Ba’zida uydagi Wi-Fi noma’lum sabablarga ko‘ra sekin ishlaydi yoki umuman
“yo‘qolib qoladi”. Buning yechimi bor. Ushbu 5 ta oddiy qadamni bajargach, Wi-Fi 50% ga
tezroq ishlaydi.

Routerni ochiq joyga joylashtirish:
Router ishlash tamoyiliga ko‘ra radioto‘lqin uzatgichi hisoblanadi. U tarmoqqa ulanuvchi

qurilmalarga yaqinroq bo‘lishi kerak. Devorlar, shkaf va hatto kitob javonlari ham Wi-Fi
signalini kamaytirishi mumkin. Koʻp qavatli uyda yashovchi insonlar router yaxshiroq signal
tarqatishi uchun uni yuqoriroqqa joylashtirishlari zarur. Routerni uyning chekka qismiga
joylashtirmaslikni ham hisobga olish kerak.

Kanal yoki diapazonni o‘zgartirish:


background image


120

Wi-Fi signallari kanallarga bo‘linadi va router ulardan birini qurilmalar bilan bog‘lab

turadi. Bir necha kishi bir xil Wi-Fi kanalidan foydalanganida, bu hol ulanish tezligiga ta’sir
qiladi.

Imkoni bo‘lgan yerlarda kabellardan foydalanish:
Agar qurilmalar soni ko‘p bo‘lsa, Smart TV yoki PS kabilarni routerga Wi-Fi kanali orqali

emas, balki Ethernet kabeli orqali ulash tavsiya etiladi. Mazkur kabel qurilmalarga tezkor
internetni yetkazib beradi. Bu kabel routerni xarid qilganda, uning qadoq jamlanmasida
boʻladi.

Antennalarni burib ko‘rish:
Routerdagi antennalar ham (agar bor bo‘lsa) uning tezligini oshirishga yordam beradi.

Repiter o‘rnatish:
Agar yuqoridagilar foyda bermasa, unda qo‘shimcha tarzda repiter, ya’ni Wi-Fi signali

kuchaytirgichini o‘rnatish zarur. Uning yordamida uydagi Wi-Fi signali yetib bormaydigan
yerlarni internet bilan ta’minlash mumkin.

Wi-Fi texnologiyasining kelajakdagi rivojlanishi quyidagi koʻplab yo‘nalishlarda davom

etishi kutilmoqda. Wi-Fi 7 va undan yuqori versiyalar – yangi standartlar, yanada yuqori tezlik
va past kechikish bilan ajralib turadi. Mesh Wi-Fi tarmoqlari – bir nechta routerlardan iborat
tarmoqlar signalni butun uy yoki ofis bo‘ylab teng taqsimlaydi. AI va IoT integratsiyasi – Wi-Fi
texnologiyasi sun’iy intellekt va aqlli qurilmalar bilan uyg‘unlashib, yanada samarali ishlay
boshlaydi. Wi-Fi orqali energiya uzatish – kelajakda Wi-Fi signallari orqali simsiz quvvat
uzatish texnologiyasi rivojlanishi mumkin.

Wi-Fi texnologiyasi so‘nggi o‘n yilliklarda internet ulanishining eng qulay va samarali

usullaridan biriga aylandi. Uning rivojlanishi natijasida yuqori tezlik, keng qamrov va
xavfsizlik borasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Kelajakda Wi-Fi yanada tezkor, xavfsiz va
ko‘proq qurilmalarni qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyaga aylanishi kutilmoqda. Wi-Fi
texnologiyasining doimiy rivojlanishi internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib,
insonlarning hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar.

Simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati tobora

ortib borayotganligi sababli, Wi-Fi’ning rivojlanishi sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aqlli
shaharlar va IoT tizimlarida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Shuningdek, kiberxavfsizlik
muammolari ham dolzarb bo‘lib qolmoqda va tarmoq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlarni kuchaytirish muhim vazifalardan biridir. Biz shuni taklif qilishimiz mumkin: Wi-Fi
tarmoqlari xavfsizligini oshirish, yangi Wi-Fi texnologiyalariga o‘tish, IoT qurilmalar uchun
optimallashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish. Wi-
Fi texnologiyasining yanada rivojlanishi internetga ulanish sifatini oshirish bilan birga,
kelajakdagi raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH

COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING
FIELDS." (2021): 57-58.
2.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of

electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования


background image


121

15 (99) (2020): 31-36.
3.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE

MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
4.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ

ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
5.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ

ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
6.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ

СОЗДАНИЯ

ДИНАМИЧЕСКИХ

ВЕБ-САЙТОВ

И

ОПТИМИЗАЦИИ

ИХ

ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
7.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING

LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
8.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY

WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
9.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы

Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
10.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.
11.

Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING."

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.
12.

Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI

TABIIY

RESURSLARDAN

BARQAROR

FOYDALANISH."

Журнал

академических

исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.
13.

Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI

IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
3.15 (2024): 178-181.
14.

Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA

XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в
современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.

Библиографические ссылки

Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования 15 (99) (2020): 31-36.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 214.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 288.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 275.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ СОЗДАНИЯ ДИНАМИЧЕСКИХ ВЕБ-САЙТОВ И ОПТИМИЗАЦИИ ИХ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 228.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.

Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING." ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.

Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI TABIIY RESURSLARDAN BARQAROR FOYDALANISH." Журнал академических исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.

Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 178-181.

Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Farrux Qodirov , Husniya Husanova, KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING TURLARI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov , Go’zal Jomurodova, KRIPTOGRAFIYA VA SHIFRLASH USULLARI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov , Jo‘rabek Ganchiyev , OPERATSION TIZIMLARNING TURLARI VA FUNKTSIYALARI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov, Mushtariy Musayeva , TA’LIMDA SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov, Bekzod Sharipov , QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 3 № 11 (2024): Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения

Farrux Qodirov , Gulasal Husanova , IPV4 VA IPV6 PROTOKOLLARI FARQLARI VA AFZALLIKLARI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov , Shaxina Asadova , KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: LOKAL, GLOBAL VA METROPOLITAN , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

Farrux Qodirov, Oʻgʻiloy Jabborova, INTERNET XAVFSIZLIGI VA ASOSI TAXDIDLAR , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 4 (2025)

Farrux Qodirov , Diyora Usmonova , TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA ULARDAGI YANGI TENDENSIYALAR , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 4 (2025)

Farrux Qodirov, Iroda Bozorova , SUNʼIY INTELLEKT VA UNING QOʻLLANILISHI , Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения: Том 4 № 3 (2025)

1 2 3 > >>